O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Personalni rejalashtirish jarayoni



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Personalni rejalashtirish jarayoni 
(4.4-rasm) tashkiliy reja tuzishdan 
boshlanadi. 
Shu munosabat bilan xodimlarga bo’lgan talabni ko’paytirish yoki 
kamaytirishga olib kelishi (masalan, yangi mintaqaviy vakolatxona, yangi bo’lim 
tashkil etilishi, bosh idora vakolatlarini quyi bo’linmalarga berish va boshqalar) 
mumkin bo’lgan tashkiliy reja mufassal bo’lishi lozim. 
Rejalashtirish talab etiladigan ma’lumotlar yangi ish uslublari, 
avtomatlashtirish yoki mexanizatsiyalash jarayonlari natijasida yuzaga chiqadigan 
mehnat unumdorligi yoki ishchi kuchidan foydalanish hajmining kutilayotgan 
o’zgarishlariga taalluklidir. 


67 
Personalni amalda boshqarish uchun ishchi kuchigacha yo’naltirilgan barcha 
funktsiyalarni qamrab olishning o’zi etarli emas. Bu ishda inson resurslari to’la 
hayotiy siklining barcha bosqichlari — xodimlarni izlab topish va ishga yollash (shu 
jumladan, ish haqi, mukofotlash, qo’shimcha ijtimoiy sug’urta qilish, personalni 
rejalashtirish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash maxsus dasturlarini ishlab 
chiqish)dan pensiyaga kuzatish yoki ishdan bo’shatishgacha bo’lgan chora-
tadbirlarni mujassamlashtirish darkor. 
Personaddagi tabiiy o’zgarishlar — pensiyaga chiqish, kasalligi yoki o’qishga 
kirganligi, harbiy xizmatga chaqirilganligi sababli ishdan bo’shatishni rejalashtirish 
qiyin ish emas. Jamoa salohiyatini kuchaytirish, uning raqobatbardoshligini oshirish 
esa ancha murakkabdir. 
Faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonada personalni rejalashtirishni mavjud 
ishchi kuchini bahblashdan boshlash mantiqiydir. Rahbariyat belgilangan aniq 
maqsadni amalga oshirish uchun talab etiladigan ish jarayonlarini bajarishga qancha 
ishchi va mutaxassis jalb etilganligini anikdab olish kerak. Masalan, hatto juda oddiy 
ish hisoblangan aeroportlarda yo’lovchilar yuklarini joylash bilan ko’pgina xodimlar 
band bo’ladi. 
Bundan tashqari, rahbariyat o’z personali ish sifatini ham baholashi lozim. 
Rejalashtirishning keyingi bosqichi qisqa muddatli va istiq-bolli rejalarni 
amalga oshirish uchun talab etiladigan personal sonini aniqlashdan iborat bo’ladi. 
Personalni rejalashtirishda orttirilgan tajriba bu jarayon asosan uch qismdan 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə