O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Mutaxassilik fanlarini o‘qitishda pedagog shaxsi va uning metodik kompetentligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə8/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Mutaxassilik fanlarini o‘qitishda pedagog shaxsi va uning metodik kompetentligi. O’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. O’qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borishga ishtiyoq bo’lmas ekan, u yaxshi ustoz - o’qituvchi bo’la olmaydi.
Demak, bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi:
Birinchidan - o’qituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon bo’lmog’i
Ikkinchidan – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy – axloqiy barkamol inson sifatida obro’ - e’tiborga ega bo’lmog’i;
Uchinchidan – imon –etiqodi butun, har qanday oqimlarga va ko’rinishlarga o’zining qat’iy munosabatini bildira oladigan, eng muhimi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida maydonga chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham ishontira oladigan bo’lishi;
To’rtinchidan - o’qituvchi vatanparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan bo’lmog’i va o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo’lda fidoqorlikka undamog’i;
Beshinchidan – pedagoglik kasbiga doir bilimlarni ya’ni psixologik, pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo’lishi;
Oltinchidan – bolalarni sevish, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdek, ularning yoshi va individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi;
Ettinchidan - o’qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo’lmog’i;
Sakkizinchidan - o’qituvchi odobli, iboli va hayo sohibi bo’lish bilan birga, o’z tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat kilmog’i;
To’qqizinchidan - o’qituvchi o’z so’ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan, obro’ - e’tiborli shaxs bo’lmog’i;
O’ninchidan - o’qituvchi o’tkir suxandon, mantiqiy fikrlovchi, o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan ma’lumotni izchil va ketma – ketlik tamoyili asosida yetkazishi;
O’n birinchidan - o’qituvchi madaniyatli, estetik didli bo’lishi bilan o’zining tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo’lib kolmog’i kerak.
Agar o’qituvchi ana shunday sifatlarni o’zida mujassam qila olsa kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan o’qituvchi tamoyiliga qo’yilgan talablarga to’liq javob bera oladi deyish mumkin.
O’qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo’lmog’i darkor. Aks holda o’qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o’zgalarga hech qanday manfaat bo’lmasligi turgan gap.
Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo’lgan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda o’qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga qaratilgan murakkab, ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir.
O’qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o’qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o’zida mujassam etishi; shuningdek, o’qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni atroflicha o’zlashtirgan bo’lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan keraqli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraqlik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i juda muhim.
O’qituvchi go’zallik sohibidir. U olijanob sharafli kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo’llariga qalam olib jo’shkin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaqlarini oq qog’ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta’lim va tarbiya beradigan mehri daryo o’qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. Hayotning bu sharafli kasb egalariga bo’lgan ehtiyoji ham abadiydir. O’qituvchi bamisoli bog’bon. U yoshlik gulshanining bog’boni. Maktab, o’quv yurti - yoshlik gulshani, yosh avlod uning bebaho nihollari, ustoz o’qituvchilar bu bog’ning oqil, mirishkor, mehribon bog’bonlaridir. U o’z bog’idagi mevalarning rango-rang va sog’lom bo’lishi uchun kurashadi. Har bir shogirdini baxtiyor ko’rishni orzu qiladi. Daraxtni shirin meva, o’qituvchini esa oqil, barkamol shogird bezaydi.
Bu kasbning faxru - iftixori shundaki, o’qituvchi tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanghadan-qangha avlodlarni bahramand qiladi. Eng baxtiyor, piru- badavlat odamlardan biri o’qituvchi. U dunyodagi har qanday javohirdan ham qimmatli bo’lgan inson farzandini voyaga yetkazib, uni ulug’ ishlarga voris qiladi. Kasblar ichida alohida faxr va iftixor bilan tarona etiladigani o’qituvchilik kasbidir. Chunki biror soha yo’qi, unga o’qituvchining bevosita yoki bilvosita qo’shgan hissasi bo’lmasin. O’qituvchining bilimidan, aql-zakovatidan, mehr-muhabbatidan bahramand bo’lmagan kishi yo’k.
Zamonamizning zabardast olim va shogirdlari, shoir va san’atkorlari, fazogirlari, ishchisi, o’rmonchisi, shifoqori, kuruvchi-injeneri - hammasi o’qituvchidan ta’lim olgan. Shuning uchun ham xalqimiz –tog’ cho’kqilaridan yuksak mehr-muhabbatini, kuyosh nuridek jo’shkin kalb haroratini "o’qituvchi" degan so’zga singdirgan va bu nomni katta ezoz bilan tilga oladi.
Biz o’qituvchilar kasbimiz bilan qangha faxrlansak, umrimizning bebaho hosili - sevgan kasbimizning durdona mevasi, faxru iftixorimiz bo’lgan shogirdlar bilan baxtiyormiz. Ulug’ Vatanimizning kaysi yeriga borsak, "Sa­lom, ustoz, o’qituvchim", deb shogirdlarimiz peshvoz chiqishadi. Biz shunda o’zimizni qanghalik baxtiyor inson ekanligimizni chuqurroq, his etamiz. Umrimizga yana umr qo’shilgandek o’zimizni tetik sezamiz. Ana shu narsa bizga yana kuch-quvvat va kasbimizga beqiyos muhabbat baxsh etadi. O’qituvchi mehnatini taqdirlash "Xalq o’qituvchisi" degan yuksak unvonning ta’sis etilishida yana bir yorkin ifodasini topdi.
O’qituvchi o’ziga bo’lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti katta sur’at bilan rivojlana borayotgan bir sharoitda hayot bizning oldimizga yangidan-yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Dars bizdan bola tarbiyasiga atroflicha yondashishni, yosh avlodni har taraflama rivojlantirishni talab etmoqda. Shunday sharoitda o’qituvchining o’ziga xos o’rni va mavqei qanday bo’lishi kerak. Bu kasb egasi o’ziga xos ijtimoiy, siyosiy, pedagogik va shaxs talablariga javob bera olishi uchun u qanday sifatlarni o’zida mujassamlashtirishi kerak? degan qonuniy savol tug’iladi.
O’qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak: insoniy g’oyaviylik, insoniy etiqodlilik, vatanga sodiqlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy burchni chuqur anglash, inson manfaati singari ulug’vor maqsad yo’lida mumtoz niyatlar, temir iroda bilan kurasha bilish, haqqoniylik, tamoyiliallik, mudom mehnatkash xalq bilan hamdam va hamkorlik, xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo’yish, hayotda faol pozitsiyada turish, yangiliklarni sezish va ularni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik ko’rsatish, axloqiy poqlik va yosh avlodga mehribonlik, oqilona talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson tafakkuri qonuniyatlarini chuqur bilish va amalda qo’llay olish, har sohada yosh avlodga o’rnak ko’rsata bilish.
O’qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o’zida to’la mujassam bo’lishini taqozo etadi.

Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o’z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob’ekt va sub’ekt va vositalardan tashkil topadi.


Eng avvalo, pedagogik maqsadning o’ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo`naltirilgan bo’lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy o’zviyligini (ketma-ketligini) ta’minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o’tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo’llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog’liq. Bunda pedagogik maqsad o’quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishishi osonlikcha bo’lmaydi. Pedagog o’z faoliyati maqsadini va unga erishish yo’llarini aniq tasavvur qilish va maqsadga erishish o’quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olish zarur. Gyote ta’kidlaganidek, "Ishonch bilan gapir, ana shunda so’z ham, tinglovchilarni mahliyo qilishi ham o’z-o’zidan kelaveradi".
3. Pedagogik (ta’lim, tarbiya) jarayonida o’quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o’quvchi kelajagi tomon yo’naltirilgan bo’ladi. Bu maqsadni o’quvchidan ko’ra pedagog yakkolroq tasavvur qiladi. O’quvchi esa ko’p hollarda, hayotiy tajribasi yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa to’la tasavvur qila olmaydi. Bunyodkor pedagoglardan biri Sh. A. Amonashvili bu nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia" deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o’z faoliyati mantig’ini o’quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyatii ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o’ziga xosligi o’qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
jamiyatning ijtimoiy vazifalarini (masalan, muxandis-pedagoglar tayyorlashni) to’la anglab, o’z shaxsiga kabo’l qilishi. Jamiyat maqsadlarining "o’sib", uning pedagogik nuktai nazariga aylanishi;
muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
o’quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. O’quvchilar bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib borishda bunga e’tibor berish zarur.
Endi pedagogik faoliyat ob’ektining o’ziga xosligini ko’rib chikamiz. Bu faoliyatining ob’ekti insondir. Pedagog- tatqiqotchilarning fikricha, pedagogik ob’ektining o’ziga xosligi quyidagilardan iborat:
1. Inson-tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o’zining individual sifatlari, ro’y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o’zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs-takrorlanmasdir". U pedagogik jarayonning o’z maqsadi, ishtiyoki va shaxsiy xulqka ega bo’lgan ishtiroqchisi hamdir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning ob’ekti bir paytning o’zida bu faoliyatning sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
2. Pedagog doimo o’zgarib, o’sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil kolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O’quvchilarga pedagogdan tashkari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o’qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, ba’zan sezilmaydigan, ba’zan esa har tomonlama bir necha yo’nalishda ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o’zida jamiki ta’sirlarga va o’quvchining o’zida paydo bo’lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda to’tadi. Masalan, diniy ektsremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlarni to’g’ri anglashga undash va h. k. Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash bilan uyg’unlashgan holda olib borilishi zarur.
Umuman olganda, hozirgi zamon pedagogikasi hamkorlik pedagogikasi bo’lib, u o’quv yurtidagi tarbiyaviy munosabatlarning insonparvarlashuvi va demoqratlashuviga yo`naltirilgan. Bunda o’quvchilar faolligini oshirish, ularni pedagogik jarayonning ishtiroqchisiga, o’qituvchining esa uning mehribon utsoziga aylantirish muhimdir. Zero, O’zbekitson Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonunda ta’kidlanganidek, ta’lim jarayonining demoqratlashtirish va insonparvarlashtirish, mamlakatimiz ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biridir.
Pedagogik faoliyatining sub’ekti-tarbiyalanuvchilarga asosan-pedagog, ota-ona va o’quvchilar jamoasi ta’sir ko’rsatadilar. O’qituvchining shaxsi, bilimi va madaniyati o’quvchilarga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy qurol bo’lib hisoblanadi. Agar o’quvchi pedagog shaxsini o’ziga qabul qilmasa (unga hissiy yaqinlik his etmasa), uning ta’siriga berilmaydi, qaysarlik qiladi, uni hurmat qilmaydi. O’quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko’rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o’zining ahloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. Pedagog tomonidan sodir etilgan arzimas bo’lsa-da ahloqsizlik, uning o’quvchilar o’rtasida misqollab yig’ilgan obro’siga jiddiy putur yetkazishi muqarrar. O’quvchilarni mehnat, muloqot, o’yin, o’qish kabi faoliyat turlarida ishtiroq etishlari tarbiyaning asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi. A. S. Makarenko o’zining tarbiyaviy sistemasining markazi sifatida o’quvchilarni unumli mehnatda ishtiroq etishlarini qo’yadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini maxsulot yaratuvchi mehnatga jalb qilib, uning natijasidan bahramand qilishda ham bu sistema yaxshi samara beradi. puxta kasbiy malaka berishga erishmoqda. Bunday misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Demak, har bir mohir pedagog o’zining individual pedagogik sistemasiga ega bo’lishi zarur.


Savol va topshiriqlar:

  1. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanining maqsadi nima?

  2. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanining predmeti nima?

  3. Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanining vazifalari?

  4. Davlat ta’lim standartlarining tuzilishi.

  5. Davlat ta’lim standartlarining mazmunini ochib bering?

  6. O’quv rejasi nima?

  7. O’quv dasturini mazmuni va tuzilishi?

  8. O’quv dasturlariga qo’yiladigan talablar.

  9. O’quv motivlariga nimalar kiradi?

  10. Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat. Bular qaysilar?

  11. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati nimada?

  12. O’quv faoliyati motivatsiyasining manbalari?

  13. Yuqoridagi ta’riflarda o’qituvchining qaysi jihati yaqqol ko’zga tashlanadi?

Mustahkamlash uchun topshiriqlar



  1. Ta'lim shakllarining paydo bo`lishi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Ta'limni tashkil etishning dars shakli qachon paydo bo`ldi
    va uning mohiyati nimadan iborat?

  3. Darsga qanday talablar qo`yiladi?

  4. Darsning qanday hillari (tiplari) bor va ular qanday tuzilishga ega?

  5. Seminar va seminar tajriba ishlari shaklidagi mashg`ulotlar qanday tashlcil etiladi?

  6. Ekskursiyalardan hjaysi vaqtlarda foydalaniladi?

  7. Ta'limni tashkil etishning qanday noan'anaviy shakllarini bilasiz?




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə