Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashda rivojlanish xaritasining tutgan o’rni



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə7/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashda rivojlanish xaritasining tutgan o’rni
Komil avlod tarbiyasi uzoq va uzluksiz davom etadigan murakkab jarayondir. Taraqqiyotning har qanday bosqichida shaxs tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilganligi tarixdan ma’lum va bugungi kunda ham bu masala mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ular yoshlarning farovon hayoti va turmush tarzi, ozodligi salomatligiga hamda ularning intellektual salohiyatining yuksalishiga qaratilgan.
Demak, jamiyat taraqqiyotida ta’lim va tarbiya masalasi eng muhim omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu o‘z navbatida yoshlarimizni axloqli, yetuk va ma’naviyatli qilib yetishtirib berishimizdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi yaratilib amaliyotda joriy etildi. Maktabgacha ta'lim jadal rivojlanayotgan ta'lim sohasi bo‘lib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi ta'lim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan davlat o‘quv dasturiga (2018-yil) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ikkinchi nashrini yaratish zarurati tug‘ildi. Davlat o‘quv dasturi ikkinchi ashrining asosiy jihatlari uning muqobilligi, moslashuvchanligi, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir bolaning ta'lim ehtiyojlariga qaratilganligidir.Kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar davlat oʻquv dasturining quyidagi jihatlarida o‘z aksini topdi:
● ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillaridasturning shaxsga yo‘naltirilganligi, bola shaxsini hurmat qilish va har bir bolaning farovonligini ta'minlash zaruratini ta'kidlash uchun batafsil ochib berildi va umumlashtirildi;
● kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda bolaning tayanch kompetensiyalari ochib berildi va to‘ldirildi;
● bolalar va pedagogning o‘zaro hamkorligi yangi formatda, ya’ni "bolaning ovozini eshitish", uning fikrini hurmat qilish, shuningdek, bolalarning o‘quv jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini rivojlantirish va ko‘paytirishga; loyiha faoliyati uchun mavzularni tanlashda bolalar tashabbusi va imkoniyatlarini kengaytirishga; individual tarzda va kichik guruhlarda ishlash uchun rivojlanish markazini tanlashga; kun davomida bolalar bilan o‘quv faoliyatini birgalikda rejalashtirish, ta’lim olshni rivojlantiruvchi muloqot orqali birgalikda baholashga asoslangan holda taqdim etildi;
● ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik yangilangan shaklda taklif etildi, bunda ota-onalar va pedagoglarning umumiy maqsadi bolaga ta'lim va tarbiya berishdir; pedagog, oila va mahalliy hamjamiyat o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yanada xilma-xil imkoniyatlar taklif etildi;
● ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillaribolalarning qiziqishlariga ko‘ra, mustaqil faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ta'minlashda ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan rivojlantiruvchi muhitto‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan to‘ldirildi;
● dasturning inklyuziv xususiyati MTTning alohida ehtiyojli har bir bolaning alohida ta'lim ehtiyojlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish majburiyatlari bilan mustahkamlandi;
● rivojlanish markazlarida tashkil etilgan bolalarning faoliyati loyiha mavzusi bilan to‘ldirildi;
● namunaviy kun tartibidata’lim va tarbiya jarayoniga ajratilgan vaqt o‘zgartirildi, bu esa o‘z o‘rnida bolalarning erkin o‘yin faoliyati, bolalarning qiziqishlariga ko‘ra mustaqil faoliyatiga, shuningdek, mavzuli loyiha faoliyatiga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi;
● O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, xalqaro tajribani, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim bilan uzviylikni ta’minlash maqsadida o‘quv rejaqisman o‘zgartirildi;
● bola rivojlanishini kuzatish va baholash jarayonini optimallashtirish uchun bolaning rivojlanish xaritalari qisman o‘zgartirildi. 9
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishdir. Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Kompetensiya– bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Kompetentli bolao‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI (6-7 YOSH) BOLANING TAYANCH KOMPETENSIYALARI
● Kommunikativ
● Ijtimoiy
● Shaxsiy ("Men" konsepsiyasini qurish)
● Bilish
Kommunikativ kompetensiya – atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalariga ega bo‘lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o‘yin, bilish, maishiy va ijodiyvazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati. Bu kompetensiyaga nutqni rivojlanish ham kiradi. Nutq bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi hamda dunyoni bilishi uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag‘batlantiruvchi ta’lim muhitida bolalar og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o‘zlariga ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishga, dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga, mashg‘ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo‘lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o‘zlarini namoyon etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tushunish uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savol va topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob berishadi. Ular nutqni, ayniqsa o‘qish va yozishni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular nutqning turli shakl va funktsiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo‘lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar. Bu kompetensiya, shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi; ta’lim olishi va rivojlanishida foydalanish uchun kerakli ma'lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish, o‘zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi.
Ijtimoiy kompetensiya – bu bolaning belgilangan tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati. Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning aytganlarini hisobga olishni o‘rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor
qoidalariga amal qiladilar. Muammoli vaziyatlarda ular yoshi va individual rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda ularni hal qilish harakatlarini amalga oshiradilar. Ular tobora ko‘proq o‘zlarini guruhning bir qismi sifatida ko‘radilar va o‘z huquq hamda majburiyatlari borligini tushunadilar. Ular individual farqlarga ochiq. Bolalar boshqalar bilan uyg‘unlikda yashashlari mumkin. Ular turli insonlar bilan muloqot qilishadi va atrofdagilarning madaniy jihatdan xilma-xilligini tan oladilar, ularga yordam beradilar va qo‘llab-quvvatlay oladilar.
Shaxsiy kompetensiya ("Men" konsepsiyasini yaratish). Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog‘lom turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi. Bolalar hayotdagi o‘z o‘rnini biladilar, o‘zlarining, shuningdek, boshqalarning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganadilar. Bola mustaqil va u o‘ziga ishonadi. O‘zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi. U o‘zining boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O‘z g‘oyalarini ilgari suradi va targ‘ib qila oladi; o‘zi uchun qaror qabul qilishni o‘rganadi. U qanday tanlashni biladi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi. O‘z harakatlari uchun tashabbus va mas’uliyatni namoyon qiladi. O‘zining yaxshi ko‘rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashadi. O‘sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O‘z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o‘zini boshqara oladi; sog‘lom turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik tartib qoidalarga rioya qiladi, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi, o‘z salomatligi uchun mas’uliyatni namoyon qiladi.Bilish kompetensiyasi bilim olish, o‘qish va o‘rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrofolamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Harakat va o‘zaro munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o‘rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrofolamdagi yangi ob’yektlarni o‘rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o‘yin va o‘zaro muloqot jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o‘tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilish uchun yangi imkoniyatlar topadilar. Ular o‘zlarining kashfiyotlari bilan o‘rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, o‘z-o‘zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.Bolalar muammoni hal qilishga e'tibor qaratishlari, muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqishlari va atrofdagi dunyoni tushunish va tushuntirish uchun maqsadlar qo‘yishda kognitiv qobiliyatlarini ishga solishlari mumkin. Bolalar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini davom ettirishlari, o‘rganishdan zavqlanishlari va o‘rganganlarini baham ko‘rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan bo‘lishishlari mumkin.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
● jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
● ijtimoiy-hissiy rivojlanish
● nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
● bilish jarayonining rivojlanishi
● ijodiy rivojlanish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini baholash kuzatishlar yordamida amalga oshiriladi. Pedagog bolalar hayotini muntazam va tizimli ravishda kuzatib borishi lozim. Bolaning rivojlanishini kuzatish – pedagog faoliyatidagi muhim mas'uliyatli ish. Kuzatishlarning maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonida bolaning turli bilim va ko‘nikmalardan qanday foydalanishi haqida ma'lumot to‘plashdir. Bolalarni turli joy, vaqt va sharoitlarda kuzatib, pedagog ularning qiziqishlari, kuchli tomonlari va ehtiyojlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi.Pedagogik kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida ta’lim va tarbiya jarayoni rejalashtiriladi va takomillashtiriladi.Kuzatish natijalarini hujjatlashtirish pedagogga ularni saqlash, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzatish va bolaning ota-onalari, shuningdek, ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislari bilan bolalarning rivojlanishi va ta’lim olish xususiyatlari haqida ma'lumot almashish imkonini beradi.
Demak bolaning rivojlanishi va ta’lim olishidagi yutuqlarini kuzatish va baholash natijalarini hujjatlashtirish uchun rivojlanish xaritalaridan foydalaniladi. Rivojlanish xaritasi kuzatuvlarni hujjatlashtirish shakli sifatida bolaning turli sohalardagi rivojlanish darajasi to‘g‘risida muntazam ravishda ma'lumot to‘plash jarayonini o‘z ichiga oladi.Rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida bolaning rivojlanish sohalari, kichik sohalar va kutilgan natijalarga tayanadi.Bolaning rivojlanish xaritasi har bir yosh guruhi (3-4, 4-5, 5-6, 6-7) uchun alohida yuritiladi va har bir bola uchun bir yilda uch marta: o‘quv yilining boshida, o‘rtasida va oxirida to‘ldiriladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshlibolaning maktabga tayyorligi xaritasi(faqat MTT bitiruvchilari uchun) to‘ldiriladi.
Mavzu bo’yicha olib borilayotgan tadqiqot ishimizda shuni alohida ta’kidlashimiz lozim, bolalarning mashg’ulotdagi faoliyatlarini Davlat talablariga muvofiq kutilayotgan natijalar:
● to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholanmaydi, ya'ni bolalarning haqiqiy yutuqlarini davlat talablari bilan rasmiy taqqoslashga yo‘l qo‘yilmaydi (bunda bolalarning sinovdan o‘tishlariga yo‘l qo‘yilmaydi);
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xattiharakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B – ba'zida kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki ma’lum vaziyatlarda).
T – tez-tez kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D – doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).10
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni mashg’ulotdagi faoliyatlarini hujjatlashtirish va ta’limni portfolio vositasi yordamida baholaymiz.


Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə