O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


– mavzu. Deviant xulqning shakllari va tiplari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

3 – mavzu. Deviant xulqning shakllari va tiplari

Ma’ruza mashguloti ta’lim texnologiyasining modeli


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Xulqi og`ishgan bolalarning xulq-atvor motivlarining noto`g`ri rivojlanishi, hududiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya, xulq-atvor reaksiyalari, axloq qoidalaridan chetga chiqish sabablari, jinoiy va axloqiy qonunbuzarlar. Balog`atga yetmagan qaysar o`smirlar guruhi, beqaror mustaqil fikrga ega bo`lmagan o`smirlar guruhi, kechinmalarga boy va affektiv kechinmali o`smirlar guruhi


O`quv mashg`ulotining maqsadi : Talabalarni og`ishgan xulq turlarini tasniflash bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalarda xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni kospektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

BBB, “Klaster”, ma’ruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba




I-Bosqich.

O’quv mashg’uloti
(20 min).


1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Insert» metodini to’ldirish.

1.3. +!?


1.1. YOzib oladilar.

1.2. «Insert» metodining jadvalini to’ldiradilar, savol-javob o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

1.3. +!?


II-Bosqich.

Asosiy anglash bosqichi.
(50 min).


2.1. «Insert» metodi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumot beriladi.


2.1. «Insert» metodidan foydalanish.

2.2. Har bir savolga javob yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod oladi, misol keltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib oladilar.



III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).


3.1. «Insert» metodi jadvalini to’ldirish.

3.2. «Insert» jadvali orqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. «Insert» metodini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini boshqalar bilan taqqoslashadi.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.



Xulqi og`ishgan bolalarning xulq-atvor motivlarining noto`g`ri rivojlanishi, hududiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya, xulq-atvor reaksiyalari, axloq qoidalaridan chetga chiqish sabablari, jinoiy va axloqiy qonunbuzarlar.

Bolalik hayotida latent holatidan o`smirlikka o`tishda bir qator o`zgarishlar ro`y beradi. Bu o`zgarishlar bola holatini xulq-atvoriga ko`ra aniq o`rgangan ota-onalar va o`qituvchilar uchun rivojlanishdagi regressiya sifatida kata tashvish va qayg`uga sabab bo`lgan. Latent yosh davridagi (5 yoshdan 11-12 yoshgacha) aniq va yaqqol ifodalanuvchi xarakter xislatlari o`rnini o`smirlik yoshida (taxminan 11-12 yoshdan to 14 yoshgacha) o`z xudbinligi, atrofidagilarga befarqligi, oilaviy o`zaro munosabatlardagi disgormoniya, shaxslararo subordinatsiyaning buzilishi, o`z diqqatini o`quv predmstlariga to`play olmaslik, o`qishga nisbatan qiziqishlarining so`nishi va hokazolar kabi bir qator illatlarni egallashi bilan u yana hammani hayratga soladi.

Ilk bor o`smirlik yoshini psixoanalitik nuqtai nazardan o`rganishga bag`ishlangan ishlar 1905 yilda «Seksuallik nazariyasining uch ocherki» nomli ilmiy maqoladan boshlangan. Unda asosan: a) erogen soqaning genital sohaga tobeligi; b) o`g`il va qiz bolalar uchun turlicha bo`lgan jinsiy istaklarning shakllanishi; v) oiladan tashqarida jinsiy ob’ektning izlanishi haqidagi mulohazalar bildirilgan.

1922 yilda Ernst Djons o`zining «O`smirlik yoshining ayrim muammolari» nomli maqolasida o`smirlik va ilk bolalik davrining o`ziga xos korrelyatlarini ochib berishga muvaffaq bo`ldi. Djonsning fikricha, «individ hayotining birinchi 5 yilida erishgan tajribalarini ikkinchi o`n yillikda umumlashtiradi va davom ettiradi» - deydi. Uning qarashlarini davomchisi sifatida venalik olim Zigfrid Bernfeld o`smirlik davridagi individual va guruhiy xulqning barcha jabhalarini, ijtimoiy ta’sirlar-ga reaktsiya, sublimatsiya va xokazolarini atroflicha o`rganadi. Uning psixoanalitik nazariyaga qo`shgan asosiy hissasi, o`smir o`g`il bolalarda «cho`zilgan tip» deb nomlanuvi maxsus tipni ajratganligi bo`ldi.

Ushbu tip o`smirlik davrining me’yoriy kechishdan uzayganligi bilan farqlanadi. O`z fikrini tasdiqlash maqsadida Bernfeld Xoffer bilan hamkorlikda o`smirlarning o`zini o`zi kuzatishi natijalari, kundaliklari, ijodiy izlanishlari va boshqa ma’lumotlari asosida maqola yozdi.

Avgust Ayxorn ushbu muammoga asotsial va kriminal rivojlanish nuqtai nazaridan yondashib, o`z tadqikotlarida tashqi muhitga moslashuvi qiyin bo`lganligi bois, o`z «super ego»sini shakllantira olmay, jamiyatga qarshi chiqish holatini taxlil qiladi xamda «O`ziga xos yoshlik» kitobini yaratadi. To`plangan qiziqarli malumotlarga tayangan holda, A Freyd 1936 yilda «Pubertat davrda id va ego» hamda «Jinsiy etilish davrida instinktiv tashvish» nomli ilmiy maqolalarida instinktiv mayllarga asoslangan zo`riqish va tazyiqni engishda nevrotik simptomlar shakllanishiga. sabab bo`luvchi «ego»ning o`rnini aniqlashga qaratadi. «Id» va «ego» o`rtasidagi munosabatlar to`qnashuvida mayllar jabxasida xam si-fat ham mikdor jihatdan o`zgarishlar yuz beradi. Mayllarning ri-vojlanishi bolalikda shakllangan «ego»ni tashvishga soladi, u yashash uchun kurashadi. Natijada turli xil shaxsiyatli o`zgarishlar sodir bo`ladi. Ego va super ego odatda qisman o`zgarishlarga uchraydi va jinsiylikning yangi shakllariga ega bo`lib, odatdagi ijtimoiy yo`naltirilgan «ego»da turli tartibsizliklar va xaos boshlanadi. Bu yosh davri psixoanalitiklar uchun ham turli murakkabliklar va qiyinchiliklar davri hisoblanadi.

1945 yildan so`ng AQSHda ham ushbu muammoga qiziqish ortdi. Leo A., SHpigel (1951) «O`smirlik davrining psixoanalitik nazariyalariga bag`ishlangan ishlarning sharxi» degan asarida to`plangan psixologik ma’lumotlarni klassifikatsiyalashga urinib, ularni quyidagicha guruhlashtiradi:

• «Fenomenlar klassifikatsiyasi» (Bernfeld, Xartmani, Kris,

Loushteyn, Uittlz);

• «Ob’ektiv munosabatlar» (Bernfeld, Buksbaum, X. Doych,

Fenixel,Erikson,A.Freyd,V.Xoffer.Djons,A.Katan, Landauer);

• «Himoya mexanizmlari» (Bernfeld, X. Doych, Fenixel,A. Freyd,

A Kris);

• «Kreativlik» (Bernfeld, A. Freyd);

• «Jinsiy faollik» (Bolin, Bernfeld, Buksbaum, X. Doych,

Federn, Ferentsi, 3. Freyd, Lemplde Grut);

• «Ego shakllanishining xususiyatlari» (Fenikel, A. Freyd,

Garnik, Xoffer, Landauer);

• «Davolash» (Ayxorn, K.R. Eyssler, A. Freyd, Gaytlson,

A. Katan, M. Klyain, Landauer, A. Rayx).

SHu tariqa muallif muammoga oid 41 ta ilmiy ishlarni taxlil qilib chiqadi. Garchi ushbu ma’lumotlar o`smir-patsientlar bilan analitik ishlashda to`liq ishonch tug`dirmasada, lekin mazkur davr uchun psixoanalitik nazariyalarning «sarasi» tarzida o`z kuchini yo`qotmaydi. Ma’lumki, psixoanalitik nazariya asoschisi 3. Freyd inson xarakteri, uning xatti-harakatlari va qiliqlari hamda umuman ijtimoiy hayotni beixtiyor, idrok etilmaydigan intilishlar orqali tushuntirishga intiladi. Uning nazdida, shaxs bu insondagi ikki asos — onglilik va ongostlilik asoslarining kurash maydoni. «Libido» — jinsiy intilish quvvati inson faolligining, irodasining manbaidir. SHahvoniy intilish doimo onglilik doirasiga siqib chiqariladi va bevosita namoyon bo`lmay, o`zgarib, sublimatsiyalashib (o`zga holatga o`tib) boshqa intilish va xaraktlarda yuzaga keladi. Onglilikdagi «u» bilan «ruhiyatning yuza qatlami” bo`lgan «men» o`rtasida doimiy kurash ketadi. 3. Freydning fikricha, xarakter shaxvoniy intilishlarning sublimatsiyalashgan ifoda-sidir. SHahvoniy intilishlar insonning go`daklik chog`idayoq namoyon bo`ladi va shu bois «xarakter» bolalik paytidan boshlab ayni shu intilishlar zaminida shakllanadi.

YOt bolaning xarakterini, 3. Freyd ta’limoti bo`yicha, erotika (ishq)ning pregenital bosqichini belgilaydi. Dastlab yosh bolalarning jinsiy intilishi uning o`ziga qaratilgan (auto-erotizm) bo`ladi. SHuning uchun ham yozilish (hojat chiqarish) va u bilan bog`liq tuyg`ularda bunday intilishlar ilk bor namoyon bo`ladi, ular sublimatsiyalashgan (ko`rinishi o`zgargan) tarzda bola xarakterida yuzaga keladi. 3. Freydiing fikricha, bunday xarakterning xususiyatlari — tozalik va tartibga moyillik, tejamkorlik va qaysarliqdir.

Inson ulg`aygan sari bu turdagi erotizm (ishq) ortga suriladi, ammo mutlaqo yo`q bo`lib ketmaydi. Asosan yosh bolalarga xos bulgan anal toifadagi xarakterdan tashqari 3. Freyd psixoseksual yoki libido (jinsiy) xarakter turlari haqida mulohaza yuritadi. Bunday turlarga quyidagilar kiradi:

1. Xarakterning erotik (ishqiy) toifasi. Bunday xarakterga ega bo`lgan odam o`z muhabbatini yo`qotib qo`yishdan doimo qurqib yashaydi;

2. Obsessiv toifadagi xarakter «men emas, mendan ustun qoidasi bilan belgilanadi, ya’ni bunday xarakterga ega odam faqat o`zi xaqida o`ylaydigan (erotik) toifaga kirmaydi va o`z shaxsiyatidan yuqori turgan maqsad va ideallarga (din, falsafa) erishishni o`ylaydi;

3. Nartsistik toifadagi xarakter. O`zini saqlash - bunday odamning asosiy tashvishidir. U ko`proq mustaqil bo`lib, qo`rqishga moyilligi kam. Aksincha, unda tajovuzkorlikka moyillik kuchli. Bunday odam atrofidagilarga yoqishi, ularning ishonchini qozonishi va ularni boshqarishi ham mumkin.

«Sof» tiplardan tashqari Freyd «aralash» tiplarni xam ajratadi:

1. Erotik (ishqiy)-obsessiv;

2. Erotik (ishqiy)-kartsistik;

3. Nartsistik-obsessiv.

Z.Freyd ta’limotida ongostlilik ongga zid holat sifatida noto`g`ri talqin etiladi.

SHuningdek, shaxs shakllanishining asosiy mexanizmi biologik zaruratlar ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy hayot qonun-qoidalari tufayli ularni qondirish mumkin emasligi haqida gapiriladi. Zero, inson ongli hayotining barcha belgilari aslida siqib chiqarilgan biologik zaruratlarning bir ramzlaridir, xolos.

O`z ta’limotini 3. Freyd inson psixologiyasi, deb ataydi, ammo tug`ma shahvoniy intidishlarni shaxsning shakllantiruvchi omili (asosi) deb hisoblaydi. A.G. Kovalyov va V.N. Myasishchevlarning fikri bo`yicha, 3. Freyd shaxs g`ayrioddiyligining sabablarini odamlarning ijtimoiy hayotidan emas, balki jamoa ichidagi hayotidan, shaxsda namoyon bo`ladigan barcha xususiyatlarini go`yo tushuntirib beradigan shaxs mexanizmidan izlaydi. Emishki, ayni shu «mexanizmlar» inson xatti-harakatlarini yo`naltiruvchi qonunlar asosida harakatlantiradi. Bu omillar Freyd nazariyasining asosiy kamchiliklari, u ilgari surgan tipologiyaning g`ayriilmiyligidan va Freyd nihoyatda rang-barang bo`lgan inson shaxslarini faqat jinsiy intilishlarning ko`rinishlaridan iborat zaif bir qolipga solishga urinadi. Biroq individlar faqatgina holatining umumiy yo`nalganligiga qarab emas, balki biron bir asabiy ruhiy (psixik) funktsiya (vazifa)ning ustunligiga binoan ham farqlanadilar. YUngning fikricha, bu funktsiyalarga tafakkur, hissiyotlar, sezgilar va intuitsiya kiradi. Ana shu funktsiyalardai birontasining boshqalardan doimiy ustunligi tegishli xarakter tipini belgilaydi: fikrlovchi, xissiyotga beriluvchi (hissiyot), sensor (sezuvchi) va intuitiv xarakter.

Bu funktsional tiplarning har biri, o`z navbatida, ustivor holatiga ko`ra ekstravertiv va introvertiv tipga kiradi.

A. Freydning (1999, 312-6.) fikricha, o`smirlik yoshiga oid dalillarni izlashda ayrim qiyinchiliklarga duch kelinadi. Masalan, o`smirning psixik holatini o`rganishda asosan ikki: a) konkret individning tahlilida, ayni vaqtda qidirilayotgan psixik holatga; b) psixik davolash vaqtida, ya’ni ushbu holat rekonstruktsiyasiga duch kelamiz. Har ikki holda ham ularni to`g`ridan-to`g`ri qo`llash birmuncha qiyindir.

1951 yillardan boshlab, psixoanalizning tsxnik muammolariga bag`ishlangan ishlar nashr etila boshlandi. Ularda o`smirlar bilan olib boriladigan davolash usullarining: boshlang`ich, oraliq va oxirgi bosqichlarida o`ziga xoslik jihatlari yoritiladi. Psixoanalitik usullarni har bir xulq o`zgarishlariga xos tarzda moslashtirilgan va modifikatsiya-langan holda qo`llash talab etiladi. Masalan, o`smirdagi emotsional holatning tez o`zgaruvchanligi psixoanalitikdan ham shunga yarasha bilim va harakatni talab etadi.

A. Freyd go`daklik davrining psixik jarayonlari haqidagi bilim-larimiz, o`smirlarni tahlil qilish mobaynida va ularni kuzatish orqali qo`lga kirjilgan ma’lumotlarga asoslanganligini ta’kidlaydi. SHuningdek, analitik terapiya uchun «tashlandiq» ob’ektga mazkur usullarni qo`llash eng samaralidir. O`smir emotsional kurashga qat’iy kirishadi, bu kurashda undan juda tezkorlik va qatiylik talab etiladi. Uning libidosi yangi ob’ekt izlashda davom etadi. Bunday o`smirlarni kuzatish shuni kursatadiki, «erkin» libido haqidagi tahlilimiz davolash vaqtida aynan: a) ularni hamkorlik qilmasliklari uchun intilishlarida, analitiklar bilan munosabatlariga e’tiborsizlik; b) hafta davomidagi seanslar sonini qisqartirishga urinishlarida; v) besabab seanslarga kelmaslik; g) umuman davolanishdan bosh tortishlarida o`z aksini topadi. Ba’zan analitikning o`zi o`smir uchun qidirilayotgan «obektga» aylanishi mumkin. Davolashning qanday natija bilan yakunlashidan qat’i nazar, analitik o`smirlik yoshining o`ziga xos qiyinchiliklarini: a) uning ehtiyojlari qondirilishini kechiktirib bo`lmasligi; b) frusgratsiya holatini ko`tara olmasligi va har qanday aloqani tushunish hamda bilish negizi deb emas, balki bunga istaklarning ro`yobga chiqish usuli deb qarashi; v) o`smir psixikasining ongsizlik mohiyatini, buzilishlar vujudga kelishining mexanizmlari hamda buzilishning tipik strukturasini yanada chuqurroq o`rganish zaruratligidan dalolat beradi.

Sir emaski, ko`pgina tajovuzkor o`smirlar tengqurlari bilan o`zaro munosabatlarda ham muammolidirlar. Ota-onalar (Ashenbach & Edelbrock, 1983) va o`qituvchilar (Dodge & Frame,1982) ning fikricha, bu o`smirlar ijtimoiy moslik jihatdan unchalik to`g`ri kelmaydilar va shuning uchun tengqurlari ularni noto`g`ri qabul qiladilar (Soie, Dodge & Sorrotelli 1982). Ijtimoiy inkor qilingan va tajovuzkor o`smirlar guruhini tashkil qiluvchilar frustratsiya hamda serzardalik kabi kechinmaviy vaziyatlarni dalillash imkonini beradi. Bir qator olimlarning (Dodge, Soie & Vrakke 1982, Lahey , Green& Forehand 1980, Lochman, Soie et al., 1993) aniqlashlaricha, yuqori tajovuzkorlikka ega o`smirlarning o`zlarini hamma joyda hurmat qilishlarini talab etishlari, ularni o`zgalar tomonidan shunday qabul qilinishga imkon yaratadi, aslida esa ularda hamkorlikning past motivatsiyasi kuzatiladi.


Tajovuzkor o`smirlarning kognitiv tasnifi
1. Ijtimoiy-kognitiv tashkil etuvchilar
A. Ijtimoiy kognitiv baho:

• g`arazli signallarga o`ta sezgirlik;

• o`zgalarning g`arazli maqsadlarini oldindan sezish;

• shaxsiy tajovuzini baholay olmaslik.



B. Ijtimoiy muammolarni hal etish:

• o`ta tajovuzkor o`smirlarni qaror qabul qilishining cheklangan-

ligi;

• o`smirlikkacha davrda favqulodda harakatga yo`naltirilgan



vaziyatlarda qarorga kelishning qiyinligi;

• tajovuzkor o`smirlarda bir xildaga qarorlarning kam uchrashi;

• tajovuzkor qarorlar zahirasining bisyorligi.

V. Ichki qo`zg`alishni baholash:

• affektiv qo`zg`alishning g`azabga aylanishi - yuqori darajadagi

qahr-g`azablilik;

• empatiyaning quyi darajasi.


2. Kognitiv operatsiyalar

• diqqat to`planishining qiyinligi;

• uzoq muddatli xotiradan kam o`ylangan karorlarni kayta tiklash.
3. Tushunchalarni sxemalashtirish

• ijtimoiy maqsadlarning ustivorligi;

• tengqurlari tomonidan inkor qilinishi va qiynoqqa solingan-

larning qasos olishi yoki tajovuzkor o`smirlar tomonidan

azoblanishning past baholanishi;

• aversiv reaktsiya (qaytar reaktsiyalarning susayishi va tajovuzkor

Xulqning tan olinishini kutish);

• yaqinlashayotgan interaktsiyada o`zgalardan ortiqcha tajovuzni kutish

tendentsiyasi;

• o`smirlik davrigacha o`zini o`zi hurmat qilishning past baxo-

lanishi.

2.Og`ishgan xulqni psixologik tasniflash.

O`smirlik yoshidagi tajovuzkorlikning klinik tadqiqoti ana-litik terapiya jarayonida quyidagicha amalga oshirilgan. Agar libidoning istagi assotsiativ xarakterga ega bo`lsa, psixoanalitik seans davomida ko`plab ma’lumotlarga ega bo`lish mumkin. Biz o`smir xulqini simptomlar mohiyati prizmasi orqali ko`rsak, u holda mavjud rituallar (udumlar) unda tajovuzkor xohishni so`ndirishga qaratilganligiping, ya’ni impuls va harakat oralig`idagi fikrni «qahrga erkinlik berishdan oldin o`ngacha sanashga moyillik» bsrilishining guvohi bo`lamiz (A. Freyd, 1999, 348-6.). Tajovuzkor xulq shakllanishida turli xil motivlarning ishtirok etishi bois, turlichatashqi ifodalaniisharga ega ekanligini ko`rish mumkin. Psixoanalitik seanslarda ko`pgina sabablarga ko`ra, o`smirlar o`ta jaxldor, qo`pol, tajovuzkor, qar qanday fikrga osongina qarshilik bildiruvchan, hattoki, tazyiq o`tkazuvchanlik jihatlarini namoyon qilishadi. Lekin qayd etilganlardan faqatgina bittasi haqiqiy tajovuzkor «kuchga» ega. Qolganlari esa «ego»ning himoyalanishi maqsadidagi xislatlaridir. Jumladan:

• ushbu notanchlikni samarali berkitish va egoning notinchlikka reaktsiyasi sifatida;

• himoya mexanizmlarining susayishiga qarshi egoning qarshiligi tarzida;

• ongsizlik va ong oldlilik ma’lumotlarining verbalizatsiyasiga qarshilshk qilish;

• jinsiy va tajovuzkorlik sohalaridagi «id»ning ifodalanish-larini tan olinishiga «superego»ning reaktsiyasi;

• psixoanalitikka bog`lanib qolishlikning inkori tarzida bo`lish-ligi.

O`smirlardagi himoya mexanizmlarining tashkil etilishini diqqat bilan o`rganish quyidagilarga:

a) faqatgina ayrim mayllarga nisbatan aynan himoya mayllar faolligiga qarshi yoki instinktiv qondirilishga qaratilganmi?

b) himoya o`smir yoshiga xosmi?

v) «ogo» ixtiyoridagi himoya mexanizmlarining miqdori;

g) himoya mezanizmining samaradorlik darajasi;

d) mayllarga nisbatan himoya mexanizmining haqiqatga yaqinligi (superegoning rivojlanishi);

e) himoyalanishning o`smirga keltirgan nafi kabi savollarga javob beradi.

SHunday qilib, o`smirlik yoshidagi xulq o`zgarishlarining psixo-analitik tahlilida diagnostik profilga katta o`rin beriladi. Bular:

1. O`smirning psixoanalitikka murojaat etish sabablari;

2. O`smirning tashqi ko`rinishining tasnifi;

3. O`smirning oilasi va turmush tarzi;

4. O`smirga atrofidagilarning ta’sir o`tkazish imkoniyatlari;

5. Rivojlanishini baholash:

a) instinktlarining rivojlanishi;

b) ego va superegoning rivojlanishi (himoyani tashkil etish holati);

6. Irsiy rivojlanishini baholash (regressiya va qayd nuqtasi);

7. O`smir rivojlanishi dinamikasi va strukturasi (turli nizolar);

8. Ayrim umumiy tasniflarning baholanishi;

9. Diagnozni aniklashtirish.

O`smir xulqidagi o`zgarishlarni quyidagi mezonlar bo`yicha aniq-lashtiriladi:

• kuzatilayoggan o`smirning xulqidagi o`zgarishlarga qaramay, uning

shaxsi sog`lom rivojlanmoqda, uning xulqini baholash me’yorning

keng variatsiyali spektriga mos keladi.

• o`smir xulqidagi patologak xususiyatli o`zgarishlar muvaqqatlikka

ega bo`lib, u rivojlanishdagi «zo`riqishlar» asorati;

• mavjud mayllarning doimiy regressiyasi nevrozga sabab bo`lib,

o`smir xarakteridagi o`zgarishlarga olib kelgan;

• mayl regressiyalari mavjud bo`lgan holda unga yana ego va superego

regressiyasi qo`shilgani bois delinkvent (infantilizm,

psixikaning chegara holatlari va psixotik) buzilishlar ro`y bergan;

• organik buzilishlar yoki erta deprivatsiya oqibatida rivojla

nishdan orqada qolish;

•destruktiv jarayon ketayotganligi bois, o`smir shaxsidagi psixik o`zgarishlar va hokazolar.

Demak, o`smirlik yoshining psixoanalitik talqini bizga:

- anglangan xulqning ongsizlikdagi tashkil etuvchilari;

- xulq og`ishlarining motivlari;

- o`smir xulqining shaxslararo munosabatlaridagi o`rni;

- oila muhitining o`smir xulqiga ta’siri;

- xulq o`zgarishlarining psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi;

- o`smir «Men»ining shakllanishida murakkab sharoitlarning haqiqiy ko`rinishlari tamoyillarini chuqurroq anglashga yordam beradi.

4 – mavzu. Xulqi og`ishgan bolalar va ta`lim

Ma’ruza mashguloti ta’lim texnologiyasining modeli


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Xulqi og`ishgan bolalarning o`qishga nisbatan salbiy munosabati sababi, o`quv faoliyati usullari, o`quv ko`nikmalar va malakalarining tarkib topmaganligi, fikrlash qobiliyatining bo`shligi, ta`limda shu xususiyatlarni inobatga olinmasligi. Fanlarni yaxshi o`zlashtira olmaslik sabablari

O`quv mashg`ulotining maqsadi : Talabalarni shaxs og`ishgan axloqining preventsiyasi bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalarda xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni kospektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

BBB, “Klaster”, ma’ruza

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə