Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə6/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

Formativ baholash-keyinchalik ta’lim yondashuvlari va usullarini bolaning ehtiyojlariga moslashtirish uchun ishlatiladigan ma’lumotlarni to’plashga qaratilgan. Shuning uchun shakllantiruvchi baholash deb yuritiladi. Shakllantiruvchi baholash davom etayotgan, uzluksiz jarayon. Buning uchun pedagog bolani muntazam kuzatib boradi ( masalan, hafta davomida qanday o’ynashini ).
Summativ baholash bolaning rivojlanishi va ta’limini o’z vaqtida ma’lum bir nuqtada jamlashga/umumlashtirishga qaratilgan. Shu sababli bu baho ko’pincha ta’limni baholash deb yuritiladi. Summativ baholash muayyan vaqt mobaynida shakliy baholash orqali to’plangan faktlar,dalilardir. Ushbu baholash bolaning rivolanishni davlat talablari kabi muayyan kutilgan natijalarga nisbatan baholash uchun mo’ljallangan.8
Maktabgacha ta’lim pedagoklari asotsiyatsiyasi tadqiqodchilari fikriga ko’ra (1998-yil) maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishini baholash uzoq davom etadigan jarayon bo’lib bolaning barcha faoliyati ularning tabiiy muhitida kuzatib boriladi va barcha natijalar saqlanib, kuzatib boriladi, qayd etiladi va mavjud yo’llar bilan hujjatlashtiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishi kuzatish asosida baholanadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg'ulotdagi faoliyatlarini baholash mezoni bu bolalarning rivojlanish xaritasida qayd etilib borilmoqda. Tarbiyachi mashg’ulotlarda bolalarning faoliyatini rejali va tizimli suratda kuzatish yo‘li bilan o‘rganadi, tarbiyachibolalarni faoliyatda va faoliytdan tashqari vaqtlarda kuzatib boradi. Kuzatish tarbiyachiga tarbiyalanuvchining ishiga, o‘qishga munosabatini, uning qiziqishlari va nimalarga moyil bo‘lganligini uning individual xususiyatlarini va  qobiliyatini bilib olishga yordam beradi. 
Yana ularning shaxsiy hujjatlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish orqali ham 
o‘rganiladi. Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qancha aniq va har tomonlama yaxshi bilsa, ta’lim-tarbiya ishlari shuncha muvaffaqiyatli bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilarni bilish tarbiyachining butun guruhga, har bir bolaga ta’lim va tarbiya berishning eng yaxshi usul va vositalarini tanlab olib, ulardan samarali foydalanishga imkon beradi. Bolalarning zaif tomonlari va nuqsonlarini yo‘qotishga ijobiy tomonlarini o‘stirish va mustahkamlashga yordam beradi. Tarbiyalanuvchilar bilimlari, ko‘nikmalarini hisobga olishning eng muhim qismi ularning bilimni o‘zlashtirishlarini tekshirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining bilimni tekshirishning quyidagi turlari – dastlabki taxminiy kuzatish, oraliq kuzatish, mavzular 
bo‘yicha tekshirish va yakuniy kuzatishdan iborat. 
Yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash mezonlarini shakllantirish borasidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, tadqiq etilayotgan masalaning umumiy holatini toʻlaqonli his etish, asosiy maqsad yoʻlida tashkil etiluvchi faoliyatning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek tajriba-sinov ishlarining yoʻnalishini puxta va aniq belgilash, muayyan gʻoyalarni ishlab chiqish, ularning asosli boʻlishiga erishish, shuningdek, tadqiqot muammosini ijobiy hal etishga yoʻnaltirilgan faoliyat mazmunini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə