O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instituti


Birinchi bosqich 1901-yildan 1938-yilgacha



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə7/9
tarix08.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#109104
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jo\'rayeva M Chizma geometriya fanini o’qitishda talabalarning fazoviy

Birinchi bosqich 1901-yildan 1938-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi va psixologlarning yagona fazoviy tasavvur omilini aniqlashga urinishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda tadqiqotlar vizualizatsiyani idrokning muhim omili sifatida aniqlashga qaratilgan edi. Chunki o‘sha davrda og‘zaki vazifalar idrokning asosiy ko‘rsatkichi sifatida ko‘rilar edi. Ta’kidlash joizki, Amerika muhandislik ta’limi jamiyati (EDGD)ning grafik loyihalashtirish bo‘limining tadqiqotlari va ishlanmalari vizualizatsiyaga qaratilgan. S.L.Miller tomonidan 1920-yildan 1940-yilgacha bo‘lgan (EDGD) ning fazoviy tasavvurni rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning tarixiy sharhi taqdim etildi.
Ikkinchi bosqich 1938-yildan 1961-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bir necha fazoviy tasavvur omillarini izlab topishga qaratilgan va ularning ikkita asosiysi aniqlandi. Birinchi omil geometrik figuralarni fazoda aniqlay olish bilan, ikkinchisi esa ushbu geometrik figuralarni aqliy boshqarish qobiliyati bilan bog‘liq.
Uchinchi bosqichda, 1961-yildan 1982-yilgacha bo‘lgan davrda, fazoviy tasavvur omillari yanada boyitildi. Yosh, jins va tajribaning individual fazoviy tasavvur qobiliyatiga ta’siri o‘rganildi. Muhandislik dasturlari 2D ikki o‘lchovli va 3D uch o‘lchovli fazolar bilan boyitildi, grafik taqdimlar va 2D CAD modellari bilan to‘ldirildi. 70-yillardan boshlab, samarali va muqarrar vosita sifatida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari yaratildi.
To‘rtinchi bosqich, muhandislik grafikasidan paydo bo‘lgan, kompyuter texnologiyalarining fazoviy tasavvurga ta’sirini aniqlash va shaxsning ushbu psixologik xususiyatini o‘lchash jarayonini o‘z ichiga oladi. 2D va 3D CAD tizimlari muhandislik grafikasi ta’limi tizimida joriy etilgan va hozirgi kungacha ishlatilmoqda.
Fazoviy tasavvurni shakllantirish va rivojlantirish muammosining muhimligi shundaki, bu borada ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, fazoviy tasavvurni rivojlantirish bo‘yicha o‘zbek olimlaridan R. Xorunov, Yu. Qirg‘izboyev, I. Raxmonov, R. Ismatullaev,
Sh. Murodov, T. Azimov, D. Kuchkarova, E. Ro‘ziyev, P. Adilov,
S. Saydaliyev, Sh. Abduraxmonov, A. Hamrakulov va boshqalar; xorijiy olimlardan I.P. Istomina, O.V. Razumova, L.V. Zanfirova,
L.P. Rusinova, A.V. Piliper, Yu.A. Volkova, Ye.P. Benenson,
N.S. Podxodova, A.I. Xubiyev, L.N. Anisimov, X.A. Arustamov,
A.D. Botvinnikov, A.V. Ivanov, I.Ya. Kaplunovich, Yu.F. Katxanov, Ye.I.Korzinov, I.I. Kotov, M.N. Makarov, A.A. Pavlov, V.S. Stoletnev, V.I. Yakunin, P.A. Ostrojkov, I.P. Kaloshin kabi olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar shular jumlasidandir.
L.P.Rusinovaning ilmiy tadqiqot ishida talabalarning fazoviy tasavvurini tizimli shakllantirishda qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan grafik topshiriqlardan foydalanish bo‘yicha olib borgan ishlari ham bizning tadqiqotimiz nuqtayi nazaridan muayyan qiziqish uyg‘otadi.
S.S. Saydaliyevning Sharqona me’moriy an’analar asosida talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi olib borilgan bo‘lib, fazoviy tasavvurni rivojlantirish bo‘yicha taklif, tavsiya hamda metodika berilgan. Olib borilgan tadqiqot ishida me’moriy obidalar yordamida talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish ko‘rib chiqilgan.
Bugungi kunda o‘qitishni kompyuterlashtirish nazariyasini ishlab chiqish haqiqatan ham o‘quv faoliyatining samadorligini oshiradigan, o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni shakllantiradigan ta’limiy-elektron ishlanmalar yaratish-ning umumiy va xususiy mezonlarini belgilash zarurati paydo bo‘ldi.
Talabalarning faolligi va mustaqil fikrlash muammolari amaliyotning didaktik ildizlaridan biridir. Agar talabalar grafik materiallarning holatini fazoviy tasavvur eta olmasalar, o‘qituvchining faoliyati ta’limiy-ijobiy natija nuqtayi nazaridan samaraga ega bo‘lmaydi. Fanni o‘zlashtirishda talabalarning mustaqil fikrlashga hamda fazoviy tasav-vurlarini shakllantirishga zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ular asosida yaratilgan dasturiy vositalar samarali yordam beradi. “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishda multimediali elektron kitobdan foyda-lanish bilan bir qatorda, avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimi (ALT) dasturlaridan foydalanish yuqori samara beradi. Bu dasturlar turkumiga ArchiCAD, Revit, AutoCAD, 3D Max, Lumion kiritilishi mumkin.
Hozirgi kunga kelib, ALT grafik dasturlarining imkoniyatlari 3D geometrik modellashtirish, parametrlashtirish va 4D modellashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lib, fanni o‘qitishda ALT grafik dasturlaridan foydalanish yuqori samara beradi. Bugungi kunda o‘quv muassasalari va loyihalashtirish tashkilotlarida keng tarqalgan ALT ArchiCAD dasturi mana shunday imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashlari uchun asosiy ko‘makchi vazifasini bajaradi. ALT ArchiCAD grafik dasturi yordamida fandagi juda ko‘plab mavzularni tushun-tirish mumkin. Masalan, binoning plani, binoning fasadi, binoning qirqimi, tom yopmalar, interyer, eksteryer va boshqa mavzularni o‘qitish jarayonlarida keng foydalanish mumkin.
Bugungi kunga kelib, yangi pedagogik texnologiyalari, an’anaviy o‘qitish usullari va zamonaviy kompyuter texnologiyalarining uyg‘unligini ta’minlash ta’lim sifatining oshishiga asos bo‘ladi. Qurilish chizmachiligi fanini o‘qitishda kompyuter grafikasidan foydalanishda quyidagi muammolar mavjud:
– fan o‘qituvchilarining grafik dasturlar, kompyuter texnologiyalari va texnik vositalari hamda grafikasi bo‘yicha bilimlari yеtishmasligi;
– o‘qituvchilarning fan mavzulari bo‘yicha talabalar fazoviy tasavvurini rivo-jlantiruvchi zamonaviy ko‘rinishdagi elektron ma’ruzalarni yaratishga tayyor emasligi;
– mavjud elektron ma’ruzalar, darslik, uslubiy ko‘rsatmalar talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish uchun yеtarli emasligi;
– qurilish chizmachiligi fani uchun mo‘ljallangan xonalarning kamligi va ma’ruza xonalarida kompyuter va texnik vositalar yеtishmasligi;
– qurilish chizmachiligi fanini o‘qitishda talabalar fazoviy tasavvurini rivojlan-tirishda grafik dasturlardan unumli foydalanish metodikasi ishlab chiqilmaganligi;
– qurilish chizmachiligi fanining mohiyatini ochib beruvchi grafik dasturlardan foydalanish uchun mo‘ljallangan kompyuterlarning yеtishmasligi (ayrim hollarda yo‘qligi);
– grafik dasturlarni mukammal biladigan o‘qituvchilarning yеtishmasligi;
– talabalar uchun darsdan tashqari mustaqil shug‘ullanishlari uchun grafik dasturlarda ishlash uchun mo‘ljallangan o‘quv xonalarining yеtishmasligi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish uchun kompyuterda modellashtirish, ularni sintezlash, tahlil qilish, taqqoslashga asoslangan muammoli masalalarni kompyuterda modellashtirishga oid qo‘llanmalar, tavsiyalar, multimediali o‘rgatuvchi dasturlar ishlab chiqish zarur.
Darslarda kompyuter grafikasidan foydalanish o‘qituvchidan katta kuch va vaqt talab etadi. Chunki mavzularni kompyuterda multimediali ko‘rinishda yaratish juda ko‘p mehnat talab etadi. Lekin keyinchalik pedagog uchun qulay va oson ko‘rgazmalilikni ta’minlovchi vosita vazifasini bajaradi. Multimediali kompyuter texnologiyalari asosida yaratilgan elektron darslikning afzalligi quyidagilardan iborat:
– ma’lumotlarni tahrirlash va to‘ldirish qulay;
– moliyaviy mablag‘ talab etmaydi, ya’ni chop etish muammolarining yеchish mumkinligi;
– agar server kompyuterga joylashtirilsa, bir vaqtning o‘zida bir nechta foydala-nuvchi foydalanish imkoniyatiga ega;
– yaratilgan multimediali elektron darslik, qo‘llanmalarga talab oshganda adadini ko‘paytirish qulayligi;
– masofaviy ta’lim tizimida qulaylik;
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi qo‘llanilishidan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning optimal yеchimlarini mustaqil izlash, topish, tadqiqo-tchilik faoliyatlarini kuchaytirishdan iboratdir[41]. Bu texnologiya pedagogik texnolo-giyalarni inkor etmaydi, aksincha, ularga ko‘mak beradi. Pedagogik texnologiyalar bilan kompyuterning zamonaviy dasturiy vositalari hamda texnikalari bilan uyg‘unligi bilim oluvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi kuzatilmoqda.
O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash mahoratlarini quyidagi 3 ta darajaga ajratish mumkin:
– O‘quvchi muammoni yеchish, topshiriqlarni bajarish yo‘llarini o‘zi izlaydi, mustaqil fikrlab, mulohaza yuritadi.
– O‘quvchi berilgan topshiriq yoki vazifani mustaqil bajaradi, ammo ijodiy yondasholmaydi. Mustaqil holda topshiriqni bajarishda muammolarni hal etadi, ammo natija qanchalik darajada to‘g‘riligini kuzatmaydi. Berilgan topshiriq yoki muammoli masalaga o‘xshashlarini tuza oladi.
– Muammoning tayyor yеchimlaridan foydalanishga intiladi. Muammoni yеchishda qiyinchilikka duch kelishi bilan yordam so‘raydi. Muammoli masalani yoki topshiriqni mustaqil yеchishga qobiliyati yеtmaydi.
Kompyuter texnologiyalari yordamida ta’lim berishdan maqsad shuki, bilim oluvchilarga bilimlar bazasining zamonaviy ko‘rinishi va ularda multimediali shaklini ko‘rish, birgalikda o‘rganayotgan mavzularni yaxshi o‘zlashtirish, bilimlarini boyitish, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, fazoviy tasavvurlarini rivojlan-tirish, olgan bilimlari yordamida o‘z ishlariga ijodiy yondashish, aniq maqsad sari olg‘a borishlar va tadqiqotchilik faoliyatlarini yuqori darajaga ko‘tarishdan iborat.
O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan malakani oshirish grafik faoliyatning eng muhim tarkibiy qismidir. Zero, hech bir o‘quv fani fazoviy tasavvur va fazoviy farazni chizmachilikdek rivojlantira olmaydi. Talaba buyumning shakli haqida chizma bo‘yicha aniq bir fikrga kelishi uchun u geometrik jismlar va ularning o‘zaro bog‘lanishlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Ayniqsa, o‘quvchilarning grafik tayyorgarligida fazoviy tasavvur bilan bir qatorda fazoviy xayol qila olish xususiyatiga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Mavjud tasavvurlarimizga asoslanib, avval idrok qilgan narsa va hodisalarning qiyofalarini yaratishdan iborat bo‘lgan ongimiz faoliyatini xayol deb aytamiz. Inson amaliy faoliyatidagi o‘ziga xos vazifalarga ko‘ra xayolni har xil mazmunda izohlash mumkin. Masalan, grafik faoliyatda predmetlarning munosabat va xususiyatlarini fazoda aks ettirish bilan bog‘liq jarayonda fazoviy xayol qatnashadi. Shuning uchun ham grafik tasvirlash faoliyatining turli sohalariga xos bo‘lgan malakalarni tarkib toptirish hamda rivojlantirishda fazoviy xayolning ahamiyati beqiyosdir. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, fazoviy metrik masalalarni yеchish bilan bog‘liq grafik faoliyatda fazoviy xayol bilan fazoviy tasavvur birgalikda ishtirok etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, materialni o‘zlashtirish darajasi o‘qiganda 10%, eshitganda 20%, ko‘rsa va eshitsa 50%, boshqalar bilan muhokama qilganda 70%ni tashkil etadi. Demak, multimedia axborot uzatishning bir necha usullarini – matn, statik tasvir (rasm, chizma va grafik), dinamik tasvir (multiplikatsiya va video) va ovoz (raqamli va MIDI) – interaktiv mahsulot sifatida birlashtiradi.
Ayniqsa, ta’lim jarayonlarida kompyuter texnologiyalari qo‘llash barcha ko‘rgazma-lilikning o‘rnini bosishi bilan alohida e’tiborlidir.
Multimediali o‘qitish tizimi ma’ruza kurslari kompleks psixologik-pedagogik talablariga kiritilgan yangi talablar: o‘quv ma’lumoti taqdimotining sinkretikligi, o‘quv-bilish faoliyati tizimining to‘liq ta’minoti, o‘quv ma’lumotining me’yordan ortiqligi, an’anaviy va multimedia texnologiyalarining komplementarligi, shuningdek, o‘quvchi-larning dinamik rivojlanayotgan nazariy obrazi talablari va o‘quv-bilish faoliyatini emotsional boshqarishga o‘z ta’siri o‘tkazadi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə