O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

 
2.1-rasm
 
 
2.2Bakteriyalar o‘sish ko‘rsatkichlari 
 
Bakteriya hujayrasining o`sishi. Prokariotlarning ko`payishi usullari. 
Bakteriyalarning rivojlanish sikli va uning fazalari va ularning tavsifi. 


25 
Uzluksiz ko`paytirishning mikroorganizmlar xususiyatlarini tadqiq qilishdagi 
ahamiyati va amaliyotda ishlatilishi. 
Mikroorganizmlar ham o`sadi, ham ko`payadi. O`sish deganda hujayradagi 
butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir-biriga 
mutanosib tarzda ko`payishi tushuniladi. O`sish natijasida hujayraning 
kattaligi va massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma'lum darajaga etgandan 
so`ng, u ko`paya boshlaydi. Bakteriyaning rivojlanish sikli bir necha fazadan 
tashkil topadi: 
2.2-rasm
 
1. Statsionar faza-mikroorganizmning oziqa muhitga tushgandan 
boshlab, 1-2 soat davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi. 
2. Lag faza-ko`payishning tormozlanishi. Bu fazada bakteriyalar intensiv 
o`sadi, ammo ularning bo`linishi juda kam bo`ladi. Bu ikki fazani bakteriya 
populyatsiyasi rivojlanishining muhitga moslashuv fazasi desa bo`ladi. 
3. Logarifmik-eksponentsial ko`payish fazasi. Ko`payish katta tezlikda 
ketadi, hujayralar soni geometrik progressiya bo`yicha ortadi. 
4. Manfiy tezlanish fazasi-Hujayralar kamroq aktiv bo`ladi, generatsiya 
vaqti cho`ziladi, chunki oziqa kamayadi, zaharli moddalar hosil bo`ladi, 
natijada ko`payish susayadi, ba'zi hujayralar o`ladi ham. 
5. Statsionar faza-Hosil bo`ladigan hujayralar soni o`ladiganlari soni 
bilan tenglashadi. Shuning uchun tirik hujayralar soni ma'lum vaqt davomida 
bir xil darajada turadi. Tirik va o`lgan jarayonlar soni sekin-asta ko`payadi. 
Bu faza yana boshqacha "maksimal statsionar" faza deb ham ataladi, chunki 
hujayralar soni maksimumga etadi. 
6-fazada o`lgan hujayralar soni ko`payadi. 
7-faza-hujayralarning logarifmik o`lim fazasi deb nomlanib, o`lish 
doimiy tezlikda davom etadi. 
6 va 7-faza birgalikda o`lim fazasi deb atalib unda o`luvchi hujayralar 
soni ko`payuuvchi hhujayralar sonidan ko`p bo`ladi. 


26 
8-faza hujayralarning o`lishi asta sekin kamayadi 
Oxirgi fazada hujayralarning o`lishi ozuqa muhiti fizik-kimyoviy 
xususiyatlarining o`zgarishi bilan bog`liq. Bakteriya uchun noqulay sharoit 
yuzaga keladi. Hujayralar shunday tezlikda o`ladiki oxiri hammasi qirilib 
ketadi. Bundan tashqari bakteriyalarni ko`payishining oziqa muhitini doimiy 
yangilab turib ko`paytirish usuli ham bor. Bu xilko`paytirish xemostat yoki 
turbidiostatlarda amalga oshiriladi. Sanoatda bu usul keng qo`llaniladi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə