Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi muzey pedagogikasi fani boʻyicha



Yüklə 344,38 Kb.
səhifə15/54
tarix11.12.2023
ölçüsü344,38 Kb.
#145404
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

5- Mavzu: Muzey turizmi.
(2 soat)


Reja:
1. Madaniy turizmning rivojlanishi.
2. Muzey turizmi mohiyati.
3. Muzey turizmini rivojlantiruvchi omillar.
Butun dunyo boʻylab muzeylarning rivojlanishiga koʻmaklashish, merosini saqlash va madaniy boyliklarning taqiqlangan savdosiga qarshi kurashish, muzey hodimlarining kasbiy standartlarini oshirish, muzey muassasalari va turli mamlakatlar mutaxassislari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha tadqiqotlar 1946-yilda Parijda (Fransiya) tashkil etilgan Xalqaro muzeylar kengashi ICOM (International Council of Museums - Mejdunarodniy sovet muzeev) nodavlat professional tashkilot doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur tashkilot YNESKOda va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashida “A” toifasidagi eng yuqori maslahat maqomiga ega. Xalqaro muzeylar kengashi – bu jamiyatni va dunyodagi tabiiy va madaniy merosni, bugunni va kelajakni, moddiy va nomoddiy merosni saqlash, rivojlantirish va oʻzaro aloqalari bilan shugʻullanadigan muzeylar va muzey mutaxassislarining xalqaro tashkilotidir.

Shuningdek, madaniy mulkni saqlash va tiklash boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi (ingl. International Centre for the Study of the Preservation and Restoration of Cultural Property, ICCROM) ta'lim, axborot tarqatish, tadqiqot, hamkorlik va jamoat tashkilotlari orqali jahon madaniy merosini asrab-avaylashga bagʻishlangan xalqaro tashkiloti, dunyodagi eng qadimgi muzeylar uyushmasi hisoblangan Londonda faoliyat olib boruvchi Muzeylar assosiatsiyasi (Museums Association, MA) muzey, galereya va meros tashkilotlari va muzeyda ishlaydigan kompaniyalar uchun professional a'zolik tashkilotlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.


Turli yoʻnalishdagi muzeylar faoliyat yoʻnalishlari orasida doimo muhim ahamiyat kasb etadigan ta'lim funksiyalari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan madaniy-ma'rifiy turizm mavjud. San'at, tarixiy va oʻlkashunoslik muzeylari mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar uchun qiziq boʻlsa, tabiiy fan va texnologiya muzeylari asosan mamlakat aholisi, shuningdek, yosh talabalarning diqqat markazida boʻladi.
Turizm sayyoramizdagi odamlar hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu murakkab, yuqori daromadli sanoat majmuasi jahon iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri boʻlib, ish bilan bandlik, ijtimoiy farovonlik va odamlar hayotining sifati, shuningdek, davlatlarning va mintaqalarning iqtisodiy birligi va madaniy xilma-xilligiga yordam beradi.

Yüklə 344,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə