O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


O’quv-metodik majmua (O’MM) –



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə12/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

O’quv-metodik majmua (O’MM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv –uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.
Fanning o’quv-metodik majmuasi komponentlarining mazmuni Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq, hamda shaxsga yo’naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta’lim olish texnolologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi.
O’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda yo’naltiruvchi va qiziqtiruvchi bilimlar spetsifikatsiyasining yoritilishi muhim ahamiyatga ega. Bu yerda biz xorijiy davlatlarda mutaxassislar tayyorlash tajribalariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularda o’qitishni asosiy tashkil qilish shakllari sifatida loyihalar va modullar qo’llaniladi. Bu vositalar talabalarning mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatiga yo’naltirilgan bo’lib, turli o’quv-moddiy bazalarda ishlab chiqiladi. Asosiy o’qitish vositasi bo’lib modulli o’quv dasturlari hisoblanadi. Modulli o’quv dasturlar ta’lim oluvchilarning yunalishi va mutaxassisligi bo’yicha texnologik jarayonlarning bajarilishi va faoliyat usullari bo’yicha yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari uchun turli xildagi, hajmdagi va murakkablikdagi bilim va mehnat topshiriqlari sistemasini qamrab oladi. Faqatgina modulli o’quv dasturi o’quv-uslubiy majmuasining asosiy komponenti bo’lib xizmat qiladi va o’quv materialini uzatishning esa yetakchi vositasi hisoblanadi.
Shuning uchun ham mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv uslubiy majmuasining mazmuni mustaqil va tugallangan o’quv jarayonini belgilovchi modul yoki bo’lim ko’rinishida ishlab chiqilishi kerakligi tavsiya etiladi. Modulli tuzilmali o’quv-uslubiy majmua o’qituvchi uchun metodik apparat bo’lib xizmat qiladi, chunki o’qituvchi unga kerakli qo’shimchalar kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’quv-uslubiy majmualarni modulli tuzilmasini ishlab chiqishda ta’lim oluvchilarning individual ishlash, o’quv materialini samarali o’zlashtirish, mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni faollashtirish kabi asosiy jihatlarga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Modul tizimi asosida mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasining modeli 1-rasmda keltirilgan.
Ushbu model bo’yicha modulli o’quv dasturida har bir faoliyat usuli bo’yicha nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan o’zaro bog’liq mavzular alohida modullarga guruhlashtiriladi. Har bir modul bo’yicha o’quv maqsadlari va mazmunlari belgilanadi. Har bir modul o’zining o’quv-uslubiy ta’minotiga ega bo’lishi kerak.
O’qitish metodikasida mutaxassislik fanni ushbu o’quv-uslubiy majmua asosida o’qitishni tashkil etish va o’tkazish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash, talabalarning bilim, hamda ko’nikmalarini baholash metodlari beriladi.
Modulli tuzilma ko’rinishidagi o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish imkonini beradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə