Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə3/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Insonni har tomonlama rivojlantirish masalasi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida mutafakkirlar hamda faylasuf, tarixchi, psixolog va pedagog olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Buni, birinchinavbatda, Sharq allomalari tomonidan yaratilgan ilmiy-axloqiy asarlarda ko’rish mumkin. Qomusiy olimlar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Koshifi y, Yusuf xos Hojib, Alisher Navoiy va boshqalarning barkamol insonning aqliy tarbiyasida ilm-fanning o’rni haqidagi qarashlari bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi.
Maktabgachata’limmuassasalaridabolalarnihartomonlamarivojlantirishgaoidtadqiqotlaro’zbekistonlikpedagog, psixolog va faylasuflar: D.A.Abdurahimova, M.K.Abduhakimova, O’.K.Adamova, Z.Azizova, M.Asqarova, M.Asqarxo’jaeva, M.Yu.Ayupova, N.X.Begmatova, D.G.Boboeva, U.Bo’taeva, K.Oqilova, F.B.Valixo’jaeva, F.R.Qodirova, T.S.Usmonxo’jaev, S.T.Islomova, M.Fayzullaeva, Z.Rahimova, M.Rustamova, D.J.Sharipova, Q.S.Shodieva, Sh.Shodmonova, P.Yusupova vaboshq. tomonidan olib borilgan.
Maxsus adabiyotlarni tahlil etishdan shu narsa ma’lum bo’ldiki, O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini tarbiyalash jarayonida faoliyatlarini baholash texnologiyasidan fooydalanish tizimini shakllantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar yetarlicha olib borilmagan. Bu muammo bo’yicha o’zbek tilida manbalar yetarli emas. Shuning uchun biz ushbu mavzuni dolzarb muammolardan biri deb belgiladik. Muammoning O’zbekistonda ilmiy jihatdan yetarlicha o’rganilmaganligidan kelib chiqqan holda, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash mezonlari” tadqiqot mavzusi sifatida tanlandi.
Tadqiqotning obyekti. Maktabgacha ta’lim muassasalari va Buloqboshi Pedagogika kolleji maktabgacha ta’lim yo’nalishining 150 nafar o’quvchilari va pedagoglari tanlab olindi.
Tadqiqotning predmeti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakli va usullari.

Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə