O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə10/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba




I-Bosqich.

O’quv mashg’uloti
(20 min).


1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Insert» metodini to’ldirish.

1.3. +!?


1.1. YOzib oladilar.

1.2. «Insert» metodining jadvalini to’ldiradilar, savol-javob o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

1.3. +!?


II-Bosqich.

Asosiy anglash bosqichi.
(50 min).


2.1. «Insert» metodi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumot beriladi.


2.1. «Insert» metodidan foydalanish.

2.2. Har bir savolga javob yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod oladi, misol keltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib oladilar.



III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).


3.1. «Insert» metodi jadvalini to’ldirish.

3.2. «Insert» jadvali orqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. «Insert» metodini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini boshqalar bilan taqqoslashadi.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.




Agressiya va uning turlari, agressiya nazariyalari, frustratsiya va deprivatsiya

Ayni qo’llanmaning dastlabki ikki qismida shaxs og’ishgan xulqining umumiy tavsifnomasi taqdim etildi. Ushbu qism esa uning alohida turlarini yoritishdan iborat.

Axloqiy deviatsiyaning tasnifi bilan tanishib, biz uning ko’rinishlari ko’p obrazli ekaniga aniq ishondik. Printsipial tarzda muhimi shuki, og’ishgan xulqning turli shakllari deviatsiya guruhiga mansublarining mezonlari hisoblanuvchi umumiy xislatga ega. SHunday ahamiyatli belgilardan biri deb destruktivlik - parchalanish aytildi. Haqiqatan, umuman olganda deviant axloq nimaningdir parchalanishiga (sog’lik, shaxs munosabatlari, jamoatchilik tartibi) va hatto hayotning o’zini tugashiga olib keladi.

Ma’lumki, destruktivlik, o’z navbatida, tajovuz kabi asosli insoniy tavsifnoma bilan zich bog’liq. Garchi, bizning nazarimizda tajovuzkor axloq og’ishgan xulqning alohida turi hisoblanmasa-da, boshqalar yoki o’ziga yo’naltarilgan tajovuz axloqiy deviatsiyaning turli shakllarida bevosita shptirokni qabul qiladi va maxsus ko’rib chiqishga munosib.

Butun insoniyat tarixi ishonchli tarzda isbotlaydiki, tajovuz shaxs va jamiyat hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, tajovuz ulkan tortish kuchi va yuqumlilik xislatiga ega - ko’pchilik odamlar so’zda tajovuzni inkor etadilar, ammo o’zlarining kundalik hayotlarida esa uni keng namoyish qiladilar.

Lotin tapidan tarjima qilganda "tajovuz" "tashlanish" degan ma’noni anglatadi. Hozirgi vaqtda "tajovuz" atamasi o’ta keng qo’llaniladi. Ushbu fenomen ham salbiy hissiyotlar (masalan, g’azab), ham salbiy sabablar (masalan, zarar keltirishga urinish), shuningdek, salbiy ko’rsatmalar (masalan, irqiy noto’g’ri fikr) va barbod etuvchi harakatlar bilan bog’lanadi.

Psixologiyada tajovuz tushunchasi ostida o’ziga boshtsalarni bo’ysundirish yoxud ular ustidan ustunlj tsilish mastsadida real axloqyoki fantaziyalashda ko’rinuvchi tendeptsgsh (intilish) tushuniladi. Ushbu tendentsiya universal xarakterga ega, "tajovuz" atamasining o’zi esa umuman olganda neytral ma’noga ega. Tajovuz mohiyati bo’yicha ijobiy, hayotiy qiziqishlar va yashashga xizmat qiluvchi bo’lganiday, o’z-o’zidan tajovuzkor maylni qondirishga mo’ljal olgan salbiy bo’lishi ham mumkin.

Tajovuz psixik reallik sifatida aniq tavsifnomaga ega: yo’nalganlik, ko’rinish shakllari, jadallik. Tajovuzning maqsadi jabrlanuvchiga shaxsan azob (zarar) etkazish (dushmanlik tajovuzi) bo’lishi ham mumkin, yana tajovuzdan boshqa maqsadlarga {instrumental tajovuz) erishish usuli sifatida foydalanish ham mumkin. Tajovuz tashqi ob’ektlar (odamlar yoki predmetlar) yoki o’zi (tana yoki shaxs) ga yo’naltirilgan bo’ladi. Boshqa odamlarga yo’naltirilgan tajovuz jamiyat uchun alohida xavfni aks ettiradi.

A.Bandura va R. Uolter uni asotsshl tajovuz deb ataydilar va natijada boshqa shaxs eki mulkka zarar keltiruvchi, shu bilan birgalikda, bu aktlar qonun bo’yicha jazolanmasligi mumkin bo’lgan ijtimoiy-destruktiv xarakterdagi harakatlar bilan bog’laydilar.

Tajovuz turli-tuman shakllarni oladi - yaqqol yoki latent. "Tajovuz" atamasini odatda, barbod etuvchi niyat ishorasi uchun qo’llanilishiga qaramay, uni anchagina ijobiy ko’rinishlar,

masalan, izzattalab nafsoniyat bilan tug’iluvchi faollikka ham keng tatbiq etadilar. SHunga o’xshash harakatlar dushman bo’lmagan motivatsiyada tug’ilganini ta’kidlash uchun o’z-o’zini tasdiqlash sifatida ayon bo’ldi. Ular raqobat, yutuqlarga erishish, istehzo, sport musobaqalari va h.k. shakllarda namoyon bo’ladi.

Tajovuzning birmuncha odatiy ko’rinishlari janjalkashlik, achchiq so’z, bosim, majburlash, salbiy baholash, taxdid yoki jismoniy kuch ishlatash hisoblanadi. Tajovuzning yashirin shakllari aloqadan ketish, kimgadir zarar etkazish maqsadida harakatsizlik, o’ziga talofat epsazish va o’z-o’zini o’ldirishda ifodalanadi.

Tajovuzning ichki reprezentatsmyasi g’oyalar, fantaziya va af-fektlar bo’lishi mumkin. Masalan, odam kimningdir ustidan zo’ravonlik g’oyasini olib yurishi mumkin, o’z fantaziyasida xafa qilgan odamning jazosini berishi mumkin yoki kuchli affektni his qilishi mumkin.

Gajovuzkor mayl achchiqlanish, hasad, jig’ldnish, g’azab, chidab bo’lmaslik, jazava, qahr, quturish va nafrat kabi (jadallik va chuqurlashishning kuchayishi tartibida) turli tajovuzkor affektlar orqali ko’rinishi mumkin. Tajovuzkor affektlarning jadalligi ularning psixologik funktsiyalari bilan korrelyatsiyalanadi. Tajovuz individ uchun avtonomiyani ximoya qilshp, xavf yoki azob manbaini bartaraf etish, ehtiyojlarni qondirish yo’lidagi to’siqlarni olib tashlash, ichki nizoni hal qilish, o’z-o’zini baholashni ko’tarish kabi shunday muxim vazifalarni bajarishi mumkin. Bunda tajovuz uning egasi tomonidan qisman yoki to’liq anglanmasligi mumkin.

Birmuncha jadal va murakkab tajovuz affektlarqdan biri bo’lib, shubhasiz, nafrat chiqadi. Nafrat bilan yo’g’rilgan insonning muhim maqsadi tajovuz ob’ektini yo’q kilish xisoblanadi. (SHaksiz, nafrat jiddiy xavfni bartaraf etishga yo’naltirilgan qahrining me’yoriy reaktsiyasi bo’lishi ham mumkin.) Ma’lum bir sharoitlarda nafrat va o’ch olish istagi noteng ravishda kuchayib ketishi mumkiya. Agar ular turg’un xarakterologik ko’rsatma bo’lsa, xarakterning psixopatologik darajasiga erishishi haqida gapirish mumkin.

SHuningdek, nafrat hukmronlikka ershpish, bo’ysundirish yoki kamsitishdek qizg’in xohishda ko’zga tashlanishi mumkin. Anchagina og’ir shakllarda sadistlik odati - o’z ob’ektini bundan lazzat olish bilan azoblanishga majburlash istagida namoyon bo’ladi. Nafratni namoyish etishning oxirgi shakli -yo’q qilishga (qotillik) intilish yoki hamma narsa va hammani radikal qadrsizlanishi. Nafrat o’z-o’zini o’ldirishda ifodalanishi mumkin, masalan, qachonki Men nafratli ob’ekt bilan identifikatsiya qilinsa va o’z-o’zini yo’q qilish uni bartaraf etishning yagona usuli bo’ladi.

Nafratli ob’ekt bilan munosabat tajovuzkor shaxs uchun alohida qadriyatni aks ettiradi. YUragining tubida u o’z nafrati ob’ektini parchalashga va bir vaqtning o’zida u bilan munosabatni saqlashga intiladi. O.Kernberg ta’kidlaydiki, nafrat, boshtsa odam ustidan bo’lganiday, o’z shaxsiy Menining hozirgi vaqtda dahshat soluvchi va o’tgan azoblar uchun qasosni talab qiluvchi qismi ustidan o’ch oluvchi zo’r g’alaba rolini o’ynayotganga o’xshaydi.

Nafrat tajovuzkor maylining psixoanalitik tasavvurlarga muvofiq libido - keng ma’noda jinsiy mayl ko’rinishi kabi tabiiy bo’lgan ko’rinishlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, Z.Freyd keyingi nazariy ishlarida tajovuzni o’limga tug’ma o’z-o’zini barbod etuvchi maylning ko’rinishi sifatida asoslashga urindi, biroq bu tasavvur keng e’tirofni olmadi. Hozirgi kunga qadar tajovuzkor mayl tug’ma (boshidan dushman-destrukshv) hisoblanadimi yoki ular hayotiy janjallar va boshqa faol intilishlar asosidagi frustratsiya (masalan, o’z-o’zini tasdiqlash) oqibatida shakllanadimi degan masala munozarali bo’lib qolmoqda.

SHunday qilib, tajovuz ichki uyg’otuvchi tendentsiya kabi -bu shaxs dinamikasining ajralmas qismi (me’yorda bo’lgani kabi ifodalanganlikning turli darajadagi buzilishida). Tajovuzkorlik ma’lum bir insonning bu tendentsiyani aniq ichki va tashqi shakllarda namoyish etishga moyilligi - individual xususiyatdir. Ushbu Men individual xususiyatini o’lchash anchagina murakkab, chunki tajovuzkor tendentsiyani baholash usuli uning axloqiy ko’rinishlari hisoblanadi.

Tajovuz va tajovuzkor axloq o’rtasidagi o’zaro aloqani

aniqlashga urinib ko’ramiz. Albatta, odamning tajovuzni boshdan kechirishi har doim ham barbod etuvchi harakatlarga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zo’ravonlik sodir etab, odam o’ta hissiy qo’zg’algan holatda bo’lgani kabi, to’la sovuqqon bo’lishi ham mumkin. SHu bilan birga, tajovuzkor o’z jabrlanuvchisini yomon ko’rishi ham shart emas. Ko’pchilik odamlar o’z yaqinlariga -o’zlari bog’lanib qolgan va samimiy sevadigan odamlariga ham azob beradilar.

2. Shaxs tajovuzkor ahloqining shakllanish shart-sharoitlari.

Real hayotda umuman inson axloqi uning ichki tajovuzkorligi bilan yo’llanganmi yoki u boshqa qandaydir omillarga bog’liq ekanligini aniqlash juda murakkab. Masalan, uch yoshli bola tibbiy tekshiruv davomida bir necha yoqimsiz protseduradan keyin nafaqat ko’rikdan voz kechadi, balki kattalarning harakatlariga qahr va hatto qahrini namoyon qilgan holda qarshilik ko’rsatadi. Himoyasiz go’dakning bu axloqi tajovuzkor-dushmashshk hisoblanadimi? O’smirning kattalar tomonidan uning mustaqilligini cheklashga bo’jan urinishlariga qarshi tajovuzkor e’tiroz bildiruvchi axloqini qanday baholash kerak? Nihoyat, katta odamlarning ularning xotirjamligiga real xavfli vaziyatlarda o’zlarini diqqatni tortuvchi tajovuzkor tutishlari me’yoriy holmi? Bunga o’xshash savollarga javoblar qo’shimcha shaxsiy va vaziyatli omillar tahliliga, masalan, odam uchun muayyan vaziyatning muhimligi (shu jumladan, xavfligi) uning o’z axloqini anglash va o’z tuyg’ularini nazorat qilishga qobiliyati, axloqning maqsadga yo’nalganligi, unga keltirilgan zarar darajasiga bog’liq.

Biz aniq shaxsning ichki tajovuzkor tendentsiyasini aniqlay olmaymiz, biroq biz uning tashqi ko’rinishlari xarakteri va darajasini, ya’ni tajovuzkor axloqni baholashimiz mumkin. YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, tajovuzkor axloq turli (ifodalanganlik darajasi bo’yicha) shakllarga ega bo’lishi mumkin: situativ tajovuzkor reaktsiyalar (aniq vaziyatga qisqa muddatli reaktsiyalar); passiv tajovuzkor axloq(harakatsizlik yoki nimadandir voz kechish shaklida); faol tajovuzkor axloq(barbod etuvchi yoki zo’ravonlik harakatlari shaklida).

Mazmuniy rejada tajovuzkor axloqning etakchi belgilari deb uning quyidagi ko’rinishlarini aytish mumkin:

- odamlar ustidan ustunlikka va ulardan o’z maqsadida foydalanishga aniq ko’rinib turgan intalish;

- barbod qilish tendentsiyasi;

- atrofdaga odamlarga zarar keltirishga yo’nalganlik;

- zo’ravonlikka moyillik (og’riq etkazish).

Barcha sanab o’tilgan belgilarni umumlashtirib, shaxs tajovuzkor axloqida ustunlikning aniq ko’rinib turgan sababini ko’zda tutishi haqida gapirish mumkin.

Bunda aniq ko’rinib turuvchi ijtimoiy-salbiy baholash, dastavval, "bunday murojaatni istamagan boshqa tirik mavjudotga zarar etkazish yoki xaqoratlashni maqsad qilib qo’ygan" tajovuzkor axloqning shakliga ega. Bunday tajovuzkor-asotsial axloq, albatta, zo’ravonlik — og’riq keltiruvchi verbal yoki jismoniy harakatdir. U, qoidadagiday, tajovuzkorning salbiy hissiyotlari fonida o’tadi (g’azab, qahr, shafqatsiz lazzat, befarqlik) va, o’z navbatida, jabrlanuvchida salbiy kechinmalarni uyg’otadi (qo’rquv, kamsishlish). Bu axloq tajovuzkor sabablar - barbod qilish, bartaraf etish, foydalanish, zarar etkazishga yo’naltiriladi. Kognytiv darajada u bunday axloqning (xurofiy odatlar, miflar, e’tiqod) to’g’riligini tasdiqlovchi ko’rsatmalar bilan qo’llab-quvvatlanadi.

Albatta, zo’ravonlik (jismoniy, jinsiy, hissiy) tajovuzkor axloqning eng jiddiy ko’rinishi va istalmagan oqibati hisoblanadi. Insoniy zo’ravonlik hayvonlar orasidagi zo’ravonlikdan printsipial tarzda farq qiladi. U deyarli biologik maqsadga muvofiqlikdan maxrum, u insoniy tuyg’ularni faol ekshluatatsiya qiladi, insonning intellektida tekinxo’rlik qiladi, nihoyat, quroldan foydalanishni ko’p marotaba ko’chaytiradi.

Zo’ravonlik shaytonini jilovlash uchun har qanday jamiyat maxsus choralar qo’llashga majbur. Ulardan birmuncha samaradorlari aniq shaxsga o’zining tajovuzkor potentsialini integratsiyalash va uni ijtimoiy-maqbul usullarda ifodalash imkonini beruvchi milliy an’analar va guruhli rituallar (o’yinlar, bayramlar, odatlar) ni tan olishdir. SHuningdek, jamiyatda etarlicha miqdorda ijobiy namunalar, masalan, milliy qahramonlar yoki hayotda tasdiqlangan kumirlarning ishtaroki ulkan ahamiyatga ega.

SHaxs tajovuzkor axloqini shakllanish sharoitlari

Biz insonning tajovuzkorligi va uning tajovuzkor axloqqa moyilligi ahamiyatli tarzda uning individual rivojlanishi bilan determinatsiyalanadi, degan gipotezadan kelib chiqamiz. Tajovuzkor axloqning kelib chiqishida ko’plab omillar ishtirok etadi, shu jumladan, yosh, individual xususiyatlar, tashqi jismoniy va ijtimoiy sharoitlar. Masalan, tajovuzkorlikni shovqin, issiq, torlik, ekologik muammolar, meteosharoit va h.k. kabi tashqi sharoitlar to’la potentsiyalashi mumkin. Biroq ko’pchilik ushbu masala tadqiqotchilarining fikriga ko’ra, shaxs tajovuzkor axloqining shakllanishida hal qiluvchi rolni uning bevosita ijtimoiy muhiti o’ynaydi. Bizningcha shaxs tajovuzkor axloqini chaqiruvchi yoki quvvatlovchi bo’lgan ba’zi etakchi omillarni ko’rib chiqamiz.



3. Tajovuzkor ahloq borasidagi nazariyalar.

Tajovuzkor axloq xarakteri insonning yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi. Har bir yosh bosqichi rivojlanishning maxsus vaziyatiga ega va shaxsga ma’lum bir talablarni ilgari suradi. YOsh talablariga moslashish ko’pincha tajovuzkor axloqning turli ko’rinishlari bilan birga boradi. Xullas, bolalar eng kichik yoshlarida: agar tez-tez, baland va talabchan yig’lasalar; agar ularda tabassum bo’lmasa; agar ular aloqaga kirishsalar barcha ko’rinishi bo’yicha tajovuzni namoyish qiladilar. Psixoanalitik tadqiqotlar go’dak tomonidan, ayniqsa, ularning ehtiyoji etarlicha inobatga olinmagan vaziyatlarda kechirilgan ulkan miqdordagi g’azab haqida guvohlik beradi. SHuningdek shunday dalillar ma’lumki, kichik bolalar onalarining muhabbatini saqlab qolishni istab, yangi tug’ilgan uka yoki singlisiga nisbatan shafqatsizlikni namoyon qilishga moyildirlar.

Go’daklar maktabgacha ta’lim muassasaning talablariga moslasha turib, haqoratlashi, chimchilashi, tuflashlari, urushishlari, tishlashlari va hatto eb bo’lmaydigan narsani yutishlari ham mumkin. SHu bilan birga, bu harakatlar "tekshiruvsiz" sodir etiladi - impulsiv, ongsiz va ochiq. Bu yoshda tajovuzning passiv ko’rinishi saybiylik, qaysarliq, rad etish (so’zlashdan, ovqatlanishni), tirnog’i (labi)ni tishlash xisoblanadi. Uyda maktabgacha yoshdagi bolaning axloqi ahamiyatli tarzda oiladagi xissiy iqlimga bog’liq ekanini

ta’kidlash lozim, bolalar guruhi esa, o’z navbatida, tarbiyachi ichki holatining oynadagi aksi bo’ladi. Agar u (tarbiyachi) yoki boshqalar tajovuzni shunchaki his qilsalar yoki namoyish etsalar, bolalar katta ehtimol bilan uni yuzaga chiqaradilar.

Umuman olganda bolalar tajovuzkorligi himoyasizlikning qaytish tomoni hisoblanadi. Agar bola o’zini himoyasiz his qilsa (masalan, qachonki uning ehtiyojlari xavfsiz bo’lsa va muhabbati qoniqish olmasa), uning qalbida ko’plab miqdorda qo’rquv tug’iladi. Bola o’z qo’rquvini engishga intilib himoyaviy-tajovuzkor axloqqa murojaat qiladi. Qo’rquvni engishning boshqa ehtimoliy usuli tajovuzni o’z-o’ziga yo’naltirishdir. Autoagressiya turlicha namoyon bo’lishi mumkin, masalan, o’z-o’zini parchalovchi fantaziyalar, tortinchoqlik yoki o’z-o’zini jazolashda.

Kichik maktab yoishda tajovuz ko’pincha hiyla zaif ("tanlangan qurbon") o’quvchilarga nisbatan masxaralash, bosim o’tkazish, tahqirlash, mushtlashish shaklida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning bir biriga tajovuzkor axloqni namoyish qilishi qator hollarda jiddiy muammo bo’lib qoladi. O’qituvchilar va ota-onalarning bunday axloqqa keskin salbiy reaktsiyasi ko’pincha bolalarning tajovuzkorligini nafaqat kamaytirmaydi, balki aksincha uni kuchaytiradi, chunki kuchning bevosita isboti va keyingisining mustaqilligi bo’lib xizmat qiladi. SHunga qaramay, aynan o’qituvchi, uning nufuzi va malakasi tajovuzkor axloqqa o’z munosabatini ochiq ifodalaydi, bolalarni axloqning ancha ijtimoiy ma’qullangan shakllarini tanlashga chaqiradi.

O’smir yoshida tajovuzkor axloqning maxsus xususiyatlari kattalar obro’sining emirilishi fonida tengdoshlari guruhiga bog’liqligi hisoblanadi. Ushbu yoshda tajovuzkor bo’lish ko’pincha "sandiraqlab yurib, kuchli bo’lish"ni bildiradi. Har qanday o’smir guruhi sardor tomonidan qo’llab-quvvatlayaadigan o’z rituallari va miflariga ega. Masalan, guruhga a’zolik (yoki yangilarni sinash) rituallari keng tarqalgan. Guruhlarning ko’zni qamashtiruvchi "uniforma"si (umuman olganda o’smir kiyinish madaniyati kabi) ham ritual xarakterini oladi. Rituallar guruhga mansublik tuyg’usini kuchaytiradi va o’smirga xavfsizlik hissini beradi, miflar esa uning hayotiy faoliyatani g’oyaviy asosi bo’ladi. Miflardan uning ichki guruhli a tashqi tajovuzni otslash uchun foydalaniladi. Xullas, masalan, "guruhga a’zo bo’lmaganlarga" nisbatan har qanday kuch ishlatish ko’rinishlarini "UlaR sotqinlar... biz o’zimiznikilarni himoya qilishimiz zarur... biz hammani o’zimizni xurmatlashga majburlashimiz kerak" tipidagi ishontirish bilan oqlaydilar. Guruhli mif bilan "ilhomlangan" zo’ravonlik o’smirlar tomonidan, qahramonlik va guruhga sodiqlik kabi o’z kuchini tasdiqlash sifatida boshdan kechiriladi. Ayni damda alohida hollarda tajovuzkor axloqning tashabbuskorlari tajovuz yordamida o’z-o’zini tasdiqlashga urinuvchi va turli sabablar kuchida moslashmagan alohida o’smir-autsayderlar bo’lishi mumkin.

SHunday qilib, tajovuzkor axloq bolalar va o’smir yoshidagilar uchun etarlicha odatiy ko’rinishdir. Bundan tashqari, shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida tajovuzkor axloq qator muhim vazifalarni bajaradi. Me’yorda u qo’rquvdan ozod qiladi, o’z manfaatlarini himoya qilishga yordamlashadi, tashqi xavfdan himoyalaydi, moslashishga ko’maklashadi. SHu munosabat bilan tajovuzning ikki turi haqida gapirish mumkin: zararsiz-moslashgan va destruktiv-moslashmagan.

Umuman olganda, bola va o’smir shaxsining rivojlanishi uchun tajovuzkorlik ko’rinishigina emas, uning natijasi va atrofdagilarning noto’g’ri reaktsiyasi xavflidir. Qachonki zo’ravonlik e’tibor, hukmronlik, tan olish, pul, boshqa afzalliklar bergan holatda bolalar va o’smirlarda katta ehtimol bilan kuch madaniyatiga asoslangan ijtimoiy ishlaydigan va katta odamlar (masalan, jinoy guruhlar) asosida tuzilgan axloq shakllanadi. Atrofdagilarning tajovuzni kuch bilan bostirishga urinishlari ko’p hollarda qarama-qarshi kutilgan samaraga olib keladi.

Tajovuzkor axloq ko’rinshpi ancha turli-tumandir, chunki ko’pincha insonlarning indjidual xususiyatlari bilan aniqlanadi. Individual-shaxsiy tavsifnomalar sifatida, potentsiyalanadigan tajovuzkr axloq, odatda, jamoatchilikning ma’qullamasligi, jizzakilik, shubhalilik, xurofiy odatlar (masalan, milliy), shuningdek, gunoh o’rniga uyalish tuyg’usini his qilishga moyillik kabi chiziqlar ko’rib chiqiladi. Zo’rlikka moyillikni quvvatlashda muhim rolni insonning o’z taqdiri (ba’zida esa boshqa odamlarning ham taqdiri) ga yagona hokim hisoblanishiga ishonchi, shuningdek, uning tajovuzga (foydali yoki me’yoriy ko’rinishga) ijobiy munosabati o’ynashi mumkin.

SHaxsning tajovuzkor axloqiga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa xususiyat uning frustratsiyaga chidab berish qobiliyati hisoblanadi. Ma’lumki, frustratsiya ostida ehtiyojni qoniqtirish yoki maqsadga erishish yo’lidagi to’siqlar bilan chaqirilgan holat tushuniladi. Ba’zi mualliflar frustratsiyani tajovuzkor axloqning etakchi sabablaridan biri sifatada ko’rib chiqadilar. Umuman olganda frustratsiya - juda ham tarqalgan ko’rinish va odamlar uni uddalashda qobiliyatlari bo’yicha juda farqlanadilar. Agar tajovuzkor axloq frustratsiyani bartaraf etishga muvaffaqiyatli tarzda yordamlashsa, unda ta’limning qonunlariga muvofiq katta ehtimollikda kuchayadi. SHuningdek, agar usmir frustratsiyaga yuqori ta’sirchan bo’lsa, yana unda frustratsiyani engishning ijtimoiy maqbul usullari ishlab chiqilmagan bo’lsagina, muammo yuzaga kelishi mumkin.

Agar boshqa ta’sirni - jinsiy (gender) omilni baholasak, - unda o’g’il bolalar ancha yuqori to’g’ridan-to’g’ri va jismoniy, qiz bolalar esa — bilvosita va verbal tajovuzni namoyon qiladilar. Umuman olganda, ayni damda ayollar ko’pincha va muvaffaqiyatli tarzda uning psixologik variantiga murojaat qilsalar, erkak jinsiga jismoniy kuch ishlatashga katta moyillik qayd qilinadi.

YOsh, gender va individual omillarning butun muhimligiga qaramay, tajovuzkor axloqning shakllanishida, ko’plab tadqiqotchilar fikriga ko’ra, ishxs rivojlanishidagi ijtimoiy sharoitlar etakchi ahamiyat kasb etadi.

Ommaviy axborot vositalari (OAV) ning shaxs tajovuzkor axloqiga ta’sirini birmuncha munozarali masalalardan biri deb hisoblash mumkin. OAVning salbiy ta’siri tarafdorlari odamlar o’zlarini tajovuzkor tutishga, avvalo, boshqalarning tajovuzini kuzatib o’rganadilar degan dalildan kelib chiqadilar. M.Xyusmann tadqiqotchilar guruxi bilan televizion ko’rsatuvlarni ko’rish va tajovuzkorlik o’rtasidagi korrelyatsiyani 20 yil davomida kuzatdilar. Ular aniqladilarki, 30 yoshda sodir etilgan jinoyatlarning og’irligi 8 yoshda afzal ko’riladigan teleko’rsatuvlarga mos tushadi.

Televideniya vositasida tajovuzkor axloqnint shakllanish mexanizmi quyidagi obrazda ko’rinishi mumkin: teleko’rsatuvlarga o’ta qiziqish — tajovuzkor fantaziyalar -personaj bilan o’zini o’xshatish — muammoni hal qilish va odamlarga ta’sir ko’rsatishning tajovuzkor usulini o’zlashtirish - tajovuzkor harakatlarni takrorlash — shaxslararo munosabatlarda muammoni echish uchun tajovuzdan foydalanish - madad olish - tajovuzkor odatlar -rivojlanmagan ijtimoiy va o’quv malakalari - frustratsiya — teleko’rsatuvlarni o’ta ko’p tomosha qilish - va h.k.

Kuzatish ortsali tajovuzkor axloqning shakllanishi bir necha shartlar bajarilgandagina mumkin bo’ladi. Birinchidan, ko’rilganlar real ko’rinishi va odamni butkul chulg’ab olishi zarur. Ikkinchidan, ko’rilganlar aynan tajovuz sifatida anglanmog’i kerak. Uchinchidan, tajovuz qachonki tomoshabin o’zini tajovuzkor bilan o’xshatsa, tajovuzning potentsial ob’ekti esa aniq shaxs uchun filmdagi tajovuz qurboni bilan assotsiatsiyalansagina taqlid qilib o’rganiladi. O’rganishning keyingi printsipial sharti tajovuz natijasida qahramonnshn tomoshabin uchun ahamiyatli bo’lgan lazzat olishi yoki maqsadga erishshpi hisoblanadi.

OAV ning bolalar va o’smirlar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqqoniy xavfni tug’diradi va maxsus o’rganishni talab qiladi.

SHaxs axloqiga ommaviy axborot vositalarining ta’siri to’la tushunarsiz bo’lib qolgan bir paytda oilatshg tajovuzkor axloqning shakllanishida asosiy ijtimoiy manba bo’lib qolayotgani hozirgi vaqtda tan olinmoqda. YAxshi ma’lumki, tajovuz nafaqat dushmanlarga notanish odamlar yoki raqiblarga nisbatan namoyon bo’ladi. Psixologik yoki jismoniy zo’rlik ko’pgina oilalar uchun mutlaqo kam uchraydigan hodisa emas. Oilada tajovuz ko’rinishlarining shakli turli-tumandir. Bu to’g’ridan-to’g’ri jismoniy yoki jinsiy zo’rlik, sovuqqonlik, taxqir, salbiy baho, shaxsga bosym, bolani hissiy qabul qilmaslik bo’lishi mumkin. Oila a’zolari o’zlari tajovuzkor axloqni namoyon qilishlari yoki bolaning istalmagan xarakatiga, masalan, mushtlashishda uning g’alabasidan g’ururlanishni ifodalab madad berishlari mumkin.

Bolaning tajovuzkor axloqiga turli oilaviy omillar ta’sir ko’rsatadi, masalan, oilaning past darajada uyushganligi, janjalkashlik, ota-onalar va bola o’rtasidagi etarlicha bo’lmagan yaqinlik, bolalar o’rtasidagi o’zaro noxush munosabatlar, oilaviy tarbiyaning noteng uslubi. Masalan, o’ta qattiq nazoratdan foydalanuvchi (giperopeka), nihoyatda qattiq jazoni qo’llovchi ota-onalar ko’pincha o’z farzandlarining tajovuzi va bo’ysunmasligiga duch keladilar. SHuningdek, otaning onaga nisbatan tajovuzkor munosabati (jismoniy zo’rlik yoki aniq ma’naviy kamsitish) ham bolaga yaqqol salbiy ta’sir ko’rsatadi, degan fikrlar mavjud.

A.Bandura va R.Uolter ushbu "oilaviy" masalani o’rganishga maxsus tadqiqotni bag’ishladilar va quyidagi ma’lumotlarni oldilar. Tajovuzkor o’g’il bolalarning ota-onalari bolalarining yutuqlariga nazorat guruxddagi (tajovuzkor axloqi bo’lmagan) ota-onalarga nisbatan kamroq talab qo’yganlar va ularni bolalikda kamroq cheklaganlar. Ayni vaqtda ko’rib chiqilgan o’smirlar ota-onalarining ta’siriga kuchliroq qarshilik ko’rsatganlar. Tajovuzkor axloqli o’g’il bolalar otalaridan ko’ra onalariga ancha bog’lanib qolgan. Nazorat guruhidagilar ichki o’z-o’zini nazorat qilishni rivojlantirish, masalan, ishoyaish usulidan keng foydalangan bir vaqtda tajovuzkor o’smirlarning ota-onalari ko’pincha majburlash usuliga tayanganlar. Tajovuzkor o’g’il bolalarning otalari keskinlik va ko’pincha bolalarni jazolash tendentsiyasi bilan xarakterlangan bir vaqtda onalar zaif umumiy kelishuvda talabchan emaslik va o’zaro munosabatlarda etarlicha bo’lmagan samimiyligi bilan xarakterlanadi. Tajovuzkor o’g’il bolalar o’z otalari bilan kam o’xshashdirlar, ular nazorat guruhidagi o’smirlarga qaraganda ko’pincha otalarining tanqidiy va dushmanlik munosabatlariga javob qaytaradilar Bularning barchasi, tadqiqotchilar fikriga ko’ra, ota-onalik qadriyatlari tizimini o’zlashtirish va ularning talablarini bajarishni murakkablashtiradi.

A.Bandura va R.Uolter o’smirlarning ijtimoiylashuvi va ularning oilaviy sharoitlari o’rtasidagi aloqani o’rganib, bola axloqini belgilovchi uchta asosiy xususiyatlarni ajratdilar: uning tobe (samkmiy-shaxsiy) munosabatlar o’rnatshiga tayyorligi, vijdon rivjlanganligi darajasi, tajovuzga motieatsiya kuchi. Mualliflar fikriga ko’ra, oila samarali ijtimoiylashuvning eng kam darajadagi sharoitini yaratishi kerak. Bolaning atrofdagilarni qiziqishi, e’tibori va ma’qullashini istashga o’rgatadigan bevosita birinchi muhim shart - mehribonlik motivatsiyasidir. Ikkinchi zaruriy shart deb tadqiqotchilar fikriga ko’ra izchil talablar va cheklovlar (shu shart bilanki, ota-onalarning o’zlari ijtimoiy me’yorlarni qabul qiladilar ) shaklidagi "ijtimoiylashuvning bosimi"ni ataydilar. Aksincha, axloqning dushmanlik shakli oilada ota-onalik muhabbatiga ehtiyoj frustratsiyasi, doimiy jazoni qo’llash (istalgan axloqni rag’batlantirish ustidan ustunligi), ota-onalar tomonidan talablarning kelishmaganligi, ota-onalarning o’zlarini tajovuzkorligi natijasida paydo bo’ladi.

SHunday qilib, "asotsial tajovuz nazariyasi"ga muvofiq bolaning tajovuzkor axloqi dastavval bitta yoki ikkala ota-ona tomonidan nozik g’amxo’rlik va mehribonlik etishmasligadan tug’iladi. Ko’ngil qo’yish frustratsiyasi bolada doimiy dushmanlik tuyg’usining paydo bo’lishiga olib keladi, chunki o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan kattalar (shu jumladan, uning hissiy ko’rinishlari)ga taqlid qilish orqali rivojlanadi. Bolaning ota-onalari bilan munosabatida rivojlangan ko’rsatma va axloqi oqibatda boshqa odamlarga ko’chiriladi (sinfdoshlar, o’qituvchilar). Agar aniq odamga tajovuz ko’rinishining oldi olinsa (yoki boshqa sabablar natijasida mumkin bo’lmaydigan bo’lib qolsa), tajovuz yangi "ancha xavfsiz" ob’ektga siljishi mumkin.

SHuni aniqlash lozimki, yuqorida ko’rib chiqilgan eksperimentda asosan o’g’il bolalar ishtirok etdilar. Ko’pchilik tadqiqotchilar oilada har xil jinsdagi bolalarga yomon murojaatning ta’siri turlicha ekanini ta’kidlaydilar. Qator mualliflarning fikriga ko’ra, bolaligida shafqatsizlik namoyon etilgan qiz bolalar mazoxistik axloqining rivojlanishiga moyildirlar, o’g’il bolalar bunday holda o’zlarini tajovuzkor bilan o’xshatadilar va katta ehtimollik bilan sadistik yo’nalishda rivojlanadilar .

Tajovuzkor axloqning sodir bo’lishida oilaning etakchi roli haqidagi gipoteza foydasiga yana bir isbot - bu ma’lum sharoit - bolalar muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarda tajovuzkorlik bilan bog’liq bo’lgan buzilishning ustunligi (asrab olingan bolalardan farqli ravishda) xisoblanadi. Bir vaqtning o’zida zaruriy ota-onalik g’amxo’rligidan maxrum bo’lgan barcha bolalar ham tajovuzkor bo’lavermaydilar. Oilaviy deprivatsyushing boshqa oqibaxi odamovilik, yuqori bog’liqlik, bo’ysunishga ortiqcha tayyorlik yoki chuqur xavotirlilik bo’lipsh mumkin (pirovard, ehtimol, deprivatsiyaning darajasi, bolaning yoshi, uning konstitutsional xislatlari va boshqa sharoitlarga bog’liq).

SHunday qilib, ichki va tashqi omillarning noxush ta’sirida tajovuzkor mayl haqiqatan tajovuzkorlik va jamoatchilik uchun xavfli shaklgacha bo’lgan turg’un barbod qiluvchi axloq shakliga ega bo’ladi. Biroq tajovuz salbiy oqibatlarga olib kelishi shart emas. Masalan, u nafaqat yangi va yangi ob’ektlarga aralashib ketishi, balki faoliyatning turli shakllariga — biznes, o’qish, sport, sardorlik va h.k. larga ko’shilishi (sublimatsiya tsilmots) mumkin.

Albatta, me’yorda tajovuz muhofaza xarakteriga ega va yashashga xizmat qiladi. U shuningdek, individning faolligi manbai, uning ijodiy potentsiali va yutuqlarga intilishi bo’lib yuzaga chiqadi. SHaxs tajovuzning turli ko’rinishlarini taniy olishi, tajovuzni ijtimoiy maqbul shakllarda ifodalashi va nihoyat, boshqalar yoki o’zining ustidan zo’ravonlik qilishdan qochishi kerak va mumkin. SHaxsiy tajovuz taqdiri - har bir insonning shaxsiy tanlagan ishi, o’z tajovuziga egalik qilish esa — umuman murakkab psixologik vazifalardan biridir.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə