O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instituti


Bugungi kunda chizma geometriya fanini o’qitishning ahamiyati



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə5/9
tarix08.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#109104
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jo\'rayeva M Chizma geometriya fanini o’qitishda talabalarning fazoviy

1.2.Bugungi kunda chizma geometriya fanini o’qitishning ahamiyati.
Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasining ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi ilmiy - texnikaviy taraqqiyot injener - texnik xodimlar, jumladan, texnik - mashinasozlar tayyorlashga, ularni rivojlantirishga katta talablar qo’yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi yuqori texnologik mamlakatni rivojlantirishda chizmachilikni o’qitishda o’quv yurtlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri - ixtisosligi bo’yicha chuqur nazariy bilimga xamda mustahkam amaliy tajribaga ega bo’lgan malakali kadrlar va mutaxasislar tayyorlash hozirgi kunda oldinga qo’yilgan talablardan biri ekanligidir. Kadrlar tayyorlash sifatini hozirgi zamon ishlab - chiqarish, fan va texnikaning talablarini, shuningdek, ularni kelajakda rivojlanish istiqbollarin nazarga olgan holda doim takomillashib borishi lozim.
Hozirgi zamon o’zbek mutaxasislari chizma geometriya va injenerlik grafikasi sohasida nazariy ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqdalar, chizmachilik—konstuktorlik ishlarini mexanizatsiyalashtirish va konstuktorlik ishlarni mexanizatsiyalashtirish va konstuktorlik hujjatlarini ko’paytirish uchun asbob va apparatlar ishlab chiqish ustida ishlayaptilar, yangi standartlarni topishlikda, ya`ni yo’lga qo’yishda izlanmoqdalar.
Ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga keng ko’lamda joriy qilish quyidagilarni beradi:
- o’quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor - o’qituvchilar tomonidan qidirib topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;
- elektron o’quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirishni tezlashtirilishi;
- talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.
- tekstografik axborotli mazmunga ega ta’lim majmualari o‘rniga ovoz,
animatsiya, video imkoniyatiga hamda obektlarni 2D va 3D da kurish imkoniyati ega ekanligi ;
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi axborot ta’lim muhitiga o‘zaro axborotli ta’sir muhiti sifatida qaralib, talabalar, magistrantlar hamda ilmiy izlanuvchilarning axborotga, maxsus apparat va dasturiy vositalarga bo‘lgan talabehtiyojlarini qondirish maqsadi ko‘zda tutiladi.
Mazkur axborotli o‘zaroaloqa tarkibiga: insonlararo kommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telefon aloqasi, chatlar, forumlar, videokonferensiyalar va boshqalar), tashqi va ichki axborot resurslariga ulanish, shuningdek, o‘quvchilarga taqdim etiladigan axborot resurslarining o‘zi kiradi. Oliy ta’lim muassasalari (OTM) asosiy axborot resurslarini turli fanlarni o‘rganishga oid elektron o‘quv-metodik majmualar (EO‘MM) tashkil etadi.EO‘MM deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda hozirgi kunda talab etiladigan zarur interaktivlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko‘paytirishda kam xarajat sarflash, ko‘p variantlilik, ko‘p bosqichlilik hamda tekshirish uchun topshiriqlar va testlar hajmining ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi.
Zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayoniga EO‘MMni joriy etish talabalarga fan bo‘yicha axborotning to‘liq manzarasini namoyish etish, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini ta’minlash, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazoratni takomillashtirish, o‘quv jarayonini natijaviyligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarning afzalligiga dars jarayonining yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlash xususiyatini kiritish mumkin.
Talabalar mustaqil tayyorgarligi jarayonida mazkur vositalardan foydalanish ta’lim tizimidagi odatiy bo‘lgan o‘qitish vazifasi faqat o‘qituvchiga taalluqli bo‘lgan, tipik vaziyatni o‘zgartiradi. EO‘MM talabaga taqdim etilayotgan o‘quv axborotlarini erkin qabul qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko‘ra, o‘zlashtirishida o‘qituvchining o‘qitish funksiyasi talabaning o‘ziga o‘tadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchini faqat qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quv axborotlari oqimidan samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishga yordam beradi.
Talabalar bilan o‘zaro hamkorlikda EO‘MMdan foydalanish вa o‘quv jarayonini tashkil etish an’anaviy o‘quv vositalariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega, jumladan:
• har qanday geografik nuqtadan o‘quv materiallariga ulanish kafolatlanishi;
• elektron materiallarni o‘z vaqtida yetkazib berilishi;
• materiallarni izlashni osonlashtirish, imtihonlarga tayyorgarlikni
yengillashtirilishi;
• o‘quv materiallaridan ish joylarida, uyda va mobil telefoni qurilmasini Internet tarmog‘iga ulab, yo‘lda ham foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
• elektron materiallarning o‘z vaqtida va operativ yangilanishi kabilardan iborat.
Tekstografik axborotli mazmunga ega ta’lim majmualari o‘rniga ovoz, animatsiya, video imkoniyatiga ega, virtual laboratoriya amaliyotlari, qidirish va ekspert tizimlari moduli hamda ichki dasturiy-didaktik algoritmlar, talaba - pedagog - o‘quv materiali o‘zaro munosabati orqali amalga oshiriluvchi multimediyali va interaktiv komplekslar kirib keldi. Xulosa qilib aytganda, elektron o‘quv-metodik majmualar o‘qitish jarayonini o‘qitishning boshqa shakllari, jumladan, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda masofaviy ta’lim texnologiyalari bilan tashkil etishda o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi, balki ta’lim istiqbollarini ta’minlashda yanada katta e’tiborni talab etadi.
«Chizma geometriya va injenerlik grafikasi» ni talabalarga o`qitishdan asosiy maqsad turli ob‘ektlar va ulardagi bog`liqliklarni, chizmalar ko`rinishidagi fazoviy shakllari va munosabatlarini fazoviy va xayoliy tasavvur qilish, fazoviy konstruktivgeometrik fikrlash, shuningdek, ularni fazoviy taxlil qilish va umumlashtirish, chizmalarni o`qish va yaratish, ishlab chiqarishning konstruktorlik va texnikaviy hujjatlarni tayyorlashga oid bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir.
Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o`zlashtirish samaradorligini oshirishda elektron o`quv-uslubiy majmualarda 3D animatsiyalardan foydalanish va 3DS Max, AutoCad, Revit dasturlarida tayyorlangan materiallardan foydalanish talabalarning fazoviy va xayoliy tasavvur qilish ko`nikmasini shakillantirishda ananaviy ta`limdan ko`ra ijobiy natijalarga olib kelganligi jahon tajribasida o`z tasdig`ini topdi. Jahon tajribasi shuni ko`rsatmoqdakichizma geometriya va muhandislik grafikasi fanining quyidagi mavzulari bino perspektivasida soyalar yashashni 3D tarzda zamonaviy kompyuter dastur(AutoCad, 3DS Max, Civil 3D va h.k.)lari orqali ko`rish, detallarga qirqimlar berish va proeksiyalarini va ular orqali shu detalning o`zini tasavvur qilish ko`nikmasini shakllantirish, topografik sirtlarda qirqimlarni yasashni qiyin emas, balki hamma uchun qiziqarli mavzular sifatida qaraladigan bo`lishiga olib keldi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga keng kirib kelishi bilan ko’pgina davlatlarda masofaviy ta’lim, ochiq ta’lim va malaka oshirishning masofadan turib oshirish kurslari ham keng kirib keldi. Qoida tariqasida masofaviy o'qishda elektron darsliklar qo'llaniladi. Ushbu darsliklarning afzalliklari quyidagilardan iborat: ularning harakatchanligi; kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi bilan aloqaning mavjudligi; zamonaviy ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasiga muvofiqligi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quvjarayonida qo’llashning istiqbollaribo’lib multimediatexnologiyalar asosida interaktivma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar.Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy- texnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animasiya (multiplikasiya, video») ko’rinishdagi axborotlarni turli xis etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasini yuksaltirilishini ta’minlaydi.
O'quv jarayonida elektron o'quv qo'llanmalaridan foydalanish o'qituvchiga quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi:
1. talabaning individual ishini rejalashtirish jarayonini soddalashtirish va dasturiy ta'minotdan foydalanish vaqtini qisqartirish;
2. har bir talaba uchun uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda vazifalar tizimini tuzish, ishlatilgan topshiriqlar hajmini oshirish, ularni tanlash va ko'paytirish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish;
3. talabalarga multimediya vositalaridan va Internetdan qo'shimcha vizual va eshitish ma'lumotlarini taklif qilish;
4. darslikdagi elektron qo'llanmaning onlayn versiyasidan foydalanganda har bir bolaning individual ishini kuzatish, o'zgarishlar kiritish va uning faoliyatini baholash imkoniyati paydo bo'ladi. Talabalar tabiiy moyilliklari va tayyorgarlik darajalariga mos keladigan sur'atda ishlashlari mumkin.
Shunday qilib, elektron qo'llanmalar katta amaliy ahamiyatga ega.Ularning yordami bilan nafaqat tasviriy materiallar bilan ta'minlangan faktik ma'lumotlarni etkazish, balki standart o'qitish usullaridan foydalanib ko'rsatib bo'lmaydigan ba'zi jarayonlarni aniq namoyish etish mumkin.Bundan tashqari, talaba electron qo'llanmani mustaqil ravishda, o'qituvchi yoki rahbarning yordamisiz, o'z savollariga javob topishi mumkin. Shuningdek, elektron qo'llanmalarning muhim qadriyatlari shundan iboratki, o'qituvchi zarurat tug'ilganda matn yoki tasviriy materiallarni tezda to'ldirishi va o'zgartirishi mumkin, bu esa "Axborot va tahliliy faoliyat" kabi dinamik ravishda o'zgarib turadigan intizom uchun juda muhimdir.
Elektron darsliklardan foydalanish amaliyoti shuni ko'rsatdiki, talabalar taqdim etilgan materiallarni sifatli o'zlashtiradilar, bu test natijalari bilan tasdiqlanadi. Shunday qilib, axborot texnologiyalarining rivojlanishi yangi usullarni o'qitish usullarini ixtiro qilish va shu bilan uning sifatini oshirish uchun keng imkoniyat yaratadi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə