O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instituti


I BOB. CHIZMA GEOMETRIYA FANI VA UNING AHAMIYATI



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə3/9
tarix08.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#109104
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jo\'rayeva M Chizma geometriya fanini o’qitishda talabalarning fazoviy

I BOB. CHIZMA GEOMETRIYA FANI VA UNING AHAMIYATI.
1.1.Chizma geometriya fanining shakllanish tarixi.
Chizma geometriya – bu grafik tasvirlash fani bo‘lib, u proyeksiyalash usuliga asoslangan holda, fazoviy shakllarni ularning bir-biriga bo‘lgan vaziyatlarini va fazoviy yechimlarini tekislikda tasvirlar orqali o'rganadi. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan asosan tasvirlash usuli bilan farq qiladi va boshqa fanlar qatori matematika bilan ham uzviy bog'langandir. Chunki, analitik geometriyada metrik va fazitsion masalalar analitik usulda yechilsa, chizma geometriyada grafik usulda bajariladi.
Chizmalar orqali jismlarning fazodagi shaklini tasavvur qilish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Chizma geometriya fanining yana bir xususiyati shundaki, bo'lajak muhandis, arxitektor, konstruktor va dizaynerlarning fazoviy tasavvurini kengaytiradi, ularni ijodiy fikrlashga, yangiyangi modellarni, loyihalarni, konstruksiyalarni yaratishga undaydi, ular o'zining ijodiy fikrlarini chizmalar yordamida bayon etadilar. Shunday qilib, chizma geometriya qonunlari asosida faqat bor narsalarni emas, balki tasawur qilingan bo‘lajak loyihalarni ham tasvirlash mumkin, bu esa olamshumul yangiliklar yaratish imkonini beradi.
Tarixga nazar tashlansa, narsalarni tasvirlash kishilar hayotida juda qadimdan paydo bo'lgan. Chizmalarning rivojlanishi tasvirlar chizishdan boshlangan bo‘lib, kishilar hali yozishni bilmaganlari holda, o‘zlari ko'rgan narsalarning tasvirini qoyalar, tog‘ devorlarga va boshqa joylarga tirnab, o‘yib ishlaganlar. Ana shu oddiy rasmlarni tasvirlash asosida birinchi “ieroglif” yozuvlar kelib chiqqan. Bunday tasvirlar Xitoy, Misr, O‘rta Osiyo va boshqa joylarda ko'p uchraydi. Bu kabi grafik uculda, ya’ni tekislikda shartli belgilarni tasvirlash va undan foydalanish g‘oyalari insoniyat rivojlanishida ko‘p asrlik tarixga ega.
Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash, ularni amalda tatbiq qilish nazariyasini rivojlantirishda bir qancha olimlar ish olib bordilar. Ulardan qadimgi grek olimlari Esxil, Anaksagor, Demokrit va boshqalar shular jumlasidandir. O'rta Osiyo olimlaridan Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniylar o'z ilmiy ishlarida proyeksiyalar usulini tatbiq etib, chizmalar chizganlar. Foydalangan asboblari ham chizmalar asosida yaratilgan. Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanidan tashqari, o'z ilmiy-amaliy faoliyatida tasvirlar chizish nazariyasini yaratib, ancha yuqori darajadagi chizmalarni amalda tatbiq qilgan.
Grafik tasvirlash usullarining yanada rivojlanishi uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Italyan olimi va rassomi Leonardo da Vinchi chizma geometriyaga tegishli bo'lgan perspektiva nazariyasiga katta hissa qo'shdi. XVIII asr oxirlarida fransuz muhandisi va matematigi Gaspar Monj proyeksion tasvirlar tuzish bo'yicha to'plagan tajribalarini umumlashtirdi va ilmiy asosladi. U 1798-yilda ≪Chizma geometriya≫ kitobini yozib, unda birinchi marta o'zaro perpendikular tekisliklarga to'g'ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash usulini qo'lladi. Bu usul hozirgacha ≪Monj usuli≫ deb yuritilib kelinmoqda
XIX asrda proyeksion tasvirlash usullarini yanada rivojlantirishda rus olimlaridan Y.A.Sevostyanov, N.I. Makarov, V.I. Kurdyumovlar katta hissa qo'shdilar. 1821-yilda Y.A Sevostyanov tomonidan birinchi marta rus tilida chizma geometriya darsligi nashrdan chiqarildi. Respublikamizda chizmachilik va chizma geometriya fanini rivojlantirishda Y. Qirg'izboyev, R. Xorunov va yana boshqa ko'pgina olimlar katta hissa qo'shdilar. Ular 1959-1961 -yillarda birinchi marta o'zbek tilida chizma geometriyadan qo'llanma va darsliklar yaratdilar.
Hayotdagi barcha narsa (buyum)lar, jismlar chizma geometriya nuqtayi nazaridan geometrik jismlardan tashkil topgan, geometrik jismlar esa, geometrik. element (nuqta, to'g'ri chiziq va tekislik) lardan iborat deb qaraladi. Haqiqatdan ham piramidaning uchlari nuqtalardan, qirralari to‘g‘ri chiziq kesmalaridan, tomonlari esa tekisliklardan iborat, shu jumladan barcha buyumlar geometrik jismlarning o‘zaro kompleks kesishuvidan hosil bo'lgan. Demak, buyumlarning tasvirini chizishda oddiydan murakkabga tomon nuqtalaming chizmasini chizishdan boshlab o'rganiladi.
Chizma geometriya fanida quyidagilar o'rganiladi:
1) fazoviy jismlarni tekislikda tasvirlash usullari;
2) chizmada geometrik masalalarni grafik usulda yechish;
3 ) jismlarning chizmasi bo'yicha ularning fazoviy ko'rinishini tasawur qilish va yaqqol tasvirini hamda maket va modellarini yasash;
4) jismlarning grafik va analitik modellari hamda ularning biridan ikkinchisiga o'tish usullari.
Chizma geometriyada geometrik masalalarni asosiy uchta guruhga bo'lish mumkin:

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə