O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

2. Pedagogik aksioma. O’qish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish, o’qitish qobiliyati, fikrlash hamda muayyan harakatlarni hosil qilish jarayoni sanaladi. O’qish jarayonida ta’lim oluvchilar ma’lum bo’lmagan, o’zlashtirmagan ma’lumotlarni o’zlashtira boradilar.
O’qitish tushunchasi – insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko’rsatish uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisini o’zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.
O’qitish – ijtimoiy xulq – atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida ta’lim oluvchilar bilan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkiliy va seminar ishlarga undovchi faoliyatdir. O’qitish ta’lim oluvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi.
O’qitish jarayoni – bu ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonining qanday tashkil etishi va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta’lim oluvchilar qanday ish harakatlarini bajarish kerakligini belgilab beruvchi jarayondir.
Pedagogik ta’lim mazmun – mohiyatini baholash va uning sifati hamda samaradorligini oshirish ta’lim jarayoniga tegishli bo’lgan har bir komponentlarga (jihatlarga, omillarga, ko’rsatkichlarga) uzviy ravishda bog’liq bo’ladi va shu sababli ham pedagogik ta’lim tizimini yagona dinamik tizim deb qaraladi. Shu ma’noda o’quv jarayonining tashkil etuvchilarini quyidagicha ifodalash mumkin (3-shakl):
Ta’lim jarayonini olib borishning sifati va samaradorligi ko’p jihatdan ularni tashkil etuvchilarning nechog’lik o’zaro aloqadorlikda faoliyat yuritishiga bog’liq. Bunda albatta ta’limning sifat nazoratini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim bo’ladi va ta’lim sifatini belgilovchi omillarni hamda ulardan foydalanishning mantiqiy ketma – ketligini algoritmik tarzda asoslashni taqozo qiladi.
Ta’lim sifatini belgilovchi omillarga 3 – shakldagi ta’lim tizimi komponentlari bilan quyidagilarni ham kiritish mumkin:

  • ta’lim beruvchilar;

  • DTS, o’quv reja va o’quv dasturlar;

  • darslik, o’quv qo’llanma va shu kabilar;

  • o’qitish vositalari;

  • fanlar bo’yicha nazariy materiallar;

  • fanlar bo’yicha seminar materiallar;

  • fanlar bo’yicha didaktik materiallar;

  • labaratoriya va ustaxonalar jihozlari;

  • amaliyotlar;

  • axborot – kommunikatsion texnologiya vositalari.

Ta’lim jarayoniga bunday yondashuv kadrlar tayyorlashning me’yoriy, tashkiliy, o’quv – uslubiy, axborot va moddiy – texnik sharoitlar tizimining bajarilishini ta’minlashdan iboratdir. Bunda fanlarni o’qitishga e’tibor yanada kuchaytirilgan bo’ladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə