O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instituti


II BOB. TALABALARINING FAZOVIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHDA CHIZMA GEOMETRIYANI O'QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə6/9
tarix08.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#109104
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jo\'rayeva M Chizma geometriya fanini o’qitishda talabalarning fazoviy

II BOB. TALABALARINING FAZOVIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHDA CHIZMA GEOMETRIYANI O'QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI.
2.1. Talabalarda fazoviy tasavvurini rivojlantirishning
bugungi holati va muammolari.

Fazoviy tasavvurning rivojlanishi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar ichida diqqat, xotira, tasavvur asosiylari hisoblanadi. Bu omillar asosiy bo‘lishi bilar birga ular o‘zaro uzviy bog‘liq ham hisoblanadi. E’tibor beradigan bo‘lsak, biz yuqorida dastlab diqqatni keltirib o‘tdik, sababi, diqqat yaxshi rivojlangan bo‘lmasa, xotirada nimani eslab qolishga undovchi yo‘lak uziladi. Agar diqqat yaxshi rivojlangan bo‘lsa, xotiraning ham ishlashi yaxshi bo‘ladi va kerakli ma’lumotlarni eslab qolishga xizmat qiladi. Xotira mustahkam bo‘lsa, tasavvur qobiliyati ham keng rivojlangan hisoblanadi.
Diqqatning quyidagi shakllari mavjud: sensor (perseptiv), aqliy, motorli (harakatlantiruvchi). U idrok, xotira, tafakkur kabi bilish jarayonlarining tarkibida bo‘lib, diqqat ularning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Diqqat-e’tiborni taqsimlash – bu bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq turli xil faoliyat turlarini (bir nechta xatti-harakatlar) muvaffaqiyatli bajarish (kombinatsiyalash) imkoniyati bilan bog‘liq xususiyat. Diqqat-e’tiborning yuqori darajada taqsimlanishi o‘quv jarayoni muvaffaqiyatli kechishining muqarrar shartlaridan biridir. Xotira barcha aqliy jarayonlarning eng muhim xususiyati bo‘lib, insonning birligi va yaxlitligini ta’minlaydi. Yodda tutish va qayta tiklash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyatning o‘ziga xosligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun asos bo‘ladi.
Xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq aniqlanadi:
1) psixik faollik xususiyatiga ko‘ra: harakatlanuvchi, hissiy, obrazli va so‘zlimantiqiy;
2) faoliyat maqsadining xarakteriga ko‘ra: erkin va majburiy;
3) materialni mustahkamlash va saqlash davomiyligiga ko‘ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ turlarga bo‘linadi.
Ta’lim jarayonini kompyuterlashtirishning psixologik-pedagogik muammolarining ayrim jihatlarini yoritib o‘tamiz: – talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishni hisobga olgan holda o‘quv faoliyatini tashkil etish uchun kompyuterdan foydalanish mumkin va lozim; – kompyuter o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini kengaytiradi; – kompyuter ta’limdagi muvaffaqiyasizlik holatini bartaraf etish va tezda tuzatish imkonini beradi; – kompyuter o‘qituvchi va talabaning, talabalarning bir-birlari bilan birgalikdagi tashkil etish, o‘zaro munosabatlarining turli shakllarini ta’minlashning samarali vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin; – kompyuter ijodiy jarayonni keskin kuchaytiradi, tabiiy va deyarli har doim barcha inson faoliyatida sodir bo‘ladigan muntazam operatsiyalarni amalga oshiradi; – kompyuter talabalarni o‘quv faoliyatiga faol jalb qiladi, ya’ni talabalarning harakatlarini boshqaradi.
Kompyuterdan foydalanib, amaliy o‘quv vazifalari to‘plami kengaytiriladi; – kompyuterlar turli vaziyatlarni modellashtirish, tashxis qo‘yish uchun vazifalarni qo‘llash imkonini beradi, shuningdek, rejalashtirish uchun vazifalar doirasini kengaytiradi; – kompyuter talabalar faoliyatini nazorat qilish sifatini o‘zgartirish imkonini beradi. Ushbu texnik qurilma barcha javoblarni tekshirish imkonini beradi, xatoning xususiyatini aniqlash mumkin; o‘quv faoliyatining alohida komponentlarini shakllantirish darajasini aniqlashga yordam beradi; – kompyuter talabalarda o‘z faoliyatini aks ettirishni shakllantirishga yordam beradi, chunki kompyuter talabaga o‘z harakatlari natijasini tasavvur qilish imkonini beradi.
Boy fazoviy tasavvurga ega odamlar ma’lumotni tez qabul qilishadi va tahlil qilishadi. Ular o‘z ishining yеtuk mutaxassislari hisoblanadi. Masalan, fantastika janridagi yozuvchilar, multfilm va kinofilm rejissyorlari, bino va inshootlarning me’morlari, mexanizmlar va mashinalarning konstruktorlaridir. Bu kabi mutaxassislar tomonidan yaratilgan asarlar, avval ularning tasavvurlarida bir nechta ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, ular orasidan eng yaxshisini tanlab oladilar va shundan keyingina natijani ommaga taqdim etadilar.
Mufassal tasavvur insonda asta-sekin shakllanadi va rivojlanadi. Avvaliga turli xil fazoviy boshqotirmalar va qiziqarli vazifalar, kompyuter o‘yinlari va konstruktorlar bunga yordam beradi. Keyin maktabda geometriya va chizmachilik fanlarini o‘rganish jarayonida fazoviy tasavvur rivojlanadi. Oliy ta’limda chizma geometriya, chizmachilik va dizayn kabi fanlar o‘qitiladi. Ta’lim berish xarakteri fazoviy tasavvurni rivojlantirishda o‘z izini qoldiradi. Masalan, arxitektura fakulteti talabalari Pluton qarashlarini, texnologiya fakulteti talabalari esa hajmli kesimlarni, matematika fakulteti talabalari izoliniyalarni va hajmli kesimlarni afzal ko‘rishadi.
Chizma geometriya fan va ilm sifatida qayd etilgan xususiyatlarga ega, chunki unda ishlatiladigan asosiy geometrik obrazlar mavhum elementlardir: nuqta, to‘g‘ri chiziq va sirt, ya’ni abstrakt tasavvurning obyekti hisoblanadi. M.P.Titova to‘g‘ri ta’kidlaganidek, talaba rivojlangan fazoviy tasavvurga ega bo‘lmasa, o‘rganilayotgan obyektlarning tashqi va ichki shakllarini tasavvur qilish uchun qirqim va kesim kabi texnik shartlarni bajara olmaydi. Ularni qo‘llash chizmaning to‘liq bajarilganligini anglatadi. Xatolarni bartaraf etish uchun vizual-hissiy qo‘llab-quvvatlash kerak. Tasavvur bilan birga keladigan harakat xotirada u bilan bog‘liq eng chuqur taassurot qoldiradi.
Fazoviy tasavvur – bu amaliy va nazariy masalalarni hal qilishda mufassal tasvir-larning yaratilishini va ularning ishlashini ta’minlaydigan aqliy faoliyat turidir. Bu murak-kab jarayon bo‘lib, u nafaqat mantiqiy operatsiyalarni, balki ko‘pgina istiqbolli xatti- harakatlarni ham o‘z ichiga oladi, ya’ni obyektiv ravishda real yoki grafik vositalar yordamida tasvirlangan, adekvat obrazlar asosida yaratish va ularni taqdim etish bo‘yicha obyektlarni aniqlash. Fazoviy tasavvur obrazli tasavvurning bir turi bo‘lib, uning barcha asosiy xususiyatlarini saqlab qoladi va shu bilan birga, undan sezilarli darajada farq qiladi. Bu, avvalo, fazoviy tasavvur obrazlarga tayanib ishlashida namoyon bo‘ladi. Ushbu operatsiya jarayonida ular kerakli yo‘nalishda o‘zgartiriladi. Bu yеrdagi obrazlar asosiy operatsion birlik va tasavvur jarayonining xomashyosi hisoblanadi.
Fazoviy tasavvur tuzilishini aniqlash uchun I.S.Yakimanskaya tomonidan ishlab chiqilgan nazariy ma’lumotlarga tayanish mumkin:
1. Fazoviy tasavvurning tuzilishi o‘quv fanining mazmuniga qarab belgilanadi va uning asosida shakllanadi.
2. Fazoviy tasavvur shakllanishining muhim sharti turli xil vizual grafik materialdan foydalanish hisoblanadi.
3. Fazoviy tasavvurning tuzilishi, fazoviy obrazning masalani yеchish jarayonida bajaradigan vazifasiga bog‘liq.
4. Fazoviy tasavvur tuzilishining xususiyatlari subyekt faoliyatining xarakteri va mazmuniga qarab belgilanadi. Ushbu faollikning yo‘nalishi va mazmuni taqdimot usullari tomonidan ishlab chiqilgan (yoki hal qilish jarayonida topilgan) masalaning usullari bilan belgilanadi.
Umuman olganda, fazoviy tasavvur – bu obyektlarni real olamda anglash, tushunish va anglashdagi asosiy malakadir. Mufassal tasavvur va fikrlash ta’lim psixologiyasida ushbu atamalar o‘rtasida farq bor-yo‘qligidan qat’i nazar, bir-birining o‘rnida ishlatiladi. Fazoviy tasavvur bu vizualizatsiya qilish qobiliyati bo‘lib, u tug‘ma qobiliyat hisoblanadi. Tasavvur mashg‘ulot orqali o‘rganiladi yoki orttiriladi.
Fazoviy tasavvurni tadqiq etish tarixini J.Eliot va I.M.Smit uchta alohida bosqichga ajratishadi. S.Strong va R.Smit tomonidan qo‘shimcha to‘rtinchi bosqich taklif qilingan.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə