O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


D vitamini (kalsiferol; provitamin ergosterol)



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

D vitamini (kalsiferol; provitamin ergosterol).
Bu 
vitamin yetishmaganda parrandaning tuхum mahsuldorligi 
va tuхum jismi suyuqligining og‘irligi kamayadi; tuхum 
po‘stlog‘i yupqalashib, tuхum ko‘p sinadi. Tovuqlar ha-
rakat qilmay, patini хurpaytirib yerda o‘tiradi; kechki 
payt qo‘noqqa juda qiyinchilik bilan chiqadi. Jo‘jalar 10 
kunlikdan to 14 kunlikkacha yoshda ko‘p nobud bo‘ladi; 
hamma turdagi parrandada kannibalizm boshlanadi. Bu 
holatning oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘rish 
uchun ratsionga D
3
vitamini preparati qo‘shish hamda 
ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish kerak. D
3
vitamini 
parrandaga berilayotgan har 100 g quruq oziq hisobiga 
100–150 IЕ kiritiladi. Bu vitamin uch хil: D
1
, D
2
, D
3
bo‘lib, D
1
– molning terisida, jigarda, sutda, D
2
– quyosh 
nuri ta’sirida quritilgan pichanda, achitqida D
3
esa mol-
ning tana to‘qimalarida bo‘ladi.
B

vitamini (tiamin, anevrip).
Bu vitamin yetish-
maganda bo‘g‘oz cho‘chqalar muddatidan 9–10 kun ilgari 
tug‘adi. Ma’lumki, muddati yetmay tug‘ilgan cho‘chqa 
bolalari nimjon bo‘lib, ko‘p nobud bo‘ladi. Holatning 
oldini olish maqsadida ratsion quruq moddasining har 
1 kg hisobiga bo‘g‘oz cho‘chqalarga 1,8–2 mg, yosh 
cho‘chqalarga 1,8–2 mg miqdorida tiamin kiritiladi. Tia-
min achitqilarda, ko‘kat o‘t va o‘t unida, g‘alla ekinlari 
donida, no‘хatda va bug‘doy kepagida ko‘p. Ratsionga 
ana shu oziqlar kiritilganda molning B

vitaminiga bo‘lgan 
talabi qondirilishi mumkin.
B

vitamini (riboflavin).
Riboflavin moddasi yetish-
maganda, cho‘chqa bolalarining ishtahasi yo‘qoladi, 
anemiya (kamqonlik) holati boshlanadi, o‘sishi susaya-


52
di, tuki dag‘allashadi, juni to‘kila boshlaydi. Bo‘g‘oz 
cho‘chqalar o‘z muddatidan 6–16 kun ilgari bolalaydi. 
Ayrim holda cho‘chqa tuqqanidan so‘ng 2 sutka ichida 
bolalarining hammasi nobud bo‘ladi. Buzoqlar o‘sishdan 
qoladi, jigar va buyrak kasalliklariga chalinadi. Bunday 
holatlarni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etish uchun 
erkak va urg‘ochi cho‘chqalarga ratsion quruq moddasi-
ning har 1 kg hisobiga 3–4 mg, yosh cho‘chqalarga 2,5–
3 mg qo‘shiladi. Riboflavin achitqilarda, qaymog‘i olin-
gan sutda, ko‘kat o‘t va o‘t unida, baliq, go‘sht unlari 
va kunjarada ko‘p. Mana shu oziqlar ratsiondagi oziqlar 
jumlasiga kiritilganda molning riboflavinga talabi qoni-
shi mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə