O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/89
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141211
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash Rasulev

 
1.4. Modellashtirish bosqichlari 
Iqtisodiy hodisalar va ko„rsatkichlarni matematik modellashtirish murakkab 
jarayon hisoblanadi. Matematik modellashtirish jarayonini amalga oshirish uchun 
avvalo obyekt to„g„risida (firma, korxona, tarmoq, milliy iqtisodiyot) etarli va 
ishonchli ma‟lumotlarga ega bo„lish lozim. Ushbu ma‟lumotlarning ishonchliligi va 
etarli darajada bo„lishi tuzilayotgan yoki yaratilayotgan modelning sifatiga va 
hayotiyligiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. 
Iqtisodiy-matematik modellarni tuzish bosqichlari 1.6-rasmda tasvirlangan. 
Birinchi bosqich - iqtisodiy muammoning qo„yilishi va uning nazariy sifat 
jihatdan tahlili.
1.6-rasm. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bosqichlari tavsifi
I-bosqich 
II-bosqich 
III-bosqich 
IV-bosqich 
V-bosqich 
VI-bosqich 
Iqtisodiy muammoning qo‟yilishi va uning nazariy sifat jihatdan tahlili 
Iqtisodiy-matematik modelni tuzish 
Tuzilgan iqtisodiy- matematik modelning matematik tahlili 
Modellashtirilayotgan ob‟ekt bo‟yicha iqtisodiy ma‟lumotlarni 
tayyorlash 
Masalani yechish algoritmini tuzish, komp‟yuter dasturlarini 
tayyorlash va ular asosida masalani hisoblash, yechimini olish 
Masala yechimining miqdoriy tahlili va uning amalda qo‟llanilishi 


24 
Bu bosqichda iqtisodiy jarayon har tomonlama o„rganiladi, uning ichki va 
tashqi axborot aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi asosiy 
parametrlari aniqlanadi. Bu bosqichda asosan muammoni asl ma‟nosi ifodalanadi. 
Qanday masalalarga javob topilishi kerakligini aniqlash kerak bo„ladi. Izlanayotgan 
noma‟lum o„zgaruvchilar nima, qanday maqsadni ko„zda tutadi, natija nimalarga olib 
keladi, kabi savollar aniqlanadi. 
Modellashtiriladigan iqtisodiy jarayonning optimallik mezoni aniqlanadi. 
Mezon - maqsad funksiyasi shaklida ifodalanadi. 
Ikkinchi bosqich - matematik modelni tuzish. 
Modellashtirayotgan jarayonning iqtisodiy matematik modeli tenglamalar, 
tengsizliklar tizimi, funksiyalar shaklida ifodalanadi. Oldindan modelni turi, keyin 
uning o„zgaruvchilari, parametrlari, aloqa shakllari aniqlanadi. Demak, matematik 
modelni qurilishini o„zi bir necha bosqichlardan iborat. 
Uchinchi bosqich - modelning matematik tahlili. 
Bu bosqichning maqsadi - modelning umumiy xususiyatlarini aniqlash. Bunda 
model matematik usullar bilan tekshiriladi. Eng asosiysi, modelning yechimi borligini 
isbotlash zarur. Agar modelning matematik yechimi bo„lmasa, unda keyingi 
bosqichlarni bajarish mumkin bo„lmay qoladi. Shuning uchun yoki masalaning 
iqtisodiy qo„yilishini o„zgartirish kerak yoki matematik ifodalashning yanada aniqroq 
qo„yilishi zarur bo„lib koladi. 
To„rtinchi bosqich - iqtisodiy ma‟lumotlarni tayyorlash.
Modellashtirishda bu bosqichning ahamiyati juda muhim. Ma‟lumotning real 
olinishi modellarning ishlatilishini cheklashtiradi. Shunda ma‟lumotni tayyorlashga 
ketadigan harajatni e‟tiborga olish kerak. Bu harajatlar modellashtirish bergan 
samaradan kam bo„lishi zarur. Masalani yechish uchun kerak bo„lgan barcha 
iqtisodiy ma‟lumotlar to„planadi va zarur bo„lsa statistik usullar bilan qayta ishlanadi. 
Modelda qatnashadigan koeffitsientlar aniqlanadi. Masalani yechish uchun uning 
dastlabki matritsasi tuziladi. 
Beshinchi bosqich - algoritmlarni tuzish, dasturlarni tayyorlash va ular asosida 
masalani hisoblash, yechimini olish.


25 
Bu bosqichning murakkabligi, masalaning katta o„lchamligi va juda katta 
ma‟lumotlar massivlarini qayta ishlashdan iborat. Masalaning matritsasini iqtisodiy 
axborotlar bilan to„ldirilib, kompyuterdagi maxsus dasturga kiritiladi. 
Oltinchi bosqich - yechimning miqdoriy tahlili va uning qo„llanishi. 
Masalaning yechimi miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi. Bu yerda ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishning yo„llari, resurslardan optimal foydalanish 
variantlari, izlanayotgan noma‟lumlarning miqdoriy qiymatlari topiladi.
Yuqorida sanab o„tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog„liq va biri 
ikkinchisini to„ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 
Modellashtirishning 5-bosqichida model o„rganilayotgan mustaqil obyekt 
sifatida maydonga chiqadi. Bunday tekshiruvlarning shakllaridan biri “modelli” 
tajribalar o„tkazish hisoblanadi. Ularda modelning ishlash shartlari ongli ravishda 
o„zgartiriladi va uning “xulqi” haqidagi ma‟lumotlar tartibga solinadi. Bu 
bosqichning yakuniy natijasi R model haqida olingan jami bilimlar hisoblanadi. 
6-bosqichda bilimlarni modeldan original obyektga ko„chirish amalga 
oshiriladi. S-obyekt haqida jami bilimlar to„planadi. Bu bosqich aniq qoidalar asosida 
o„tkaziladi. Model haqidagi bilimlar shunday tizimlashtirilishi kerakki, unda original 
obyektning modelni qurishda o„zgartiriladigan yoki o„z aksini topmagan xususiyatlari 
hisobga olinishi zarur. Biz original obyekt va modelning o„xshashlik belgilarini 
o„zida aks ettira olgan har qanday natijani to„la asos bilan modeldan originalga 
ko„chira olamiz. Agar bu modelni tekshirishning ma‟lum natijasi modelning original 
obyektdan farqi bilan bog„liq bo„lsa, bu natijani ko„chirish asosida hisoblanadi. 
6-bosqich model yordamida olinadigan bilimlarning amaliy tekshiruvi va 
obyekt haqidagi umumlashtiruvchi nazariyani yaratish, obyektni o„zgartirish yoki 
boshqarishda olingan 
bilimlarni qo„llashdan 
iboratdir. 
Modellashtirishning 
mohiyatini tushunishda shuni esda tutish lozimki, modellashtirish - obyekt haqidagi 
bilimlarning yagona manbai emas. Modellashtirish jarayoni juda keng bo„lgan 
umumiy o„rganish jarayonini o„z ichiga oladi. Bu hol faqatgina modellashtirish 
jarayonida emas, balki o„rganishning turli-tuman vositalari asosida olinadigan 


26 
tekshiruvlar natijasini umumlashtirish va birlashtirishni o„z ichiga oluvchi yakuniy 
bosqichda ham hisobga olinishi zarur.
Modellashtirish - takrorlanuvchi (tsiklik) jarayondir. Bu shuni bildiradiki, 
birinchi olti bosqichli tsikldan so„ng ikkinchisi, uchinchisi va hokazo keladi. Bunda 
tekshirilayotgan obyekt haqidagi bilimlar kengayadi va tobora aniqroq bo„ladi, 
boshlang„ich model esa takomillasha boradi. Obyektni ham o„rganish natijasida 
paydo bo„lgan kamchilik va model qurishdagi xatolar birinchi tsikldan so„ng 
aniqlanib, keyingi tsikllarda tuzatilishi mumkin. 
Demak, modellashtirish uslubiyotida o„z-o„zini rivojlantirish asoslari mavjud. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə