O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instituti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə4/9
tarix08.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#109104
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jo\'rayeva M Chizma geometriya fanini o’qitishda talabalarning fazoviy

Pozitsion masalalar. Bunda geometrik jismlarning o'zaro joylashish vaziyatiga nisbatan ularning kesishuvi natijasida hosil bo'ladigan natijalar o'rganiladi. To'g'ri chiziq va tekislik, tekislik bilan tekislikning kesishgan chiziqlarini topish kabi masalalar kiradi.
Metrik masalalar. Metrik masalalar guruhiga to'g'r chiziqlar orasidagi masofa va burchaklarni aniqlash kiradi. o'zaro perpendikular to'g'ri chiziqlar yoki tekisliklar yasash, ularning haqiqiy kattaligini aniqlash, sirtlarga normallar o'tkazish, turli sirtlarning yoyilmalarini yasash va hokazo.
Konstruktiv masalalar. Bu masalalarga oldindan berilgan biror shartni qanoatlantiradigan geometrik shakllarni yasash, ma’lum bir texnik talablarga javob beradigan egri chiziq va sirtlar hosil qilish kiradi. Chizma geometriyada chizmalarni hosil qilish asosan proyeksiyalash usulida amalga oshiriladi. Proyeksiyalovchi nurlarning biror tekislik bilan kesishgan nuqtasi orqali, proyeksiyalash usuli vujudga keladi. Nurlarning yo'nalishiga qarab ikki xil proyeksiyalash mavjud, ya’ni markaziy va parallel proyeksiyalash.
Markaziy proyeksiyalash. Fazodagi har qanday jism nuqtalardan tashkil topgan, shuning uchun proyeksiyalashni nuqtalaming proyeksiyasidan boshlab o'rganiladi. Markaziy proyeksiyalash apparati asosan proyeksiyalas tekisligi P va unda yotmagan S nuqtadan iborat. Agar proyeksiya nurlari bitta S nuqtadan taralsa, markaziy proyeksiyalash deb ataladi (1-rasm). Nur taratuvchi manba (5) dan o'tuvchi nurlar proyeksiya tekisligi bilan kesishib, fazodagi А, В, С nuqtalaming Av Bv C, proyeksiyalarini hosil qiladi. Bunda S nuqta proyeksiya markazi, SAV SBf, SCi proyeksiyalovchi nurlar Av Bv Ct lar ABC nuqtalaming proyeksiyalari va P esa proyeksiya tekisligi deyiladi.
Parallel proyeksiyalash. Agar proyeksiya markazi S cheksiz uzoqlikda deb hisoblansa, keladigan nurlar o'zaro parallel bo'ladi, unda parallel proyeksiyalash deb ataladi. Bunda nurlarning tekislikka tushayotgan qiyalik burchagiga qarab qiyshiq burchakli, agar tik, ya’ni to'g'ri burchak ostida bo'lsa, to'g'ri burchakli proyeksiyalash deb ataladi (2-rasm). Fazoda berilgan А, В, С nuqtalardan o'tayotgan nurlar P tekislikda to'g'ri burchakka tushyapti, demak, A v Bv C, to'g'ri burchakli proyeksiyadir. To'g'ri burchakli proyeksiyalashni chizma geometriyada orthogonal proyeksiyalash deb yuritiladi. Texnika chizmachiligida qo'llaniladigan barcha asosiy proyeksiyalashlar orthogonal proyeksiyalash usulida bajariladi.

1 - x о s s a. Nuqtaning parallel proyeksiyasi nuqta bo'ladi. 3-rasmda M nuqta berilgan, uning proyeksiyasi М' bo'ladi.


2 - x o s s a . Proyeksiyalash nuriga parallel bo'lmagan to‘g‘ri chizmaning proyeksiyasi to'g'ri chiziq bo'ladi, agar to'g'ri chiziq nur yo'nalishiga parallel bo'lsa, nuqta bo'lib proyeksiyalanadi (3-rasm).
3 - x o s s a . To'g'ri chiziq kesmasida yotgan nuqtaning proyeksiyasi shu to'g'ri chiziq proyeksiyasida bo'ladi.
4 - x о s s a. Agar nuqta to'g'ri chiziqni biror nisbatda bo'lsa, uning proyeksiyasi ham shu nisbatda bo'linadi (4-rasm).
5 - x o s s a . Kesishgan to'g'ri chiziqlar nuqtasining proyeksiyasi, shu to'g'ri chiziqlar proyeksiyasining kesishgan nuqtasida bo'ladi (5-rasm.)
6 - x о s s a. Parallel to'g'ri chiziqlaming tekislikdagi proyeksiyalari ham parallel bo'ladi va parallel to'g'ri chiziqlarning nisbati bu kesmalar proyeksiyalarining nisbatiga teng (6-rasm).
7 - x o s s a . To'g'ri burchakli parallel proyeksiyalashda to'g'ri chiziq kesmasining proyeksiyasi o'zidan kichik yoki o'ziga teng bo'ladi (6-rasm).
Chizmada buyum to‘liq va yaqqol aks ettirilishi uchun u chizma geometriyaning qonun qoidalariga asosan bajarilgan bo‘lishi kerak, bundan tashqari chizmalarni tuzishda davlat standartlari GOST larda bayon qilingan qoida hamda normallarga qat`iy rioya qilish va ularni so‘zsiz bajarish zarur bo‘lib hisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek tutashma talabalarning fazoviy tasavvurini qo‘zg`aluvchanligini rivojlantirish va o‘stirish vositasi sifatida tutgan o‘rni muhim hisoblanadi. Chunki bu mavzuni psixologik va pedagogik taraflama yoritib tushuntiradigan bo‘lsak uning qanchalik ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Chizmachilik va chizma geometriya fanlari o‘qo‘vchilarni fazoviy tasavvurini o‘stirishni va rivojlantirishni asosiy bosh maqsad deb uni rivojlantirish uchun harakat qilinadi. Fazoviy tasavvursiz chizmachilik va chizma geometriyani tushinish, chizish yoki o‘qish juda og`ir kechadi, xuddi jilovsiz otga o‘xshaydi. Shuning uchun chizmachilik va chizma geometriyada avvalida fazoviy tasavvurlar keng ma`lumotlar beriladi, unga doir masalalar bilan mustahkamlanadi.
«Chizma geometriya va injenerlik grafikasi» ni talabalarga o`qitishdan asosiy maqsad turli ob‘ektlar va ulardagi bog`liqliklarni, chizmalar ko`rinishidagi fazoviy shakllari va munosabatlarini fazoviy va xayoliy tasavvur qilish, fazoviy konstruktivgeometrik fikrlash, shuningdek, ularni fazoviy taxlil qilish va umumlashtirish, chizmalarni o`qish va yaratish, ishlab chiqarishning konstruktorlik va texnikaviy hujjatlarni tayyorlashga oid bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə