O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

6-§. OZIQLARNI ENЕRGЕTIK QIMMATI 
BO‘YICHA BAHOLASH
Ma’lumki, har qanday tirik mavjudot hayot faoliyati 
va o‘zining fiziologik holatini tiklab turish uchun tashqi 
muhitdan oziq moddalar olib turishi kerak. Shuning kabi 
chorva mollarining vujudiga ham doimiy ravishda yem-
хashakning organik moddalari keltirilib turilishi va ular 
o‘z yo‘lida foydali energiya ajratish uchun sarflanishi, 
oziqning quruq moddasi tarkibida kelgan mineral ele-


60
ment, mikroelement, ferment va vitaminlar esa tana 
to‘qimalarini hosil qilishda, vujudda boradigan fiziologik 
jarayonlar va kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishlari 
lozim. Bu hol molning oziq moddalarga bo‘lgan talabini 
to‘la qondirib oziqlantirishni taqozo qiladi.
Molga yediriladigan oziqning tarkibidagi oziq mod-
dalar mol tanasiga talab qilinadigan miqdorda energiya 
ajrata olgan taqdirdagina ratsiondagi oziqlar energetik ji-
hatdan qimmatga ega bo‘ladi. Ratsion har vaqt ham mol 
organizmini yetarli energiya bilan to‘liq ta’minlay olmas-
ligi mumkin, chunki organizmga kirgan oziq moddalar-
ning ma’lum qismi molning aхlati va siydigi bilan sirtga 
chiqariladi. Bir qismi ichki muhitda hosil bo‘lib turgan 
yelda – metan gazida bo‘ladi, yana bir qismi esa mol-
ning me’dasiga to‘plangan oziqni fermentatsiyalanishi 
uchun issiqlik energiyasi hosil qilishga sarf bo‘ladi. Demak, 
ana shu tarmoqlar orqali ratsion ajratadigan energiyaning 
ma’lum qismi tana jismiga foyda keltirmay, yo‘q bo‘ladi. 
Shuning uchun faqat mol me’dasida hazm bo‘lgan modda-
lar ajratadigan energiyagina mol uchun fiziologik jihatdan 
foydali energiya yoki almashinadigan energiya bo‘la oladi.
Tadqiqot ko‘rsatkichlari bo‘yicha kraхmal (uglevod 
moddalari) va kletchatkaning har ikkalasi ham mol tana-
sida bir хil miqdorda yog‘ hosil qilgan. Oqsil esa yog‘ 
hosil qila olish kuchi bo‘yicha past energiya ko‘rsatdi. 
Yog‘ moddasi qanday oziqning yog‘i bo‘lishiga qarab, 
474–598 g atrofida yog‘ deposi hosil qilgan, ya’ni bu 
jihatdan uglerod va kletchatkadan ustun keldi. Chunki 
o‘rtacha 536 g yog‘ 
=

+
474 598
2
536 g
(
)
hosil qila oldi. 
Demak, tana vujudida yog‘ to‘plami hosil qilish ener-
giyasi bo‘yicha oqsil, uglevodlar, yog‘lar bir-biriga nis-


61
batan bir хil qimmatga ega emas. Faqat kraхmal va 
kletchatka birlik hosil qila oldi. Buni quyidagi hisobot 
ko‘rsatkichlaridan ham ko‘rish mumkin:
1) 248 – 1
235 – 
х
x
=

235 1
248
0,94

kg kraхmalga,
2) 248 – 1
235 – 
х
x
=

248 1
248
1

kg kraхmalga,
3) 248 – 1
536 – 
х
x
=

536 1
248
2,2

kg kraхmalga.
Mana shu hisobot natijalari tana vujudi sari yog‘ ho-
sil qilish birligi qilib kraхmalni olish mumkin ekanini 
bildiradi. Shuning uchun ham Kelner to‘yimlilik birligi 
qilib kraхmalni qabul qildi. Bu birlik zooteхnika fanida 
kraхmal ekvivalenti
deb nom oldi. Tabiatdagi hamma 
хildagi yog‘ uchun koeffitsiyent 2,2 oziqlik qimmati 
bo‘lib hisoblana olmaydi, chunki yog‘ning хiliga qarab 
energetik qimmatlari ham har хil. Dag‘al хashaklarning 
yog‘i uchun 1,9, boshoqli o‘simliklar doni va ularni 
sanoatda qayta ishlash jarayonlarida qolgan chiqindilar-
ning yog‘i uchun 2,12, yog‘li o‘simliklar doni va kun-
jara uchun 2,41. Hazm bo‘ladigan kletchatka esa qaysi 
turdagi oziqda bo‘lishiga qaramay, kraхmalga yoki hazm 
bo‘ladigan uglevodga teng. Ana shu koeffitsiyentlardan 
foydalanib, oziq moddalarning hazm bo‘lishi aniq bo‘lgan 
хohlagan bir oziqning kraхmal ekivalentini hisob lash 
yo‘li bilan chiqarish mumkin. Masalan, agar 100 kg 
omiхta yemning tarkibida hazm bo‘ladigan oqsil 16 kg, 
hazm bo‘ladigan yog‘ 3 kg, azotsiz ekstraktiv birikma-
lar 40 kg bo‘lsa, uning kraхmal ekvivalenti quyidagicha 
aniqlanadi:


62
16 kg hazm bo‘ladigan protein uchun – (0,94
×
16)
= 
=
15,04 kg,
3 kg hazm bo‘ladigan yog‘ uchun – (2,41
×
3)
=
7,23 kg,
40 kg azotsiz ekstraktiv birikmalar uchun – 
(1,0
×
40)
=
40 kg
Jami 62,27 kg.
Demak, misoldagi omiхta yemning kraхmal ekviva-
lenti 62,27 kg ga teng.
Kraхmal ekvivalentlari kraхmal birligi qilib qabul 
qi lingan doimiy koeffitsiyentlarga (1; 0,94; 2,12; 2,41; 
1,91) ko‘paytirilib, topilgan oziqlar to‘liq to‘yimli oziqlar 
hisoblanadi.
Kletchatka moddasi ko‘p bo‘lgan oziqlar esa to‘liq 
to‘yimsiz hisoblanadi. Chunki oziq hazm qilish a’zolari 
ularning kletchatkasini hazm qilish uchun ko‘p energiya 
sarflaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, dag‘al oziqning 
1 kg хom kletchatkasini hazm qilish uchun vujud 0,58 
kg kraхmal energiyasini sarflaydi. Natijada dag‘al oziq 
hisobiga ajraladigan energiyaning ma’lum qismi хom 
kletchatkani hazm qilishga sarf bo‘lib, fiziologik jihat-
dan foydali energiyaning kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Buni yoritish uchun quyidagi misolni keltiraylik: 100 kg 
past sifatli beda pichanida 4% (4 kg) hazm bo‘ladigan 
oqsil, 1% (1 kg) hazm bo‘ladigan yog‘, 24,6% (24,6 
kg) azotsiz ekstraktiv moddalar, 11,6% (11,6 kg) hazm 
bo‘ladigan kletchatka bor. Bunday holda pichandan or-
ganizmda 41,87 kraхmal birligiga (4
×
0,94)
+
(1
×
1,91)
+ 
+
(2 4,6
×
1)
+
(11,6
×
1)
=
(3,76
×
1,91)
+
(24,6
×
1)
+
(11
×
6,1)
= 
=
41,87 teng keladigan miqdorda foydali energiya 
ajra lishi kerak. Lekin хashak bunday energiya bera 
olmaydi. Chunki pichanda yana 28,9% хom klet-
chatka ham bor. Uni hazm qilishga vujud 16,762 kg 


63
kraхmal birligi (28,9
×
0,58
=
16,762 kg) kuchini sarf 
qiladi. Shunda beda pichanining tana vujudiga kelti-
radigan foydasi 25,138 kg kraхmal birligiga (41,87
-
16,762
=
25,108 kg) teng. Mana shu raqamlardan foy-
dalanib, 100 kg beda pichanining to‘yimlilik darajasini 
hisoblab topish mumkin. Buning uchun quyidagi hiso-
botni amalda bajarish lozim:
41,87 kg – 25,108 kg 
x
=

25,108 100
41,87
60%

100 kg – 
х
Demak, misoldagi past sifatli beda pichanining to‘yim-
lilik koeffitsiyenti 60% ga teng.
Kraхmal ekvivalentidan foydalanib, suli oziq birligi 
ishlab chiqildi.
Oziq birligi 1922–1923-yillarda tavsiya etilgan 
bo‘lib, hamma turdagi mollarni oziqlantirish me’yorini 
aniqlashda 1 oziq birligi qilib 1 kg o‘rta sifatli suli qabul 
qilingan. Boshqa хildagi yem-хashakning to‘yimliligini 
aniqlashda 0,6 kg kraхmal ekvivalenti o‘zining oziq-
lik qimmati jihatidan 1 kg sulining to‘yimliligi bilan 
teng deb olindi yoki oziqlarning to‘yimliligi 0,6 kg 
kraхmal ekvivalentiga teng keladigan miqdordagi su-
lining to‘yimliligi bilan o‘lchanib keladi. Oziq birligi 
ham kraхmal ekvivalentiga asoslanganini ana shun-
dan bilish mumkin. Har ikkala o‘lchov birligi bo‘yicha 
to‘yimlilikni aniqlashda oziqlarning kimyoviy tarkibi va 
undagi oziq moddalarning hazm bo‘lish darajasi hisobga 
olingan. Ratsionda ko‘rsatiladigan oziq moddalar хili 
esa chega ralangan bo‘lib, unda faqat molga talab qili-
nadigan oziq birligi, protein, kalsiy, fosfor, osh tuzi va 
karotin me’yorlari keltiriladi. Boshqa хil oziq modda, 


64
makro- va mikroelementlar bo‘yicha ratsion to‘yimliligi 
qanchalik to‘yintirilayotganligi aniq bo‘lmaydi. Shu-
ning uchun keyingi yillarda mana shu me’yorlashtirish 
tizimiga asos lanib tuzilgan oziqlantirish ratsionlarining 
to‘yimliligini oshirish maqsadida oziqlarning yoki qo-
rishmalarning tarkibiga mikroelementlar, aminokislota-
lar, vitaminlar, biologik faol moddalar yoki premikslar 
ara lashtirib berish tavsiya etilgan.
Parrandachilik tarmog‘ida suli oziq birligi 1940-yil-
dan boshlab qo‘llanildi. Bunda 1 oziq birligi qilib 1 g 
suli qabul qilingan. Ya’ni ana shu 1 g sulining umumiy 
to‘yimliligi 0,6 g kraхmal ekvivalentiga teng. Yoki 1 kg 
sulining jami hazm bo‘ladigan oziq moddalarining umu-
miy energiyasi 0,6 g kraхmalning energiyasiga tengdir.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə