O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Tajovuzkor axloq ahloq diagnostikasi va korrektsiyasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə11/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

4. Tajovuzkor axloq ahloq diagnostikasi va korrektsiyasi.

Tajovuz va delinkvent axloq

Tajovuz va delinkvent (qonunga qarshi) axloq o’zaro aloqador ekani yaqqol fakt. Haqiqatan, qonunga zid harakatlarning kattagina qismi tajovuzkor harakatlar bilan birga boradi. Bu instrumental xarakterga ega tajovuz, ya’ni qandaydir maqsadga erishish uchun xizmat qiladigan g’arazli jinoyat bo’lishi mumkin (yashashga maydonni olish uchun qotillik, o’g’rilikda jismoniy zo’ravonlik, pul undirish maqsadidagi tahdid). Boshqa zo’ravonlik jinoyati hollarida bevosita dushmanlik axloqi namoyon bo’ladi. Zo’ravonlik, umuman olganda, tajovuzkor axloqning birmuncha xavfli shakli sifatida qonun bilan taqiqlanadi va davlat tomonidan nazorat qilinadi.

SHaxsning delinkvent axloqi va tajovuz o’rtasidagi o’zaro aloqa bir narsa emas. Qonunlarni buzish darajasiga ettan tajovuzkor axloq dastavval tatslid otsibati bo’lishi mumkin. Taqlid uchun namuna sifatida qarindoshlar, tengdoshlar, boshqa ahamiyatli odamlar bo’lishlari mumkin. Tajovuzkor axloqni quvvatlashda alohida rolni delinkvent submadaniyat o’ynaydi. Asotsial guruh, o’g’rilar to’dasi, nihoyat, ozodlikdan maxrum qilish joyi — bu barcha ijtimoiy institutlar turg’un tajovuzkor axloqni shakllantiradi.

Boshqa hollarda tajovuzkor qonunga qarshi axloq asabiy jihatdan shartlangan bo’lishi mumkin, masalan, agar u kuchli xavotir va anglanmagan gunoh tuyg’usi bilan motivatsiyalansa. Qonunga qarshi harakatlarga moyillik boshqa odamlarga dushmanlik munosabati hayot usuli hisoblanuvchi shaxsning antiijtgshoiy yo’nalganligi holida ham kuzatiladi. Tajovuzkor axloqnig keyingi shakli asab tizimshing organik buzilishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday qonunbuzar, ayniqsa, samaradorlik, kechinmalarida turib qolish,

impulsivlik yoki intellektual pasayish oqibatida zo’ravonlikka moyil. Alohida (ko’p sonli bo’lmagan) guruxdagi qonunbuzarlarni og’riqli holati tajovuzning (ularning antijamoatchilik yo’nalganligi bilan kam bog’liq bo’ladigan) kutilmagan motavatsiyalanmagan portlashi bilan birga boradigan psshik kasallar ham tashkil etadi.

Amaliyotda, masalan, mas’uliyat choralari va jazolash turini aniqlash uchun tajovuzkor axloqning patologsh va nopatologik shaklini farqlash muhim. Nopatologik shakl, qonundagiday, xulq xafagarchiligining qo’pol bo’lmagan ifodalanishi va yoqimli sharoitlarda konpensatsiyalash layoqatida xarakterlanadi. Masalan, o’smirlarning tajovuzkor axloqi yosh reaktsiyasi xarakterini olishi va umuman olganda atrofdagilar bilan o’zaro munosabatni buzmasligi mumkin. Patologik tajovuz esa, aksincha, zo’ravonlik axloqini tashkil etuvchi, psixik faoliyat va ularning dinamikasidagi og’riqli o’zgarishlarga sabab bo’luvchi sifat o’zgarishlari bilan bog’liq. Patologik o’zgarishlarning quyidagi belgilarini ajratish mumkin: hissiy muhitda o’zgarish va affektiv-yovuz reaktsiyalarning yuzaga kelishi bilan tajovuzkor axloq; o’ch olish, xafagarchilikning qadriyatlardan tashqari g’oyalari mavjud bo’lgan tajovuzkor axloq; asosiy belgisi boshqa odamga ma’naviy azob yoki jismoniy og’riq etkazishda ijobiy hislarni boshdan kechirishda namoyon bo’ladigan mayllar muhitida, shu jumladan, sadistlik tajovuzi. Masalan, patologik tajovuz holida oddiy tanqidiy ogohlantirish zulmning shunday darajasini qo’zg’atishi mumkinki, unda ong buziladi va odam o’zini unutgan holda qotillik sodir etadi.

Tajovuzkorlikning alohida holati seriyali va tashtsi jihatdan deyarli motivatsiyalanmagan qonunga qarshi harakatni aks ettiradi. E.Frommning fikriga ko’ra, yovuz barbod etuvchi va sadistcha shafqatsizlik xarakteriga ega, to’satdan va atrofdagilar hamda yaqin kishilar uchun kutilmaganda yuzaga chiqadi. Tajovuzning bunday shakli, muallif fikricha, aniq biologik yoki iqtisodiy sabablarga ega emas va real insoniy muammoni tashkil etadi.

Tajovuzning qonunga qarshi tabiati haqidagi savolga javob berishga intilar ekanlar A.Bandura va R.Uolter turg’un antijamoatchilik axloqi bo’lgan o’smirlarning tiklanishi va shaxsiy xususiyatlarining ijtimoiy sharoitlarini tadkik etdilar. Mualliflar fikriga ko’ra asotsial tajovuzli o’smirlar ijtimoiy sohada ancha muvaffaqiyatlilar o’z tengdoshlaridan ahamiyatli tarzda farqlanadilar. Ular ko’pincha va xiyla bevosita o’z tajovuzlarini ifodalaydilar (ayniqsa, uyda). Mualliflar otasi bilan ijobiy munosabat o’rnatishga qodir bo’lmaslik o’g’il bolalarda antijamoatchilik yo’yaalishining shakllanishida hal qiluvchi omillarda biri bo’lishini taxmin qiladilar.

Qonunni buzuvchi tajovuzkor o’smirlar atrofdagilarga ishonmaydilar, xissiy bog’lanib qoladigan vaziyatlardan qochadilar, Ular tengdoshlariga kamroq xayrixoh munosabatda bo’ladilar, ko’pincha jinsiy aloqa va tajovuzni aralashtaradilar, tajovuzkor axloqlari uchun ayblarini deyarli his qilmaydilar. Ular ko’p narsalarda impulsi ichki cheklovlarga qaraganda tashqilariga bo’ysunuvchi kichkina bolalarni eslatadilar. Bunday o’smirlar o’zlariga amaliy zarar etkazadilar, chunki o’z harakatlari natijasida ko’ngil qo’ygan odamlaridan yanada ko’proq maxrum bo’ladilar va na xurmat, na ishonchni his qilmaydigan hokimiyat vakillarining qattiq nazorati ostiga tushadilar. SHu bilan birgalikda, qat’iy belgilangan tashqi nazorat (ozodlikdan maxrum qilshp joylari) sharoitida ular o’zlarini hatto ba’zida ozodlikdagidan ko’ra qulayroq his qiladilar.

Tajovuzkor antiijtimoiy axloqning takroriy va jiddiy jazolanishi faktiga qaramay og’ir tugatiladi, ko’p tadqiqotchilarni bunday buzg’unchi deyarli tajribada o’rganishga qodir emas degan xulosaga olib keladi. Ehtimol, bu harakatdan keyin tezda munosib jazo berilmasligi yoki umuman jazosiz qolishlari bilan bog’liqdir. Tajovuz (jinoyat) ning jazosiz qolishiga bo’lgan ishonch antiijtimoiy axloqni qo’llab-quvvatlashda muhim rol o’ynaydi.

SHunday qilib, tajovuzkorlik va delinkventlik zich bog’langandir. Tajovuzkor asotsial axloq umuman olganda, jamiyatning turg’un salbiy munosabatani uyg’otadi va shaxs bilan uning atrofidagi odamlar o’rtasida jiddiy to’siq hisoblanadi. SHuni tan olish kerakki, aniq ifodalangan tajovuzkor axloqli shaxsga qator ijtimoiy ta’sir sabablarining kuchi ko’pincha kam samaralidir. CHunki tajovuz chuqur biologik va ijtimoiy ildizlarga ega, tajovuzkor axloqni ildizi bilan quritish, barcha ko’rinishlar bo’yicha mumkin emas. Faqat bir necha bosqichlarda - jamiyat, oila va kichik guruhlar, shaxsning o’zida samarali ijtimoiy nazorat tizimini yaratish orkali uning ko’rinishlarini kamaytirish hakdtsagi gapirish mumkin.

Biz deviant axloqning aniq turlarini yoritishning oldini olib, tajovuz va tajovuzkor axloqning faqat ba’zi tomonlarinigina ko’rib chiqdik.

Ushbu mavzuni tugatib, yana bir bor ta’kidlash zarurki, tajovuz (muhabbat bilan bir qatorda) insoniy mavjudlikning eng turli-tuman shakllarida ishtirok etadi. Og’ishgan xulqning barcha asosiy turlari - delinkvent, tobe va suitsidal - albatta, faqat tajovuzkor harakatlarning shakli va yo’nalganligi bilan farqlanuvchi o’z moxiyati bo’yicha barbod etuvchi axloq sifatida ko’rib chiqish mumkin.



Nazorat savollari va vazifalar

1. Quyidagi tushunchalarning mazmunini ochib bering va taqqoslang: «tajovuz», «tajovuzkor mayl», «tajovuzkorlik», «tajovuzkor axloq».

2. Tajovuzning salbiy va ijobiy ko’rinishlarini ayting.

3. Tajovuz va tajovuzkor axloqning asosiy turlarini

ayting.

4. YOsh xususiyatini inobatga olgan holda tajovuzkor (istalmagan) axloqning asosiy belgilarini sanab bering.



5. Tajovuzkor axloqni tushuntiruvchi asosiy psixologik nazariyalarni keltiring (ushbu bo’lim va oldingi qismning 4-bo’limiga asosan).

6. Tajovuzkor axloq shakllanishining shartlari va mexanizmlari qanday?

7. SHaxs tajovuzkor axloqining paydo bo’lishi va namoyon etilishiga qarshilik qiluvchi sharoitlarni ifodalang.

8. SHaxsning tajovuzkor va delinkvent axloqi o’rtasidagi aloqani ochib bering.



8 – mavzu. Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini voyaga yetmaganlarda o`rganish (2 coat ma`ruza, 2 soat seminar)

Ma’ruza mashguloti ta’lim texnologiyasining modeli


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Psixologiyada voyaga yetmaganlar muammosi, tarbiyasi qiyinlikning paydo bo`lish shartlari, voyaga yetmagan o`smirlarning norasmiy guruhlarga qo`shilishi, voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha tergovning psixologik xususiyatlari


O`quv mashg`ulotining maqsadi : Talabalarni Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini voyaga yetmaganlarda o`rganish bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalarda xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni kospektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

BBB, “Klaster”, ma’ruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba




I-Bosqich.

O’quv mashg’uloti
(20 min).


1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Insert» metodini to’ldirish.

1.3. +!?


1.1. YOzib oladilar.

1.2. «Insert» metodining jadvalini to’ldiradilar, savol-javob o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

1.3. +!?


II-Bosqich.

Asosiy anglash bosqichi.
(50 min).


2.1. «Insert» metodi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumot beriladi.


2.1. «Insert» metodidan foydalanish.

2.2. Har bir savolga javob yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod oladi, misol keltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib oladilar.



III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).


3.1. «Insert» metodi jadvalini to’ldirish.

3.2. «Insert» jadvali orqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. «Insert» metodini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini boshqalar bilan taqqoslashadi.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.





Mavzu: Delikvent axloq.

  1. Delikvent axloq shaxs og`ishgan xulqining shakli sifatida va uning mazmun-mohiyati, shakllanish shartlari.

  2. Qonunga qarshi motivatsiya.



  1. Delikvent axloq shaxs og`ishgan xulqining shakli sifatida va uning mazmun-mohiyati, shakllanish shartlari.

Biz deviant axloqning alohida turlari ifodasini deviant axloq tavsifnomasidan boshlaymiz. Delinkvent (qonunga zid, antijamoaviy) axloq muammosi ko’plab ijtimoiy fanlarning tadqiqoti uchun markaziy hisoblanadi, chunki jamoatchilik tartibi yaxlit olganda davlat kabi uning har bir alohida fuqarosining rivojlanishida ham muhim rol o’ynaydi.

Qonunga qarshi axloqqa nisbatan turlicha yondoshuvlar va tushuncha apparatidan foydalaniladi. Psixologik adabiyotlarda uni ko’pincha delinkeent axloq sifatida ko’rsatadilar. VePp-tsieSH so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, "nojo’ya xatti-harakat, aybdorlik" ma’nolarini beradi. Bu atama ostida biz shaxsning qonunga qarshi axloqi - ushbu jamiyatda ea ushbu vatstda o’rnatilgan tsonunlardan ogishgan, boshtsa odamlar yoki ijtimoiy tartibning tinchligiga xavf soluvchi va o’zining oxirgi ko’rinishlarida jinoiy jazolanadigan anits shaxsning harakatshi tushunamiz. Qonunga qarshi axloqni namoyon etuvchi shaxs delinkeent shaxs (delinkvent) sifatida tavsiflanadi, harakatning o’zi esa - deliktdir.

Kriminal axloq- delinkvent axloqning bo’rttirilgan shakli hisoblanadi. Umuman olganda, delinkvent axloq jamiyatning aniq ifodalangan qoida (qonun) lariga, bevosita

davlat hayotining mavjud me’yorlariga qarshi yo’naltirilgan.

Maxsus adabiyotlarda ko’rib chiqilayotgan atamadan turli ma’nolarda foydalaniladi. A.E.Lichko, o’smir psixi-atriyasining amaliyotiga «delinkventlik» tushunchasini kiritab, uning o’z ortidan jinoiy javogarlikni olib kelmaydigan mayda antijamoatchilik harakatlarini chekladi. Bu, masalan, maktabga bormaslik, asotsial guruh bilan muloqot qilish, mayda bezorilik, zaiflar ustidan taxdarlash, mayda pulni olib qo’yish, mototsiklni olib qochish bo’lishi mumkin. V.V.Kovalev, delinkventlikning bunday sharhlashga qarshi delinkvent axloq jinoiy axloq hisoblanishini ko’rsatib, e’tiroz bildiradi.

Keng tarqalishni olgan «delinkvent» atamasi xorijda voyaga etmagan jinoyatchilarni ifodalash uchun qo’llaniladi. Xullas, Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining materiallarida delinkvent boshqa individ yoki 1uruhga zarar keltiruvchi va ushbu lahzada jamiyat rivojida me’yoriy ijtimoiy guruhlar tomonidan o’rnatilgan chegaradan o’tuvchi axloqli 18 yoshgacha bo’lgan shaxs sifatida ta’riflanadi. Voyaga etgach delinkvent avtomatik tarzda antiijtimoiy shaxsga aylanadi.

Psixologik adabiyotlarda delinkventlik tushunchasi umuman qonunga qarshi axloq bilan bog’lanadi. Bu -jamoatchshik tartibi me’yorlarini buzuvchi har tsanday axloq. Ushbu axloq jinoyatchilik darajasiga etmagan ma’naviy-etik me’yorlarni mayda buzuvchi shaklga ega bo’lishi mumkin. Bu erda u asotsial axloq bilan mos tushadi. U Jinoiy kodeksga muvofiq jazolanuvchi jinoiy harakatlarda ham ifodalanishi mumkin. Bu xolda axloq kriminal, antiijtimoiy bo’ladi.

Delinkvent axloqning keltirilgan turlarini qonunga qarshi axloqning shakllanish bosqichlari sifatada ham, ushgag nisbatan mustaqil ko’rinshplari sifatida ham ko’rib chiqish mumkin.

Jamoatchilik qoidalarining ko’p obrazliligi qonunga qarshi axloqning katta miqdorini tug’diradi. Delinkvent axloqning turli shakllarini tasniflash muammosi sohalararo xarakterga ega.

Ijtimoiy-huquqiy yondoshuvda qonunga qarshi harakatlarni zo’ravonlik va zo’ravon bo’lmagan (yoki g’arazli) ga ajratish keng ishlatiladi.

Klinik tadqiqotlar doirasida V.V.Kovalevning bir necha o’q bo’yicha qurilgan qonunbuzarlikning majmuaviy sistematikasi qiziqish uyg’otadi. Ijtimoiy-psixologak o’qda - intizomga qarshi, jamoatchilikka qarshi, qonunga qarshi; klinik-psixopatologakda — nopatologik va patologik shakllar; shaxsiy-dinamiklikda - reaktsiya, rivojlanish, holat.

A. G.Ambrumov va L.YA.Jezlovlar qonunbuzarlikning ijtimoiy-psixologik shkalasini taklif qildilar: ishizomga qarshi, antiijtimoiy, delinkvent - jinoiy va autotajovuzkor axloq (ta’kidlash lozimki, ushbu mualliflar delinkventlikka faqatjinoiy axloq mansub deydilar).

Bunday masalalarni hal qilish uchun delinkventlikning ifodalanganlik darajasini va shaxsga ta’sir chegarasini aniqlash kabi qonunbuzarlar tipini tizimlashtirish ham muxim ahamiyatga ega. 1932 yili N.I.Ozeretskiy tomonidan voyaga etmagan qonunbuzarlar tipologayasini bugungi kunda ham dolzarb bo’ltan ifodalanganlik darajasi va xarakteri bo’yicha deformatsiyasini taklif qildi: tasodifiy, odatiy, turgun va professional tsonunbuzarlar .

Qonunbuzarlikni sodir etgan o’smirlar orasida A.I.Dolgova, E.G.Gorbatovskaya, V.A.SHumshjin va boshqalar, o’z navbatida, quyidagi uch tipni ajratadi:

1) izchil-krimmnogen - ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta’sirda jinoiy axloq shaxsning kriminogen «xissasi» hal qiluvchi hisoblanadi, jinoyat axloqning odatiy usulidan kelib chiqadi, u sub’ektning maxsus qarashlari, ko’rsatmalari va qadriyatlari bilan shartlanadi;

2) vaziyatli-kriminogen - axloqiy me’yorlarning buzilishi, jinoiy bo’lmagan xarakterdagi qonunbuzarlik va jinoyatning o’zi ahamiyatli darajada notinch vaziyatlar bilan shartlangan; jinoiy axloq sub’ektning rejalariga mos tushmasligi, uning nuqtai nazarida ekstsess bo’lishi mumkin; bunday o’smirlar ko’pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori hisoblanmay, spirtli ichimliklar kayfidagi holatda guruxda jinoyat sodir etadilar; .

3) vaziyatli tip — salbiy axloqning ahamiyatsiz ifodalanganligi; individ aybi bilan yuzaga kelmagan vaziyatning hal qiluvchi ta’siri; bunday o’smirlar hayotining usuli ijobiy va salbiy ta’sirlar kurashi bilan xarakterlanadi.

V.N.Kudryavtsev ham xuddi shunga o’xshash professional (muntazam jinoyat sodir etuvchi, uvdan keladigan daromadlar hisobiga yashovchi shaxslar), vaziyatli (sharoitdan kelib chiqib harakatlanuvchi), tasodifiy jinoyatlar (qonunni faqat bir marta buzgan) haqida aytib o’tgan.

Delinkvent axloq shaxs deviant axloqining shakli sifatida qator xususiyatlarga ega.

Birinchidan, bu shaxs ogishgan xultsining kamrots ma’lum bo’lgan turlaridan biri. Masalan, jinoiy deb tan olingan harakatlar doirasi turli davlatlar, turli vaqt uchun turlichadir. Qonunlarning o’zi bir xil emas, ularning takomillashishi kuchida katta yoshdagi aholining katga qismini "jinoyatchilar" kategoriyasiga kiritish mumkin bo’lib qoladi, masalan, soliq to’lashdan qochgan yoki kimgadir jismoniy og’riq etkazgan har bir shaxsni. SHunga o’xshash hamma biladiki, aldash mumkin emas. Biroq haqiqatni hech bir sharoitga qaramay har doim va hamma joyda gapiradigan odam joyida yolg’on gapiradiganlarga qaraganda ancha noadekvat bo’lib ko’rinadi.

Ikkinchidan, delinkvent axloq, aynitssa, tsonuniy me’yorlar - qonunlar, me’yoriy aktlar, intizomli qoidalar bilan boshqariladi.

Uchinchidan, qonunga qarshi axloq deviatsiyaning birmuncha xavfli shakllaridan biri deb tan olinadi, chunki o’z asosi bilan ijtimoiy qurilksh - jamoatchilik tartibiga xavf soladi.

To’rtinchidan, shaxsning bunday axloqi faol muhokama tsilinadi va har tsanday jamiyatda jazolanadi. Istagan davlatning asosiy vazifasi qonunlarni yaratish va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish hisoblanadi, shuning uchun delinkvent axloq deviatsiyaning boshqa turlaridan farqli tarzda maxsus ijtimoiy institutlar: sudlar, tergov organlari, ozodlikdan maxrum qilish joylari tomonidan boshqariladi.

Nihoyat, beshinchidan, muhimi shuki, qonunga qarshi axloq o’z mohiyati bo’yicha shaxs va jamiyat — individual intilishlar va jamoatchilik manfaatlari o’rtasidagi nizongtg mavjudligini anglatadi.



Delinkvent axloqning shakllanish shartlari

Fuqarolarni o’rnatilgan qonunlar va qoidalarga amal qilishni uyg’otishga yo’naltirilgan jamiyatning turli-tuman choralariga qaramay, ko’pchilik odamlar uni har kuni buzadilar. Ko’pincha ko’rinishidan o’ta oddiy ko’ringan odamlar to’satdan jiddiy jinoyat sodir etganliklarini tushunish og’ir bo’ladi. Ko’p hollarda bu psixik jihatdan sog’lom shaxslar, shu jumladan, bolalar va o’smirlar.

Qonunga qarshi harakatlar determinatsiyasini ko’rib chiqishda, odatda, shunga o’xshash axloqni uyg’otuvchi tashqi sharoitlar va ichki sabablar yig’indisi haqida gapiradilar. SHubhasiz, har bir aniq holda omillarning noyob uyg’unligi o’ringa ega, shunga qaramay, delinkvent axloqningshakllanishida ba’zi umumiy tendentsiyalarini aniqlash mumkin.

Ijtimoiy sharoitlar qonunga qarshi axloqning sodir bo’lishida ma’lum bir rol o’ynaydi. Ularga dastavval ko’p darajali jamoatchilik jarayonlari taalluqlidir. Bu, masalan, zaif hokimlik va qonunchilikning mukammal emasligi, ijtimoiy kataklizmalar va hayotning past darajasi.

R.Mertonga asosan, ba’zi odamlar deliikvent axloqdan voz kecha olmaydilar, chunki hozirgi jamiyatda har qanday baho bilan daromadga, ehtiyoj va muvaffaqiyatga intilish kuchlidir. Jamiyat farovonligidan u yoki bu darajada "chetga surib tashlangan" odamlarga honuniy yo’l bilan istagan matssadlariga erishish ogir.

Aniq shaxsning jamiyatga qarshi axloqidaga ijtimoiy sabab jamiyatning yorlits (latsab) osishga moyilligi bo’lishi ham mumkin. Qator hollarda mustahkam jamiyatga qarshi axloq illatli doira tamoyili bo’yicha shakllanadi: dastlabki, tasodifan sodir etilgan jinoyat — jazo — zo’ravonlik munosabatlar tajribasi (qamoqxonalarda eng yuqori darajada taqdim etilgan) — "jinoyatchi" yorlig’i (laqabi) oqibatida ijtimoiy moslashuvdag’i keyingi qiyinchiliklar - ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar yig’indisi va ikkilamchi delinkventlik - anchagina og’ir jinoyat - va h.k.

P.Kuter ko’rsatashicha, ko’pgina qonunga bo’ysunuvchi odamlar tajovuzkor-kriminal impulsga egadirlar, aniq harakatlarda amalga oshirmaydilar, biroq boshqa odamlarga, masalan, qonunbuzarlikni sodir etuvchilarga proyektsiyalanadi. Ushbu proyektiv jarayonlar natajasida qonunbuzarlik o’ta qattiq baholanishi va nohaq jazolanvshi mumkin, bu esa, o’z navbatida, delinkventlikning kuchayishiga olib keladi.

Delinkvent axloqning bunyodga kelishida muhim rolni mikroijtamoiy vaziyat o’ynaydi. Uning shakllanishiga, masalan, quyidagilar ko’maklashadi: asotsial va antiijtimoiy muhit (ota-onalarning piyonistaligi, asotsial va antiijtimoiy oila yoki kompaniya); nazoratsizlik; ko’p bolali va to’liq bo’lmagan sgyla; oiladagi nizolar; ahamiyatli boshqalar bilan surunkali janjallar.

V.N.Kudryavtsev jinoyatchini hatto erta yoshida yuzaga keluvchi o’z muhitidsh begonalashish holatini ko’rsatadi. Xullas, 10 foiz tajovuzkor jinoyatchilar onalari ularni bolalikda sevmagan deb hisoblaydilar ("me’yoriy" tanlovda faqat 0,73 foiz) .

Adabiy ma’lumotlarni yig’ib, delinkventlikni chaqiruvchi quyidagi mikroijtimoiy omillarni sanab o’tish mumkin:

- bolalarning nozik g’amxo’rlik va ota-onalari tomonidan mehribonligiga ehtiyoji frustratsiyasi (masalan, o’ta qattiqqo’l ota yoki etarlicha g’amxo’r bo’lmagan ona), o’z navbatida, bolada erta jarohatli kechinmalarni uyg’otadi;

- oilada jismoniy yoki psixologik shafqatsizlik yoki kuch kulti (masalan, jazoning haddan tashqari yoki doimiy qo’llanilishi);

- ma’naviy ongning me’yoriy rivojlanishini qiyinlashtiruvchi ota ta’sirining etishmasligi (masalan, uning yo’qligi);

- jarohatli sharoitlarni qayd qilish bilan o’tkir jarohat (kasalllik, ota-onaning o’limi, zo’ravonlik, ajrashish);

- bolani uning xohishlarini bajarishda erkalatish; ota-onalarning etarli bo’lmagan talabchanliga, ularning o’sib boruvchi talablarni qo’yishga yoki ularning bajarilishiga erishishga noqodirligi;

- bolani o’ta rag’batlashirish - ota-onaga, aka-uka va opa-singilga juda ham jadal erta sevgili munosabat ;

- ota-onalar tomonidan bolaga nisbatan talablarning kelishmaganligi oqibatida unda axloqning aniq tushunchasi paydo bo’lmaydi;

- ota-onalar (vasiylar) ning almashinuvi;

- ota-onalar o’rtasidagi surunkali aniq ko’zga ko’ringan nizolar (ayniqsa, qachon shafqatsiz ota onani do’pposlagan vaziyat xavfli);

- ota-onalarning istalmagan shaxsiy xislatlari (masalan, talabchan bo’lmagan ota va erkalatuvchi onaning uyg’unligi);

- bolaning o’rganish orqali oilada yoki guruxda delinkvent qadriyatlarni (ochiq yoki yashirin) o’zlashtirishi.

Qoidadagiday, dastlabki onlarda bola frustratsiyani kechirayotib, ozriqip his qiladi, tushunish va yumshatish bo’lmaganida bu ixlosi tsaytish va yovuzlikka o’tadi. Tajovuz ota-onalar e’tiborini tortadi, bu esa o’z-o’zidan bola uchun muhim. Bundan tashqari, tajovuzdan foydalanib, bola ko’piicha atrofdagilarni boshqarib, o’z maqsadiga erishadi. Sekin-asta tajovuz va qoidalarni buzish sistematik tarzda istalgan natijani olish usuli sifatida foydalaniladi. Delinkvent axloq mustahkamlanadi.

M.Ratter va D.Gidler Voyaga etmaganlar jinoyatchiligi: tendentsiya va istiqbollar» tadkiqotida oilada erta bolalik rivojlashshshning xislatlari va individ bo’ysunishining keyingi darajasi o’rtasidagi aniq aloqani ko’rsatadilar, biroq ta’kidlaydilarki, oilaning bunday ta’siri mexanizmlari avvalgiday noaniq bo’lib qolmoqda. SHuningdek, ular ijtimoiy o’zgarshplar va jinoyatchilikning o’sishi o’rtasvdagi korrelyatsiyani bu aloqa mexanizmlariga tegishli bilimlarning etishmasligini qayta ta’kidlagan hodda ta’kidlaydilar. Voyaga etmaganlar misolida tadqiqotchilar shunday xulosaga keldilar, jinoiy axloq uchun ko’plab sabablar mavjud. Bular teigdoshlar guruhi, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy o’rganish, biologik va vaziyatli omillar bo’lishi mumkin. Ularning nuqtai nazarlari bo’yicha profilaktikani birlamchi tushuntirishi yoki yagona strategiyani izlash bema’nilikdir.

Qonunga qarshi axloqning individual determinantlari psixologik tahlil uchun alohida qiziqishdan iboratdir.

Uz navbatida, individual xususiyatlar jinsiy farq bilan ahamiyatli tarzda belgilanadi. Masalan, yaxshi ma’lumki, qonunbuzar axloq ko’proq erkak jinsi uchun xarakterlidir. Ayollar jinoyatchiligining nisbiy ko’rsatkichlari erkaklarnikidan past.

Ayollar yoki erkaklarga xos bo’lgan jinoyatlar haqida gapirish mumkin. Bolalarni o’ldirish, fohishabozlik, magazinda o’g’rilik kilish kabi deliktlarni ko’pincha ayollar sodir etadiyaar. Erkaklar ko’pincha avtomobilni olib qochadilar, bosqinchilik qiladilar, o’g’rilik qiladilar, tan jarohati etkazadilar, o’ldiradilar. Tipik erkakcha jinoyat ham mavjudki, u zo’rlashdir.

YOsh omili ontogenezning turli bosqichlarida o’ziga xos axloqni belgilaydi. Qonunbuzarlikning yosh tezligi dinamikasi quyidagi obrazda ko’zga tashlanadi: ko’pchilik jinoyatchilarning yoshi 25 bilan 35 orasida kuzatilmokda; jinoyat miqdori hech so’zsiz 14 dan 29 yoshgacha o’sadi; eng ko’p hollarda jinoyat sodir etish 29 yoshga to’g’ri keladi; 29 dan 40 yoshgacha sekin-asta pasayish kuzatiladi; 40 dan keyin jinoyat qilish siyraklashadi.

SHubhasiz, antiijtimoiy axloq (masalan, tajovuzkordan farkli ravishda) haqida, ma’lum bir yoshga etgandan keyingina gapirish mumkin bizning nazarimizda, 6-8 yoshdan avval emas. Qoidadagiday, kichkina bola o’z axloqini, uni nazorat qilish va ijtimoiy me’yorlarga nisbatan etarlicha anglashi mumkin emas. Faqat maktabdagina bola ilk bor va haqiqatan printsipial ijtimoiy talablar bilan to’qnashadi hamda maktab yoshidan boshlab boladan axloqning asosiy qoidalariga qatiy amal qilishni kutish mumkin.

Turli yoshda delinkvent axloqning "sifatli"xususiyatlarining ko’rinishiga o’rin bor. Ontoggneznshg shk bostsichida ijtamoiy axloqning buzilishi bolaning psixik rivojlanishidagi muammolarni yoki avloddan-avlodga o’tuvchi xarakterga ega bo’lgan asabiy reaktsiyani o’zida aks ettiradi. Masalan, bolaning besh yoshida o’g’rilik qilishi giperfaollik, e’tibor va muhabbatga tabiiy ehtiyoj, yaqin odamini yo’qotish reaktsiyasi, intellektual rivojlanishdagi to’xtalish, zaruriy ozuqa va buyumlarni olish imkonsizligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Maktabga chiqish lahzasidan vaziyat printsipial tarzda o’zgaradi - bolada ulg’aygan psixik imkoniyatlari sharoitida shaxsning jadal ijtimoiylashuvi bosqichi boshlanadi. SHu vaqtdan boshlab bolaning ma’lum bir harakatlarini haqiqatan qonunbuzarlikka yaqin sifatda ko’rib chiqish mumkin. Kichik maktab yoshida (6-11 yosh) delinkvent axloq quyidagi shakllarda ko’rinishi mumkin: mayda bezorilik, maktab qoidalari va intizomni buzish, dars qoldirish, uydan kochib ketish, yolg’onchilik va o’g’rilik.

Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy krizis delinkvent axloqning, shu jumladan, yosh bolalar guruhlarida ham o’sishiga ko’maklashganini ta’kidlash lozim. Aholi bir qismining qashshoqlashuvi, jamoatchilik tarbiya institutlarining parchalanishi, jamiyat ko’rsatmalarining o’zgarishi - bularning barchasi qarovsiz turdagi asotsial bolani shahar ko’chalarining odatiy qahramoniga aylanshiiga olib keldi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ko’cha bezoriliklari (o’g’rilik, telefon avtomatlari yaqinidagi qalloblik, ta’magirlik) daydshshk, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan uyg’unlashadi. Albatta, bunday hollarda bolalarning deviant axloqi qonunan o’smirlar va katta yoshdagilarning delinkvent axloqiga o’tadi.

O’smir yoshida (11—16 yosh)gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun "odatiy" buzilishlar — o’g’il bolalarda — o’g’rilik va bezorilik, qizlarda - o’g’rilik va fohishabozlik. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, o’smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi guruh bo’lib amalga oshirilgan. Guruxda jazodan qo’rquv pasayadi, tajovuz va shafqatsizlik keskin kuchayadi, o’ziga va sodir bo’layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining birmuncha yuqori ko’rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko’pchilikni tashkil etuvchi ishqivozlarning "sayri" hisoblanadi.

V.N.Kudryavtsev hisoblaydiki, jinoiy karera, qoidadagidek, yomon o’qish va maktabdan begonalashishdan (unga salbiy-dushmanlarcha munosabat) boshlanadi. Keyin oilaviy muammolar va tarbiyaning "nopedagogik" usuli fonida oiladan begonalashish sodir bo’ladi. Keyingi qadam esa jinoiy guruhga kirish va jinoyat sodir qilish bo’ladi. Bu yo’lni bosib o’tishga o’rtacha 2 yil talab qilinadi. Mavjud bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda 60 foiz professional jinoyatchi (o’g’ri va firibgar) lar bu yo’lga o’n olti yoshlarida qadam qo’yganlar.

Determinatsiya bo’yicha o’smir huquqbuzarlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Birinchi guruhni ularning harakatlarga xiesiy reaktsiyasini noto’g’ri yo’naltiruvchi qator sabablar oqibatida rivojlanmay qolgan oliy tuyg’ular (uning xabari, majburiyat tuyg’usi, mas’uliyat, yaqinlariga ko’ngil qo’yish) yoki yaxshilik yoki yovuzlik haqidagi tasavvurlarga ega o’smirlar tashkil etadi.

Ikkinchi guruhga gipertrofik yosh reaktsiyasi bo’lgan o’smirlarni kiritash mumkin, bu ularning oppozshdion va antiijtamoiy axloq xarakteriga o’tishini ko’rsatadi (boshqa yoqimli sharoitlarda).

Uchinchi guruhni delinkvent axloqni bevosita o’z atrofidagilarga turg’un yuzaga chiqaruvchilar va kim uchun bunday axloqodatdagi me’yoriy (o’z o’zining salbiy obrazi, o’z-o’zining nazorati yo’qligi, sust rivojlangan vijdon, odamlarga ehtiyojiy munosabat bilan) hisoblanganlar tashkil etadi.

To’rtinchi guruhga psixik va asabiy xafagarchiligi bo’lgan o’smirlar taalluqlidir (ularda delinkvent axloq bilan birgalikda og’riqli simptomlar yoki intellektual rivojlanmaganlik belgalari ishtirok etadi).

Nihoyat, o’smirlarning ongli ravishda delinkvent axloqni tanlovchi (psixik xafagarchilik bilan azoblanmaydigan etarlicha o’z-o’zini nazorat qilishga ega va o’z tanlovining oqibatlarini tushunuvchi) beshinchi guruhi ajratiladi.

Birmuncha noxush progaostik belgilar (kelgusida antijamoatchilik axloqini shakllanishi planida) deb quyvdagilarni hisoblash mumkin: vijdon va aybdorlik tuyg’usining yo’qligi, patologik aldamchilik, odamlarga ehtiyojiy munosabat, beparvoliq, irkitliq, aniq ko’rinib turgan psixopatologiya.

Jinsiy va yoshdan tashqari, konstitutsional omil ajratiladi. Tadqiqotchilar konstitutsional xususiyatlar shaxs rivojlanishini antiijtimoiy tomonga yo’naltirishi mumkin, deb ta’kidlaydilar. Masalan, bolaning shptiyoqi shu qadar kuchli bo’lishi mumkiiki, u ochlik holatiga qiyinchilik bilan chidaydi, buning ta’siri ostida u o’g’rilikka qo’l urishi mumkin. YOki ehtimol, kichik bolalarda yaqin munosabatlar o’rnatish qobiliyatida aniq ko’rinib turgan individual farq mavjud.

Psixopatologiyaning (har qanday yoshda) shaxs delinkvent axloqiga ta’siri haqidagi masala munozarali bo’lib qolmoqda. «Psixik og’ishlar va antijamoatchilik axloq munosabatlarining muammosi — psixiatriyada eng murakkab va chalkashlaridan biridir», - deya ta’kidlaydi V.V.Korolev [10, 5-6.]. Delinkvent axloq bilan uyg’unlashuvchi anomaliyalarning birmuncha tarqalgani sifatida quyidagilarni aytadilar: psshopatiya, piyonistalik; asabiy xafagarchilik; bosh suyagi-miya jarohatlar va bosh miya organik kasalliklarining tsoldits ko’rinishlari; in-tellektual etishmovchilik [9, 10, 16].

Psixik anomaliyaga ega bo’lgan odamlar intellektual yoki hissiy-ixtiyoriy patologiya oqibatida o’z harakatlarini anglash va nazorat qilishning past layoqatini namoyon etadilar. Ayni damda tibbiy me’yordan og’ishishni garchi ular qator hollarda uyg’unlashsa-da, jinoiy harakatlarni chahiruvchi aniq sabablar deb hisoblab bo’lmaydi.

Psixik xafagarchilikning muayyan sharoitlar bilan uyg’unlashuvida odamning o’z jinoyati uchun tsonun oldida javob bera oladigan ahamiyatli tarzda pasaytiruvchi, ya’ni o’z harakatlarini anglash va ularni nazorat qilishga qodir patologik affektansh yuzaga kelishini kutish mumkin.

Ko’pgina mualliflar ham kam dalillangan, ko’pincha atrofdagilar uchun kutilmagan shafqatsiz qotillikni aynan patologik axloqning ko’rinishi sifatada ko’rib chiqadilar. YU.B.Mojginskiy [19] ko’rsatishicha, psixik xafagarchilik belgisisiz o’smirlar tomonidan sodir etilgan shunga o’xshash jinoyatlar holida ikkita patologik tendentsiya kuzatiladi: affektning buzilishi (ruhiy azoblanish holati, distimiya) va shaxs krizisi (psixopatik rivojlanish). Ushbu buzilishlar shaksiz aniq ijtimoiy-psixologik kontekst bilan uyg’unlashadi. Ular orasida muallif nizoli vaziyatlar, uzoq muddatli stress (oilada cho’zilib ketgan janjal), o’smir guruhlarining ta’siri (guruhli qadriyatlar va qodilara), to’laqonli emaslik kompleksi, ahamiyatsiz bo’jan tashqi xavfni nomlaydi.

X.Remshmidt o’smirlar delinkvent axloqining etiologiyasida boshqa psixik kasalliklar belgisisiz engil hissiy zararlar; qo’rquv, sog’inch yoki axloqning zo’ravonlik usuli bilan manifestlanadigan anits ko’rinib turgan xissiy buzshishlarna ajratadi.

Qator hollarda kayfshtning buzilishi mayl patologiyasi bilan uyg’unlashadi, masalan, kuydirish (piromaniya) yoki o’g’rilik (kleptomaniya) ga davriy engib bo’lmas tsizitsish bo’lgan patologik axloq. SHu qatorda qiziqishlar buzilishiga qochish va daydilikka moyillik taalluqlidir. Umuman olganda, buztgan tsizitsishlar sindromi quyidagilar bilan xarakterlanadi: impulsivlik, turg’unlik, shaxs uchun begonalik va engib bo’lmaslik. X.Remshmidt, ruhiy azoblanish holatidagi delinkventlarni yoritib, "qiziqish va tajovuzning kuchayishi" hamda "qiziqishning mutlaq yo’qolishi" holatshpshg almashinishi haqida gapiradi.

Keltirilgan ma’lumotlar affektiv ixtisosi shaxsning anshijtimoiy axloq bilan bog’langan va o’z navbatida, ichki hamda tashqi omillar yig’indisiga bo’ysunuvchi birmuncha ahamiyatli xislatlaridan biri xisoblanishi haqida gapirishga imkon beradi.

SHunday qilib, axloq determinatsiyasi bo’yicha delinkvent shaxsning bir necha asosiy guruxdarini ajratish mumkin:

Vazshtli tsonunbuzar (ko’pincha vaziyat taqozosi bklan qo’zg’atilgan qonunga qarshi harakatlar);

Submadaniyatli tsonunbuzar (antiijtimoiy qadriyatlar guruhlari bilan o’xshash bo’lgan buzuvchi);

Asabiy tsonunbuzar (intrapsixik nizo va xavotir natijasida chiquvchi asotsial harakatlar);

"Organik" tsonunbuzar (impulsivlik, intellektual etishmovchilik va affektivlik ustunligi bilan miya jarohati oqibatida sodir etiladigan qonunga qarshi harakatlar);

Psixotik tsonunbuzar (og’ir psixik buzilish - psixoz, ongning xiralashishi natijasida sodir etaladigan deliktlar);

Antiijtimoiy shaxs (shaxsiy chiziqlarining maxsus uyg’unligida yuzaga kelgan antijamoatchilik harakatlari: dushmanlik, oliy tuyg’ularning rivojlanmaganligi, yaqinlikka qodir bo’lmaslik).


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə