O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

MUTOGENLAR
deyiladi. Ular 
DNK
ga har xil ta’sir qilishi mumkin, ya’ni 
mexanizmi har xil bo‘ladi. 
GENETIK REKOMBINATSIYALAR 
YUqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham 
genetik rekombinatsiya xosdir. Ma’lumki eukariotlar uchun jinsiy ko‘payish 
xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi. Mikroblarda rekombinatsiya 
retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi 
natijasida to‘liq bo‘lmagan 
ZIGOTA-MEROZIGOTA 
hosil bo‘ladi. Bu 
rekombinat genotipi, o‘ziga donor xromasomalarning 
(DNK) 
bir qisminigina 
olgan retsepient genotipidir. SHuning uchun ham bu protsessni aniqlash bir 
muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan ikkinchisiga 
o‘tishi 
TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKSIYA
va 
KONYUGATSIYA
yo‘li bilan o‘tishi mumkin. 
TRANSFORMATSIYA 
Bu – genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
uzatilishidir. Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida 
DNK donor, ikkinchisida DNK retsepient bo‘ladi. Lekin hamma hujayralar 
ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish xususiyatiga ega bo‘lgan 
hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati 
qisqa muddatli bo‘lib, hujayraning o‘sish davridagi (ko‘payish) ma’lum bir 
vaqtda bo‘ladi, ko‘pincha u bakteriya ko‘payishining – fazasida bo‘ladi. 
YA’ni bu vaqtda hujayra devorining o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lib DNK 
molekulasini kirishiga qulay sharoit bo‘ladi. Hamma bakteriyalar ham 
kompetentlik xususiyatiga ega bo‘lavermaydi. Transformatsiya holatini 
chaqirish uchun ba’zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta’sirida 
ishlanib, hujayra devorini o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya
protsessi bir necha fazada o‘tadi. 
1.
DNK donorni retsepietga adsorbsiyasi. 
2.
Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi. 
3.
Donor DNK sini retsepient xromasomasining o‘ziga o‘xshash 
qismi bilan birlashib rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko‘p 
o‘xshash bo‘lsa, rekombinatsiya shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə