O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Qonunga qarshi motivatsiya



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə12/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

2. Qonunga qarshi motivatsiya.

YUqorida ko’rib chiqilgan ichki va tashqi sharoitlar delinkvent axloqning shakllanishiga imkon beradi. Ayni damda, qonunbuzarlikni yoritib, ko’pchilik mualliflar delinkvent axloqning paydo bo’lishida shaxs antgshjtgtoiy yo’nalganligining hal tsiluvchi roli haqidagi xulosaga yon bosadilar. Gap qonunga qarshi axloqning bevosita sababi bo’lib chikuvchi maxsus motjatsiya haqida boradi. V.N.Kudryavtsev shaxsning antijamoatchshik orientatsiyasi to’g’risida so’zlaydi. Boshqa mualliflar o’xshash atamalardan foydalanadilar: shaxsning kriminogenli deformatsiyasi, antijamoatchilik ko’rsatmalari, antiijtimoiy yo’nalganlik, tsonunga tsarshi mo-tivatsiya. Ushbu atamalar shaxsning birmuncha turg’un va ustun bo’lgan sabablar - ichki ishonch istagi, ehtiyoj, ko’rsatmalar, qadriyatlar, manfaatlar va .... e’tiqod tizimini belgilaydi.

Qonunga qarshi motivatsiya ifodalanishning turli manba, shakl va darajasiga ega bo’lishi mumkin. V.V.Luneev qonunga qarshi harakatlarning quyidagi etakchi motivatsiyalarini ko’rib chiqadi: g’arazli-ta’magir, zo’ravon-egoistik, anarxistik-individualistik, engiltabiat mas’uliyatsizlik, qo’rqoq jur’atsizlik.

A.I.Dolgova o’smirlar misolida shaxs deformatsiyasining zo’ravon va g’arazli tiplarini ajratadi. Zo’ravonlik tipida o’z-o’zini tasdiqlashga intilish, o’zini kuchli, haqiqatgo’y, har doim yordamga tayyor mehribon mijoz deb tasavvur etshp xohishi mavjud. Biroq haqiqatgo’ylik haqidagi tasavvur bunday shaxslarda noto’g’ri, shp mohiyati bo’yicha ularning axloqi jinoyatchining axloqi xisoblanadi. Ular uchun guruhli egoizm, norasmiy guruhlarga zich bog’langanlik, shafqatsizlik, kuchga ibodat qilish, o’z axloqining to’g’riligiga ishonch tipikdir. G’arazli tip uchun guruhli emas, individual egoizm xarakterli. Uning vakillarida qadriyatli orientatsiya ancha nuqsonli, ular o’z harakatlarining qonunga qarshi xarakterini to’la anglaydilar. Bunday o’smirlar sirlilik, axloqsizlik, g’arazli ko’rsatmalarning mavjudligi, anchagina chuqur ijtimoiy qarovsizlikni farqlaydi. Amaliyotning kattagina qismida ko’rsatilgan tiplarning kombinatsiyasi bilan ish olib borishga to’g’ri keladi.

Qonunga qarshi motivatsiya aniq shaxs motivlaridan ustunlik qiluvchi mustahkam tizim sifatada bevosita uning huquqiy ongi bilan bog’liq. Hukutsiy ong quyidagilarni ko’zda tutadi: 1) qonunlarni bilish va ularni tushunish; 2) qoidalarni shaxsga ahamiyatli kabi qabul qilish, ularning foydaliligi va haqqoniyligiga ishonish; 3) qonun va qoidalarga muvofiq tayyorlik, malaka va odatlarni harakatlantirish. SHubhasiz, me’yoriy ijtimoiy rivojlanish madaniy (shu jumladan, huquqiy) me’yorlarni individual qadriyatlarga aylanish jarayonini ko’zda tutadi. SHaxsiy mazmun tizimi orqali singan huquqiy me’yorlar ixtiyoriy boshqaruv bilan uyg’unlashib, shaxsning tsonunga bo’ysunti kabi sifatini ta’minlaydi.

SHunday qilib, qoidalarni bajarish yoki uni buzishning motivatsiyalari turli-tuman bo’lishi mumkin ekan. Qonunga qarshi harakatlarni qo’zg’atuvchi aloxida sabablar quyidagilar bo’lishi mumkin: tezda lazzat olishga intilish, o’z-o’zini tasdiqlashga, qulaylikka yoki yuqori ijtimoiy mavqega rshtilish, oppozitsion axloq (buzishga ichki intilish, taqiqlar), axloqiy stereotiplar (kriminal muhitda bo’lish tajribasi), tajovuz va sadistlikka moyillik, ijtimoiy stereotiplar va an’analarga ergashish, guruhga mansublikni his qilish va uni ma’qullashga ehtiyoj, zerikish, xatar va o’tkir hissiyotlarga intilish,frustratsiya, majburiy xdmoya zarurati, altruizm (boshqa odamlar yoki yuqori maqsadlar evaziga qonunbuzarlik).

Albatta, delinkvent axloq bilan to’qnashib, biz dastavval uning ortida yashiringan sabablarni tadqiq etmog’imiz zarur.

Ongsiz motivatsiyani ochuvchi psixoanalitik tadqiqotlarda delinkventlik ichki nizo va oddiy himoya natijasi sifatida ko’rib chiqiladi. Antiijtimoiy axloq holatida delinkventlikning quyidagi ongsiz sabablari harakatlanishi mumkin:

- tezkor qoniqishni talab qiluvchi istak;

- kuchsiz g’azab, umidsizlik - engillashishni izlovchi tajovuzni boshdan kechirish;

- o’ch olishni talab qiluvchi xafalik;

- haqiqatni tiklashga sabab bo’luvchi hasad;

- ishonchsizlik va masofani saqlashga intilish;

- ulug’vorlik va qudratlilik fantaziyasi.

SHaxsiy dinamika A.Ayxorn nuqtai nazari delinkventlikning ikkita asosiy tipi mavjudligini ko’rsatadi:

Antiijtimoiy axloqbilan chegaradosh asabiy holat; qachonki shaxs ichki nizo holatida bo’ladi va uning qaysidir qismi aybdorlik tuyg’usini uyg’otib, delinkvesh: axloqni taqiqlaydi. Aybdorlik tuyg’usi ustunligida delinkvent o’zini g’alati tutadi, masalan, o’g’irlangan shapkada yuradi yoki o’g’rilikdan foyda olmaydi. U aniq fosh bo’lishni istaydi va ko’pincha shunday bo’ladi ham. Uning tushiga dahshatlar kirib chiqadi. U jazodan keyin engillikni his qiladi. Kator hollarda jinoyatchilarda aybdorlik hissi jinoyat sodir etishdan oldin paydo bo’ladi. Bunda delinkventlik super-Ego bosimidan engillik olish istagi tufayli vujudga keladi;

Asabiylik belgilarisiz antiijtimoiy axloq. Bu holda nizo "tashqariga chiqarilgan" - bu libido istaklarning erta frustratsiyasi sababli atrofdagilar bilan ochiq nizo.

Biroq jazoga ixtiyorsiz ehtiyojva qoniqish tamoyilining ustunligi bosqichidagi qayd qilingan har ikki vaziyatda ham ifodalangan.

Antijamoatchilik axloq muammosi nafaqat mavhum ijtimoiy ko’rinish sifatida mavjud. Kundalik hayot har birimizning oldimizga sodda bo’lmagan vazifalarni qo’yadi: kriminogen sharoitning ta’siriga tushmaslik, qo’rquvdan qochish, o’zi va o’z oilasini himoya qilish, bolalarda qonunga bo’ysunuvchanlikni tarbshlash, odamlarga (qonunni buzish yo’lida turgan) jamiyatga qaytashda yordamlashish. Qo’yilgan vazifalar davlat va uning fuqarolari tomonvdan ulkan kuchni talab qiladi. SHu bilan bir vaqtning o’zida jinoyatchilik muammosini hal qilish shaxsning og’ishgan xulqi kabi qonunga qarshi axloqni jiddiy ilmiy fikrlash bilan zich bog’liqdir.


XULQI OG`ISHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANIDAN TEST SAVOLLARI

1.Ekzistensial gumanistik psixologiya inson shaxsining qaysi asosiy oliy ko’rinishlariga urg’u beradi?

a) Ekzistensial qarama-qarshilik

b)* ruhiy mavjudligi va o’z-o’zini dolzarblashtirish

c) ijodiy ozodlik

d) barcha javoblar to’g’ri

2.Proeksiya tushunchasini yoritib bering?

a) siqib chiqarish

b) tashqi dunyoning talablari

c) rivojlanishning kam yechilgan darajasiga qaytish

d)* individ uchun nomaqbul istak yoki tasavvur tashqi dunyoga qo’shimcha yozib qo’yiladigan jarayon

3. EGO ning asosiy vazifasi shaxsiy «men» ni havotirdan himoyalash hisoblanadi degan tasavvur qaysi psixolog klassik ishida rivojlantirilgan?

a) Zigmund Freyd

b)*Anna Freyd

c) E.Dyukeym

d) K.Rodjers

4.Giperrefleksiya nima?

a)* o’ta o’z-o’zini refleksiyalash

b) o’z istaklarini qoniqtirishga qaratish

c) atrofdagilarni reflex qilish

d)o’z obe’ktiv holatini inobatga olish.

5.Giperintensiya nima?

a) o’z-o’zini refleksiyalash

b) atrofdagilarni idrok qilish

c)*o’z istaklarini qoniqtirishga o’ta e’tibor qaratish

d)o’z ichki tuyg’ulariga ishonish

6. Z.Freyd shaxs rivojlanishining ikkita yetakchi instiktini ajratgan. Bular..

a) hayot instinkti, oila instinkti

b)* hayot instinkti, o’lim instinkti

c)oila instinkti, o’lim instinkti

d)o’qish instinkti, o’lim instinkti.

7.Z.Freyd insonning psixik hayotini … va … ga ajratgan.

a)o’qish va rivojlanish

b) tafakkur va idrok

c) ichki va tashqi qo’zg’atuvchi

d)* ong va ongsizlik

8. Z.Freyd tomonidan taklif qilingan tuzulmaviy model 3 tizim yoki kuchdan iborat. Bular qaysilar?

a)*Id, ego, super-ego

b) ong, ongsizlik, ongning buzilishi

c) xohish, istak, iroda

d) bilim, malaka, ko’nikma

9.Psixoanalitik yondashuvlar ichida inson xarakteri va ahloqini zamonaviy tushunishda ahamiyatli ta’sir ko’rsatuvchi nazariyalar qaysilar?

a) Alfred Alderning individual psixologiyasi

b) Otto Rankning tug’ma jarohat psixologiyasi

c) Shaxsning og’ishga xulqini tushuntirish uchun Alder nazariyasi

d)* barcha javoblar to’g’ri

10. Alfred Alder fikricha to’laqonli emaslik tuyg’usi dastlab necha yoshda paydo bo’ladi?

a)* 4-5 yoshda

b) 5-6 yoshda

c) 6-7 yoshda

d) 7-8 yoshda

11. Bixeviorizm (ahloqiy psixologiya) mustaqil yo’nalish sifatida qachon ajralib chiqqan?

a) XIX asr boshida

b)XIX asr ohirida

c)* XX asr boshlarida

d) XX asrning 60-70 yillarida

12. Ahloq-bu…

a) shaxsning bevosita ichki faollik va tashqi harakatlarda namoyon bo’luvchi

individual xususiyatlar

b) muhit bilan o’zaro ta’sir jarayoni

c)* A va B javoblar to’g’ri

d) to’g’ri javob yo’q



13. Ahloqiy psixologiyaning asoschilaridan biri, ahloqiy psixologiyaning tamoyillarini, shartlashish qonunlarini rasmiylashtirgan olim qaysi javobda berilgan?

a) Z.Freyd

b) I.P.Pavlov

c) A.Alder

d)* Dj.Uotson

14.Ahloq ehtimoli qanday holatlarda kuchayadi?

a) jilmayish yoki ma’qullashning istalgan shaklida

b) noxushlikni bartaraf etishda

c)sevimli faoliyat bilan shug’ullanishda

d)* barcha javoblar to’g’ri

15. Ahloq oqibatlarga ega, agar bu oqibatlar yoki yordamchi kuchlar mavjud bo’lmasa … sodir boladi?

a)* ahloqning so’nishi

b) ahloqning yo’qolishi

c) ahloqning o’zgarishi

d) ahloqning ko’rinmas tus olishi

16. G.Ayzenk odamlarda qo’rquvning asabiy reaksiyalarini necha manbaga ajratgan?

a) 3


b)* 4

c) 5


d) 6

17.A.Bandura ishlab chiqqan Ijtimoiy o’rganish nazariyasiga muvofiq ahloq shakllanishining asosiy mexonizmlari qaysilar?

a)Kuzatish orqali o’rganish, harakatda o’rganish

b)vikar o’rganish, tajriba orqali o’rganish

c) o’z-o’zini o’rganish, vikar o’rganish

d)* A va B javoblar to’g’ri

18. Koping-ahloq atamasini birinchi bo’ib qaysi olim 1962-yilda o’z tadqiqotlarida foydalangan?

a)* L.Merfi

b)R.Lazarus

c)A.Bandura

d)Dj.Uotson

19.E.Xeym Koping-ahloqning necha shaklini ajratgan?

a) 32


b)* 26

c) 10


d) 15

20. 1960-yilda tizimlar nazariyasining rivojlanishi psixologiyada qaysi yo’nalishni tug’ilishiga sabab bo’ldi?

a)* tizimli maslahat berish, tizimli oilaviy psixologiya

b) tizimli ahloq psixologiyasi, tizimli oila psixologiyasi

c) tizimli bolalar psixologiyasi, tizimli maslahat psixologiyasi

d) tizimli xulq psixologiyasi, tizimli bolalar psixologiyasi

21. Og’ishgan xulq nimalarni o’z ichiga oladi?

a) ruhiy muammolarni

b) hissiy muammolarni

c) o’z-o’zini boshqarish muammolari

d)*barcha javoblar tog’ri

22. O’z-O’zini boshqarish muammolari qaysilar?

a) maqsadga erishish va ularni bajarish qobiliyatlarning buzilishi

b) past moslashmagan imkoniyatlar

c) shaxs ijobiy resurslarning tanqisligi



d)* barcha javoblar to’g’ri

23.Delikvent-bu …

  1. *qonunga zid, anti jamoaviy

  2. meyyorlardan og’ish

  3. zarar yetkazuvchi ahloq

  4. aniq sharoitda o’z individualligini amalgam oshirishga sust qobiliyat holati

24.Qonunga qarshi ahloqning namoyon etuvchi shaxs delikvent shaxs deyiladi. Harakatning o’zi esa nima deyiladi?

  1. ahloq determinatsiyasi

  2. addekvat ahloq

  3. *delikt

  4. deviatsiya

25.Kriminal ahloq nima?

  1. *delikvent ahloqning bo’rttirilgan shakli

  2. delikvent ahloqning qisqa ko’rinishi

  3. barbod bo’lishga olib keluvchi ahloq

  4. zarar yetkazuvchi ahloq

26.A.G.Ambrumov va L.Ya.Jezlovlar qonunbuzarlikning ijtimoiy-psixik shkalasini taklif qiladilar. Bular…

  1. intizomga qarshi

  2. antiijtimoiy

  3. delikvent ahloq

  4. *barcha javoblar to’g’ri

27.Qaysi olimlar delikventlikka faqat jinoiy ahloq mansub deyishgan?

  1. *A.G.Ambrumov va L.Ya.Jezlov

  2. A.E.Lichko va V.V. Kavalev

  3. A.G.Ambrumov va V.V. Kavalev

  4. N.I.Ozeretskiy va A.E.Lichko

28.1932 yili N.I.Ozeretskiy tomonidan voyaga yetmagan qonunbuzarlar tipologiyasini taklif qilgan. Bunga qaysi qonunbuzarliklarni kiritgan?

  1. *tasodifiy qonunbuzarlik, odatiy qonunbuzarlik,turg’un qonunbuzarlik, professional qonunbuzarlik

  2. tasodifiy qonunbuzarlik, doimiy qonunbuzarlik, har kungi qonunbuzarlik

  3. doimiy qonunbuzarlik, vaziyatli qonunbuzarlik, vaqti-vaqti bilan sodir bo’ladigan qonunbuzarlik

  4. barcha javoblar to’g’ri

29.Ayrim o’smirlar ko’pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori hisoblanmay, spirtli ichimlik kayfiyatidagi holatda jinoyat sodir etadilar. Bunday ahloq qanday ahloq tipi sanaladi?

  1. izchil-kriminagen ahloq

  2. *vaziyatli kriminagen ahloq

  3. tasodifiy ahloq

  4. odatiy ahloq

30.Deviatsiyaning bir muncha havfli shakllaridan biri qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

  1. qonunga qarshi ahloq

  2. delinkvent ahloq

  3. to’g’ri javob yo’q

  4. *A va B javoblar to’g’ri

31.Quyidagilardan qaysi biri delinkvent ahloqning shakllanishiga ko’maklashadi?

  1. ko’p bolali va to’liq bo’lmagan oilalar

  2. oiladagi nizolar, surunkali janjallar

  3. nazoratsizlik, ota-onalarning e’tiborsizligi

  4. *barcha javoblar to’g’ri

32.“10% tajavvuzkor jinoyatchilarning onalari ularni yoshligida sevib, ardoqlamagan. Shuning uchun ularda bunday ahloq buzilishlar kuzatiladi” deb aytgan olim?

  1. P.Kuter

  2. V.V.Kavalev

  3. *V.N.Kudryavtsev

  4. A.E.Lichko

33.Kichik maktab yoshida delinkvent ahloqning qaysi shakllarini korish mumkin?

  1. dars qoldirish, o’g’irlik

  2. maktab qoidalari va intizomini buzish

  3. mayda bezorilik, yolg’onchilik

  4. *barcha javoblar to’g’ri

34.Mavjud bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda 60 % professional jinoyatchilar jinoyat qilishga necha yoshida qadam qo’yadilar?

  1. 14

  2. 15

  3. *16

  4. 17

35.Psixik hafagarchilik belgilarisiz o’smirlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarda ikkita potologik tendensiya kuzatiladi. Bular qaysilar?

  1. *affektning buzilishi, shaxs krizisi

  2. yengil hissiy zararlar, kayfiyatning buzilishi

  3. vaziyatli qonunbuzarlik, muddatli qonunbuzarlik

  4. distimiya, psixopotologiya

36.Qanday harakatlarni “organik” qonunbuzar deyish mumkin?

  1. havotir natijasida yuzaga keliuvchi harakatlar

  2. *miya jarohati oqibatida sodir etiladigan qonunga qarshi harakatlar

  3. og’ir psixik buzilishlar natijasidagi harakatlar

  4. vaziyat taqazosi bilan sodir etiladigan harakatlar

37.Psixotik qonunbuzarlik qanday?

  1. *ongning hiralashishi natijasida sodir etiladigan deliktlar

  2. intellectual yetishmovchilik

  3. intropsixik nizolar natijasida sodir bo’ladigan qonunbuzarlik

  4. havotir natijasida kelib chiquvchi harakatlar

38.Asabiy qonunbuzar qanday harakat?

  1. vaziyat taqazosi bilan sodir etiladigan harakatlar

  2. qiziqishning yo’qolishi natijasida sodir bo’ladigan harakatlar

  3. *intropsixik nizo va havotir natijasida chiquvchi asotsial harakatlar

  4. barcha javoblar to’g’ri

39.V.V.Luneev qonunga qarshi harakatlarning yetakchi motivatsiyalarini ko’rib chiqqan. Bular qaysilar?

  1. g’arazli-ta’magir, zo’ravon-egoistik

  2. anarhistik-individualistik, yengiltabiyat ma’suliyatsizlik

  3. qo’rqoq jur’atsizlik

  4. *barcha javoblar to’g’ri

40.A.Ayxorn nuqtai nazari delinkventlikning 2 ta asosiy tipi mavjudligini ko’rsatadi. Bu qaysi tip?

  1. zo’ravonli tip, g’arazli tip

  2. antijamoatchilik ko’rsatmalari, antijamoaviy yo’nalganlik

  3. *antiijtimoiy ahloq bilan chegaradosh asabiy holat, asabiylik belgilarisiz antiijtimoiy ahloq

  4. izchil kriminagen tip, vaziyatli kriminagen tip

41.Destruktiv ahloq qanday ahloq?

  1. *barbod bo’lishga olib keluvchi, zarar yetkazuvchi ahloq

  2. huquqiy meyyorlardan chetga chiqaruvchi ahloq

  3. ahloqiy ma’naviy meyyorlarni bajarishdan og’ishuvchi ahloq

  4. shaxsiy fantaziyalari olamiga sho’ng’igan ko’rinishda namoyon bo’ladigan ahloq

42.Ahloq determinatsiyasi nima?

  1. aniq vaziyat, sharoit bilan ahloqning tengligi

  2. o’ziga zarar yetkazishi bilan bog’lik ahloq

  3. *muayyan ahloqni uyg’atuvchi, qo’zg’atuvchi va qo’llab-quvvatlovchi omillar jamlanmasi.

  4. Shaxsning guruhli yoki ijtimoiy qadriyatlarga muvofiq harakat qilishga tayyorligi

43.. «Tobe» axloq boshqacha qanday ataladi?

a) aylanib qolgan

b) bog`lanib qolgan

d) yopishib qolgan



44. Tobe axloqning piyanistalik,ortiqcha yeyish azart o’yinlar kabi shakllari qanday atalgan?

a) yakson etuvchi omillar.

b) barbod qiluchi omillar.

d) yo’q qiluchi omillar


45. Odamlar qanday ,,meyoriy’’ tobe his qiladilar?

a) havo suv ota ona

b) suv sevgi ovqat

d) havo suv ovqat


46.Ota-onalar do’stlari turmush o’rtoqlariga bog’lanib qolish qanday bog’lanib qolish?

a) sog’lom bog’lanib qolish

b) hayotiy bog’lanib qolish

d) irsiy bog’lanib qolish



47.Bog’lanib qolish tushuchasi qaysi fandan o’zlasgtirilgan?

a) kimyodan

b) biologiyadan

d) tibbiyotdan



48.Maxsus adabiyotlarda ,,tobe axloq “ yana qanday qollanadi?

a)asotsial axloq

b)autistic axloq

d)addiktiv axloq



49.Addiktiv axloq sodir bo’lishida nima katta ro’l o’ynaydi?

a)maktab


b)oila

d)boqcha


50. Tobe axloqqa moyillik bevosita qanday yo’ bilan aniqlanadi?

a)munosabat o’zgartirish bilan.

b)asbob tizimini tipologik xususiyatlar bilan.

d) xulq- atvorning taranglashishi b-n



51. N. Mak –Vilyam ichkilikbozlik ko’p ovqat yeyish, azart giypoxvandlik va haridlar nima deb ataladi?

a)Kopulsiv xarakter farqli xususiyatlat.

b)Og’ir jarahatlovchi vaziyatni takrorlanishi

d)g’oyatda zararli kopulsiv axloni turli ko’rinishlari.



52.Hammuxtojlik tushunchasi ostida nimalar tushuniladi?

a) salbiy o`zgarishlar va oiladagi janjalli

vaziyat

b) salbiy o`zgarishlar va oila a`zolaridan kimningdir tobe axloq oqibati



d)salbiy o`zgarishlar qarindoshlarning psixologik xolati.

53. Hommuxojlik bu- ?

a) oilaviy psixologik muommolarining yopiq doirasidir.

b) oilaviy psixologik muommolarining ochiq doirasidir.

d) oilaviy muommolarining bazasi



54. “ Kimyoviy tobelik” tushunchasi ostida nimalar yotadi?

a) qonuniy va noqonuniy giyoxlarga bo`linadigan har qanday psixafaol moddalarni istemol qilishga tobelik tushunchasi.

b)qonuniy va noqonuniy salbiy o`zgarishlar yotadi?

d) giyohvand moddalar bilan bog`lik boshqa aniq shaxsiy buzilish yotadi.



55. Qonuniy giyoxlarga nimalar kiradi?

a) tamaki, ichkilik, dorilar

b) dorilar , ichkilik, kokayin

d) tamaki, dorilar, nasha



56. Suiste`mol qilishning eng sodda obyekti…?

a) ozuqa

b) tobelik

d) aloqalik



57. Tadqiqotchilar ovqat addikatsiyasi… o`rtasidagi o`zaro erta buzilishida koradilar?

a) ota va go`dak

b) go`dak va ona

d) ona


58. Qaysi olim go`dakni muntazam ravishda hissiz oziqlantirish uning ehtiyojlariga javob bermaydi?

f) Povlov

b) Spits

d) Mak-Vilyam



59. Ozuqa axloqining buzilishi qanday omillar bilan bog`lik?

a) biyologik, madaniy,oilaviy va intrapsixik

b)biyologik, madaniy, kimyoviy

d) intrapsixik, madaniy



60.Asabiy anoreksiyasi bo`lgan ko`pchilik qizlarda o`zlarini yomon, xunuk omadsiz ekanliklari xaqida turg`un ishonch qanday qizlarda uchraydi?

a) yomon qizlarda

b) yengiltak qizlarda

d) yaxshi qizlarda



61. Tobe axloq turlari qaysilar?

a) hammuxtojlik, kimyoviy, ozuqa

b) ozuqa, delikvent

d) deviyant,hammuxtojlik, kimyoviy



62.Tobelik atamasi ostida nima yotadi?

a) kimgadir yoki lazzat olish, yohud moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish.

b) bu nimanidir suiste`mol qilish yoki kimnidir o`z-o`zini boshqarish

d) moslashuv maqsadida bog`lanuvchi shaxs og`ishgan xulqning shakli.


GLOSSARIY
Tajovuz — kimnidir o’ziga bo’ysundirish yoxud ulardan ustunlik qilish maqsadida real axloq yoki fantaziyalashda namoyon qilinadigan tendentsiya (intilish).

Tajovuzkor axloq - bunday murojaatni istamaydigan boshqa tirik mavjudotga zarar etkazish yoki bosim o’taazishga yo’nalxirilgan axloq.

Moslashuv - atrof-muhit talablariga moslashish jarayoni.

Axloqning tengligi - aniq vaziyat, sharoit bilan axloqning muvofiqligi.

Addiktiv axloq - tobe axloq.

Addiktsiya - tobelik.

Anozognoziya - og’riq yoki uning og’irligani inkor qilish.

Antiijtimoiy axloq - ijtimoiy tartab va atrofdagi odamlarning tinchligiga xavf tug’diruvchi, ijtamoiy me’yorlarga zid axloq.

Asotsial axloq — axloqiy-ma’naviy me’yorlarni bajarishdan og’ishuvchi axloq.

Attityud — ijtimoiy ko’rsatma - shaxsning guruhli yoki ijtimoiy qadriyatlarga orientatsiyasi, ular bilan muvofiq harakat qilishga tayyorligi.

Autistik axloq - odamlar va atrofdagi voqelikdan bevosita chegaralangan, shaxsiy fantaziyalari olamiga sho’ng’igan ko’rinishida namoyon bo’ladigan axloq.

Autodestruktiek axloq - o’z organizmi va shaxsini barbod qilish, o’ziga zarar etkazish bilan bog’liq axloq.

Vuayertm (etionizm) — jinsiy munosabatlar yoki yalang’och odamlarga mo’ralashga intilish bilan bog’liq jinsiy deviatsiya.

Gender — jins.

Gerontofiliya — keksa odamlar va qariyalarga jinsiy mayl bilan bog’liq jinsiy deviatsiya.

Gomoseksualizm — sub’ekt tomonidan jinsiy qo’zg’alish va qoniqishga erishshp uchun bitta jinsdagi ob’ektni tanlash.

Gembling — o’yinli tobelik.

Deviantologiya — deviatsiyani o’rganuvchi fan bo’limi. Deeshtsiya - me’yordan og’ishish.

Moslashmaganlik — shaxsiy ahamiyatli bo’lganiday muxit talablarini qabul qilish va bajarishga, shuningdek, aniq ijtimoiy sharoitlarda o’z individualligini amalga oshira olishga sust qobiliyat holati (istamaslik, uddalamaslik).

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə