O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu.Mutaxassislik fan o‘qituvchisining o‘quv - me’yoriy xujjatlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə9/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

3-mavzu.Mutaxassislik fan o‘qituvchisining o‘quv - me’yoriy xujjatlari
Reja:



  1. Pedagog shaxsi va uning kasbiy kompetentligi.

  2. O‘qituvchining innovasion kompetentligi.

  3. O‘quv-me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy majmualar, ta’lim texnologiyalari, o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiladigan talablar.

  4. O‘qituvchining shaxsiy ish rejalari, kalendar tematik rejalar.

  5. Guruh va professor-o‘qituvchining jurnallarini yuritish tartibi.



Pedagog shaxsi va uning kasbiy kompetentligi.
O’zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo’yicha o’rtaga qo’yilayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvi shaxsiga bog’liq. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ta’lim- tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadga erishish, o’quvchilarning xilma- xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, etiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O’zbekistonning istiqboli ko’p ejihatdan o’qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yo shva individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogika nazariyasiga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Biror kasbning haqiqiy o’qituvchisi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo’lishi kerak.
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomalada o’zini tuta olishi zarur. Shuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borliq, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya beri shishi Bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat Bilan shug’ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda. O’qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. Har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
Kasbnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi shaxsining xususiyatlari; o’qituvchining psixologik- pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar; maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni; ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.
O’qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- mafkuraviy sohada – ilmiy dunyoqarash va etiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy faollik;
- kasbiy pedagogik sohada: - bolalarni sevish va ularbilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, psixologo- pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qat’iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o’zini tuta olish;
- bilish sohasida: - keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, yangilikni his qila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish.
O’qituvchining psixologo- pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar: bilim egallash sohasida; pedagogikaning metodologik asoslarini, shaxsning rivojlanishi va shakllanish qonuniyatlarini bilish; tarbiyaning mohiyati, maqsadi, vazifalari, shaql va metodlarini tushunish, bolalar va o’smirlar anatomo- fiziologik rivojlanishlarining asosiy qonuniyatlarini bilish: o’quvchilar gigienik tarbiyasining nazariy, tabiiy- ilmiy asoslari va vositalarini bilish: bolalar rivojlanishining psixik qonuniyatlarini, har xil yoshda shaxsning individual- psixologik xususiyatlarini bilish.
Ko’nikma va malakalar hosil qilish sohasida: pedagogik vaziyatni tahlil qilish; pedagogik ta’sirlarni rejalashtirish va natijalarini mo’ljallay olish, ijtimoiy- pedagogik hodisalarning amaldagi holatini, ularning paydo bo’lish va rivojlanish sababalarini, shart- sharoitlarini tahlil qila bili shva baholay olish; o’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini aniqlash; shaxs va jamoaning rivojlanishini belgilay olish; ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarda uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va xatolarni kura bilish; aniq pedagogik vazifalar va ularni hal qila olish; o’quvchilarning sinfdagi va sinfdan tashkari faoliyatiga rahbarlik qilish sohasidagi ishlarni rejalashtiirish; o’quv- tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslangan tashkiliy shaqllari, metodlari va vositalarini tanlay olish; rejalashtirilgan pedagogik ta’sirlarga o’quvchilarning javob harakatlarini oldindan chamalay bilish ko’nikmalari.
O’quv- tarbiya jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish sohasida: o’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini hisobga olgan holda ta’lim- tarbiya maqsadiga muvofiq o’quv materialarni tanlash, uni analiz va sintez qila olish ko’nikmasi; ilmiy materiallarni qayta ishlab, o’quv materialiga aylantira olish ko’nikmasi: ma’lum didaktik vazifaga muvofiq o’quvchilar tajribasini hisobga olgan holda murakkab matnlarni va o’quv materialini o’zlashtira olish ko’nikmasi; darsni ijodiy va asosli tashkil eta olish ko’nikmasi.
Bolalar faoliyati turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va harakatga keltirish sohasida:
Tarbiyaviy maqsadga muvofiq ayrim o’quvchilar va jamoa uchun vazifalar belgilash, qo’yilgan maqsad asosida ularning tushunchasini o’zgartira olish ko’nikmasi; bolalarga ta’sir o’tkazi va ular faoliyatiga pedagogik rahbarlik qilishni rejalashtirish ko’nikmasi; ta’lim va tarbiya uslublarini pedagogik maqsadga muvofiq qo’llash ko’nikmasi; o’quvchilar xulqi va faolligini boshqarish ko’nikmasi; bolaning tashqi ko’rinishi va qiliqlaridan uning ruhiy holatidagi o’zgarishlarni aniqlash, ma’lum vaziyatda bolalar xulqining xususiyatlarini anglash va izohlash ko’nikmasi; o’zini xayolan tarbiyalanuvchi o’rniga qo’ya olish ko’nikmasi; o’quvchilarni shaxs uchun va ijtimoiy qimmatli istiqbollarga qiziqtirish va jalb qilish ko’nikmasi; umumiy vazifalarni bajarish uchun o’quvchilarni guruhlarga bo’lib, ularning o’zaro munosabatinini hisobga olish ko’nikmasi va boshqalar.
O’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashi zarur. Pedagogik mahorat egasi kam kuch sarf qilib, katta natijalarga erishadi, o’z ishining natijasi bilan mo’jizalar yaratadi, ijodkor bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə