O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə7/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

I-Bosqich.

O’quv mashg’uloti
(20 min).


1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Insert» metodini to’ldirish.

1.3. +!?


1.1. YOzib oladilar.

1.2. «Insert» metodining jadvalini to’ldiradilar, savol-javob o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

1.3. +!?


II-Bosqich.

Asosiy anglash bosqichi.
(50 min).


2.1. «Insert» metodi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumot beriladi.


2.1. «Insert» metodidan foydalanish.

2.2. Har bir savolga javob yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod oladi, misol keltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib oladilar.



III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).


3.1. «Insert» metodi jadvalini to’ldirish.

3.2. «Insert» jadvali orqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. «Insert» metodini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini boshqalar bilan taqqoslashadi.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.


Ma’lumki, pubertat davrida psixopat o`zgarishlar qizlarga nisbatan o`g`il bolalarda ko`proq uchraydi. Amerika psixiatriya assoqiaqiyasining psixik kasalliklar diagnostikasi va statistikasi boshqarmasi ma’lumotlarining ko`rsatishicha, o`smirlar ichida qizlarga nisbatan o`g`il bolalarda xulq buzilishlari 4-12 marta ko`p uchraydi. Xulq buzilishlarining faqatgina bir turi «ijtimoiylashmagan notajovuzlik», ya’ni o`z ifodalanishiga ko`ra, xarakter akqentuaqiyasining beqaror tipiga yaqinligi uchun, har ikkala jins vakillari uchun teng ko`rsatkichga ega. SHuni ham tan olish kerakki, xulq o`zgarishlari asosan o`g`il bolalarda atroflicha o`rganilgan. SHunday fikrlar mavjudki, qizlarda, asosan, alkogolga erta ruju qo`yish oqibatidagi jinsiy deviaqiya yorqii ifodalanadi hamda isteroid va qikloid o`zgarishlar xosdir. YAna o`smir qizlarda turli ko`rinishga ega bo`lgan suiqidal xulq kuzatiladi. Psixopat o`zgarishlarning biologik omillari ichida qizlarning jismoniy rivojlanishida akseleraqiya, o`g`il bolalarda esa infantilizm katta ahamiyatga ega. Sog`lom o`quvchilarda xarakter akqentuaqiyasi tiplarining uchrashi nisbati o`g`il bolalarga ko`ra qizlarda emoqional-labil, senzitiv va qikloid tiplar ko`proq uchrashini isbotladi. Garchi o`smir qizlarda bu tiplar kamroq uchraydi. Tadqiqotimiz maqsadiga ko`ra, o`smir qizlarda xarakter akqentuaqiyasi tiplarining uchrashi chastotasi, xulq buzilishlarining xususiyatlari, ularni vujudga kelish xavfi yoki sabablarini aniqlash edi. Tadqiqotimiz ob’ekti 90 ta o`smir qizlar bo`lib, ularning 30 tasi sog`lom sub’ektlardir. Tadqiqotlarning natijalariga ko`ra ularda harqalay epiliptoid va shizoid uchrab turganligi sababli PDS klinik metod yordamida amalga oshirildi. P.B. Gannushkin va O.V. Kerbikovlarning psixopat diagnoz mezonlari bo`yicha aniqlangan tiplar nisbati bo`yicha tekshirildi. Tekshirilgapn o`smirlarning 35%i qizlar, 58%i o`g`il bolalar (R<0,005) sinaluvchi qizlarning.65%ida va o`g`il bola-larning 42%ida xulq buzilishi yoki o`tkir reakqiya reaktiv holati bilan bog`liq xarakter akqentuaqiyasining turli tiplari mavjudligi aniqlandi.

O`smir qizlarda psixopatiya umumiy sonining 12tasi va 29% (R<0,05)ga va psixopat rivojlanishi 19 tasida yoki 12% nisbatida esa (R<0,01) ga teng. Bu sinaluvchilarimizda surunkali alkogolizm holati kuzatiltan. Xulq buzilishining psixopatik ifodalanishiga ko`ra, aksilijtimoiy xulq ko`rinishlari qizlarda erta alkogolga ruju qo`yish bilan bog`liq bo`lib, jinsiy deviaqiya ishonarli darajaga ega, uydan qochish va suiqidal xulq o`smir bolalarga nisbatan kamroq (R<0,05).

Suiqid xulqning affektiv reakqiyalar bilan bog`liq jihatlari uchrashining chastotasi ekstrapunitiv, intropunitiz, impunitiv, demonstrativ ko`rinishlarida ishonarli farklar borligi topildi.

Statistik ma’lumotlar tahliliga ko`ra, o`smir qizlardagi psixopat xulq o`g`il bolalarga nisbatan 3 marta kam. Garchi o`smir qizlarda xulq buzilishlari kam uchrasa-da, lekin ular o`zining keng qamrovligi va chuqurligi bilan o`g`il bolalardan ustunroqdir.

Biroq jadvalga joylashtirilgan ma’lumotlar natijalariga ko`ra, ahamiyat kasb etuvchi farqlar yo`q. Ushbu ma’lumotlarni sog`lom o`smirlar tomonidan ko`rsatilgan natijalar bilan qiyosiy tahlil qilsak, unda epileptoid (R<0,001), shizoid (R<0,005), shuningdek, isteroid, beqaror va gipertim tiplar (R<0,05) uchraydi. Binobarin, o`smirlik yoshiga xos xarakter akqentuaqiyasi tiplarida keyinchalik psixopat rivojlanishi ehtimoli yuqoriroq. Bu epileptoid va shizoid tiplarga nisbatan xavf-xatarning ortish hollari ko`p bo`lib, har ikki tip uchun ijtimoiy moslashuv jarayoni juda qiyin kechadi. Usmir qizlar orasida har ikkala tip bo`yicha xulq buzilishlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi.




Xarakter akqentuaqiyasi va psixopatiya tiplari



Sog`lom o`smir qizlar


Xulq buzilish-lari va reaktiv

holatlar


Psixopatiya tiplari

qizlar

o`g`illlar

qizlar

o`g`illar

Gipertim, gipertim-beqaror, gipertim-isteroid

6

12

14

14

10

Labil, labil-beqaror, labil-isteroid

14

18

11

16

2

Senzitiv, senzitiv-labil,

7

6

8

4

4

Psixastenik

1

3

4

0

1

SHizoid, shizoid-epileptik, shizoid-isteroid

2

9

8

13

21

Epiliptoid, epileptoid -isteroid, epileptoid-beqaror

4

18

27

28

38

Isteroid,

isteroid-beqaror



3

16

15

8

13

Beqaror




18

13

15

11

SHunday qilib, o`smir qizlarda xarakter akqentuaqiyasining epileptoid va shizoid tiplari ijtimoiy dezadaptaqiyaga moyillik kuchli bo`lib, xulq buzilishining rivojlanishi uchun keng imkonyat ochadi. Ularga o`z vaqtida psixoprofilaktik chora-tadbirlar qo`llash hamda to`g`ri psixologik diagnoz qo`yish ijobiy samaralar beradi.


YAKUN VA PSIXOKORREKTSION DASTUR
O`smirlik davriga xos xulq-atvor buzilishlari va ularni ijtimoiy moslasha olmaslik (dezadaptaqiya) muammosi kuchayib borish xususiyatiga ega ekanligi bois ham juda dolzarbdir. Bunday o`smirlarning umum qabul qilingan ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy me’yorlarni tan olmasligi, ta’lim-tarbiya bilan shug`ullanuvchi oila, maktab, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar oldiga muhim vazifalarni yuklaydi. Bunday toifadagi o`smirlar xulqidagi o`zgarishlarga binoan quyidagilarga:

- xulq ifodalanishiga ko`ra, yuqori tajovuzkor (agressiya) ko`rini-shidagilar;

- jinoyatchilik «qurboniga» aylanuvchilar;

- tadbirkorlik faoliyatida barvaqt faol ishtiroki tufayli «erta» kamol topganlar;

- muomala va o`zaro munosabatlarda «qiyinchilik» his etuvchilar kabi kategoriyalarga ajratish maqsadga muvofiqdir.

Mazkur muammoning tadqiqoti bilan shug`ullangan bir qator olimlarning fikricha: sodir etilgan har o`nta jinoyatdan olti-sakkiztasini ijtimoiy dezadaptaqiyani bartaraf qilish orqali samarali amalga oshirish mumkin. Xulq-atvorida buzilishlari bo`lgan o`smirlarning psixik rivojlanishida ham o`zgarishlar ro`y berishi sir emas. SHu bois ularning xulq-atvorida buzilishni keltirib chiqaruvchi sabablar (etiopatogenezi) tibbiy va korrektsion chora-tadbirlarni amalga oshirish mikdori - kompleks yondashuvni talab etadi. Zero, yildan-yilga o`smirlar xulq-atvoridagi buzilishlar, ularning intellektual-emoqional-irodaviy rivojlanishdan ham orqada qolish holatlari ortib borayotganidan dalolat bermokda.

Inchunun, o`smirlar oiladagi noto`g`ri tarbiya, xususan nosog`lom munosabatlarning zarbasiga duchor bo`ladilar. Ushbu munosabatlarga nisbatan shaxsiy mulohaza, o`ziga xos «reakqiya» zamirida ularning ruxiyati va ma’naviyatida turli xil kechinma, intilish, xohish, istak, xadiksirash hislari o`z ifodasini topadi.

Bu borada quyidagi o`zaro ta’sir usullaridan foydalanish mumkin:

- oilaga ijtimoiy-psixologik xizmat uyushtirish;

- farzandlarga ijtimoiy-psixologik xizmatni joriy etish;

- ota-ona va farzandlar uchun tibbiy-psixologik-pedagogik

maslahatlar berish;

- xulqni og`ishlar bo`yicha aniq psixodiagnostika va psixologik

korrekqiyasi dasturini tashkil qilish;

- profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- oila va farzandlar huquqini himoya qilishning ta’sirchan

usullarini qo`llash.

Buning uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

- zudlik bilan dezadaptaqiyaning ijtimoiy-psixologik

diagnostikasini amalga oshirish;

- vaziyatni hal etishga differenqial yondashuv;

- xulq-atvor buzilishiga sabab bo`luvchi har qanday nomaqbul dez-adaptaqiya muxitini aniqlash va o`zaro ta’sir kuchiga ega bo`lgan omillarni izlash;

- yosh avlodni kamolotga etkazish ishlariga masul barcha shaxslarga xulq-atvor dezadaptaqiyasi bilan bog`liq pedagogik va psixologik bilimlarni chuqurroq o`zlashtirish uchun imkon yaratish;

- muomala va munosabat jarayonida vujudga keluvchi har qanday

nizolarning oldini olish;

- o`smirlarning hali to`liq shakllanib ulgurmagan nerv tizimi va psixik jarayonlarining osonlikcha jarohatlanishini va individual xususiyatini hisobga olish;

- muayyan tipdagi oila a’zolari uchun buzilgan xulqning barqaror xususiyatga aylanib qolmasligi uchun tibbiy yondashuvni to`g`ri amalga oshirish va hokazo.

SHunday qilib, ijtimoiy ma’naviy muhitimizni sog`lomlashtirish, oila, mahalla, maktab hamkorligining uyg`unligiga erishish bugungi kunning ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy-tarbiyaviy zarurati sifatida jamiyatimiz taraqqiyotiga qo`shajak hissamizga ko`p jihatdan bog`liq bo`lib, yoshlarni barkamol shaxs qilib shakllantirish umuminsoniy burchimiz ekanligini anglashimizga yanada aniqlik kiritadi.


“Me’yor”, “me’yordan xulqiy og’ishgan” tushunchalarining ijtimoiy pedagogikadagi mazmuni. Me’yordan jismoniy og’ishlik. Me’yordan psixik og’ishganlik va bolaning ijtimoiylashuvi.

Pedagogik og’ishganlik. Umumiy va kasbiy ta’lim olmagan bolalar. Ijtimoiy me’yorlar va ulardan og’ishganlik. Me’yordan og’ishganlikni tashxis etuvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning roli. Voyaga etish yoshida deviatsiya holatlari. O’smir xulqining me’yoriy og’ishganligi.



Asosiy tushunchalar: Anomal bolalar, iqtidorlilik, ijtimoiy me’yorlar, rivojlanishida og‘ishlik bo‘lgan bola, nogiron bola, deviant xulq, delikvant xulq, qarovsizlik.
1.Ijtimoiy me’yor haqida tushuncha.

Me’yor”, “me’yordan xulqiy og’ishgan” tushunchalarining ijtimoiy pedagogikadagi mazmuni. Rivojlanishning qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, qanday jamiyatda, u eng rivojlangan, farovon iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo‘ladimi, yoki rivojlanayotgan jamiyatmi, ularda o‘zlariga alohida e’tibor talab etadigan insonlar bo‘ladi. Bunday insonlar biror-bir jihatdan jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishida nuqsoni mavjud insonlardir. Bunday insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo‘lib ajralib turadi. Ularga doimo maxsus alohida munosabatda bo‘lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo‘lib kelingan. Masalan, qadimgi Spartada alohida qattiq jismoniy kamsitish (xasta, jismoniy nosog‘lom bolalarni qadimgi spartachilar qoyalardan uloqtirganlar) bilan ajralib turgan. Boshqa jamiyatlarda esa bunday toifadagi insonlarga mehribonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan.

Hozirgi davrda AQSH va qator Yevropa mamlakatlarida nosog‘lom insonlarga ham barcha qatori, odatiy teng huquqli munosabatda bo‘ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qarab, bu insonlarni muammoli yokti imkoniyati cheklangan shaxs sifatida alohida maxsus e’tibor beriladi.

“Muammoli inson” tushunchasi AQShda keng qo‘llanilsa Yevropa mamlakatlarida “imkoniyati cheklangan insonlar” iborasi ko‘p ishlatiladi.

Bugungi kunda iimkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog‘liq masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o‘sib bormoqda.

YUNESKOning istiqbol bo‘yicha ma’lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu ko‘rsatkichni o‘zgartira olmaydi.

Sog‘lom muhit doimo insonlar ongida o‘z chegarasiga ega bo‘lib, chegaradan tashqi bo‘lganlar “nome’yoriy”, “potologik” deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o‘zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi.

Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda keng qo‘llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta’rif berishga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta’rif berganlar. “Me’yor” tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o‘ziga xoslik, bundan tashqari vaqt o‘tishi bilan qayta-qayta o‘zgarib turadilar. AQShda II jahon urushidan so‘ng ikki-uch o‘n yilliklar mobaynida chekish odatiy “me’yoriy” hodisa hisoblangan bo‘lib, unga jamiyatda bee’tibor bo‘lganlar. hozirda, jamiyat bu yomon, sog‘liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda, chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida munosabatda bo‘ladilar.

Aslida, qanchalik jamiyat demokratik tuzumga asoslangan bo‘lsa, shunchalik shaxsning nostandart shakldagi xususiyatlariga chidamli munosabatda bo‘linadi – agar totalitar rejimga asoslangan bo‘lsa, inson xulqini qattiq chegara doirasiga oladi, mabodo xulqiy og‘ishlik holatlariga yo‘l qo‘yilsa, ular raxmsizlik bilan jazolanadilar. Shuni unutmaslik lozimki, me’yor – bu shunday g‘oyaviy hosilaki, unda obyektiv borliq (reallik) shartli ravishda, o‘rtacha statistik ko‘rsatkich bo‘yicha, real haqiqat tavsiflanadi, biroq unda mavjud holatlar ifodalanmaydi.

Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me’yorning o‘z ko‘rsatkichlari, parametrlari (o‘lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo‘lmagan holatlar barchasi boshqa so‘z “me’yordan og‘ishlik” deb yuritiladi.

Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ishlik” tushunchalari juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo‘llaniladi.

Xulqiy og‘ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, me’yordan xulqiy og‘ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy norasolik va qobiliyatlilik bo‘lib ifodalanishi mumkin.

Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og‘ishlik jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat insonning, balki jamiyatning) ijtismoiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulq-atvoriga pozitiv og‘ishlikka ijtimoiy ijodning barcha shakllari taalluqli bo‘lib, ular: iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy va badiiy ijodkorlik va boshqalar, aksincha eski me’yorlar o‘rniga almashuvchi ijtimoiy tizim rivojiga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi.

2.Ijtimoiy me’yorlarning shaxs xulq-atvoriga ta’siri.

Me’yordan jismoniy og’ishlik.

Me’yordan og‘ishganlikni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me’yordan jismoniy og‘ishlik insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko‘rsatkichlari bilan (vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog‘lig‘ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko‘rsatkichlar bo‘lib, bunday ko‘rsatkichlarga to‘la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo‘lsa kerak. Jismoniy jihatdan me’yordan og‘ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi.

Sog‘lig‘i jihatidan me’yordan og‘ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga o‘tuvchi omillar, ba’zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og‘ir ekologik vaziyat, oziq-ovqat, ichimlik suvining sifatsizligi, oilaning umumiy yashash sharoitining og‘irlashishi va boshqalar. Sog‘ligi va o‘sishida me’yordan og‘ishlik bo‘lgan insonlarning ko‘pgina toifalari mavjud. 1980 yili jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati cheklangan shaxslar uchun uch bo‘g‘inli shkalasini qabul qildi.


  1. Xastalik – inson sog‘lig‘idagi har qandy yo‘qotish, psixik yoki jismoniy funksiya anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir.

  2. Cheklangan imkoniyat – inson uchun ye’yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o‘z faoliyatining yo‘qolishi (nuqsonning ko‘pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar.

  3. Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog‘lig‘idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan, yosh ko‘rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat.

G‘arbiy davlatlarda “Sog‘lig‘ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. o‘zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy (yoki) va psixik kamchiligi bo‘lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog‘lig‘idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta’lim olishlarida to‘siqlik qiladi, shu sababli ta’lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi.

Shuningdek, “nuqsonli” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, ular jismoniy, psixik og‘ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan.



Me’yordan psixik og’ishganlik va bolaning ijtimoiylashuvi.

Me’yordan psixik og‘ishlik eng avval bolaning aqliy rivojlanishi,uning psixik nuqsonlari bilan bog‘liq.

Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to‘xtalish (ZPR) bo‘lgan bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va phren - aql) lar kiradi. Bolalarda turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: yengil – debillik, chuqur – idiotiya. Shuningdek, psixik og‘ishga nutqdagi nuqsonlilar, xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. Bu psixik og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib, autizm (Yunon tilidan, autos- sam) – psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi va o‘z-o‘zini o‘ldirish, suitsitga moyil bo‘ladi.

Me’yordan psixik og‘ishganlik bolalarning alohida guruhiga iqtidorlilar kiradi. Bu bolaga muvaffaqiyatga erishishini ta’minlovchi, biron-bir faoliyatni bajarishda yutuqlarga erishuvida muhim bo‘lgan bolalar iste’dodining o‘ziga xos turlaridir. hozirgi davrda bolalardagi iste’dodni, ulardagi musiqaga, san’atga, tasviriy san’at, sport, aqliy qobiliyatlilarini ertaroq aniqlovchi ajoyib metodikalar ishlash chiqilgan. Bu metodikalar bolalar qobiliyatlarini shakllashtirishga ham xizmat qiladi.

Pedagogik og’ishganlik. Umumiy va kasbiy ta’lim olmagan bolalar.

Pedagogik me’yordan og‘ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika va ijtimoiy pedagogikada juda kam qo‘llaniladi. Pedagogik me’yorlarda eng avvalo standartlar ko‘zda tutiladi. Ular ta’lim darajalarini belgilab beradi. Ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik me’yordan og‘ish me’yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yorlar bo‘lib, mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlar hisoblanadi. Bu standartlarga muvofiq ma’lum yoshdagi bola, shu davrga muvofiq darajadagi ta’limni o‘zlashtirishi, o‘rta ma’lumot (9-sinf)ni olishi va o‘rta maxsus yoki kasb ta’limini olgan bo‘lishi lozim. o‘zbekiston respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim (9-sinf) hamma uchun majburiydir. Shu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus yoki kaab ta’limi o‘qish muddati uch yil davomida amalga oshiriladi.

Biroq o‘rta ma’lumotni olmagan bolalar ham bor. o‘zi mustaqil kasb ta’limi faoliyati turlarini egallay olmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Bunday bolalarning o‘qishga hoxishi yo‘qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasb faoliyati bilan shug‘ullana olmasligi kabi xususiyatlari birlashtiradi. Shunday holatlarlardan kasb ta’limiga ega bo‘lmagan bolalar kelib chiqadi. Bu me’yordan og‘ishganlikni bartaraf etishda mutaxassisning ijtimoiy-pedagogik yordami zarur bo‘ladi.



Ijtimoiy me’yorlar va ulardan og’ishganlik.

Ijtimoiy me’yordan og‘ishganlik tushunchasi “ijtimoiy me’yorlar” tushunchasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy me’yorlar – bu jamiyatning u yoki bu davrida, bosqichida maxsus o‘rnatilgan hatti-harakat namunalari yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) qoidalardir.

Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o‘z tarixiy rivojlanish yo‘liga ega. Ular Qadimgi davrlardan ma’lumdir. Jamiyat doimo o‘zini saqlab qolishga harakat qilgan. Shu maqsadda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli ijtimoiy cheklashlar: miflar, tabu (mann qilish), an’analar, diniy dogmalar (aqidalar) kiritilgan.

Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt o‘tishi bilan yanada mustahkamroq huquqiy, ahloqiy me’yorlar vujudga kelib, insonlar xulq-atvoriga bo‘lgan munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul qilingan ahloq va hulqli me’yordan og‘ish holatlari shakllanishiga qarshi me’yorlash yuzaga keldi.

Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo‘linadi:



  1. Universal me’yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli me’yorlar.

  2. Xususiy me’yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do‘st va boshqa) ga taalluqli me’yorlar.

Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar bola ijtimoiy me’yorlarni va jamiyat qadriyatlarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, uni xulqiy og‘ishgan bola deb ataydilar.

Xulqiy og‘ishgan bolalar muammosi sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan. Xulqiy og‘ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik, daydilik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqalar kiradi.



Me’yordan og’ishganlikni tashxis etuvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning roli. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda bu toifadagi bolalarni turlicha atamalar bilan beradilar: “Tarbiyasi og‘ir”, “Og‘ir xulqli”, “deviant bola” xulqi og‘ishgan, asotsial xulqli bola. Ijtimoiy rivojlanishida xulqiy og‘ishgan bolalar orasiga yana shunday toifadagilar: Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar ham kiradi. Bunday bolalar – yetimlar va “ijtimoiy yetimlar” dir. Ular biologik ota-onalari bo‘la turib, turli vaziyat sababli birga yashamaydilar. “Ijtimoiy maydondan chetlatilgan” bolalarni jamiyatga qaytarish uchun ularga yordam berish zarur. Shu sababli ijtimoiy pedagogning bunday bolalar bilan olib boradigan ishlari, bir tomondan, xulqiy og‘ishlikning oldini olish, profilaktika ishlari, jamiyatda qabul qilingan me’yor va qoidalar holatlarida ogohlantirish, boshqa tomondan, xulqiy og‘ishgan bolalarni reabilitatsiya qilish ishlarini bajarish lozim.

Me’yordan og‘ishganlik tiplari


Jismoniy

Psixik

Pedagogik

Ijtimoiy

    • Kasallik;

    • ko‘rishida nuqsonli;

    • eshitishda nuqsonli

    • harakat apparatidagi nuqsonlar

    • psixik rivojlanishida ortda qolish;

    • aqliy zaiflik

    • nutqiy nuqson

    • emotsional-irodaviy nuqsonlar

    • iqtidorlilik

    • umumiy ta’lim olishdan og‘ishlik

    • kasbiy ta’lim egallashdagi og‘ishlik

    • yetimlik

    • xulqiy og‘ishlik: alkogolizm, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, daydilik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə