24
tenglamalardan iborat bo„lishi mumkin va har biri erkin o„zgaruvchi
omillardan
tashqari boshqa tenglamalardagi bog„liq bo„lgan o„zgaruvchilardan tuzilgan bo„lishi
mumkin.Amaliyotda bunday tizimlarning rekursiv ko„rinishga keltiriladi.Buning
uchun oldin bog„liq bo„lgan ko„rsatkichlar (o„zgaruvchilar) topiladi va ular faqat
erkin o„zgaruvchilarga bog„liq bo„ladi. Keyinchalik erkin o„zgaruvchilar va topilgan
bog„liq bo„lgano„zgaruvchilar aniqlanadi. Shunday qilib har bir
Y
faqat
erkin
o„zgaruvchilar va tizimda aniqlangan o„zgaruvchilardan iborat bo„ladi. Tizimli
ekonometrik tenglamalar oddiy regression tenglamalardan farqli o„laroq murakkab
matematik apparatni talab etadi.
3. Vaqt qatorlari modellari.
Ma‟lum ko„rsatkichni vaqt bo„yicha ketma-ket joylashtirilishi vaqtli qator deb
ataladi. Tadqiq qilinayotgan o„zgaruvchining qiymatlari qator darajasi deb ataladi.
Vaqt qatorlari modellarda faqat bitta erkin o„zgaruvchi
t
-vaqt bo„ladi
va ular
bir omilli modellardir.
Iqtisodiy ko„rsatkichlardan tashkil topgan vaqtli qatorlarda quyidagi tarkibiy
elementlar:trend,mavsumiy,tsiklik va tasodifiy komponentlarni aniqlash mumkin.
Trend deb jarayondagi uzoq muddatli barqaror va takrorlanuvchi komponentga
aytiladi.Masalan:vaqt oralig„ida maxsulotning sotish
hajmining uzluksiz oshishi,
maxsulot ishlab chiqarishning o„zgarishi va h.k.
Iqtisodiy jarayonlarning vaqtli qatorlar trendining atrofida doimiy tebranuvchi
komponenta bo„lishi mumkin. Agar u davriy bo„lib yil davomida tebranib tursa uni
mavsumiy tebranishlar deyiladi. Agar tebranish bir necha yil davomida davom etsa
uni siklik tebranish deb ataymiz.Trend mavsumiy va
siklik komponentlar doimiy
bo„lsa ularni vaqtli qatorlarning tizimli komponenti deyiladi. Vaqtli qator doimo bu
komponentlarga ega bo„lishi shart emas.
Siklik tebranishlardan tashkil topgan ekonometrik modellarni additiv yoki
multiplikativ shaklda yozish mumkin.
Vaqtli modellarga shuningdek ko„p miqdordagi
murakkab additiv prognoz va
avtoregression modellarni kiritish mumkin.
25
Ekonometrik modellarning malumotlar turi:
Makon bo„yicha
- malum davrda har xil obektlar bo„yicha malumotlar,
masalan: Mintaqa korxonalarining ishlab chiqarish hajmi, ishchi xizmatchilar soni.
Vaqt bo„yicha
- aynan obekt bo„yicha bir necha davr malumotlari,masalan:
istemol tavarlari indeksi, keyingi yillardagi bandlik va h.k.
Ekonometrik modellar o„zgaruvchilarini shartli
quyidagi turlarga ajratish
mumkin (1.6-rasm.
Dostları ilə paylaş: