O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

homo s
a
pi
e
ns”- “ongli od
a
m”
)ning paydo bo’lishi bilan 
bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi 
o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar 


uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va 
mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar. 
Co’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich 
yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va 
qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar 
paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini 
tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon 
uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi 
haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi. 
O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland 
bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va 
muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni 
tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, 
ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani 
asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar. 
Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. 
Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. 
Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga 
oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari, atrof-muhit haqidagi 
tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov 
qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi. 
Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi 
bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda 
boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda 
guruh
lar – kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi. 
O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-
mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-
mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi. 
Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga 
kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i 
bo’yicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi. 


1.2.2.
Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida 
Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi 
tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi 
amaliy pedagogik bilimlar va tajribasining sohasidir.
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq 
tarbiya tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar
ma’lumotlar, malakalar va ko’nikmalarning zamonaviy maktab va 
oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va o’quvchi-yoshlarni tarbiyalash 
maqsad va vazifalarini hal etish uchun zarurligi(qulay shart-sharoiat 
yaratishi) tushuniladi.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq 
ommasining yoshlarga bilimlar va amaliy ko’nikmalar berish, ularni 
ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini 
o’stirish va axloqiy nafosat g’oyalarini egallashlarida qo’llab kelgan 
empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy maktab o’qitash 
jarayonida qo’llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy 
amaliy san’atga o’rgatishning xalq orasida tarkib topgan uslubiyotini 
xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish 
mumkin. Xususan, ganch va yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, 
musiqa asboblari yasash, kulolchilik va boshqa ko’plab amaliy 
can’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan 
tajribada yaratilgan o’z usullari, uslub va vositalari mavjud. Ulardan 
milliy maktabdagi mehnat ta’limi darslarlda yoki to’garak 
mashg’ulotlarida o’quvchilarga bilimlar va amaliy ko’nikmalar 
berishda foydalanish mumkin. 
O’zbek xalq poetik ijodida bolalarni oilada va bola yashab 
turgan muhitda insoniy fazilatlarni tarbiyalashning juda uzoq 
zamonlardan beri davom etib kelayotgan o’ziga xos xilma-xil metod 
va vositalari mavjud ekanligi ko’rinadi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq 
pedagogikasida qo’llaniladigan: tushuntirish, namuna ko’rsatish, 
odatlantirish (o’rganish, mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak 
bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko’ndirish, undash, 
ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo’l tilash), taqiq 
qilish, ta’na (gina, o’pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur 


qilish, tanbeh berish, koyish, qarg’ash, qo’rqitish, uzr so’rash, ont - 
qasam ichirish, la’natlash, so’kish, urish, kaltaklash metodlari 
bo’lsada, yoshlarning insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan: 
o’git-nasihat, ibrat ko’rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash, 
mukofotlash, qoralash - qarg’ish, jismoniy jazo berish kabi 
metodlardan foydalanilgani ko’zga tashlanadi. 
1.2.3. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya 
masalalarining yoritilishi
“Avesto”dagi 
ta’limiy-axloqiy 
g’oyalar. 
“Avesto” 
– 
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq 
falsafiy qarashlarini o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni 
kamolotga 
erishuvida 
mehnat, 
ezgulik, 
insoniylik, 
soflik, 
bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan. 
Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə