O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Ijtimoiy og`ishgan va uning sabablari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

3.Ijtimoiy og`ishgan va uning sabablari

Voyaga etish yoshida deviatsiya holatlari. O’smir xulqining me’yoriy og’ishganligi.

O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb hisoblaydilarki, bu o‘sish bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, yetuk inson bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi.

O‘smirlik yoshida o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro faoliyatda, munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati almashinadi, unga kattalar yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy yetilish faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiy-psixologik muammolarni vujudga keltiradi.

O‘smirlik yoshida bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”-savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi. O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor maktab, oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir haqiqiy rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. O‘smir o‘zini erkin sezadigan, uni hurmat qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq xush ko‘radi.

Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki o‘smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k yerto‘lalar ham bo‘lishi mumkin.

Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalari bilan muammoli vaziyatda bo‘ladigan. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go‘dak g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda bo‘lishni davom ettiradilar. O‘smir esa bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi. Shu sababli kattalar bilan o‘zaro munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi. O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin bharakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film qahramonlari, kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun harakat qilishi holatlari ko‘p uchraydi. Tashqiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch turmgi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini tan olishlariga harakat qiladi.

Shu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida quyidagilarni aytish mumkin; hissiy noyetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini yetarli darajada nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o‘zini tan olishlariga bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smir – bu yetarli darajada yetilmagan va yetuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning chegarasidir.

6 – mavzu. Deviant xulq-atvor ko`rinishlarining klassifikatsiyasi

Ma’ruza mashguloti ta’lim texnologiyasining modeli


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Psixoanalitik shaxs nazariyasida affekt-jarohat modeli.

Suitsidal shaxsiga xos bo`lgan xulq shakllari, individning ichki va tashqi resurslari.

Suitsidal simptomlar


O`quv mashg`ulotining maqsadi : Talabalarni suitsidal axloq bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalarda xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni kospektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

BBB, “Klaster”, ma’ruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob



O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba




I-Bosqich.

O’quv mashg’uloti
(20 min).


1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Insert» metodini to’ldirish.

1.3. +!?


1.1. YOzib oladilar.

1.2. «Insert» metodining jadvalini to’ldiradilar, savol-javob o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

1.3. +!?


II-Bosqich.

Asosiy anglash bosqichi.
(50 min).


2.1. «Insert» metodi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumot beriladi.


2.1. «Insert» metodidan foydalanish.

2.2. Har bir savolga javob yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod oladi, misol keltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib oladilar.



III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).


3.1. «Insert» metodi jadvalini to’ldirish.

3.2. «Insert» jadvali orqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. «Insert» metodini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini boshqalar bilan taqqoslashadi.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.




Psixoanalitik shaxs nazariyasida affekt-jarohat modeli

.

O`smir xulq-atvorida ro`y beruvchi «og`ishlar» psixopatologik sindromlar (bir qancha simptomlar yig`indisi)ning, yaqqol ko`zga tashlanuvchi belgilari quyidagilardan iborat:



Astenik sindrom belgilari — bu affektiv (ruhiy hayajon) beqarorlik, ruhiy ezilganlik, e’tiroz reakaqiyasi, qichqirishi, yig`loqilik, agressiya (tajovuz), o`qishga salbiy munosabat, darslardan qochish, aksilijtimoiy norasmiy guruxlarga qo`shilish infantilizm, ya’ni bolalik xislatlarini saqlanib qolishdan iborat nuqson, emoqional irodaviy jabhalar rivojlanishidan orqada qolishlik, berahmlilik, o`ta ishonuvchanlik, o`zini o`zi yuqori baholash, yolg`onchilik, maqtanchoklik va boshqalar.

Affektiv qo`zg`aluvchanlik belgilari — serzardalik, engil achchiq-lanuvchanlik, tajovuzkorlik, ruhiy hayajon holatida narokomaniya, taksikomaniya, alkogolizm illatlarini tark eta olmaslik, boshqarib bo`lmaydigan holat, buzg`unchidik, maktabdan «bezganlik», aksilijtimoiy norasmiy guruha’zosi.

Asabiylashish belgilari - tajanglik, intizomsizlik, o`qituvchilarga qo`pollik, urishqoqlik, chekishga ruju qo`yishlik, toksik moddalardan goho foydalanib turishlik. maktabdan qochishlik.

Disforik o`zgaruvchanlik belgilari — to`satdan kayfiyatning bu-zilishi, larzaga kelishi, affektiv, ya’ni hissiy zo`riqishdan forig`lik, ruhan engillashish, tajovuzkorlik, buzg`unchilik.

Autizm, ya’ni individni o`zining atrofidaga odamlardan uzoq-lashishi evaziga o`z kechinmalariga berilishdan iborat psixologik begonalashuv belgilari-bemaqsadlilik, tuzalmas xulq-atvor buzilishining sabablariga:

- oila a’zolaridan birining qandaydir surunkali eki og`ir dardga chalinganligi;

- oila a’zolaridan birining alkogol va narkotik moddalarga ruju qo`yganligi;

- oila a’zolaridan birining aksilijtimoiy xulq-atvorga egaligi;

- ota-onaning o`zaro munosabatlarida bir-birlarini tushunishga intilishning yo`qligi;

- ota-onalar o`rtasida muhabbat tuyg`usining etishmasligi;

- ota-onada o`zaro adovat saqlanganligi;

- o`zaro munosabatlarda (ko`pincha otalarda) zug`umkorlik ifodalanishi, masalan, otaning onaga, otaning farzandlariga, ba’zan onaning jahl ustida o`z farzandlariga zug`um o`tkazishi va hokazolar kiradi.

Odatda, bunday oila yo to`liq bo`lmaydi yoki nomaqbul oila ekan-ligini anglatadi. Bunday oilalarda doimo nizoli vaziyatlar ustivorlik qilib, ularda urish-janjal hukmrondir. Ular bir-birlarini ayblash bilan ovora bo`ladilar.

Vaholanki, ushbu vaziyat bolaning ko`z o`ngida sodir etiladi, ko`pincha farzandlar ham shunday vaziyatning ishtirokchilariga aylanadilar.

Achinarli tomoni shundaki, o`z hissiy kechinmalarini boshqara olmagan ota yoki ona, ba’zan har ikkalasi notinchlik sabablari sifatida o`z farzandlarini ayblaydilar. SHu tariqa o`smir psixikasi «zaharlanib» boradi, asta-sekin uning ruxly rivojlanishida, shuningdek, xulq-atvorida «og`ishlar» yuzagan keladi va shakllanishda davom etadi.

Taassufki, farzandlar ham ota-onalarining o`zaro nomaqbul munosabatlariga shu tariqa o`ziga xos «reakqiya» ko`rsatadilar. Ushbu holat esa oila-maktab, mahalla axli uchun «yangicha jonlanish kompleksi» ustida bosh qotirish kerakligini taqozo qiladi.

O’lim mavzusi yosh bilan dolzarblashib, bizning butun hayotimiz ichiga kirib boradi. Ba’zilar uchun u alohida ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi vaqtda suitsidal axloq global jamoatchilik muammosi hisoblanadi. Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlari bo’yicha dunyoda har yili 400-500 mingga yaqin odam o’z joniga qasd qilish bilan hayotani yakunlaydi, o’z joniga qasd qilishga urinishlar esa o’n barobar ortiq. Evropa mamlakatlarida uning miqdori qotilliqdan taxminan uch barobar yuqori turadi.

Ko’pchilik mualliflar fikriga ko’ra, o’z joniga qasd qilish darajasi turg’un milliy ko’rsatkich hisoblanadi. O’z joniga qasd qilishning yuqori darajasi qator zamonaviy davlatlarda -Vengriya, Germaniya, Avstriya, Daniya, SHveytsariyada saqlanib qolgan. O’z joniga qasd qilishning past darajasi Ispaniyada, Italiyada, Isroil va Lotin Amerikasi davlatlarida. Masalan, Nikaraguada 100 ming aholiga 3,2 hol to’g’ri keladi. Rossiyada 1980 yillar oxirida 23 hol (100 ming odamga) belgilandi, bu taxminan Germaniyada - 21 yoki Frantsiyada - 22 holga muvofiqdir. 1994 yildan boshlab dunyoda birinchi o’rinni q>;yidagi davlatlar egalladi: Litva - 45,8; Rossiya - 41,8; Esto-niya - 40,9; Latviya - 40,6; Vengriya- 35,3

O’z joniga qasd qilishning birmuncha yuqori darajasi aholi soni 500 mingdan 1 milliongacha bo’lgan shaharlardadir. Millionerlar shaharlarida bu daraja o’rtachadan past. Taxmin qilish mumkinki, megapolisda oddiy yirshs shaharlarga qaraganda ijtamoiy sharoit yaxshi, chunki ularda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish ancha yuqori darajada. Qishloq joylarda suitsidlarning past darajasi aholi orasida bolalarning nisbatan yuqori ulushi, milliy-diniy an’analar, hiyla zich shaxslararo munosabatlar va odatiy hayot tarzi bilan tushuntiriladi.

Uz joniga qasd qishishi, suitsid (lat. "o’zini o’ldirish") — bu ongli ravishda o’zini hayotdan mahrum etish. O’ziga hisob bermaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan, shuningdek, sub’ektning ehtiyotsizligi tufayli sodir bo’lgan o’lim vaziyati o’z joniga qasd qilishga emas, baxtsiz hodisalarga kiradi.

Butungi kunda suitsqdal axloq patologikday ma’nodosh ko’rib chiqilmaydi. Ko’pchshik hollarda bu psixik jixatdan me’yoriy odamning axloqi. Ayni vaqtda suitsidga o’z-o’zini parchalovchi axloqning o’zaro bir-biriga o’tuvchi shakli tsatorida oxirgi nutsta sifatidagi qarash keng tarqalgan.

Suitsidal axloq— o’zini hayotdan maxrum tsilish hatsidagi tasavvurlarga yo’naltirilgan anglangan harakatdir. Ko’rib chiqilayotgan axloq tuzilmasida quyidagilar ajratiladi:

— shaxsiy suitsqtsal harakatlar;

- suitsidal ko’rinishlar (fikrlar, maqsadlar, tuyg’ular, mulohazalar, ishoralar).

SHunday qilib, suitsidal axloq ichki va tashqi planda bir vaqtda amalga oshiriladi.

Suitsidal harakat suitsidal urinish va tugallangan

suitsiddan iborat, Sut/idal urinish - bu o’lim bilan tugamaydigan, o’zini hayotdan mahrum qilish vositalarining maqsadga yo’naltirilgan operatsiyasi. O’zini yoki boshqalarni hayotdan mahrum qilishga yo’naltirilgan urinish qaytariladigan va qaytarilmaydigan bo’lishi mumkin. Tugallangan suitsid -o’lim bilan yakunlangan harakat.

Suitsidal ko’rinish o’z ichiga kuyidashlarni oladi: 1)passiv suitsidal fikrlar (tasavvur, kechinmalar); 2) suitsidal g’oyalar; 3) suitsidal maqsad. Passiv suitsidal fikrlar o’z o’limi mavzusidagi tasavvurlar, fantaziyalar bilan xarakterlanadi (biroq o’z ixtiyoridagi harakat sifatida o’zini hayotdan mahrum qilish mavzusida emas), masalan: "o’lib qolsam yaxshi bo’lardi", "uxlasangu, qaytab uyg’onmasang".

Suitsidal goyalar - bu suitsidallikni namoyish qilishning hiyla faol shakli. O’z joniga qasd qilish tendentsiyasi reja ishlab chiqish shaklida o’sadi: o’z joniga qasd qilish usullari, vaqti va joyi o’ylab chiqiladi. Suitsidal goyata iroda komponenti - qaror, tashqi axloqqa bevosita o’tishga tayyorlik birlashgandagina paydo bo’ladi.

Fikrlarning paydo bo’lishidan boshlab, ularni amalga oshirguncha bo’lgan muddatni suitsidoldi deb nomlanadi. Uning davomiyligi daqiqalar (o’tkir suitsidoldi) yoki oylar (surunkali suitsidoldi) hisoblanishi mumkin. Davomli suitsidoldi hollarida suitsidal axloq ichki shakllarining rivojlanish jarayoni yuqorida ifodalangan boskichlarda ochiq-oydin o’tadi. O’tkir suitsidoldi davrida ketma-ketlik aniqlanmaydi va suitsidal g’oya hamda maqsadning darrov namoyon bo’lishini kuzatish mumkin.



2. Suitsidlar tipologiyasi

Suitsidlar uchta asosiy guruhga bo’linadi: haqiqiy, namoyishkorona va yashirin. Haqiqiy suitsid etarli darajada kutilmagan ko’rinsa-da, to’satdan bo’lmaydi, o’lish istagiga yo’naltiriladi. Bunday suitsidga ruhiy ezilgan kayfiyat, ruhiy azoblanish holati yoki shunchaki hayotdan ketish haqidagi fikr yo’ldoshlik qiladi. SHu bilan birga, atrofdagilar bunday holatni sezmasliklari mumkin. Haqiqiy suitsidning boshqa xususiyati hayot mazmuni yuzasidan mulohaza va kechinmalar xisoblanadi.

Namoyishkorona suitsid o’lish istagi bilan bog’liq emas, o’z muammolariga e’tiborni qaratshp, yordamga chorlash, dialog olib borish usuli xisoblanadi. Bu o’zicha shantaj urinishi ham bo’lishi mumkin. Ushbu holda o’lim bilan tugash mash’um tasodif oqibati hisoblanadi.

YAshirin suitsid (bevosita o’z joniga qasd qilish) — uning belgilariga qatiy javob bermaydigan, biroq o’sha yo’nalish va natijaga ega bo’lmagan suitsidal axloqning turi. Bu letal natijaning yuqori ehtimolligi bilan birga boruvchi harakat. Bu axloq yuqori darajada xatarga, hayotdan ketishdan ko’ra o’lim bilan o’ynashishga yo’naltirilgan. Bunday odamlar "shaxsiy xohishi bo’yicha" hayotdan ochiq ketishni emas, suitsidal shartlangan axloqni tanlaydilar. Bu avtomobilda xatarli safar, sportning ekstremal turi yoki xavfli biznes bilan shug’ullanish, qizg’in nuqtalarga ixtiyoriy sayohat, kuchli giyohlarni iste’mol qilish, o’z-o’zini ajratib qo’yish.

SHu bilan bog’liq holda tanatolog E. SHneydman shaxsning ikki tavsifini farqlaydi: suitsidallik va letallik. Suitsidashik o’z joniga qasd qilishning individual xavfi demakdir. Letallik odamning o’zi umuman, uning o’z destruktivligi uchun xavf darajasi bilan bog’liq.

Suitsidal axloq turlarini tasniflashdagi farq ko’rib chiqilayotgan reallikning turli-tuman shakllarini aks ettiradi. A. G.Ambrumova ajratadi: o’zini o’ldirish — haqiqiy suitsidlar, o’z joniga kasd qilish esa — tugallanmagan suitsiddir. Brukbenk suitsid haqida maqsadli o’z joniga qasd qilish kabi, parasuitsid haqida esa o’lim oqibatisiz maqsadli o’z-o’ziga zarar etkazishday gapiradi. A.E.Lichko fikriga ko’ra, o’smirlardagi suitsidal axloq namoyishkorona, affektiv va hatsitsiy bo’ladi. E.SHir quyidagicha farqlaydi: tsasddan tstingan suitsidap axlok, epgib bo’lmas, ambivalentli, impulsiv va namoyishkorona axloq.

E. Dyurkgeym o’z joniga qasd qilishni shaxsning ijtimoiy xususiyatlariga bog’liq holda turlarga bo’ldi. «Anomik» o’z joniga tsasd tsilish shaxs va uning atrofidagi muhit o’rtasida og’ir kelishmovchilik natijasida sodir bo’ladi. «Fatalistik» o’z joniga tsasd shlish shaxsiy tragediyalar hollarida o’ringa ega, masalan, yaqinlarining o’limi, ishga layoqatlilikni yo’qotish, baxtsiz sevgi. «Al’truistik» o’z joniga tsasd tsilish boshqa odamlar yoki yuqori maqsadlar uchun sodir etiladi. Nihoyat, «egoistik» o’z joniga tsasd tsilish notinch vaziyatlar - nizolar, nomaqbul talablardan ketish hisoblanadi.

V.A.Tixonenko, o’lish istagining darajasini inobatga olgan holda suitsidal urinishlarni axloqning bir necha bog’liq turlari bilan to’ldirdi. Birinchidan, o’lish maqsadini namoyish qiluvchi o’z maqsadiga ega bo’lgan namoyishkorona-shantajli suitsidal axloqni ajratadi. Ikkinchidan, muallif faqat u yoki bu organni zararlash bilan cheklanuvchi va o’lim haqidagi tasavvurlarga umuman yo’naltirilmagan o’z-o’zini zaxarlash yoki a’zolarga zarar etkazish haqida gapiradi. Uchinchidan, bunday axloq shunchaki baxtsiz hodisaning natijasi bo’lishi mumkin.

SHunday qilib, suitsidal axloq tashqi o’limni istash darajasini anits bstsolashga asoslanmogi zarur. Masalan, elka oldini piska bilan o’zi kesishini quyidagi holatlarga kiritish mumkin:

a) agar oxirgi maqsad qon yo’qotishdan o’lish bo’lsa, haqiqiy suitsidal urinish qatoriga;

b) agar maksad atrofdagilarga o’lish maqsadini namoyish qilish bo’lgan bo’lsa, namoyishkorona-shantajli suiqasd razryadiga;

v) agar maqsad jismoniy og’riqni his qilish yoki giyohiy kayf holatini qon yo’qotish bilan kuchaytirish istagida cheklansa, o’z-o’ziga zarar etkazish;

g) agar, masalan, o’z-o’zini kesish bema’ni fikr bo’yicha "qondan shaytonni quvib chiqarish" maqsadini qo’ygan bo’lsa baxtsiz hodisaga.

Har bir hodisaning navbatdagi noyobligiga qaramay o’z joniga qasd qilish qator umumiy tavsifnomaga ega. Suitsidal axloq, qoidadagiday, hayotiy vaziyatlar va etakchi ehtiyojlar frustratsiyasining stressogenli xarakteri bilan birga boradi. Suitsident uchun quyidagilar xarakterli: azobga dosh bera olmaslik, vaziyatdan chiqishni izlash, vaziyatning umidsizligi va shaxsiy zaiflikni boshdan kechirish, shaxsning suitsidga ambi-valent munosabati, anglangan reallikni noto’g’ri talqin qilish -muammoda qotib qolganlik, "tonnel ko’rishi". Bularning barchasi tanlovni "suitsid"ga qochib borishgacha toraytiradi. Bunda suitsidal axloq, qoidadagiday, hayotning umumiy stili va shaxsiy ko’rsatmalarga mos keladi.



3. Suitsidal axloqning yosh xususiyatlari

YOsh suitsidal axloq xususiyatlariga ahamiyatli tarzda ta’sir ko’rsatadi. Bola yoshidagi suitsidal axloq vaziyatli-shaxsiy reaktsiya xarakterini oladi, ya’ni o’lish istagining o’zi bilan emas, balki stressli vaziyatlar yoki jazodan qochishga urinish bilan bog’liq. Ko’pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, 13 yoshgacha bo’lgan bolalardagi suitsidal axloq kam uchraydigan ko’rinish va faqat 14-15 yoshga etgandagana suitsidal faollik keskin o’sadi, 16-19 yoshda eng yuqori darajaga etadi [4, 5, 15].

A.G.Ambrumova tadqiqotlarining ma’lumoti bo’yicha suitsidal axloqli 770 bola va o’smir tekshirilganda, ularning eng yoshi 7 yoshda bo’lgan. Ko’pchiligini qizlar tashkil etgan (80,8 %). Qizlarda zaharlanish, o’g’il bolalarda esa yo’g’on tomirlarni qirqish va o’z-o’zini osish bo’lgan.

Ko’pchilik mualliflarning hisoblashicha, boladagi o’lim kontseptsiyasi faqat 11-14 yoshga ettanidagina babbarobar yaqinlashadi, shundan keyin bola o’limning realligi va qaytarib bo’lmasligini chindan anglaydi. Kichik bola yashash va o’lish o’rtasidagi farqni yaxshi tushunmaganidan o’limdan ko’ra yaxshiroq fantaziya qiladi. Va faqat o’smir yoshiga yaqinlashgach garchi o’zi uchun kam ehtimolli bo’lib ko’rinishini, rad etsa-da, o’limni real ko’rinish sifatida anglaydi. Albatta, "suitsid" va "suitsidal axloq" atamasi qatiy ma’noda ilk yoshdagilar uchun kamroq munosibdir.

Bolalar o’z axloqi uchun tushuntiradigan sabablar jiddiy emas va bir lahzalik bo’lib tuyulshpi mumkin. Bolalar uchun umuman olganda ta’sirchanlik, ishonuvchanlik, o’z axloqiga past tanqid, kayfiyatning o’zgarishi, impulsivlik, yorqin his qilish va boshdan kechirish layoqati xarakterlidir. Bola yoshida o’z joniga qasd qilishi g’azab, qo’rquv, o’zi yoki boshqalarni jazolash bilan uyg’onadi. Ko’pincha suitsidal axloq boshqa axloqiy muammolar bilan, masalan, maktabga qatnamaslik yoki nizolar bilan uyg’unlashadi.

Suitsidal axloqning tug’ilishiga, shuningdek, xavotirli va ruhiy azoblanish holati ham ko’maklashadi. Bolalarda ruhiy azoblanish holatining belgilari quyidagalar bo’lishi mumkin: qayg’u, bolalarga xos bo’lmagan kuchsizlik, uyqu va ishtahaning buzilishi, og’irlikning pasayishi va somatik arzlar, omadsizlikdan qo’rqish va o’qishga qiziqishning susayishi, to’laqonli emaslik va inkor etilganlik tuyg’uei, o’z-o’zini o’ta tanqid qilish, odamovilik, xavotirlilik, tajovuzkorlik va frustratsiyaga past chidamlilik. Biz o’smir yoshida suitsidal axloqning birmuncha boshqacha kartinasini kuzatamiz. Usmirlar orasida o’z joniga qasd qilishga urinish bolalarga qaraganda ahamiyatli tarzda ko’p uchraydi, shu bilan birga, ularning kamchiligigina o’z maqsadlariga erishadilar. Tugallangan suitsidlarning soni barcha suitsidal harakatlarning bir foizidan oshmaydi. Bu yoshda suitsidal axloq namoyishkorona, shu jumladan, shantaj xarakteriga ega. A.E.Lichkoning ta’kidlashicha, faqat 10 foiz o’smirlardagina o’z joniga qasd qilishining haqiqiy istagi mavjud, qolgan 90 foizida - bu yordam haqidagi qichqiriqdir. B.N.Almazov 14-18 yoshdagi o’zini atayin kesgan o’smirlar guruxini tekshirib, belgiladiki, faqat 4 foizigina o’z-o’zini kesayotgan lahzasida suitsidal mazmundagi fikrga ega bo’lgan. Ko’pgina ekstsesslar tengdoshlari bilan urushib qolganidan keyin, shuningdek, "birodarlashuv" an’anasi yoki o’z-o’zini salbiy namoyon etish sifatida sodir etilgan. A.E.Lichko, A.A.Aleksandrov, 14-18 yoshdagi o’smirlar guruhida tadqiqot o’tkazib, 49 foizida suitsidal harakat o’tkir affektiv reaktsiya fonida sodir etilgan, degan xulosaga keldilar. O’smirlar guruhida, shuningdek, psixik buzilishlar roli, masalan, ruhiy azoblanish holati birmuncha o’sgan. Ruhiy azoblanishning "bolalik" belgisiga zerikish va charchash tuyg’usi, mayda narsalarga diqqatni jamlash, isyon va bo’ysunmaslikka moyillik, ichkilik va giyohlarni suiiste’mol qilish qo’shiladi.

Umuman olganda, o’smirlarning suitsidal axloqiga tengdoshlari va ota-onalari bilan shaxslararo munosabatlarning ahsshiyatli ta’siri haqida gapirish mumkin. L.YA.Jezlovaning fikriga ko’ra , pubertat yosh oldidan "oilaviy", pubertat yoshida esa "jinsiy" va "muhabbati" muammolari ustunlik qiladi.

14 yoshdan keyin suitsidal axloq qizlarda ham, o’g’il bolalarda ham taxminan bir xil namoyon bo’ladi. O’smir yoshida suitsidal axloq ko’pincha jinsiy-shaxsiy munosabatlar, masalan,baxtsiz muhabbat bilan bog’liq bo’ladi. YOshlar guruhi ruhiy azoblanshp holatiga duchor bo’ladi. Ruhiy azoblanish holatining darajasi ko’pincha suitsvdal xavf jiddiyligining ko’rsatkichidir.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə