O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Raqobatning bozor taxmonlari(segmentlash) strategiyasining



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

12.2.1-rasm. Raqobatning bozor taxmonlari(segmentlash) strategiyasining 
asosiy konsepsiyalari 
Faoliyatni mijozlarning alohida guruhiga yo‘naltirish korxonaning tor sohaga 
ixtisoslashuvini yoki faoliyatni diversifikasiyalash hamda innovasion yo‘naltirishni 
taqozo etadi. Ushbu yondashuv strategik darajada bozorning barcha iste‘molchilar 
segmenti uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, tarmoqning yetakchi 
korxonalari, monopol korxonalar yoki yirik korporasiyalar uchun xosdir. Raqobat 
strategiyalari tarmoqdagi vaziyat va bozordagi pozisiyaga bog‘liq holda ishlab 
chiqilsada, jahondagi barcha korxonalar uning xos bo‘lishiga harakat qilishadi. 
Biroq, raqobat strategiyalari eng avvalo mijozlarga yo‘naltirilganlik tamoyiliga 
asoslanadi va raqobat ustunligiga xarajatlar bo‘yicha 
yoki faoliyatni 
differensiasiyalash orqali erishishga harakat qilishadi. 
Ayrim korxonalar faoliyat uchun yetarli bo‘lgan resurslarga ega bo‘lgan 
holda o‘zlarining tor doiradagi raqobat strategiyalarini ishlab chiqadi va mijozlarga 
eng yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta‘minlaydilar. Amaliyotda bu strategiya 
konsentrasiya strategiyasi deb ataladi.
Konsentrasiya strategiyasi maqsadli segment yoki bozor nishasi, mahsulot 
iste‘molchilarining o‘ziga xos talabidan kelib yoki mahsulotning, mahsulotdan 
foydalanishga qo‘yilgan talabning o‘ziga xos xususiyatidan kelib aynan bir 
segmentdagi iste‘molchilar uchun jozibador hisoblanadi. Strategiyaning maqsadi 
bozorning maqsadli nishalarida yuqori darajada xizmat ko‘rsatish orqali 
raqobatlashuvdan iborat. Konsentrasiya strategiyasi quyidagi raqobat ustunliklarini 
ro‘yobga chiqarishni ko‘zda tutadi: 
1) tanlangan bozor nishasida xarajatlar bo‘yicha peshqadamlik; 
Segmentlash U.Smit 
1956 yil 
Bir jinsli bo‘lmagan bozorni turli iste‘molchilarning turli 
ehtiyojlarini qondirishga ixtisoslashgan bir nechta bir jinsli 
mayda bozorlarga ajratish amaliyoti 
Iste‘molchilarni 
guruhlarga ajratish 
tamoyillari va marketing 
tadbirlarini moslashtirish 
(D.Aaker) 
Segmentlashning bazaviy kontseptsiyalari
Segmentlashga nisbatan 
talablarning ishlab 
chiqilishi (M.Uedel, 
V.Kamakura) 
Identifikatsiyalashuvi, ahamiyatliligi, ochiqligi, 
barqarorligi, javob reaktsiyasining mavjudligi, qaror qabul 
qilish nuqtai nazaridan ahamiyatliligi 
Segmentlashning bazaviy 
kontseptsiyalari 
(B.A.Solov‘ev, E.Braetri 
va boshqalar) 
Nafaqat iste‘molchilarni segmentlash, balki mahsulot va 
bozorni ham yanada quyi darajadagi belgilar bo‘yicha 
segmentlash 


191 
2) maqsadli bozor iste‘molchilari talab va ehtiyojlariga muvofiq holda 
mahsulot differensiasiyasi.
Konsentrasiya strategiyasi korxonalarning bozorda yuqori darajada xizmat 
ko‘rsatishni ta‘minlashi yoki raqiblarga nisbatan eng kam xarajat asosida faoliyat 
olib borish mumkin bo‘lgan hollarda samaralidir
112
. Bunga mahalliy bozorlarda 
ixtisoslashuv va mahsulotlarni siljitishga mablag‘larni maqsadli sarflash orqali 
erishiladi. Mijozlarning muayyan guruhiga konsentrasiyalashuv yirik korxonalar 
yetarli darajada e‘tibor qaratmaydigan o‘ziga xos talabni qondirish imkonini 
beradi. Masalan, bolalar mebeli, yosh bolalar yoki oilalar uchun tovarlar ishlab 
chiqish, qimmatbaho tovarlar va shu kabilar.
Past xarajatlar bo‘yicha konsentrasiya strategiyasi yoki mahsulot 
differensiasiyasi quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi: 

tanlab olingan bozor segmenti tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko‘rsatish uchun yetarli darajada katta; 

tanlab olingan bozor segmenti yaqin yoki uzoq istiqbolda yuqori o‘sish 
salohiyatiga ega; 

tanlab olingan bozor segmenti tarmoqdagi raqiblar uchun muhim 
ahamiyatga ega emas; 

kompaniya mazkur segmentni samarali o‘zlashtirish uchun yetarli darajada 
tajriba va resurslarga ega.
Korxonalar konsentrasiya strategiyasini qo‘llash orqali mijozlarga 
yo‘naltirilganlik darajasini mustahkamlaydi. Bu ularga birinchi darajasi va yuqori 
xizmat ko‘rsatishga, mustahkam hamkorlik asosida tashqi xatarlardan 
himoyalanishga yordam beradi. Korxonalarning konsentrasiyalashuv tajribasi 
boshqa korxonalar va substitut tovarlar uchun bozorga kirishiga to‘siq vazifasini 
o‘taydi. Buning natijasida korxona mavjud resusr va imkoniyatlari doirasida 
nishadagi eng jozibador korxonaga aylanadi. 
Konsentrasiya strategiyasi ayrim kamchiliklarga ham ega. Tarmoqdagi 
yetakchi korxonalar tor bozor nishasini o‘zlashtirish uchun katta imkoniyalarga ega 
bo‘lib, istalgan vaqtda mazkur nishani o‘zlashtirish imkonini topishi mumkin. 
Iste‘molchilarning o‘ziga xos talabi kelgusida kengayishi, takomillashib borishi 
yoki o‘zgarishi sababli segment boshqa korxonalar uchun jozibador bo‘lib qoladi 
va korxonaning foydasi pasayib ketishi mumkin.
112
Porter, Michael E. Competitive strategy: techniques for analyzing industries and competitors: with a new
introduction. (1980) 2005. 

395 p 

38 б 


192 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə