O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘quv-me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy majmualar, ta’lim texnologiyalari, o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə11/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

O‘quv-me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy majmualar, ta’lim texnologiyalari, o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiladigan talablar.

Mutaxassislik fanlari o’quv – uslubiy ta’minotini yaratishda ta’lim jarayonini tashkil etishda, o’qitishning samarali usullarini tanlashda, ta’lim mazmunini belgilashda o’ziga xos yondashuvni talab etadi.


Darslik barcha ta’lim turlari va fanlar bo’yicha eng keng tarqalgan o’qitish vositasi bo’lib, o’quv- uslubiy ta’minotning yetakchi komponenti hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha darsliklar yaratish jarayoniga birinchi navbatda o’quv - uslubiy ta’minotini ishlab chiquvchilar jalb qilinishi kerak. Mutaxassislik fanlaridan zamonaviy o’quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mutaxassislar tayyorlashda o’quv-uslubiy majmualarning hozirgi davrda qay darajada o’quv maqsadlari va vazifalariga erishishni ta’minlashini, ularni qaysi didaktik tamoyillar asosida tuzishni va ishlab chiqishni o’rganish lozim.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ta’lim oluvchilarni kasbga va mehnatga tayyorlash samaradorligi asosan o’quv- uslubiy majmuasining o’zaro bog’liq komponetlariga, ya’ni dasturdagi o’quv materialining tuzilmasiga, o’qitish metodikasiga, o’quv adabiyotlari va ko’rgazmali materiallariga bog’liq bo’ladi. Ular o’quv –uslubiy majmuasini ta’lim oluvchilarni mehnatga va kasbga tayyorlash bo’yicha o’qitish jarayonidagi funktsiyalariga qarab guruhlaydilar, ya’ni me’yoriy hujjatlarga (o’quv rejasi, o’quv dasturlari); o’qitish uchun metodik materiallarga (xususiy metodikalarni ishlab chiqish, metodik jurnallar); talabalar uchun o’quv adabiyotlari (darsliklar, didaktik materiallar, tajriba va amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy qo’llanmalar) va ko’rgazmali materiallar (rasmlar, asl narsalar va ob’ektlar). Tadqiqotchilar o’quv-uslubiy majmuasining asosiy zvenosi deb darslikni hisoblaydilar.
Ta’lim oluvchilarning mutaxassislik fanidan ma’lum bir texnikaviy va texnologik topshiriqni mustaqil ravishda bajarishlari uchun ularning darsliklar, turli texnikaviy adabiyotlar, uslubiy ko’rsatmalar, chizmalar, sxemalar, mahsulotlar, xom ashyo materiallari, maketlar va jihozlar, asbob va uskunalarni o’zida qamrab olgan o’quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlanishi o’qitishni faollashtiradi va ijodiy yondashuvli ta’limni shakllantiradi.
O’quv-uslubiy majmua (O’UM)-to’plam sifatida emas, balki alohida komponentlarining funktsiyalari jihatidan o’zaro almashinuvchanligi mumkin bo’lgan o’qitish vositalari tizimi sifatida ishlab chiqilishi kerak. Bu – didaktik vositalarning ochiq tizimi bo’lib, darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalardan tashqari turli xil adabiyotlarni ham o’zida qamrab oladi. Ushbu o’quv-uslubiy majmua tuzilmasidagi invariant mazmunning tashuvchisi bo’lib, tayyorgarlik yo’nalishi bo’yicha asosiy tushunchalar va terminlarning lug’at-ma’lumotnomasi xizmat qilishi mumkin. Qolgan ma’lumot beruvchi materiallar variativ hisoblanadi.
Mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarning asosiy qismlariga quyidagilar kiradi:

  • mutaxassislik fanining mazmunini, hajmini va o’qitish tartibini belgilovchi hujjatlar va materiallar (o’quv rejasi, o’quv dasturi, fanni o’qitish metodikasi va boshqalar);

  • o’quv jarayonini nazorat qilish, mustaqil ta’lim olishni, hamda bilimlarni mustahkamlash bo’yicha materiallar va hujjatlar; o’quv uslubiy (darsliklar, mavzuiy rejalar va boshqalar), mustaqil o’rganish va bilimlarni mustahkamlash bo’yicha manbalar (mustaqil o’rganish bo’yicha kitoblar, lug’atlar, ma’lumotlar to’plami, qayta takrorlash uchun ko’rsatmalar, praktikumlar va boshqalar);

  • o’quv tarbiya jarayonining texnologik jihatlarini ta’minlovchi materiallar (asl ob’ektlar va narsalar, asboblar, modellar, maketlar, plakatlar, tarqatma materiallar, kompyuter texnikalari uchun vositalar, diakino va video texnikalar);

  • o’qituvchilar uchun mo’ljallangan o’quv- uslubiy materiallar.

O’quv - uslubiy majmuaga kiruvchi komponentlarning mazmuni va tarkibi o’quv predmetining turi bo’yicha aniqlanadi. Chunki o’quv predmetining turi bo’yicha zaruriy va qo’shimcha o’quv materiallari, mashqlar, topshiriqlar, mustaqil o’rganish bo’yicha materiallar turlicha darajada aniqlanadi. Mutaxassislik fanlari o’quv - uslubiy majmuasi komponentlarining va o’qitish metodikasining mazmuni ta’lim turi bo’yicha ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan o’quv dasturiga muvofiq aniqlanadi.
Mutaxassislik fanlari o’quv uslubiy majmuasiga kiruvchi har bir o’qitish vositasi didaktik jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Majmuaning barcha o’qitish vositalarida asosiy tushunchalar, terminlar, shartli belgilar bir xil bo’lishiga rioya qilinishi, hamda talabalarning mutaxassislik fanni o’rganish bo’yicha egallashi kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Mutaxassislik fanlarini o’qitish sifatini yaxshilash uchun o’quv-uslubiy majmua tarkibiga quyidagi o’qitish vositalari kirishi kerak:
1. Asosiy o’qitish vositalari – tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha ta’lim standartlari, o’quv rejalari va fan dasturlari, bosma va elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalar;
2. Qo’shimcha o’qitish vositalari-dars jarayonini tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma, mashq va masalalar to’plami, plakatlar, slaydlar, elektron mulьtimediali o’quv qo’llanmalar, nazorat va test savollari to’plami, tarqatma materiallar, nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha metodik qo’llanmalar.
3. amaliy o’qitish vositalari – kodoskop, videoko’z, mulьtimedia, televizor, kompyuter, laboratoriya jihozlari, maketlar, asl narsalar, mahsulotlar, mashinalar, uskunalar.
O’quv-uslubiy majmuasini yaratishda o’quv davri hajmi bo’yicha ilmiy texnikaviy topshiriqlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning faoliyatidagi psixologik jihatlarini ham o’rganish talab qilinadi.
Mutaxassislik fanlari o’quv -uslubiy majmuasini tahlil qilish o’qituvchiga, uslubchiga, ishlab chiqarish ta’limi ustasiga mashg’ulotlarni o’tkazish uchun kerakli o’qitish materiallarini loyihalash, ishlab chiqish va tayyorlash imkoniyatini yaratadi.
Mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini o’quv-uslubiy majmualar yordamida tashkil qilish va o’tkazish ta’lim sifatini yaxshilaydi, ta’lim oluvchilarning mashg’ulot davridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishda, ularda ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi.
Ta’lim maqsadlariga erishish uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda quyidagi umumiy talablar bo’yicha komponentlarni kiritish zaruriyati aniqlandi:
- birinchidan, ta’lim muassasasida samarali o’qitishni ta’minlash uchun bilim, ko’nikma va malakalarni tizimlashtirish;
- ikkinchidan, mutaxassislik fanlarini kasbiy faoliyatga amaliy jihatdan yo’naltirish, qaysiki, amaliy vaziyatlarda qo’llash uchun yetarli va mustahkam bilim, hamda ko’nikmalarni ta’minlash kerak bo’ladi;
- uchinchidan, o’qitishning tarbiyalovchi, izlanuvchanlik va rivojlantiruvchi funktsiyalarini kuchaytirish kerak. Ishlab chiqilgan amaliy mashqlar va topshiriqlar sistemasi ta’lim oluvchilarning ijodiy va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi (fikrlash, taqqoslash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish va boshqalar). O’qitishning tarbiyaviy yo’naltirganligi esa talabalarning mehnatga estetik, ekologik, texnik va texnologik jihatdan tarbiyalashga yo’naltirilgan topshiriqlar va mashqlarni tanlash orqali ifodalanadi;
- to’rtinchidan, mutaxassislik faniga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish. Ta’lim oluvchilarda o’rganishga bo’lgan ijobiy motivatsiyani shakllantiruvchi o’quv materiallari ishlab chiqish lozim.
Mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasiga qo’yiladigan yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, quyidagi qo’shimcha talablarni kiritish ham maqsadga erishishni osonlashtiradi. Mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasida tayyorgarlik yo’nalishi va mutaxasisiligi bo’yicha ekologik, tarixiy, milliy va iqtisodiy aspektlarning yoritilishi, ta’lim oluvchilarga turli vaziyatlardagi amaliy faoliyatning modeli tavsiya qilinishi, ularning ijodiy faolligini oshirishni ta’minlashi kerak.
Bizning fikrimizcha mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasining asosiy funktsiyasi - talabalarning mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo’lishi kerak.
Demak, maxsus fan o’quv-uslubiy majmuasi ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatini amalga oshirishni ta’minlashi lozim. Erkinlashtirilgan ta’lim jarayonida o’quv-uslubiy majmuaning yadrosi bo’lib–mehnat metodlari, faoliyatlar va jarayonlar ketma-ketligi, usullari, turlari va maqsadlari to’g’risida bilim uzatuvchilar xizmat qilishi kerak.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə