O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Delikt — huquqiy me’yorlarni buzuvchi harakatlar. Delinkvent axloq



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə13/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Delikt — huquqiy me’yorlarni buzuvchi harakatlar.

Delinkvent axloq - ushbu jamiyatda va ayni vaqtda o’rnatilgan huquqiy me’yorlardan og’ishgan, jamoatchilik tartibiga xavf soluvchi muayyan shaxs harakati.

Destruktiv axloq — barbod bo’lishga olib keluvchi, zarar etkazuvchi axloq.

Axloq determinatsiyasi - muayyan axloqni uyg’otuvchi, qo’zg’atuvchi, kuchaytiruvchi va qo’llab-quvvatlovchi omillar jamlanmasi.

Tobe (addiktiv) axloq - psixik holatni o’zgartarish maqsadida qandaydir modda yoki o’ziga xos faollikni iste’mol qilishga psixologik yoki jismoniy tobelik bilan bog’liq axloq.

Tobelik - lazzat olish yoki moslashish maqsadida kimgadir yoki nimagadir suyanishga umid qilgan intilish.

Muhofazalovchi axloq - odamlar uning vositasida ijtimoiy munosabatlarda og’riq va frustratsiyadan qochadigan harakat.

Zoofiliya (sodomiya) — hayvonlarga jinsiy mayl bilan bog’liq jinsiy deviatsiya.

Interventsiya — ijobiy o’zgarishlar maqsadi bilan, masalan, istalmagan axloqni engish (axloq korrektsiyasi, shaxs reabilitatsiyasi) bilan ta’sir ko’rsatish.

Klassik shartlanganlik (shartli yoki respondent refleks) - bu shartsiz rag’bat bilan vaqt va borliqda (organizmning tug’ma reaktsiyasini chaqiruvchi) shartli reaktsiyaga o’rganish (indifferent rag’batga reaktsiya),

Kleptomaniya - patologik o’g’rilik.

Konformistik axloq — tashqi nufuzga istisnoviy mo’ljal olgan, individuallikdan mahrum axloq.

Koping-axloq - stressni engmoq.

Koping-resurslar - aniq shaxsning stressni muvaffaqiyatli engishiga yordamlashuvchi ichki va tashqi resurslar yig’indisi.

Koping-strategiyalar — stressni engishning individual strategiyalari.

Marginallik — me’yorning oxirgi chegarasi, shuningdek, chegarali submadaniyatga mansublik.

Axloqning motivatsiyalanganligi - shaxsning etakchi ehtiyojlari, qadriyatlari va maqsadlari bilan boshqariladigan harakatga ichki tayyorlik.

Nartsistik axloq — shaxsiy buyuklik tuyg’usi va o’ziga libido murojaat, shuningdek, o’zining ahamiyatliligiga tashqaridan tasdiqlashlariga yuqori ehtiyoj bilan boshqariladigan axloq.

Nekrofiliya - murdalarga jinsiy mayl bilan bog’liq jinsiy deviatsiya.

Ta’lim - yuzaga kelgan vaziyat asosida muayyan axloq turlarini saqlash va egallash jarayoni.

Operant - o’z oqibati bilan belgilangan axloq.

Operant axloq — natija paydo qilib, atrof-muhitda operatsiyalanadigan axloq.

Ogishgan (deviant) axloq — birmuncha muhim ijtimoiy me’yorlardan og’ishgan, shaxsning o’zi yoki jamiyatga real zarar keltiruvchi, shuningdek, uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga boruvchi shaxsning turg’un axloqi.

Pedofiliya — bolalarga jinsiy qiziqish bilan bog’liq jinsiy deviatsiya.

Penitentsiar tizim - qonunbuzarlarni saqlash tizimi, ularning jazoni o’tash joyi.

Pereersiya — jinsiy ob’ekt yoki jinsiy qoniqish usullarini tanlashda og’ish bilan bog’liq qayd qilingan kuchli jinsiy axloq.

Piromaniya - kuydirishga patologik ishqivozlik.

Axloq - shaxsning ichki faollik va ko’pincha tashqi harakat va qiliqlar shakliga ega bo’lgan individual xususiyatlari vositasida muhit bilan o’zaro harakati jarayoni. Insoniy axloq tuzilmasiga quyidagalar kiradi: motavatsiya va maqsad qo’yish. xissiy jarayonlar, o’z-o’zini boshqarish, axborotga kognitiv ishlov berish, nutq, vegeto-somatik ko’rinish, harakat va faoliyat. Axloqning asosiy shakllari: verbal va noverbal, anglangan va anglanmagan, ixtiyoriy va beixtiyor.

Preventsiya - ogohlantirish maqsadidagi ta’sir -istalmagan xulqii profilaktikasi.

Axloqshmg mahsuldorligi - shaxs axloqida ongli maqsadlarini amalga oshirish darajasi.

Promiskuitet - sub’ekt sog’ligi va uning shaxslararo munosabatlar uchun xavf tug’diruvchi tartibsiz jinsiy aloqalar.

Psixologik himoya — shaxsning maqsadliligi va mustahkamligiga xavf soluvchi har qanday o’zgarishlarni bartaraf qilish yoki kamaytirishning ongsiz mexanizmlari.

Relaksatsiya - bo’shashish.

Retrizm — ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy o’zaro ta’sirdan ketish.

Sadomazoxyum — azoblanish yoki sherigiga azob berish orqali jinsiy qoniqishga erishish bilan bog’liq jinsiy addiktsiya.

Ijtimoiy ogishlar — ommaviylik, turg’unlik va tarqalganlik bilan xarakterlanuvchi ijtimoiy me’yorlarning buzilishi, masalan, jinoyatchilik yoki piyonistalik.

Sotsiopatik shaxs - atrofdagi odamlarga ishonch tanqisligi va dushmanlikni his qiluvchi, uzoq vaqt yaqin munosabatlar o’rnatishga qodir bo’lmagan, o’z maqsadlariga erishish uchun k>"ch va manipulyatsiyadan faol foydalanuvchi antiijtimoiy shaxs.

Suitsid - atayin o’zini hayotdan mahrum qilish.

Suitsid axloq - o’zini hayotdan mahrum qilish haqidagi tasavvurlarga yo’naltirilgan anglangan harakat.

Transvestizm - perversiya, psixologik qulaylik yoki jinsiy qo’zg’alishga erishish maqsadida tasavvurda yoki haqiqatan ayollar kiyimini kiyib olish bilan bog’liq erkaklarga nisbat beriladigan jinsiy deviatsiya.

Transseksualizm - o’z jinsini xirurgik o’zgartirishga intilishda ko’rinuvchi jinsiy mansublikning buzilishi (qarama-qarshi jins bilan o’xshashlik oqibatida).

Tryusotilomaniya - patologik soch yulish.

Tolerantlik nimagadir chidash berish, bardosh berish, ta’sirga berilmaslik.

Fanatik axloq - qandaydir g’oya, qarashlarga ko’r-ko’rona ixlosmandlik shaklida chiquvchi axloq.

Fetishizm - shaxs jinsiy qo’zg’alish va qoniqish uchun fetish (jonsiz predmet yoki tana qismi) dan foydalanadigan jinsiy deviatsiya.

Frustratsiya - ehtiyojni qondirish imkonsizligi yoki maqsadga erishish yo’lidagi to’siqlar bilan bog’liq psixik holat.

Evtanaziya - shifokor yordamida o’z-o’zini o’ldirish, qachonki bemorning azoblari chidab bo’lmas darajada bo’lib, uning kasali davolanmaydigan va u sog’lom aql bilan evtanaziya haqida bir necha bor so’rasa.

FOYDALI MASLAHATLAR:


  1. O’qituvchi o’quv jarayonida qo’llashi kerak bo’lgan holatlar:

  1. o’qituvchi va talaba o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishi (hamkorlik pedagogikasi);

  2. faqat “quloq solish” emas, balki “ishtirok etish yo’li orqali o’qitish;

  3. faqat natijaga emas, balki jarayonga ham qarash;

  4. o’qitishning zamonaviy yo’llari va usullarining keng “repertuariga” ega bo’lish;

  5. empatiya va refleksiyani qo’llash;

  6. tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini qo’llash;

  7. shaxsga yo’naltirilgan, gumanistik pedagogikani o’zlashtirish va unga amal qilish;

  8. talabalarni o’qishga undash va faollashtirishning zamonaviy usullarini qo’llash;

  9. aniq mashg’ulot o’tkazish jarayonida, jumladan yaratish va izlanish-ijodiy darajalarida o’qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullarini qo’llashning xilma-xilligi;

  10. o’qitish natijalarini baholashning zamonaviy tizimini qo’llashni namoyish qilish.


2. Pedagogning zamonaviy metodik salohiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • u faqat boshqalarni o’qitish bilan cheklanmasdan, o’zining mustaqil ta’limi bilan ham shug’ullanadi;

  • uning ishi faqatgina o’quv dasturida ko’zda tutilgan ma’lumotni talabalarga etkazib berish bilan cheklanmaydi, balki turli usullarni qo’llab, talabalarni o’quv jarayonida faol qatnashishga undaydi. Buning uchun u o’zining hatti-harakatining an’anaviy modelini o’zgartirishi, o’zi ko’proq interaktiv bo’lishi kerak;

  • o’qituvchi innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi lozim, chunki hamma yangi o’quv usullari va shakllari ular bilan bog’liqdir;

  • o’quv jarayonini tashkil etish ba’zi bir muomala ko’nikmalarini, kommunikabellikni, o’zgaruvchanlikni, mustaqil qarorlarni qabul qilishni, o’z faoliyatining natijalarini tanqidiy baholashni talab qiladi;

  • Internet, masofaviy ta’lim rivojlanishi va ulardan foydalanuvchilarning soni ko’payishi bois, ularni o’qita oladigan maxsus mutaxassis - pedagoglar kerak bo’ladi.




  1. Ma’lumotni qabul qilish, o’zlashtirish, qayta ishlashda talabaning intellektual imkonini hisobga olish:

    • verbal-lingvistik, so’z va til bilan bog’liq (yozma va og’zaki) qobiliyati;

    • mavzuiy-mantiqiy, deduktiv fikrlash, son va abstrakt belgilar bilan bog’liq;

    • shaxsning o’z ichki refleksini qamrab olgan xususiyati, ma’naviy mavjudotni, o’zining “men”ligi ichki holatini anglashi;

    • insonlararo munosabatlar, asosan muomala bilan bog’liq;

    • fazoviy idrok, ob’ektiv ko’rib, u haqda aqliy zohiriy tasavvur hosil qilish xususiyati;

    • fizik harakat va tanani boshqarish, jumladan harakatlarni nazorat qiluvchi miya mexanizmi bilan aloqador bo’lgan jismoniy-kinetik xususiyat;

    • o’z ichiga ohangdorlik namunalarini jamlagan, uning ritmini his

etishi bilan bog’liq musiqiy-ritmik xususiyat.


  1. Ta’limda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarni qiyoslash:




An’anaviy yondashuv

Zamonaviy yondashuv

1. Asosiy e’tibor o’qitish mazmuniga qaratilgan.

Asosiy e’tibor o’qitishning mazmuniga va jarayoniga qaratilgan

2. O’qituvchi – boshqaruvchi, talaba – boshqariluvchi

Talaba o’quv jarayonining faol ishtirokchisi

3. O’quv maqsadlari oldindan aniqlashtirilgan

O’quv maqsadlari muzokarada aniqlanib, kutilayotgan natija orqali aks ettiriladi.

4. O’qituvchi bilimlarini monolog orqali etkazadi

O’qituvchi o’quv jarayonining ishtirokchisi, dialog, poliloglarni qo’llaydi.

5. “Men bilamanki...” yondoshuviga urg’u beriladi

“Men qanday bilaman” yondoshuviga urg’u beriladi.

6. Talaba axborotni passiv holatda qabul qiladi

Talabalar bilimlarni faol qabul qiladi va o’zlashtiradi.

7. O’qituvchi to’g’ri javobni shakll holatda talab qiladi.

O’qituvchi savolga turli xil javoblarni rag’batlantiradi.

8. Mashg’ulotlarning “dasturlanganligi” va qat’iy tuzilmasiga amal qilinishi

Mashg’ulotlar talabalarning imkoniyat va talablari doirasida tashkil etilishi

9. Xatolarga “yuqoridan pastga” qarashadi

Xatolarning ikki tomonlama taxlili va tajribaning oshishi.

10. O’qituvchi faoliyati asosan avtoritar.

Pedagog faoliyatining usuli rag’batlantiruvchi, demokratik.

11. Asosiy e’tibor nazariyaga qaratilgan

Asosiy qismi amaliyotga asoslangan nazariy e’tibor

12. O’qitishga o’quv fan-funktsional yondashuv

O’qitishga muammoviy-fanlararo yondashuv

13. Faoliyatning etarli bo’lmagan produktiv barqaror stereotiplari

Qo’llanilayotgan pedagogik usulning turli-tumanligi


5. O’qitishning vazifalarini tekshirish va baholash maqsadida quyidagi qadamlarni qo’llang:

  1. har bir vazifalar guruhini “Dars yakunida talabalar quyidagilarni bajara olishlari lozim ...” - deb boshlang;

  2. vazifalarni alohida raqamlang;

  3. beriladigan vazifalarni quyidagi fe’llardan boshlang: sanab o’ting, eslang, so’zlab bering, ko’rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo.;

  4. har bir vazifani talaba so’zi bilan qo’ying (o’qituvchi atamasida emas);

  5. topshiriqlar xilma-xilligidan qat’iy nazar faqat BITTA natijani ko’zlasin;

  6. dars boskichlarini shunday rejalashtiringki, toki u o’qituvchining o’tadigan dars bosqichlarini emas, balki “talabaning o’zini keyinchalik qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin”;

  7. muammolarni shunday qo’yingki, uning echimini mezonlash va qanday qilib maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo’lsin;

  8. ular buni qila oladilarmi? – degan savol topshiriq berishdan oldin ishlatiladi (kerakli test topshiriqlarini tuzishda).


Foydalaniladigan asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar, elektron ta`lim resurslari hamda qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati

Asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalari

1. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz - keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiya yo`lini qat`iyat bilan davom ettirish. - Toshkent: O`zbekiston, 2013. - 64 b.

2. Karimov I.A. Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo`limizni qat`iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruza. 2014 yil 6 dekabr. – T.: “O`zbekiston”, 2014. - 76 b.

3. Alimxodjayeva S.N., Haydarov F.N. "Psixologik tashxis metodikalari majmuasi" 2-qism. O`quv qo`llanma. – T., 2009. – B. 72

4. Asadov Y.M. Ruhiy holatlar diagnostikasi va korreksiyasi. – T., 2000

5. Uzoqov A, G`oziyev E, Tojiyev A. «Oila etikasi va psixologiyasi». T. «O`qituvchi» - 1992.

6. Davletshin M.G. va boshalar. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya: o`quv metodik qo`llanma. T., 2004.

7. Psixologicheskaya diagnostika / Pod red. M.K. Akimovoy. SPb.: Piter, 2005.

8. Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B. 16

9. Ilin E. Motivatsiya i motivi. Seriya Mastera psixologii. Moskva 2000.

10. G`oziyev E., Jabborov A. Faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi. Toshkent - 2003.

11. Abramova G.S. Vozrastnaya psixologiya. Uchebnoye posobiye dlya studentov vuzov - Ekaterinburg. 2002.

12. Zimnya I.A. Pedagogicheskaya psiologiya: Uchebnik dlya vuzov. Izd. Vtoroye, do., isr. Pererab.- M.: Logos, 2002. - 384 s.

13. Karimova V. Murosa qilish madaniyati, T., Fan va texnologiyalar. - 2008, 64 b.

14. G`oziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari.- T.: «O`qituvchi», 2000 y.

15. Karalyov V.V. «Psixicheskiye otkloneniya u podrostkov pravonarushiteley». M. Meditsna. 1992.

16. Raximova K. «Deviant xulq-atvor psixologiyasi» fanidan o`quv-uslubiy majmua. 2009.

Qo`shimcha adabiyotlar

1. Mirenskiy B.A. «Oila va o`smir». T. O`qituvchi. 1991.

4. Rabochaya kniga shkolnogo psixologa. Pod.red. I.V.Dubrovinoy. M. Prosvesheniye. 1991.

5. Trudniye sudbi podrostkov-kto vinovat? Yurid.lit. M.1991.

6 G`oziyev E. «Yosh psiologiyasi»,T - 1997.

7. Davletshin M.G. «Yosh va pedagogik psiologiya». T. 1992.

8. Safoyev N., Gaffarov B. «Muomala sirlari». T. Navro`z. 1992.

9. Skott D. «Nizolarni hal etish usullari». Kiyev. 1999.

10. Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. //uslubiy qo`llanma. – T. – 1998, 46-bet.

11. Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o`rni. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 86-bet.

12. Umarov B.M. O`zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari.– T. «Fan», –2008, 215-bet.

13. Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 64-bet.

14. www.expert.psychology.ru

15. www.psycho.all.ru

16. www.psychology.net.ru

17. www.psy.piter.com

18. www. ziyonet.uz

19. www. tashxis.uz



20. www.google.uz



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə