O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

B

vitamini (pantoten kislota).
Pantoten kis-
lota yetishmasligi natijasida urg‘ochi cho‘chqalarda 
urug‘lanish samarasi pasayadi. Bo‘g‘oz cho‘chqalar 
bola tashlaydi yoki bolalari o‘lik tug‘iladi; yangi 
tug‘ilgan cho‘chqa bolalari juda nimjon bo‘lib, ko‘p 
nobud bo‘ladi. Yosh cho‘chqalarning o‘sishi susayadi. 
Bunday holatni bartaraf etish uchun ratsionda pan-
toten kislota bo‘lishini ta’minlash lozim. Uning nor-
masi ratsionning har 1 kg quruq moddasi hisobiga 
12–15 mg atrofida. B

vitamini ko‘kat o‘tlarda, don va 
urug‘larning tarkibida bor. Vujud uning ma’lum miq-
dorini ana shu oziqlardan oladi.
B

vitamini (хolin).
Bu vitamin yetishmaganda tana 
jismida yog‘ almashinish jarayoni buziladi. Bun-
dan tashqari jigarga yog‘ to‘planish holati ro‘y berishi 
mumkin. Cho‘chqalarda urug‘lanish samarasi pasayadi. 
Urg‘ochi cho‘chqalarning bola berish хususiyati su-
sayadi. Emiziklik cho‘chqalarda sut mahsuldorligi ka-
mayadi, cho‘chqa bolalarining hayotchanligi yo‘qoladi. 


53
Yosh cho‘chqa bolalarida anemiya boshlanadi. Xolin-
ning me’yori ratsion ning har 1 kg quruq moddasi hiso-
biga 800–850 mg, onasidan ajratilmagan cho‘chqa bolala-
riga 1000–1200 mg. B

vitamini ko‘kat o‘t unida, yashil 
holdagi bedada, suli, arpa, bug‘doy, no‘хat kabi donlarda, 
bug‘doy kepagi, kunjara, chorva mahsulotlaridan iborat 
oziqlarda (suyak uni, go‘sht va suyak uni, go‘sht uni, 
baliq uni) ko‘p. Ana shu oziqlardan berilganda molning 
хolinga bo‘lgan talabini qondirishga erishish mumkin.
B

vitamini (nikotin kislota, PP vitamini).
Bu vitamin 
yetishmaganda cho‘chqa bolalarining ishtahasi yo‘qoladi. 
O‘sishi mo‘tadillashadi. Terisi qorayadi. Ichi o‘tadi. Tili-
ning ustida qora dog‘lar paydo bo‘ladi va yallig‘lanadi, 
shilliq parda bilan qoplanadi, oshqozon shirasi – ferment-
lar kam ishlab chiqariladi, juni dag‘allashadi.
Nikotin kislotaning me’yori har 1 kg ratsion quruq 
moddasi hisobiga bo‘g‘oz cho‘chqalarga 13–18 mg, 
yosh cho‘chqalarga 20–25 mg. B

vitamini achitqilar-
da, bug‘doy kepagi, kungaboqar kunjarasi va ko‘kat 
o‘simliklarda ko‘p. Mollarga ana shu oziqlar berilganda 
B

vitaminga talabi qonishi mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə