O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, 
fan, ishlab chiqarish.
1-rasm. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy 
qismlari 
Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni 
o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari 
bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida 
ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni 
tarbiyalab 
boradi. 
Shaxsda 
o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida 
kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy 
sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun 
shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga 
erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim. 
Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib 
shakllanadi. 
O’z-o’zini anglash tuyg’usiga ega bo’lish, ta’lim sohasidagi 
xizmatlardan to’laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy 
bilimlarni puxta o’zlashtirishga erishish shaxsga etuk mutaxassis 
bo’la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, 
Shaxs 
Davlat va jamiyat 
Uzluksiz ta’lim 
Fan 
Ishlab chiqarish 
Shaxs 
kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va 
obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni 
amalga oshiruvchidir. 


uning o’ziga bog’liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning 
kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat 
ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o’tish kafolatlanadi. 
Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda 
etilgan talablarni bajarishi shart. 
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka 
darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va 
xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi va uz bilimi hamda 
tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi». 
Shaxs kamoloti nafaqat o’zi uchun, balki davlat va jamiyat 
taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. 
Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega jamiyat har 
tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o’rtasidagi aloqa ikki tomonlama 
xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o’z 
fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini 
ro’yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun etarli darajada 
shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida 
davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o’zligini 
namoyon eta olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib berish 
mas’uliyatini o’z zimmasiga oluvchi subyekt sifatida namoyon 
bo’ladi. 
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali 
raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham 
uyg’unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: 

fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini 
oshirish huquqlarning ro’yobga chiqarilishiga; 

majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik litsey yoki 
kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida 
majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga; 
Davlat va jamiyat
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi 
kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. 



davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va 
oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; 

davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga; 

ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun 
shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida 
jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; 

ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-
quvvatlashga; 

sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim 
olishiga.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, 
shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va 
madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo’lib, ijodkor, 
ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori 
malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratadi. 
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi 
uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari 
hamda kasb-hunar ma’lumotlarini o’zlashtiradi, yuksak ma’naviy-
axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib 
boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. 
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim 
standart-lari hamda o’quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil 
etiladi.
Uzluksiz ta’lim quyidagi 
ta’lim turlarini
o’z ichiga oladi: 

maktabgacha ta’lim; 

umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim; 

kasb-hunar ta’limi; 

oliy ta’lim; 
Uzluksiz 
ta’lim
malakali, 
raqobatbardosh 
kadrlar 
tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat 
ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning 
faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. 



oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; 

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

maktabdan tashqari ta’lim. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri 
sifatida fan, yana shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan 
yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o’quv darsliklari 
va qo’llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga 
oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
Fan
yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqaruvchi bo’lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va 
jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental va 
amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida 
unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining 
ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot 
tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo’yicha 
axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga 
yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik 
xodimlarning ijtimoiy mavqei va obro’sini oshirishni va shu 
kabilarni qamrab oladi». 
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan 
foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo’lsa, 
bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o’zgardi. 
Fan
yuqori malakali mutaxassisni tayyorlaydi va ulardan 
foydalanadi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini 
ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish
– kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni 
shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan 
qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar 
tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan 
ta’min-lash jarayonining qatnashchisi. 


Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga 
nisbatan o’z talablarini qo’ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda 
yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab etishtirish yo’lida uzluksiz 
ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan 
qo’llab-quvvatlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Shu asosida 
kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi. 
Ta’lim 
sohasida 
amalga 
oshirilgan 
yangi 
islohotlar.
2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’rta 
muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini 
belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur 
hujjat asosida ta’lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. 
Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg’or xorijiy tajribalar asosida 
isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, 
O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O’zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to’g’risida» PQ-3305-son qarori asosida
respublikamizda ilk bor 
Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi 
tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va 
nodavlat 
tarmog’ini 
kengaytirish, 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, 
maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin 
oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama 
intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni 
Maktabgacha ta’lim vazirligi
o‘z faoliyatini O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida» 
2017-yil
30-sentabrdagi 
PF-5198-son 
Farmoni 
va 
«O‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga 
muvofiq amalga oshiradi. 


maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi 
«Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillash-tirish 
chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi. 
Mazkur 
farmonda 
quyidagilar 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati 
yo’nalishlari etib belgilandi: 
birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
ikkinchidan, ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda 
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar 
yaratish; 
uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 
muassasalari orasida sog’lom raqobat muhitini yaratish hisobiga 
barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga bosqichma-
bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va 
preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, 
bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining muqobil 
shakllarini amaliyotga tatbiq etish; 
to’rtinchidan, 
zamonaviy 
innovatsion 
pedagogik 
texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda 
usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida 
joriy etish; 
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi 
va bolalikdan kitob o’qishga qiziqishni uyg’otuvchi o’quv-metodik, 
didaktik materiallar, o’yin va o’yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan 
maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’minlash; 
oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni 
hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama 
rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir 
bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog 
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
ettinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini 
moddiy rag’batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali 


va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda 
tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish; 
sakkizinchidan, 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalari 
tarbiyalanuvchi-larining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida 
sog’lom va to’g’ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib 
sharoitlar yaratish, ko’ngilochar va bilim beruvchi mashg’ulotlar 
elementlari bo’lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy 
taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o’yinlar va mashqlar 
uyushtirish; 
to’qqizinchidan, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida 
bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda ularning hayoti va 
sog’lig’ini himoya qilish bo’yicha profilaktika chora-tadbirlarini 
muvofiqlashtirish. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi 
«O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini 
takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-3304-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar O’zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari 
etib belgilansin: 
birinchidan, xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan 
yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy o’rta va 
maktabdan tashqari ta’limni har tomonlama rivojlantirish, 
o’quvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada 
yuksaltirish; 
ikkinchidan, o’rta ta’lim maktablari hamda o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari o’rtasida o’zaro integratsiyani ta’minlash 
orqali 11 yillik o’rta ta’limni joriy etish bo’yicha tashkiliy-metodik 
tadbirlar tizimini amalga oshirish; 
uchinchidan, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf 
o’quvchilariga kasb-hunar o’rgatish hamda umumiy o’rta ta’limning 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil
30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori asosida
O‘zbekiston 
respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati takomillashtirildi. 


davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga 
qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta’limi muassasalari 
faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o’quvchilarga kasb-hunar 
o’rgatishda metodik rahbarlik qilish; 
to’rtinchidan, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida chet tillarini 
o’qitish samaradorligini ta’minlash, o’quvchilarni kasb-hunarga 
yo’naltirish va mehnat ta’limini yaxshilash bo’yicha kompleks 
chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
beshinchidan, o’quv-tarbiya jarayoniga o’qitishning zamonaviy 
ilg’or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, 
o’quvchilarning o’quv, psixologik va jismoniy yuklamasini 
optimallashtirishni hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaning samarali 
shakllari va usullarini joriy etish; 
oltinchidan,
mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob 
beradigan, 
ilg’or 
pedagogik 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo’llagan holda yangilangan o’quv reja va 
dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o’quv va o’quv-metodik 
adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil 
qilish; 
yettinchidan, mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-
onalar 
qarovisiz 
qolgan 
bolalarning 
ijtimoiy-psixologik 
reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning 
ijtimoiy-mehnat ko’nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga 
uyg’unlashuviga ko’maklashish; 
sakkizinchidan, rivojlanishida turli nuqsonlari bo’lgan hamda 
davolanishga va sog’lomlashtirishga muhtoj bo’lgan bolalarning 
(shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-
tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya 
olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari 
cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari 
(maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish; 
to’qqizinchidan, xalq ta’limi muassasalarida O’zbekiston yoshlar 
ittifoqi bo’limlari faoliyatini samarali yo’lga qo’yish orqali 
o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, 
insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga 
mustaqillik g’oyalarini yanada chuqur singdirish, «ommaviy 


madaniyat» ko’rinishidagi yot g’oyalarga qarshi immunitetni 
mustahkamlash; 
o’ninchidan, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari 
bajarilishining tizimli monitoringini olib borish; 
o’n birinchidan, ta’lim muassasalarida byudjet mablag’laridan 
maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjet intizomiga rioya 
etishni ta’minlash; 
o’n ikkinchidan, ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan 
samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini 
olib borish. 
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz 
ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga 
davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi 
«Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida
»gi PF-5313-son Farmoni 
qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o’quv yilidan boshlab 
majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim 
maktablarida, 
shu 
jumladan, 
ixtisoslashtirilgan 
maktablarda, 
ixtisoslashtirilgan 
san’at 
va 
madaniyat 
maktab-internatlarida, 
ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda 
akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o’quv 
yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish 
umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, 
ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 
6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshirilishi 
belgilab berildi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2018-yil
25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar 
ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, 
majburiy 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
umumta’lim 
maktablarida, 
kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik
asosida kasb-
hunar kollejlarida amalga oshiriladi.


Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari 
ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish, 
o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda 
kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan 
kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga shart-
sharoitlar yaratish, o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish 
va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim 
muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim 
berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil 
etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 868-son qarori qabul qilindi. 
O’quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta’lim berishning 
vazifalari etib quyidagilar belgilab qo’yildi: 
o’quvchilar 
tomonidan 
kasb-hunar 
ko’nikmalarining 
o’zlashtirilishini 
ta’minlash, 
maxsus 
va 
chuqurlashtirilgan 
tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o’rgatish orqali ularning 
kasb-hunar olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish; 
kasbiy ta’lim berish jarayonida «usta-shogird» an’analari, 
mahalliy va xorijiy ilg’or tajribani o’rgangan holda eng maqbul 
usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va 
kasbiy 
ta’lim 
berish 
jarayonining 
metodik 
ta’minotini 
takomillashtirib borish; 
kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali 
kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash; 
o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini 
tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat 
faoliyati bilan faol shug’ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi 
bo’lishlarini ta’minlash; 
O‘quv-ishlab chiqarish majmuasi
– o‘quvchilarga kasbiy 
bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat 
va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning o‘ziga 
xos 
kasbiy 
qobiliyatlari 
va 
sifatlari 
rivojlantirilishini 
ta’minlaydigan ta’limni tashkil etish shakli. 


mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik 
talab etilmaydigan kasblar bo’yicha raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashni ta’minlash. 
Akademik litsey – o’rta maxsus o’quv yurti. Akademik litsey 
o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning 
chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim 
olishlarini ta’minlaydi. Akademik litseyda o’quvchilar o’zlari tanlab 
olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) 
bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur 
o’rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega 
bo’ladilar.
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning 
demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning 
oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan 
olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini 
ko’rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini 
optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini 
yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim 
muassasalariga o’qishga kirish ko’rsatkichlarini tubdan yaxshilash 
bo’yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo 
bo’lmoqda. 
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda 
akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan 
oshirish, 
akademik 
litseylarda 
umumta’lim 
maktablarining 
eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari 
bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab 
olishga 
bo’lgan 
ehtiyojini qondirish 
uchun 
shart-sharoitlar 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14 
martdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2829-son 
qarori qabul qilindi. 
Akademik litsey
o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini 
jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-
hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.


Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim 
vazifalari va faoliyati yo’nalishlari belgilab berildi: 
umumta’lim maktablarining eng iste’dodli o’quvchilarini tanlash, 
ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o’qishni 
oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur 
tayyorlash; 
o’quvchilarning 
ijodiy 
salohiyati 
namoyon 
bo’lishi 
va 
faollashishiga ko’maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir 
o’quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan
holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat 
ko’nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini 
yaratish; 
ilg’or 
mahalliy 
va 
xorijiy 
ta’lim 
muassasalarining 
tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning 
zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy 
ravishda yangilab borish. 
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib 
chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, 
xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar 
tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi
«Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan qarorga ko’ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini 
kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib 
belgilandi: 
har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi etakchi 
turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik 
aloqalarini yaqindan yo’lga qo’yish, o’quv jarayoniga xalqaro 
ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o’quv-metodik materiallarni 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi
«
Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.


keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet 
el o’qituvchilari va olimlarini jalb etish; 
oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini 
shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo’nalishlari 
va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo’yicha joriy 
etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot 
tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini 
inobatga olgan holda optimallashtirish; 
yangi avlod o’quv qo’llanmalarini yaratish va oliy ta’lim 
tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy 
o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, 
eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish 
negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab 
borish; 
pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat 
jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy 
xodimlarning stajirovkadan o’tishini yo’lga qo’yish, oliy ta’lim 
muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura 
dasturlari asosida o’qitish; 
oliy 
ta’lim 
muassasalarining 
ilmiy 
salohiyatini 
mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada 
rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini 
kuchaytirish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati 
samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat 
bilan shug’ullanishga jalb etish; 
oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, 
talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini, 
xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga 
sadoqat tuyg’usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va 
begona bo’lgan g’oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet 
va tanqidiy munosabatni shakllantirish; 
oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning 
o’quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va 
ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash 


va rekonstruksiya qilish orqali 
yanada 
mustahkamlash, 
zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha 
o’quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar 
bilan ta’minlash; 
oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o’qituvchi 
va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg’or ta’lim resurslari, 
ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bo’yicha elektron 
kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o’quv yurtidan 
keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida» 2017 yil 16 
fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 22-mayda «Oliy o’quv yurtidan keyingi 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»
Qarori qabul qilindi. 
Tayanch doktorantura
— O’zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti 
mablag’lari 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan, 
ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va 
doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida 
ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha falsafa doktori 
(PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil 
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari 
bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. 
Doktorantura
— O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik 
dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular 
tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha fan doktori (DSc) 
ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil 
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari 
bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. 
Mazkur qarorga muvofiq, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi: 
tayanch 
doktorantura; doktorantura; mustaqil izlanuvchilik. 


Mustaqil izlanuvchilik
— ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 
doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida 
mutaxassislikni chuqur o’rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar 
bo’yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy 
darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan 
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo’yicha oliy o’quv 
yurtidan keyingi ta’lim shakli. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Oliy 
ta’lim 
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga 
muvofiq oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o’qitish shakllari va 
usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy 
talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 
2015-yil 
20-avgustdagi 
«Oliy 
ta’lim 
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi 242-son qarori bilan «Oliy ta’lim muassasalarining 
rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish kurslari to’g’risida»gi Nizom tasdiqlandi. 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori 
bilan mazkur Nizomga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi. 
Yuqorida qayd etib o’tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash 
va malaka oshirish kurslarida o’qish tasarrufida oliy ta’lim 
muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda 
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi — 
yangi kasbiy 
bilimlar, mahoratlar, zamonaviy ko‘nikmalar hamda boshqaruv 
va pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda va yetarli
darajada hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-
ta’lim jarayoniga talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan 
darajada vakolatlarni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi 
o‘qitish shakli. 


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi 
o’quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 
soat hajmdagi o’quv dasturlari bo’yicha ikki oy davomida, ishdan 
ajragan holda amalga oshiriladi. 
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari 
o’qishni tugatgandan keyin attestatsiya komissiyalari tomonidan 
o’tkaziladigan 
attestatsiyadan 
o’tishlari 
kerak. 
Attestatsiya 
komissiyasi tegishli sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, 
ilmiy kengash a’zolari, o’quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik 
mutaxassislar safidan kamida 7 kishidan iborat bo’lgan oliy 
ta’lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish 
bo’yicha ilmiy kengash raisi boshchiligida shakllantiriladi. 
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgan qayta tayyorlash va malaka 
oshirish kurslari tinglovchilariga qat’iy hisobda turadigan davlat 
namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’qish yakunlari 
bo’yicha attestatsiyadan o’tmagan oliy ta’lim muassasalarining 
rahbar va pedagog kadrlari bir yil mobaynida pulli asosda 
o’qishning tegishli yoki turdosh yo’nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha 
keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida 
attestatsiyadan o’tishadi. 
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta 
tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran o’zlashtirishi 
asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning o’quv dasturlarini 
mustaqil ravishda yoki masofadan o’qitish usullari orqali 
o’zlashtirish asosida amalga oshiriladi. 
Mustaqil ravishda yoki masofadan o’qitish usullari orqali qayta 
tayyorlash va malaka oshirish kurslari o’quv dasturlari bo’yicha 
tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. 
Yakuniy attestatsiya tegishli yo’nalishlar bo’yicha tayanch oliy 
ta’lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’qish yakunlari 
bo’yicha attestatsiyadan takroran o’tmagan yoki asosiy ish joyi 
bo’yicha belgilangan muddatda qayta tayyorlash va malaka oshirish 


kurslaridan takroran o’tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan 
tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda 
bo’sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan 
muddatidan qat’i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda 
ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Bunda ular o’z pedagogik 
faoliyatini 
boshqa 
ta’lim 
muassasalarida 
(oliy 
ta’lim 
muassasalaridan 
tashqari) 
davom 
ettirishi 
yoxud 
boshqa 
tashkilotlarda ishlashi hamda o’zining kasbiy malakasini mustaqil 
ravishda oshirishi mumkin. 
1.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsad va 
vazifalari nimalardan iborat? 
2.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlariga izoh 
bering. 
3.
Uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilinishi qanday omillar bian 
bog’liq? 
4.
11 yillik majburiy ta’limga o’tilishining sabablarini izohlang. 
5.
O’quv-ishlab chiqarish majmuasining asosiy maqsadini 
tushuntirib bering. 
6.
Kasb-hunar ta’limini tashkil etishga yangicha yondashuvnii 
qanday baholaysiz? 
7.
Oliy ta’lim tizimining isloh qilinishi asosida qanday 
natijalarga erishiladi? 
8.
Oliy o’quv yurtidan keying ta’lim bosqichlariga izoh bering. 
9.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishga qo’yiladigan talablarga baho bering. 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


1.2. PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI 
TO’G’RISIDAGI FAN. ILMIY-PEDAGOGIK 
TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI 
Tayanch so’zlar: 
pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, 
predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani 
metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. 
Pedagogika
(yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va 
gogike 
– 
«yetaklayman») 
ijtimoiy 
tarbiyaning 
umumiy 
qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga 
muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning 
mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy 
fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni 
milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish 
muammolarini o’rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – 
uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois 
didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim 
tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Didaktika 
(ta’lim 
nazariyasi, 
yunoncha 
didaktikos 
«o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, 
ta’lim 
jarayonining 
mohiyati, 
qonun 
va 
qonuniyatlari, 
tamoyillari,o’qituvchi va o’qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, 
mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini 
takomillashtirish yo’llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Tarbiya 
nazariyasi 
– 
pedagogikaning 
muhim 
tarkibiy 
qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya 
turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini 
o’rganadi. 
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, 
estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo’nalishlarda 
tashkil etiladi. 
Pedagogika 

 
ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda 
o’rganadigan fan sohasi. 


Pedagogika fanining vazifalari. 
Pedagogika fani shaxsni 
shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat 
taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani 
maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar 
mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida 
yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda 
huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak 
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg’ot xorijiy tajribalar 
asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal 
etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor 
qaratiladi: 
2-rasm. Pedagogika fanining asosiy vazifalari 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə