O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

beshinchi 
bo’g’in
ta’lim 
oluvchilarning, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan 
bilim, ko’nikma va malakalarini 
yakuniy tekshirish va hisobga 
olishdir
. O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o’quv 
yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni qo’shib, o’rtacha 
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo’lmasligi 
lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga 


muvofiq tarzda amaldagi ta’lim olganlik darajasi (sifati)ni 
tashxislashdir. 
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon 
sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi.
O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari 
va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash 
belgilari va xokazolar baho ko’rinishida qayd etiladi. O’quvchining 
o’zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) 
asos bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor 
ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
O’qituvchi 
o’qitish 
bilan 
bir 
vaqtda 
o’quvchilarning 
o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga 
harakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini 
hisobga olib borishi kerak.
Hisobga olish natijasida o’qituvchi ham, o’quvchi ham 
o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini 
belgilaydi. O’zlashtirishni hisobga olish o’quvchilarning bilish 
faoliyatini rag’batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun 
uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o’zlashtirishni hisobga 
olish o’qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O’qitish metodlari 
va 
shakllarining 
tabora 
takomillashuvi 
natijasida 
baho 
o’qituvchining pedagogik mahorati ko’rsatkichiga aylanmoqda va 
o’qituvchining o’z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga 
ega bo’lmoqda. 
Baholash
deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida 
ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan 
solishtirishni aytamiz. 
Baho
deb baholashning ball shaklida 
ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Hisobga olish
– bu o‘qitishning muayyan bir davrida 
o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash. 


 
Nazorat qilish
vazifasi o’quvchilarning bilim, ko’nikma va 
malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o’quv 
materiallarini 
o’rganishning 
keyingi 
bosqichiga 
o’tish 
imkoniyatlarini 
aniqlashtiradi 
hamda 
o’qituvchining 
o’quv 
metodlarini va usullarini to’g’ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat 
qilish vazifasi o’quv materiallarini o’rganishning maqbul yo’llarini 
topish bilan bog’liqdir. 
O’qitish vazifasi
 
o’quvchilarning bilimini tekshirishda aniq 
ko’rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy 
vazifalarini 
tekshirishda 
o’quvchilarning 
o’tilgan 
mavzuni 
takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo’lgan ma’lumotlarni bilib 
olishlariga imkon tug’iladi.
Nazoratning 
tarbiyalash vazifasi
shundan iboratki, o’quvchilar 
tekshirishga 
tayyor 
bo’lish 
uchun 
darslarni 
o’z 
vaqtida 
tayyorlaydilar, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat 
qiladilar, intizomga o’rganadilar. 
Agar nazoratning o’qitish va tarbiyalash vazifalari to’g’ri amalga 
oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg’ulari va 
axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu esa o’z-o’zidan 
nazoratning 
rivojlantiruvchi vazifasi
sanaladi. 
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari

Pedagogikada o’quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va 
nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng 
muhimlari
 
xolislik 
(obyektivlik), 
tizimlilik 
(sistemalilik), 
ko’rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. 
Xolislik (obyektivlik)
tashxis 
testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy 
asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona 
munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda 
belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi 
qo’yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis 
o’tkazgan o’qituvchidan qat’iy nazar xamma vaqt mos kelishini 
anglatadi. 
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirish 
vazifalari
ni bajaradi. 


Tizimlilik (sistemalilik)
tamoyilining talabi shundan iboratki, 
tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – 
bilimlarni boshlang’ich idrok etishdan to amalda qo’llashgacha 
bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik barcha ta’lim 
oluvchilar o’quv muassasida bo’lgan birinchi kundan boshlab 
oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim 
oluvchining bilimi va egallashi lozim bo’lgan barcha jihatlarni 
ishonchli tekshirish uchun ta’lim nazoratini tez-tez o’tkazish kerak. 
Tizimlilik tamoyili tashxis o’tkazishga bir butun yondashuvni talab 
etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, 
metodlari, vositalari uzviy o’zaro bog’liqlikda va birlikda 
qo’llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv 
tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo’l 
qo’ymaydi. 
Ko’rgazmalilik (oshkoralik)
 
tamoyili avvalo barcha ta’lim 
oluvchilar-ni aynan bir xil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan 
o’tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir 
o’quvchi reytingi ko’rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik 
tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni 
talab etadi. Baho mo’ljal (orientir) bo’lib, ta’lim oluvchilar unga 
muvofiq o’zlariga qo’yiladigan talablar va pedagogning xolisligi 
haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti 
tashxislash natijalarini e’lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar 
ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning 
istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi. 
O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari, 
shakl va metodlari.
Hozirgi davr pedagogik amaliyotida 
o’quvchilar o’quv faoliyatini nazorat qilishning qo’yidagi 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə