O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “bilmadim ” kafedrasi



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə2/10
tarix13.06.2023
ölçüsü103,79 Kb.
#116915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ismoilov Sh

Markazlashtirish — korxona bo’linmalari va xizmatlaridagi xodimlar funktsiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funktsiyalarini kuyi bo’g’inlar ixtiyoriga berish.
Boshqaruv me’yorlari — har bir bo’g’in rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar miqdorining oqilona bo’lishi. Amaliyotda korxona yuqori bo’g’ini rahbarlariga bo’ysunuvchi xodimlar 4 — 8 kishini, o’rta bo’g’inda (funktsiyali rahbarlar) — 8 — 20 kishini, quyi bo’g’inda (katta ustalar, usta-brigada boshliqlari) — 20 — 40 kishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Huquq va majburiyatlar mushtarakligi — bu korxona bo’linmalari va personalning huquq va majburiyatlari mushtarak bo’li-shini taqozo etadi.
Vakolatlarning chegaralanishi — bu tamoyilga ko’ra, liniya rahbarlari mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashga oid qarorlar qabul qilinishini, funktsiyali rahbarlar mazkur qarorlarni tayyorlashlari va ular ijrosini ta’minlashlari kerak.

Boshqaruv funktsiyasi — boshqaruv faoliyatining alohida turi hisoblanib, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti va ixtisos lashuviga asoslangandir. Boshqaruv funktsiyasining eng ko’p tarqalgan turi boshqaruv umumiy xususiyatlari (sifat, mehnat, ish haqi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish)ni hamda ishlab chiqarish resurslarini (mehnat, moddiy-texnika, moliya va boshqalar) qamrab oladi.
Ijodiy kengashlar usuli personalni boshqarishni rivojlantirish yo’nalishlarini jamoa holda muhokama etishga qaratilgan.
Jamoa yon daftari (g’oyalar banki) usuli har bir ekspert tomonidan bildirilgan fikrni jamoa muhokamasiga qo’yishni anglatadi.
Nazorat savollari usulida avvaldan tayyorlab qo’yilgan savollar orqali oldinda turgan vazifalarni ijodiy hal etishni faollashtirishga qaratilgan.
Morfologik tahlil personalni boshqarish ayrim funktsiyalarini amalga oshirish uchun hamma takliflardan eng maqbulini tanlab olishga qaratilgan.
Personal bilan suhbatlashish (interv’yu olish) ish jarayonini tahlil etish uchun zarur axborot olishga qaratilgan.
So’roqnoma — eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo’lib, personalning fikr-mulohozalarini so’roqnomalar orqali o’rganishni ko’zda tutadi. Bundan ko’zlangan maqsad kasb tanlash yoki kasbini o’zgartirish to’g’risida murоjaat etgan оdamga uning istagi, qiziqishi, imkоniyatlarini, mavjud bo’sh ish jоylari, istiqbоlda ishga jоylashtirishni hisоbga оlgan hоlda yordam berishdir. Kelajakda personalga ehtiyojni hisoblash rejalashtirilgan ishlab chiqarish dasturi hamda kadrlar miqdor tarkibidagi o’zgarishlar (masalan, kadrlar qo’nimsizligi ko’rsatkichlari asosida) prognozidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Ayni paytda, bunda ish vaqtining kutilayotgan o’zgarishlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə