O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

34 480 210 (O„ttiz to„rt million to„rt yuz sakson ming ikki yuz un) so„mni
tashkil etadi. 
Yer uchastkasiga bo„lgan mulkiy xuquqlarni baholash. 
Baholash ob‘ekti tarkibiga kiruvchi yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy 
huquqlar 
qiymatini 
aniqlash 
mazkur 
yer 
uchastkasini 
bo‗sh turgan 
(yaxshilanmagan) deb qarash va undan eng samarali foydalanishni taxmin qilish 
yo‗li bilan amalga oshiriladi.
- Yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymatini 
qiyosiy tahlil usuli
bilan hisoblash uchun baholovchi: 
baholanayotgan yer uchastkasiga o‗xshash yer uchastkalarining sotuvlariga 
doir axborotni tahlil qiladi; 
baholanayotgan yer uchastkasini o‗xshash yer uchastkalari bilan 
taqqoslashda qo‗llaniladigan taqqoslash elementlarini aniqlaydi; 
har bir taqqoslash elementi bo‗yicha tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi; 
er uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymatini o‗xshash yer 
uchastkalarining tuzatish kiritilgan narxlarini muvofiqlashtirish yo‗li bilan 
hisoblaydi. 
Yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymati taqsimlash usuli bilan 
yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar va yaxshilashlar narxining ko‗chmas 
mulk tiplari bo‗yicha guruhlangan ko‗chmas mulkning umumiy narxidagi tipik 
nisbatiga doir statistik axborot asosida aniqlanadi.
- Yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymatini 
taqsimlash usuli
bilan hisoblash uchun baholovchi: 
analoglar ro‗yxatini tuzadi; 
baholash ob‘ekti va analoglarni taqqoslashda qo‗llaniladigan taqqoslash 
elementlarini aniqlaydi; 
har bir analog uchun taqqoslash elementlari bo‗yicha tuzatishlar kiritishni 
amalga oshiradi; 
analoglarning tuzatishlar kiritilgan narxlarini muvofiqlashtirish yo‗li bilan 
baholash ob‘ektining qiymatini aniqlaydi; 
er uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymatini ko‗chmas mulk yagona 
ob‘ektining qiymatida yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlarning eng tipik 
ulushi asosida aniqlaydi.


513 
- Yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymatini 
ajratish usuli 
bilan 
hisoblash uchun baholovchi: 
baholash ob‘ekti bilan taqqoslaganda yer uchastkalarining tavsiflari ayniqsa 
yaqin bo‗lgan analoglarni tanlaydi; 
har bir analog bo‗yicha yaxshilashlar qiymatini harajatga oid yondashuv 
usullari bilan tadbirkor daromadini hisobga olgan holda aniqlaydi; 
har bir analog bo‗yicha yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymatini 
sotuv narxidan yaxshilashlar qiymatini ayirish yo‗li bilan aniqlaydi; 
baholanayotgan yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymatini 
sotuvlarni qiyosiy tahlil qilish usuli bilan olingan natijalardan foydalangan holda 
aniqlaydi. 
- Yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymati 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə