O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instituti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə2/9
tarix08.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#109104
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jo\'rayeva M Chizma geometriya fanini o’qitishda talabalarning fazoviy

«KELISHILDI»
San’atshunoslik fakulteti dekani_______________

«_____» _________________ ________ y.

«TASDIQLAYMAN»
« Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» kafedrasi mudiri dotsent Xomidjonova F ______________________
imzo «_____» __________________ y.

Fakultet: San’atshunoslik fakulteti

Ta’lim yo’nalishi: Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi

Kafedra: _ Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi

Ilmiy rahbar: A.Valiyev

Kurs ishi bajaruvchi talaba: Jo’rayeva M.



Magistratura ta’lim shakli


Reja:

KIRISH
I BOB. CHIZMA GEOMETRIYA FANI VA UNING AHAMIYATI.
1.1.Chizma geometriya fanining shakllanish tarixi.
1.2.Bugungi kunda chizma geometriya fanini o’qitishning ahamiyati.
II BOB. TALABALARINING FAZOVIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHDA CHIZMA GEOMETRIYANI O'QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI.
2.1. Talabalarda fazoviy tasavvurini rivojlantirishning bugungi holati va muammolari.
2.2. Talabalarda fazoviy tasavvurni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
O`zbеkiston Rеspublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'lim sifatini oshirish bo`yicha qo`yilgan vazifalarga asosan innovatsion o`qitish tеxnologiyalardan foydalanib mashg`ulot olib boorish talabalarni mustaqil fikrlashga fan bo`yicha bilimlarini chuqurroq egallashga intilishlariga kеng yo`l ochib bеradi. Muhandis – pеdagoglar tayyorlash jarayonida jahon ta'limi tizimida yuqori samara bеrayotgan innovatsion ta'lim tеxnologiyalarini o`zlashtirish va qo`llash ustuvor vazifalardan biri bo`lib kеlmoqda.
Davlatimiz rahbari ta‘kidlab o‘tganlaridek Oliy o‘quv yurtlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri o‘z ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur nazariy bilimlar, puxta amaliy malakalarga ega bo‘lgan yetuk zamonaviy bakalavr va magistrlar tayyorlab etishtirishdir. Hozirgi zamon texnika texnologiyasiga doir bilimlarni muvaffaqiyatli egallashning shartlaridan biri, talabalarda grafik savodxonlik, ko‘nikma, malakalarini ya‘ni chizmalarni o‘qiy va bajara bilishdir. Shu munosabatda chizma chizishning asosi – chizma geometriya fanini mukammal egallashni talab etadi.
Xalq ho‘jaligini fan texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish – bozor iqtisodiyotining muhim vazifasi hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog‘liq. Bunday kadrlar prinsipial yangi ilmiy g‘oyalar va yuksak texnik echimlarni yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.
Chizma geometriya fanidan chizmalarni tuzish va o`qishga imkon beradigan bilim va malakalar orttirish, shuningdek, fazoviy tasavvurni rivojlgntirish uchun zarurdir. Chizmalarni tuza bilish va o`qiy olish, tasvirlar yasash metodini, turli pozitsion va metrik masalalar yechishni va chizma geometriya hamda qurilish chizmachilikda qabul qilingan bir qator shartliliklarni bilishga asoslanadi. Fazoviy tasavvur deganda insonning ayrim qismlar shakli, o`lchamlari, proporsiyasini, rangni, sirt fakturasnni va turli buyumlarning, jumladan, bino, inshoot va konustruksiyaniig ayrim sifatlarini fikran ko`z oldiga keltirish xususiyati tushuniladi.
Proeksiyalash metodi deb ataladigan tasvirlar yasash metodi chizma geometriya va muhandislik grafikasi uchun umumiydir. Chizma geomegriyada bu metodning nazariy asoslari o`rganilsa, muhandislik grafikasida amalda qo`llanilishi o`rganiladi. «Chizma geometriya» kursida chizmalar yasash va ularni bajarish yo`llarining chizma geometriyada foydalaniladigan qoidalari o`rganiladi. Qurilish chizmachilikdan olingan malakalar muhandislik grafikasida va chizma geometriyada qo`llannladi.
Chizma geometriya va injenerlik grafikasi fani oliy professional bilim darajasini belgilovchi Davlat ta’lim standartida umum talim va umumprofessional o`quv fanlari qatoridan o`rin olgan.
Talabalar bu fanni o`zlashtirishda bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar jumladan detallar va mashina mexanizmlarining proyeksiyalari orqali detallarning o`zini tasavvur qilish va ularga qirqimlar berish, ortoganal proyeksiyada soyalar yasash, perspektivada soyalar yasash. Bu kabi muammolarni bartaraf etishda jahon amaliyoti axborot ommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko’rsatmoqda.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya