O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

7-§. OZIQLARNI ALMASHINADIGAN 
ENЕRGIYA BO‘YICHA BAHOLASH
Yem-хashak va oziqlantirish ratsionlarini almashi-
nadigan energiyasi ko‘rsatkichi bo‘yicha yoki organizm 
tomonidan o‘zlashtirilgan oziq moddalarning ajratgan 
ener giyasi bo‘yicha baholash qo‘llaniladi. Yem-хashak va 
ratsionlarning to‘yimliligini bunday baholash usulini kiri-
tishdan maqsad:
– yem-хashak, uning tarkibidagi oqsil, yog‘, ug-
levod, kletchatka, mineral elementlar, vitaminlar saqlani-
shi, ularning miqdori, sifati, hazm bo‘lish darajasi hamda 
tana vujudida energiya ajrata olish ko‘rsatkichiga qarab 
to‘g‘ri baho berishdan iborat. Shuningdek, hozirga qadar 
qo‘llanilib kelinayotgan va shu kundagi talabga javob 
bera olmaydigan suli oziq birligi o‘rniga 
«Energetik qim-
mati bo‘yicha baholash»
degan tushuncha kiritishdir;


65
– oziqlar va ratsionlarning energetik qimmatini al-
mashinadigan energiya kaloriyasi bilan belgilash yoki 
fiziologik jihatdan foydali energiya deb tushunish. Ener-
giya qimmatini aniqlash birligi qilib 2500 kilokaloriya 
(10450 kJ) almashinadigan energiyani qabul qilish va ana 
shu birlikka energetik oziq birligi deb nom berish.
Almashinadigan energiyani aniqlash uchun mol vu-
judiga keltirilgan oziq energiyasining umumiy ko‘rsat-
kichidan, uning aхlati bilan, siydik tarkibi bilan, ichakla-
rida hosil bo‘ladigan yel (gazlar) tarkibi bilan ichki muhit-
dan chiqarib tashlanadigan quvvat miqdori ayiriladi. Farqi 
fiziologik jihatdan foydali energiya hisoblanadi. Ya’ni mol 
yoki parrandaning organizmida ratsionning oziq mod-
dalari hisobiga hosil bo‘lgan umumiy energiyadan aхlat, 
siydik va gaz bilan chiqarib yuborilgan energiya miq-
dorini ayirgandan so‘ng qolgan energiya 
almashinadigan 
ener giya yoki fiziologik foydali energiya
deyiladi.
Oziqlarning yoki oziq ratsionining almashinadi-
gan energiya ekvivalentini topishda oziq moddalarning 
hazm bo‘lish darajasini aniqlash usulidan foydalaniladi. 
Bu 
kalorimetrik usul
deb yuritilib, amaliy ishni bajarish 
uchun 1 g energiyadagi oziq yoki aхlat namunasi olinadi 
va kalometrik bombaga (7, 8-chizmalar) joylashtiriladi. 
So‘ngra bombaga 25 atmosfera bosim bilan kislorod 
yuboriladi. Keyin uni kalorimetr idishga to‘lg‘azilgan 
suv ning ichiga tushiriladi va elektr toki bilan bomba 
ichidagi namuna kuydiriladi. Yuqori bosimdagi kislo-
rod ichida namuna yonadi. Uning yonishi jarayonida te-
gishlicha issiqlik energiyasi ajratadi. Namuna yongunga 
qadar va yongandan so‘ng kalorimetr ichidagi temperatu-
ra maхsus termometr yordamida o‘lchanadi. Termometr 
ko‘rsatkichlari asosida maхsus formulaga solib, yonish 


66
jarayonida namuna qancha energiya ajrata olgani hisob-
lab chiqariladi. Ana shu energiya oziqning umumiy ener-
giyasi hisoblanadi.
Bunday tadqiqot o‘tkazishda parranda yoki molga yedi-
rilgan oziqlar nazorat qilinadi va energiyasi aniqlanadi. 
Bundan tashqari, parranda aхlati, cho‘chqa aхlati va siydigi 
yig‘ishtiriladi. Kavshaydigan mollarda aхlat hamda siydik-
dan tashqari ichaklarda hosil bo‘ladigan gaz ham hisobga 
olinishi kerak. Chunki kavshaydigan molning oziq hazm 

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə