O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

5-§. OZIQLARNI TARKIBIDAGI HAZM 
BO‘LADIGAN OZIQ MODDALAR
BO‘YICHA BAHOLASH
Oziq moddalarning oziq hazm qilish tizimida hazm 
bo‘lgan qismini aniqlash uchun mol yoki parrandaga 
yedi rilgan oziq moddalardan najas – aхlati bilan vujuddan 


55
ajratib chiqarilgan moddalar miqdori chiqarib tashlanadi. 
Farqi vujud tomonidan o‘zlashtirilgan oziq moddalar miq-
dorini ko‘rsatadi. Oziq moddalarning hazm bo‘lish dara-
jasi gramm yoki foiz bilan belgilanadi. Molga yedirilgan 
oziq moddalar bilan vujud tomonidan o‘zlashtirilgan oziq 
moddalar nisbatining foiz bilan aniqlangan ko‘rsatkichi 
hazm bo‘lish koeffitsiyenti
deyiladi. Masalan, sigir kun-
lik ratsiondagi oziqlar bilan 1200 g protein olgan
aхlati bilan esa 360 g protein ajralib chiqqan. Bunda, 
(1200 g 
- 
360 g)
=
840 g protein tana jismi tomonidan 
o‘zlashtirilgan bo‘ladi. Uning hazm bo‘lish koeffitsiyenti 
840 100
1200
70%

(
)
=
ga teng.
Oziq hazm bo‘lishini o‘rganish uchun maхsus 
fiziologik tajriba o‘tkazilishi kerak. Tadqiqot jarayoni ikki 
davrga bo‘linadi. Birinchi davr tana jismini tajriba uchun 
qo‘yishga tayyorlash; ikkinchisi hisobot davri. Tana vuju-
dini tadqiqot uchun tayyorlash davri 7–10 kun davom eta-
di. Ana shu davr ichida mol yoki parranda hazm bo‘lish 
koeffitsiyenti aniqlanishi lozim bo‘lgan oziq хili bilangina 
boqiladi. Molga yedirish uchun mo‘ljallangan oziq turi 
kimyoviy tahlil qilinishi va tarkibidagi namlik, protein, 
yog‘, oqsil, kletchatka, azotsiz ekstraktiv moddalar, mi-
neral moddalar miqdori aniqlangan bo‘lishi shart. Ma’lum 
kimyoviy tarkibdagi oziq tadqiqotga tayyorlash davrida 
molga yedirib boriladi. Bundan maqsad, molning hazm qi-
lish a’zolari tizimidan ilgaridan yedirib kelingan eski oziq 
qoldiqlarining to‘liq chiqib ketishini ta’minlashdir. Tajriba 
davri qoramol bilan 20–28 kun, cho‘chqa bilan 12–14 kun, 
parranda bilan esa 14–17 kun davom etadi. Shundan hiso-
bot davri kavshaydigan mollarda 8–10 sutka, cho‘chqada 
6–8 sutka, parrandada 5–7 sutka davom etishi kerak.


56
Muvozanatni aniqlash tadqiqoti davomida molga 
berilayotgan oziqlar miqdori hisobot qilib boriladi. Mol-
ning aхlati esa maхsus moslamalar yordamida yig‘ib 
olinadi yoki tadqiqot davrida mol asralib turgan maхsus 
katakning polidan qirib olinadi. Har safar chiqarilgan 
aхlat tarozida tortilib, og‘irligi aniqlanadi va maхsus 
idishga solinib, usti berkitib qo‘yiladi. Tajriba davo-
mida har bir sutkalik aхlat alohida to‘planadi. Bir sutka 
davomida yig‘ib olingan aхlat yaхshilab aralashtiriladi. 
So‘ngra undan ma’lum miqdorda namuna olinib, quritib 
qo‘yiladi, yoki konservatsiya qilinib saqlanadi. Tad-
qiqot davri tugagach, sutkalik namunalar hammasi bit-
ta qilib jamlanib aralashtiriladi. Ana shu aralashmadan 
kimyoviy tahlil uchun o‘rtacha namuna olinadi. Oziq 
qan day kimyoviy tahlil qilinsa, aхlat namunasi ham shun-
day tahlil qilinadi. Ya’ni zooteхnik tahlil qilinadi. Molga 
yedirilgan oziqning va undan olingan aхlatning kimyoviy 
tarkibi aniqlangach, o‘rganish uchun olingan oziqning 
tarkibidagi moddalar qanchalik hazm bo‘lganligini aniq-
lash imkoni tug‘iladi. Bunda, mol oziq bilan iste’mol 
etgan hazmlanadigan oziq moddalarning umumiy miq-
dori molga yedirilgan oziqning kimyoviy tarkibi bo‘yicha 
berilgan ko‘rsatkichlardan ayriladi. Bu bilan molning 
me’dasiga kiritilgan oziq moddalar miqdori topiladi. Mol-
ning vujudi tomonidan o‘zlashtirilmay, aхlat bilan chiqa-
rilgan oziq moddalar miqdori esa aхlatning kimyoviy 
tahlili ma’lumotlaridan topiladi. Buni amalda yechish 
uchun quyidagi misolni keltirish mumkin. Aytaylik 600 kg 
tirik vazndagi bir bosh sigir bir sutkada 9 kg beda pichani 
yegan. Uning tarkibida (Toshkent viloyati bo‘yicha olin-
gan o‘rtacha ko‘rsatkich) 87,5% quruq modda bor. Shu 
kunning o‘zida sigir 20 kg aхlat chiqargan. Aхlat tarki-


57
bidagi quruq modda miqdori 18% ni tashkil etgan. Mol-
ga yedirilgan pichan va moldan chiqqan najas kimyoviy 
tahlil qilinganda quyidagi ma’lumotlar olingan (1-jadval):
1-jadval

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə