Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə4/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

Tadqiqotning maqsadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashga bagʻishlangan ilmiy-amaliy metodik adabiyotlarni nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganish;
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash muammosining maktabgacha taʼlim tashkilotlari amaliyotidagi ahvolini oʻrganish va tahlil qilish;
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash;
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning mazmuni, shakllari, metodlarini tajriba sinovdan oʻtkazish va ilmiy – metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning mazmuni, metodikasi, shakli, vositalari tahlil qilinadi.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash tizimi takomillashtirildi.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash milliy, mahalliy qadriyatlar, horijiy imkoniyatlari ilmiy-metodik jihatdan asoslandi.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash boʻyicha metodik tavsiya ishlab chiqildi.
Tadqiqotning metodologik asoslari: Sharq va G’arb mutafakkirlarining shaxsni tarbiyalash borasidagi falsafiy, taʼlimiy-axloqiy qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu sohaga oid fikrlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim-tarbiyani isloh qilish toʻgʻrisidagi qonun va qarorlari, “Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonun”, “Maktabgacha taʼlim toʻgʻrisidagi talablar”, “Ilk qadam” oʻquv dasturi, “Maktabgacha taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom va Konsepsiyalar” tashkil etadi.

Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə