O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

“shohruhiy” 
dinorga teng bo’lgan. Bu 


mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, shu jumladan 
jamoat qurilishlariga sarf etgan. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil 
anhori bo’yida bir qancha binolar: “
Ixlosiya” 
madrasasi, uning 
qarshisida 
“Xolisiya” 
xonaqohi, “
Qudsiya” 
jome’ masjidi, 

Shifoiya” 
davolash uyi, “
Safoiya” 
hammomi, va ular qoshiga 
toshhovuz qurdiradi. Binokorlik ishlari Hirotning qator mohir 
me’mor, muhandis, banno va naqqoshlari tomonidan bajariladi. 
“Ixlosiya” madrasasi va “Xolisiya” xonaqohida bir necha ming kishi 
istiqomat qilib, fan, adabiyot va san’at bilan mashg’ul bo’lgan. 
O’sha davr tarixchisi Xondamirning yozishicha “Xolisiya” 
xonaqohida har kuni zaifa saqlab qolish, fursat boy berilgan 
davrlarda esa istiqlol uchun xalqimiz birdamlik bilan oyoqqa turdi, 
“yo hayot, yo mamot” shiori ostida qahramonona kurashdi.
Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. 
Mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga 
urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va 
olg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi 
katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni 
boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va 
nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli 
xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq 
uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat 
bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”. 
“Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham 
qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, 
u esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima 
etsin. 
Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday 
kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday 
bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird 
podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi. 
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, 
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. 
Jomiy uchta
lirik devon, etti dostondon iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”), 


ta’lim-tarbiyaga oid “Bahoriston” asarlari bilan jahon madaniyati 
taraqqiyotida munosib o’ringa ega bo’ldi.
Jomiyning ‘Lujjat ul-asror” (“Sirlar dengizi”, 1475), “Ashiat ul-
lamoat” (“Yiltillagan nur”, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga 
bag’ishlangan. Dostonlarida xalq ommasining eng yaxshi orzu-
umidlarini kuylagan. 7 dostondan iborat “Haft avrang” (“Etti taxt” 
yoki “Katta ayiq”, 1480—87)dagi “Silsilat uz-zahab” (“Oltin 
zanjir”, 1472), “Tuhfat ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”, 1481—82), 
“Sibhat ul-abror” (“Taqvodorlar tasbehi”, 1482— 83) dostonlarida 
yuksak xulq-atvor mezonlarini targ’ib qilgan, kishilarni ma’rifatga, 
yurtparvarlikka, to’g’rilik, insof va iymonga chaqirgan. 
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning 
Guliston asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft 
avrang”ga kirgan “Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz
zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida ifodalangan.
Bu dostonlarda va “Bahoriston”da Jomiy hakiqiy kamolotga 
erishgan inson haqidagi qarashlarini bayon etadi. 
Jomiy o’zining mashhur “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) 
dostonida esa “Sevimli aziz farzandga nasihat” bobida, avvalo har 
bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo’lib,
bu ulfni behuda o’tkazmasligi, ammo bilim olgandan so’ng
unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm 
ham behuda ekanligini alohida uqtiradi.
Abdurahmon Jomiy hikmatlaridan 
Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo’l,
Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon ol yo’l. 
Har bir kishiga bu so’z, oyna kabi ayondir, 
Dono tirik hamisha, nodon o’liksimondir. 
Eng zarur bilimni qunt bilan o’rgan,
Zarur bo’lmaganin axtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin,
Unga amal qilmay umr o’tkurma. 
Kimning qalb diliga kirdi qanoat,
Hirs bilan ta’madan qutuldi bori. 


Qanoat gilami to’shalgan erda,
Sindi ochko’zligu ta’ma bozori. 
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,
Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom... 
Jaloliddin 
Davoniyning 
axloqiy 
qarashlari. 
Jaloliddin 
Davoniy (to’la nomi Jaloliddin Muhammad ibn Asad as Siddiqiy ad 
Davoniy) (1427 — Davon qishlog’i, Eron — 1502) — sharq olimi, 
faylasufi. Yoshligidan ilm-fanga, xususan fiqhshunoslikka qiziqadi. 
Maktabni bitirgach, Sherozga kelib madrasada tahsil ko’radi. So’ng 
Sheroz shahri qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan iste’foga chiqqach, 
mudarrislik qiladi. Umrining oxirida o’z qishlog’iga qaytib, ilmiy 
ish bilan band bo’ladi. Davoniy Eron, Hindiston, Iroqning ko’p 
shaharlarida bo’lib, olim va shoirlar bilan uchrashdi. Forobiy, Ibn 
Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning dunyoqarashini o’rgandi, 
Temur va temuriylar davrida yashagan mutafakkirlar asarlaridan 
unumli foydalandi. U falsafa, axloqshunoslik, mantiq, fiqh, 
falakiyot, riyoziyot va handasa fanlari muammolarini tadqiq qilib 
asarlar yozdi. Bu asarlarida inson va uning kamoloti, ilm-fan va 
uning jamiyatdagi o’rni, kasb-hunar, yuksak insoniy fazilatlarni 
egallash haqida fikr yuritdi. Davoniyning asosiy asarlari: «Axloqi 
Jaloliy», «Risolatul-xuruf» («Harflar haqida risola»), «Risolayi 
isboti vojib» («Zaruriyatning isboti haqida risola»), «Risola ul-
mufradot» («Moddalar haqida risola»), «Risolayi fi tavjix ultashbih» 
(«Majoz talqini xaqida risola»), «Risola dar elm un-nafs» 
(«Ruhshunoslik to’g’risida risola»), «Tariqati tarbiyat ul-avlod» 
(«Bolalarni tarbiyalash usuli») va b. Davoniyning fors va arab tilida 
bitilgan qo’lyozma hamda toshbosmada bosilgan risolalari 
dunyoning ko’p kutubxonalarida, shu jumladan O’zbekiston Fanlar 
akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 
institutida saqlanadi. 
“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi 
o’rni. 
Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag’ishlangan “Axloqi 
Jaloliy” asari dunyoning ko’p tillariga tarjima qilingan. Asar uch 
qismdan iborat. Birinchi qism – axloq faniga, ikkinchi qism – 
“Odamning ichki holati” oilaviy hayotiga, uchinchi qism – “Shahar 


Jaloliddin Davoniy
Аbdurahmon Jomiy
(davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati” deb nomlanib, unda 
muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko’tariladi.
Davoniy inson o’zining aqliy qobiliyatini tarbiyalash uchun 
quyidagilarga amal qilish lozimligini uqtiradi: 1) zehn o’tkirligi; 2) 
fahmlilik; 3) zehn ravshanligi; 4) bilimni tez egallash qobiliyati; 5) 
qo’yilgan muammoni tezda anglashi; 6) yodlash qobiliyati; 7) xotira.
Davoniy insonga foyda keltiradigan kasb-hunarni uchga bo’ladi:
1) inson aqliy faoliyati bilan bog’liq; 2) ta’lim-tarbiya natijasida 
vujudga keladigan; 3) kishilarning shijoati, jasurligi bilan bog’liq. 
Davoniy insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi: donolik, adolat, 
shijoat, iffat. 
Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab 
kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g’azab va 
hissiyotga bo’ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi 
mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi tufayli u g’azab va 
quvvatini o’ziga buysundira olmaydi. Inson aqli bo’la turib g’azabni 
buysundira olmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas. 
Quyida keltirilgan diagramma bilan tarnishing. Abduraxmon 
Jomiy va Jaloliddin Davoniylar pedagogik qarashlarining
o’ziga 
xosliklarini diagrammaning kesishmaydigan joylariga yozing. 
Doiralarning kesishgan joyida ikkita mutafakkir qarashlaridagi 
umumiy fikrni yozing. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


VI BOB. XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGACHA 
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI 
Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. 
XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyoda bir nechta turdagi talim 
muassasalari (

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə