O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

 
Nazorat savollari 
1. “mikrobiologiya”terminitushunchasiga izox bering. 
2. Mikrobiologiyanifarmatsevtprovizoruchunaxamiyati. 
3.Mikrobiologiyanirivojlanishdavrlarinechaqismdaniborat. 
4.L.PastervaR.Koxlarningmikrobiologiyaningrivojlanishiqo‘shganxisolarini
malardaniborat. 
5.Bakteriyalarsistematikasixaqidama’lumotbering. 
6.Bakteriyalarasosiyshakllarinimalargaasosantuzilgan. 
 
2-Bo‘lim:: Bakteriyalarning fiziologiyasi: nafas olishi, oziklanishi, usishi,
kupayishi. Ozik muxitlari,ularning klassifikasiyasi 
 
Reja:
1.
Mikroorganizmlarning struktura tuzilipsh va doimiy komponentlari. 
2.
Bakteriyalar o‘sish ko‘rsatkichlari. 
3.
 
Bakteriya ko‘payish turlari.
 
4.
 
Mikroorganizmlarning nafas olishi.
 
 
Tayanch iboralar: 
autotrof, geterotrof, nitrifikatsiyalovchi, serobakteriyalar, 
Obligat aeroblar, Obligat anaeroblar, Fakultativ anaeroblar, Mikroaerofil
2.1 Mikroorganizmlarning struktura tuzilipsh va doimiy komponentlari. 
Eukarionlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko`pchiligi bir 
hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po`sti, ba'zan esa 
faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil 


23 
strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki tipga 
bo`linadi. Ular eukariot va prokariot hujayrali organizmlardir. Agar 
mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo`lsa, unday hujayralarga 
eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha eu-chin, kario-yadro demakdir). 
Yadro aparati sodda (diffuz holda) bo`lgan mikroorganizmlar 
prokariotlar deyiladi. Eukariotlar zamburug`lar, suvo`tlar, sodda hayvonlar-
protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko`k-yashilsuvo`tlari 
(tsianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadro va yadroda 1-2 
yadrocha, xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini 
olib boruvchi organizmlarda esa xloraplastlar, Goldji apparatlari mavjud. 
Ribosomalari esa 80s ni (Svedberg koeffitsenti) tashkil qiladi. 
Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo`q, 
yadro membranasi bo`lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. 
Shuning uchun prkariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. 
Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. 
Bakteriyalarning shakllari. Bakteriyalar oddiy sodda, shar yoki silindr 
yoki egilgan shaklda bo`ladi. Sharsimon bakteriyalar kokkilar (kokkus-
lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, no`xatsimon va boshqa 
ko`rinishga ega bo`ladi. Bakteriya hujayralarining bir-biriga nisbatan 
joylanishiga qarab, har xil nomlanadi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasi 
bo`linib, ayrim joylashla ular monokoklar, hujayra bo`linishi natijasida har 
xil uzum boshi kabi to`plamlar hosil qilsa, stafilokokklar deyiladi. 
Bakteriyalar bo`lingandan so`ng ikkitadan bo`lib joylashadiganlari-
diplokokklar, bo`linishi natijasida uzun zanjir hosil qilsa streptokokklar, 
to`rttadan bo`lib joylashsa-tetrakokklar, kub shaklida joylashsa-sartsinalar 
deb ataladi. 
Bakteriyalarning ko`pchiligi silindr yoki tayoqchasimon shaklga ega 
bo`ladi. Tayoqchasimon bakteriyalar uzunligi, katta-kichikligi ko`ndalang 
kesimi, hujayra uchining ko`rinishi, hujayralarining o`zaro joylashishlari 
bilan farqlanadi. Hujayra uchlari to`g`ri, oval, buralgan yoki o`tkirlashgan 
bo`lishi mumkin. Bakteriyalar qayrilgan, ipsimon, shohlangan ham bo`lishi 
mumkin. Bakteriyalar ayrim, yakka-yakka, tayoqchalar, ikkitadan joylashgan 
diplobakteriyalar, spora hosil qiluvchilari bo`lsa diplobatsillar zanjir hosil 
qiluvchilarini esa streptobakteriya (streptobatsilla) deyiladi.
 
Ba'zan buralgan yoki spiralsimon ko`rinishga egalari ham uchraydi, ular 
spirillalar (spira-lotincha buralgan). Spirillalarni burilishiga ega bo`ladigan 
kalta egilganlari vibrionlar (vibrio so`zi lotincha qayrilaman) deb ataladi. 
Bakteriyalarning ipsimon shakllari, ko`p hujayralari ham bo`lib, 
hujayraning tashqi tomoni har xil o`simtalar hosil qiladi. Ularning 
uchburchak, yulduzsimon, ochiq yoki yopiq xalqa, chuvalchangsimon va 
boshqa shakllari ham uchraydi. 


24 
Bakteriyalar o`lchami kichik bo`lganligi uchun mikrometrlarda, nozik 
strukturalari esa namometrlarda o`lchanadi. Kokkilarning razmeri (diametri) 
0,5-1,5 mkm ni tashkil etadi. Tayoqchasimonlarining eni 0,5-1 mkm, uzunligi 
esa bir necha (2-10) mikrometr bo`lishi mumkin. Mayda tayoqchalarni 
kattaligi 0,22-0,4 x 0,7-1,5 mkm bo`ladi (1-jadval). Bakteriyalar orasida bir 
necha yuz mikrometrga etadiganlari ham uchraydi. Agar bakteriya hujayrasi 
qattiq oziqa muhitiga ekilsa bir necha soatdan so`ng ular ko`payib oddiy ko`z 
bilan ko`rish mumkin bo`lgan koloniya (bakteriya hujayralri to`plami) hosil 
qiladi. Koloniyalar ko`rinishi rangi va boshqa hususiyatlari bilan bakteriya 
turiga bog`liq holda har bir bakteriya turi uchun o`ziga xos-spetsifiklikka ega 
bo`ladi 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə