O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

8.3 Anatoksinlar. Zardoblar 
Anatoksinlar 
- ekzotoksinlarni zararsizlantirsh orqali olinadi. 0,1% 
formalin va temperatura ta’siri orkali tayyolanadi. Difteriya, qoqshol, 
botulizm anatoksinlari va ilon, o‘simlik zaxarlariga qarshi anatoksinlar 
ishlatiladi. 
Zardoblar -
tayyor maxsus immun antitelolar-immunoglobulinlardir. 
Davolashda va kasal bilan kontaktda bo‘lgan odamlarga engil kasallanib 
o‘tishi uchun xam yuboriladi. Antitoksik immun zardoblar sog‘lom 
hayvonlar, (ot, quyon. dengiz cho‘chqachasi) organizmiga mikrob yuborish 
orqali olinadi. 
Gamma-globulinlar qon zardobining oqsil fraksiyasi bo‘lib, 
yuqumli kasalliklarni profilaktikasi va davosida ishlatiladi. YUqumli 
kasalliklarni oldini olishda asosiy metodlaridan biri aktiv sun’iy immunitetni 
vaksina yordamida hosil qilishdir. 
Vaksina (lotincha-sigir) so‘zidan olingan bo‘lib, ushbu atamani 
tibbiyotga olingan bo‘lib, L. Paster XIX asrda kiritgan. Kasalliklarni
mexanizmlarini tushinmasalar ham ko‘pgina xavfli yuqumli kasalliklarga, 
ilon, chayon, zahariga qarshi emlashni qo‘llab kelishgan. SHunday qilib
ma’lum qo‘zg‘atuvchiga yoki toksinga qarshi hayot davomida orttirilgan 
sun’iy aktiv immunitetni keltirib chiqaruvchi preparatga vaksina deyiladi. 
Vaksinalar ma’lum bir talablarga javob berishlari kerak: 
1. YUqori immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni 
mustahkam va uzoq saqlanuvchi maxsus immunitet hosil qilishi kerak. 


71 
2. Organizmga umuman xavfsiz bo‘lishi. 
3.Salbiy ta’siri bo‘lmasligi karak. 
4.To‘g‘ri saqlanganda o‘zinig immunogenlik xususiyatini mustahkam 
saqlashi kerak. 
5. Xalqaro standart talablarga javob berishi kerak. 
Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlarni shtammlaridan 
tayyorlanadi, bunday shtammlardan avirulentligi va yuqori darajada
immunogenligi bilan farqqiladi. Bunday shtammlar maxsus oziq muhitlarda 
qulay sharoitda bir necha marotaba qayta ekilib o‘stiriladi va doimo nazorat 
qilib turiladi. Masalan, bakteriyalar selektiv oziq muxitlarida o‘stirilsa, 
rikketsiya va viruslar tovuq embrionida va hujayra kulturasida ko‘paytiriladi. 
Ko‘pgina vaksinalar maxsus apparat yordamida liofil usul bilan quritiladi
bunday quritilgan vaksinalarni asosiy biologik xususiyatlari tiklanib 
qolgan holda uzoq muddatgacha xona haroratida saqlash mumkin. 
Vaksinalar tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi bo‘yicha bo‘linadi. 
1. Tirik vaksinalar-mikroorganizmlarni avirulent shtammlaridan 
tayyorlanadi. 
2. O‘ldirilgan vaksinalar yoki korpuskulyar vaksinalar. 
3.Kimyoviy vaksinalar. 
4.Anatoksinlar. 
5.Sun’iy vaksinalar. 
6.Gen injeneriyasi bilan tayyorlangan vaksinalar. 
7.Autovaksinalar. 
Bu vaksinalarni virulentligi kamaytirilgan yoki to‘liq yo‘qotilgan
bakteriyalar va viruslardan tayyorlanadi. Tirik vaksinalar tarkibidagi tirik 
mikroorganizmlar emlangandan keyin organizmda ko‘payadi, simptomsiz 
(latent) infeksiya keltirib chikaradi. Bularga qarshi hosil bo‘lgan sun’iy aktiv 
immunitet tabiiy aktiv immunitetdan farq qilmaydi. Bular mustahkam
davomiy ya’ni uzoq davom etadi, ba’zida umrboqiy immunitetni keltirib 
chiqaradi. 
Poliomilit, qizamiq, sariq lixaradka, tulyaremiya, brutsellyoz, epidemik 
parotit, sil va boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. Ingliz vrachi E.Djenner 1796
yilda birinchi bo‘lib tirik vaksinani kashf etdi va uni odamlarni chin 
chechak qo‘zgatuvchisidan himoya qilish uchun foydalandi. Emlash uchun 
sut sog‘uvchi ayollarni qo‘lidagi pufakchalar ichidagi yiringdan oldi. Sigirlar 
chechagi virusi odam chin chechak virusi bilan bir xil antigenlarga ega 
bo‘lgan, lekin sigir chechagi virusini virulentligi past. Tirik vaksinalarni 
olishda yana boshqa usullar ko‘llaniladi, ya’ni patogen bakteriya va viruslarni 
nokulay 
sharotlarda 
o‘stirishdir. 
Noqulay 
sharoitlarga 
tushgan 
mikroorganizmlarda spontan mutatsiyalar boshlanadi. Populyasiyadagi 
mutantlar ichidan avirulent turlari ajratib olinib alohida ko‘paytiriladi, lekin 
bu shtammlarni antigenlik va immunogenlik xossalari saqanib qolishi kerak. 


72 
SHu usul bilan L.Paster qutirishga, Kal’met va Geren silga, Smorodinsev va 
CHumakovlar poliomielitga qarshi tirik vaksinalar tayyorlagan. 
1.Ular organizmni sensibilizatsiyasini oshirib yuboradi. 
2. Katta to‘plamdagi antigen tutuadi. 
3. Organizmni immun sistemasiga katta nagruzka chaqiradi. 
4. Ba’zi bir viruslarni tirik vaksinali shtammlari og‘ir persistent 
infeksiyalarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi, bunda xujayrani genetik 
apparatini shikastlaydi. 
5. Vaksinani qisqa vaqt saqlanishi. 
6. Immun tankislik kasalliklari bilan kasallangan odamlarda har 
xil asoratlar berish mumkin. 
YUqori immunogenlik, past virulentlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
shtammlar tanlab olinib fizik va ximik omillar yordamida o‘ldirilib vaksina 
olinadi. Agar suspenziya yuqori xarorat ta’sirida olinsa, uni «qizdirilgan 
vaksina», spirt ta’sirida «spirtli», fenol ta’sirida «fenolli vaksina» deyiladi.
1. bir necha antigenlardan foydalaniladi. 
2. xafsizligi. 
3. tez tayyorlash mumkinligi. 
4. uzoq vaqt saqlanishi mumkinligi. 
 
1. Mikroorganizmlarning to‘liq o‘lganligini nazorat qilish. 
2. Immun sistemaga katta nagruzka. 
3. Organizm sensibilizatsiyasini oshiradi. 
4. Tarkibidagi lipidlar va boshqa ximiyaviy qo‘shilmalar hisobiga 
toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lishi. 
5.Immuniteti past organizmda har xil asoratlar berishi. 
 
Ximiyaviy usullar yordamida bakteriya xujayrasidan yuqori 
darajadagi immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan antigenlarni ajratib olib 
tayyorlanadi. Patogen mikroorganizmlarni protektiv va virulent antigenlardan 
foydalaniladi. Masalan: qorin tifi Vi va O antigenlaridan va qoqkshol 
anatoksini adsorbsiya qilingan vaksina. Bunda bakteriya antigenlari va 
qoqshol anatoksini alyumin gidrooksidiga adsorbsiya qilinadi. Kimyoviy
vaksinalarni immunogenlik xususiyatini oshirish uchun ad’yuvant, ya’ni 
yordam beruvchi moddalar qo‘shiladi. Masalan: alyumin gidrooksidi, 
alyumin fosfat iva boshqalar. 
 
1. Uzoq muddat saqlanadi. 
2. Organizmni sensibilizatsiya qilish xususiyatiga ega. 
3. Asoratlari qolmaydi. 
4. Bir necha antigenlarni birlashtirib assotsiatsiya qilingan vaksina 
tayyorlash mumkin. Toshmali tifda, vaboda, qorin tifida, grippda qo‘llaniladi. 


73 
Anatoksinlar. 
Kasallik patogenezida ekzotoksinlar asosiy rol o‘ynaydigan 
mikroblar ko‘paytiriladi va ularni ekzotoksinlari sof holda ajratib olinadi. 
Ushbu ekzotoksinlarga 0,3-0,5 % li formalin qo‘shib 38-40 
o
S da 30 kun
davomida termastatada saqlanadi. Buni natijasida toksin o‘zini zaxarlik 
xususiyatini yo‘qotadi, ammo antigenlik va immunogenlik xossalari saqlanib 
qoladi. Anatoksinlarni 1923 yilda fransuz olimi Roman ximiyaviy yo‘l bilan 
formalin ta’sirida oladi. Anatoksinlar oziq muhit tarkibidagi oqsillardan 
tozalanadi. Anatoksinlar bilan emlanganda patogen mikroorganizmlarga 
qarshi emas, balki toksinlarga qarshi immunitet xhosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan 
antitelalar ekzotoksinlarni neytrallaydi. Stafilokokklarga, difteriya, qokshol, 
botulizm kabi kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə