O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “bilmadim ” kafedrasi


I Bob 1.1.Korxona xo’jalik faoliyatida personalning tutgan o’rni va ahamiyati



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə3/10
tarix13.06.2023
ölçüsü103,79 Kb.
#116915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ismoilov Sh

I Bob
1.1.Korxona xo’jalik faoliyatida personalning tutgan o’rni va ahamiyati.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi. Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega.
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro bo’ysunuvchi tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.
Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi.
Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati. mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi.
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir:
Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan iboratdir.
Boshqaruv bosqichi (darajasi) — korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari (bosqich, darajalari).
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo’linma — tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruv bo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy bo’linmalarga bo’linali. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o’rta korxonalarga bo’linadi. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o’zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi.
Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.

Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə