O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

Nazorat uchun savollar 
1.
Ekonometrika fanining maqsadi nimalardan iborat? 
2.
Ekonometrik modellashtirishning zarurligi? 
3.
Ekonometrikaning qo„llanish sohalarini tushuntirib bering? 
4.
Ekonometrik modellashtirish usullari tasnifi qanday? 
5.
Ekonometrik modellarni tuzish bosqichlarini aytib bering? 
6.
Iqtisodiy model so„zini tushintirib bering? 
7.
Iqtisodiy-matematik modellarga ta‟rif bering? 
8.
«Model» tushunchasiga ta‟rif bering? 
 
 


28 
2. EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT
TA‟MINOTI 
 
2.1. Iqtisodiy ma‟lumotlarning statistik tabiati 
2.2. Bog„liq va bog„liq bo„lmagan o„zgaruvchilarni tanlash 
2.3.Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma‟lumotlarga 
qo„yiladigan talablar
 
2.1. Iqtisodiy ma‟lumotlarning statistik tabiati 
 
Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o„zgarishini o„rganish muhim ahamiyatga 
ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o„zgaruvchan 
bo„ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali 
o„rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko„rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi 
o„zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo„ladi. 
Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti subyektlarining 
iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan 
biridir. 
Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko„rsatkichlar va ishlab chiqarish 
omillari o„rtasidagi aloqalar o„z mohiyatiga ko„ra stoxastik bo„lgan asosga tayanadi. 
Iqtisodiy subyektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning 
rivojlanish jarayonini o„rganishda asosiy o„rin egallaydi. Bu modellar ishlab 
chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir. 
Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va 
jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko„ra, 
iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo„llashda har doim noaniqlik 
elementlari mavjud bo„ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo„llash 
samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko„rinish va jarayonga aynan 
mos kelishi hisoblanadi. 


29 
Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo„lishligining sabablari quyidagi 
hollarda sodir bo„lishi mumkin: 
1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko„rsatkichlari, omillar va obyektlar 
majmuining noaniqligi. 
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi. 
3. Modelli – ko„rsatkichlar va dalillar o„rtasida bog„lanish shakllaridan 
noto„g„ri foydalanish. 
Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlar 
ko„rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. Shu nuqtai 
nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini, chiqish axborotiga o„zgartirgich 
sifatida qaraladi. 
Ekonometrik modellarni tuzishda muhim bosqichlaridan biri modelda 
qatnashadigan omillar va ko„rsatkichlarni tanlashdir.
Ko„p hollarda o„rganilayotgan ko„rsatkichlarga juda ko„p omillar ta‟sir 
etmoqda. Shu jumladan, ularning hammasi modelda qatnashishi mumkin emas yoki 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Ko„rsatkichlar va omillarni to„liq qator sifatida quyidagicha tasvirlash mumkin: 
)
,...,
/
,...,
/
,...
,
(
}
1
(
}
1
(
2
1
n
m
m
k
k
x
x
x
x
x
x
x
f
y
 
1)
Birinchi omillar guruhi 
)
,...,
,
(
2
1
k
x
x
x
–bu modelga kiritiladigan o„zgaruvchilar 
2)
Ikkinchi omillar guruhi 
)
,...,
,
(
2
1
m
k
k
x
x
x
– modelda qatnashmaydi, lekin 
ulardan har biri tadqiqotchi tomonidan kuzatilayotgan statistik jamlanmada u yoki bu 
qiymatlarda nazorat qilinadi 
3)
Uchinchi omillar guruhi 
)
,...,
,
(
2
1
n
m
m
x
x
x
– tasodifiy o„zgaruvchilar, ular 
tadqiqotchi tomonidan nazorat qilinmaydi, lekin 
ning o„zgarishiga ta‟sir etmoqda. 
Agar birinchi guruhga soni bo„yicha ko„p bo„lmagan, lekin 
ning 
o„zgarishiga kuchli ta‟sir qilgan omillar qirsa, ushbu ekonometrik model ahamiyatli 
deb hisoblanadi.
Bundan tashqari, qolgan omillardan ko„proq soni 2 chi guruhga va kamroq soni 
3 chi guruhga kirgani maqsadga muvofiqdir.


30 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə