Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha


- Mavzu: Xorijiy davlatlarda muzey pedagogikasining



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə17/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

6- Mavzu: Xorijiy davlatlarda muzey pedagogikasining
shakllanish tarixi.
(2 soat)


Reja:
1. Buyuk Britaniyada muzey pedagogikasining shakllanishi.
2. Amerika Qoʻshma Shtatlarida muzey pedagogikasining shakllanishi.
3. Germaniyada muzey pedagogikasining shakllanishi.
4. Rossiyada muzey pedagogikasining shakllanishi
San’at asarlarini oʻz ichiga olgan madaniy va moddiy qadriyatlarning ilk toʻplanish joyi ibodatxonalar va hukmdorlar saroylari edi. Boylik yoki ilohiy kuchlar bilan aloqani anglatuvchi bunday kolleksiyalar Bobil va Misrda shakllangan boʻlib, u yerda juda cheklangan tomoshabinlar ularga kirish imkoniga ega edi. Biroq, antik davrda san’at asarlari nafaqat egasining iqtisodiy farovonligi, yoki estetik zavqning vositasi, balki tarbiya vositasiga ham aylandi. Yunonistonda va keyinchalik Rimda san’at asarlarining egalari, birinchi navbatda, xudolar haykallari va sajda qilish obyektlari boʻlgan ibodatxonalar edi. Ulardagi ruhoniylar asosiy vazifalaridan tashqari, bu xazinalarni tashrif buyuruvchilarga koʻrsatib, qoʻriqchi va "gid" rolini ham oʻynagan.

Yunonlar oliy xudolarga bagʻishlangan ibodatxonalar bilan bir qatorda muzeylar - ziyoratgohlarga ham asos solganlar. Aynan muzeylar qadimgi yunonlarning ma’naviy hayotining markazi boʻlib, faylasuflar, shoirlar va musiqachilar ilmiy munozaralar va tanlovlar uchun shu yerda toʻplanganlar. Asta-sekin muzeylar akademiyalarga aylantirildi. Eng mashhur qadimiy muzey miloddan avvalgi III-asrda Misrning Iskandariya shahrida Iskandar Zulqarnaynning sherigi qirol Ptolemey Soter tomonidan tashkil etilgan. Yunon madaniyatining tarqalishida katta rol oʻynagan podsho Ptolemey ijodi zamonaviy nuqtayi nazardan, ulkan ilmiy tadqiqot majmuasi edi. U eng qimmatli yunon kitoblari toʻplamini oʻz ichiga olgan noyob kutubxona, rasadxona, park va botanika bogʻidan tashkil topgan.


Miloddan avvalgi II asrning oʻrtalariga kelib Yunoniston va ellinistik davlatlar oʻzlarining madaniy yutuqlarini tezda oʻzlashtirgan Rim tomonidan qoʻlga kiritildi. Abadiy shaharda qadimiy yodgorliklarning jamlanmasi rimliklar orasida shakllangan tarixiy davr tuygʻusi tufayli nihoyatda yuqori boʻlgan va bu yunon merosini oʻzining haqiqiy qiymati bilan baholash imkoniyatini ochgan. Boshqa tomondan, san’at asarlari toʻplamlari ijtimoiy xususiyat va ahamiyatga ega boʻldi. Mashhur yozuvchilar Sitseron va Petroniy keng omma uchun badiiy buyumlar toʻplamlarini ochishning faol tarafdorlari edi. Oʻz navbatida, fuqarolarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda, Sezar oʻz kolleksiyalarini omma oldida namoyish qilish uchun Kapitoliyda maxsus bino qurishga qaror qiladi.
Keyinchalik, Kapitoliy bazasida joylashgan ibodatxonani qayta tiklab, unda haykallar, rasmlar va turli xil san’at asarlari kolleksiyalarini joylashtirgan, Avgust ibodatxonani Rimning asosiy imperator muzeyiga aylantirishni taklif qilgan. Bu harakatlarning barchasi, Rim urf-odatlarining oʻziga xosligi bilan, albatta, ma’naviy ahamiyatga ega edi.

Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə