Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi


Tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə11/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

3.2. Tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi
Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik uslub va usullarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlanmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mo‘ljallangan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etishga doir standartlarni qayta ko‘rib chiqish, tasdiqlash va bolalarni kichik yoshidan mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash – uni ongli ravishda, ilmiy-nazariy asoslarga tayanib o‘z-o‘zini nazorat qilishga odatlantirish lozim. Kelajakda yurtimizga o’z mehnatini ayamaydigan shaxslar bo’lib yetishishi uchun bir poydevor bo’ladi.
Tajriba-sinov ishlari Buloqboshi pedagogika kolleji, Buloqboshi maktabgacha ta’lim bo’limi, Andijon davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomalari asosida tashkil etildi.
Dastlab maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholash tizimining mavjud mexanizmini, amaldagi holatini o‘rganish, tanqidiy baholash va uni zamon talablari asosida takomillashtirish hamda bu jarayonga oid pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash ishlari amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun bu tajriba - sinov ishim samarador bo’ldi. Tarbiyalanuvchilar uchun portfolio vositasida baholashni amalga oshirish juda qiziq bo’ldi. Bolalar ularga berilagan vazifalarni sitqi dildan bajarishdi va tarbiyalanuvchilarning bir-birini kuzatish va baholash layoqati shakllanibbordi.
O‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga asoslangan holda portfolio va rivojlanish xaritasi vositasida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashni o‘rgatish samaradorligini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari jadval ko’rinishida tasvirlandi. Tajriba-sinovda jami 98 nafar MTT tarbiyalanuvchilari qatnashdilar. (3.1-3.2-jadvalga qarang).
Tadqiqot doirasida tajriba-sinov jarayoni quyidagi yo‘nalishlar asosida tashkil qilindi:
a) tajriba-sinov uchun ta’lim muassasalarida maxsus tanlab olingan guruhlarda (birinchi guruh – an’anaviy ish olib boriladigan guruh; ikkinchi guruh –yondashuv asosida tashkil etishda, bolalar tomonidan egallangan bilim,ko‘nikmalar, iqtidorini shakllantirish bo‘yicha maqsadli dastur intelektual ijodiy qobilyati asosida ish olib boriladigan guruh) ilmiy-amaliy ta’lim jarayonini tashkil qilish;
b) keng ko‘lamda tashkil qilingan tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallangan turli tadbirlari asosida tajriba-sinov ishlarini va ijtimoiy so‘rovnomalarni tashkil etish.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining faoliyatlar jarayonida bolalar egallagan kompetensiyalarini aniqlash va rivojlantirishni tashkil etish jarayoni tajriba-sinov maydonchasi etib belgilandi. Tajriba-sinov jarayoniga jalb qilingan guruhlar bilim darajalarini baholanish mezonlari ishlab chiqildi. Barcha guruhlar o‘zaro teng vaziyatda va bir xil mazmunda tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Guruhlarda o‘tkazilgan tajriba-sinov jarayonlariga katta va tayyorlov guruxlari jalb etildi. Tajriba-sinov jarayonlarida matematik-statistik, anketa, suhbat, intervyu olish, eksperiment, pedagogik kuzatish, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish, test olish kabi zamonaviy usullar qo‘llanildi.
Tajriba-sinov ishlari 2021-2023 yillarda olib borildi va uch bosqichdan iborat bo‘ldi.
Birinchi bosqich: 2021-2022 yillarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, budavrda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni baholash mezonlari tushunchasi, uning mazmuni, pedagogik-psixologik xususiyatlari bo‘yicha mavjud ilmiy-nazariy adabiyotlarni o‘rganish, pedagogik tadqiqot uchun baza tayyorlash, pedagogik tadqiqot olib borish mezonlarini aniqlash kabi ishlar amalga oshirildi. Bu davrda belgilab berilgan ilmiy mavzuga hamohang tarzda muammo bo‘yicha mavjud ahvol va ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlil qilindi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intelektual-ijodiy qobilyatlarini aniqlashning va rivojlantirish asosida darsni tashkillashtirish bo‘yicha materiallar respondentlar tarkibi uchun maxsus tarzda umumlashtirildi, materiallar tanlandi.Tadqiqotni olib borish metodlari aniqlandi.
Ikkinchi bosqich: 2022 yil. Mazkur bosqichda dissertatsiya materiallari jamlandi va tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar muntazam tarzda turli maqola, tezislar, ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalardagi ma’ruzalar tarzida umumlashtirildi. Tayyorlov guruxlar uchun maxsus baholash mezonlar ishlab chiqildi. Innovatsion o‘quv ishlanmalari asosida tarbiyalanuvchilarda ijodiy qobilyatni shakllantirish jarayoni belgilangan tajribasinov maydonchasida tashkil qilindi. Tadqiqotda belgilangan vazifalar amalgaoshirildi. Tadqiqotning tajriba-sinov bazasini amalga oshirish boshlandi vamuntazam tarzda uning natijalari umumlashtirilib borildi. Tarbiyalanuvchilar faoliyatlari maxsus o‘rganildi. Tadqiqot natijalarining keng ko‘lamli va asosli bo‘lishi ta’minlandi.
Uchinchi bosqich: 2022-2023 yillar. Bu davrda ma’lumotlar tizimlashtirildi va tadqiqot ishi matnini tayyorlash bosqichi bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot natijalari va uning asosiy xulosalari aynan shu yillarda aprobatsiyadan o‘tkazildi.Anketa so‘rovnomalari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil qilindi:
 Bolalar faoliyatlarini qiziqishlari asosida tashkil etish asoslari;
 Intelektual ijodiy qobilyat tushunchasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tushunishga tayyorlikni belgilash;
 Ijodiy intelektual faollikni shakllanganlik darajalarini belgilash;
Pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlil etishda tarbiyalanuvchilar ijodiy qobilyatlarini rivojlanganligi bo‘yicha nazariy va amaliy bilim darajalari yuzasidan olingan yakuniy natijalarni baholashda matematik-statistika metodi qo‘llanildi. Guruhlarda o‘tkazilgan tajriba-sinov jarayonlari uchun tarbiyalanuvchilar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi.
Tadqiqot doirasida tajriba-sinov jarayoni quyidagicha tashkil etildi:
a) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tayyorlov va katta guruhlari maxsus tanlab olingan tajriba va nazorat guruhlarida;
b) Markazlardagi faoliyat asosida.
Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda olib borildi va tayyorlov tarbiyalanuvchilari ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi (1-ilova).Bilimlarni va ijodiy qobilyatni oshirish va rivojlantirishga bo‘lgan yondashuv asoslangan faoliyat jarayonlarida tarbiyalanuvchilarni ijodiy faollikni shakllantirish jarayoni maxsussavolnoma va so‘rovnomalar orqali aniqlab borildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bolarni mashg’ulotdagi faoliyatlarini baholashda innovatsion yondashuv asosida tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning ijodiy faolligini shakllantirishga doir nazariy va amaliy bilim darajalarini aniqlash yuzasidan respondentlar bilan olib borilgan tajriba-sinov ishlari samaradorligi aniqlandi. Yakuniy tajriba bosqichida tajriba va nazorat guruhlarida sinovgacha va sinovdan keyin olingan natijalarning tahlili kutilgan natijaga erishganligini tasdiqladi. Tajriba-sinov ishlari yakunlariga ko‘ra bilim va ko‘nikmalar tajriba guruhi tarbiyalanuvchilarda nazorat guruhi tarbiyalanuvchilariga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rish mumkin.
Portfolio va rivojlanish xaritasi vositasida Buloqboshi tumani maktabgacha ta’lim bo’limi huzuridagi 1-DMTTga qarashli 6-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga bepul va majburiy tayyorlash guruhini baholashga o‘rgatish samaradorligini aniqlash yuzasidan MTT tarbiyalanuvchilarida tajribadan oldingi va keyingi o‘zlashtirish natijalari.

Muddati

Guruhlar

Tarbiya-lanuvchilar soni

O‘zlashtirish darajalari

Yuqori

O‘rta

Past

Tajriba boshida

Tajriba guruhi

98

28

45

25

Nazorat guruhi

96

27

45

24

3.1-jadval

Muddati

Guruhlar

Tarbiya-lanuvchilar soni

O‘zlashtirish darajalari

Yuqori

O‘rta

Past

Tajribadan keyin

Tajriba guruhi

98

35

51

12

Nazorat guruhi

96

29

46

21

3.2-jadval

Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə