O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə6/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Fanlarni o’qitish – bu o’qitish xususiyatlarini tarbiyalash va takomillashtirish jarayoni bo’lib, u ta’lim beruvchida ilmiy munosabatni va quyidagi xususiyatlarni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi:

  • qiziqish (bilish xohishi) va faoliyat (biror narsani anqilash uchun biror narsa qilish xohishi);

  • skeptitsizm (tez – tez uchraydigan fikrlarni sinchiklab ko’rib chiqish xohishi);

  • dalillar (bilim olishda isbotlash mantiqi va qoidalaridan foydalanish mahoratlari);

  • xabardorlik (uning yordamida o’ylash mumkin bo’lishi uchun olam xaqida axborotlar fondining mavjudligi);

  • strategiyalar (izlash uchun qoidalar mavjudligi va ulardan foydalanish xohishlari);

  • moyillik (yangi bilimlarni olish natijasida ta’lim beruvchi o’zini olam haqidagi fikrlash usulini qayta qurishni boshlashi uchun boshqalarning fikr va tushunchalarini qonuniyat asosida bir chiziqqa joylashi).

Demak, fanlarni o’qitish jarayoni butun bir pedagogik jarayonda samarali faoliyat ko’rsatishning didaktik asosidan iborat ekan.
“Quyidagi shaklda taklif etilayotgan loyiha pedagogik jarayonlarning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligini ta’minlash orqali ta’lim – tarbiya jarayonlari natijaviyligi hisoblangan pedagogik jarayonlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi” [6].
Ta’lim jarayonida fanlar bo’yicha amalga oshiriladigan seminar, seminar va labaratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko’nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni seminar ish jarayonida qo’llashga imkon beradi. Bunday mashg’ulotlar tanlangan kasbi to’g’ri ekanligiga ishonch hissini tug’diradi.
3. Mutaxasilik fanlarini o‘qitishga tizimli yondashuv.Ta’lim – inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, bu jarayonda u ta’lim oluvchiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada ta’lim oluvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlar seminar faoliyat yordamida yanada mustahkamlanadi. Inson tevarak – atrofdagi voqealik, narsa va hodisalarning mohiyatini seminar hayotda ularga to’qnash kelish yo’li bilan bilib oladi, ularni o’zlashtiradi. Inson seminar faoliyat tufayligina ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o’zlashtirib oladi.
Narsalar, buyumlar bilan seminar muomalada bo’lish natijasida buyumlar sezgi organlariga ta’sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. amaliyotda insonning faol fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqealikni chuqur tushunadi.
Bilim manbai sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida so’z yuritganda bilish jarayonining mohiyatini ham ta’kidlab o’tish joiz.
Bilish murakkab dialektik jarayon bo’lib, jonli mushohadadan abstrakt tafakuriga, so’ngra amaliyotga o’tish yo’lidir. Bilish shaxs uchun muhim ham o’zlashtirilmagan narsa, voqea va hodisalar mohiyatining ong yordamida anglash jarayonidir. Ob’ektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi. Sezish ongning tashqi olam bilan bo’ladigan chinakam aloqasidir. Sezish tevarak – atrofdagi voqealik, narsa va hodisalarning sezgi organlari (bizga ma’lumki, ular beshta) ga ta’sir etuvchi ayrim sifat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator I.P.Pavlov ta’kidlab o’tganidek, narsalarning ayrim eng muhim sifatlarini his ettiradi. Sezish muayyan narsa, voqea – hodisalar mazmunini ongda idrok etishiga olib keladi.
Idrok – sezish a’zolari orqali ongga ta’sir etib turilgan narsa va hodisalarning unda (ongda) yaxlitligicha aks etish jarayonidir.
Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur ro’y beradi. Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qoladigan sezishlar va idrokning izidir. YOki boshqacha aytganda, tasavvur sezgi a’zolariga qachonlardir ta’sir etgan hamda idrok qilingan narsa va voqea – hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zahirasi boyib, ko’payib boradi. Tasavvuri fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida muhim rol o’ynaydi. Tasavvur muayyan umumlashmalarning mavjudligi bilan bog’liq. Sezish, idrok va tasavvur bilishning muhim tarkibiy qisimlari bo’lsa-da, ular ham haqiqiy voqealikni bilish muammosini to’la hal etishmaydi. Bilish jarayonining eng yuqori bosqichida tafakkur yuzaga keladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə