O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

usuli jadid” 
maktablari ochildi. Uni bitrganlar orasidan Turkiston 
manaviy-marifiy dunyosini milliy uyg’onishiga kuchli ijobiy tasir 
qiladigan zabardast namoyandalar etshib chikdi. Ularning 
“birinchisi”, “Turkiston jadidlarining otasi” – 
Mahmudxo’ja 
Behbudiy
dir. Mahmudxo’ja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida
Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida 
dunyoga keldi. Otasi 
Behbudxo’ja Solixo’ja o’g’li 
Ahmad Yassaviy 
avlodlaridan bo’lib, onasi esa, asli xorazmlik bo’lgan. Otasi 1898-yil 
vafot etgach, u tog’asi, 
qozi Muhammad Siddiq 
tarbiyasida bo’lib, 
undan arab, forsiy tllarini chuqur o’rganadi. Behbudiy dastlab 
Samarqand, so’ngra Buxoro madrasalarida tahsil oladi. Tnimsiz va 
qunt bilan o’qib, imom-xatb, so’ngra qozi, muft darajasiga 
ko’tariladi. 
Bu 
mansablar 
shariatning 
yuqori 
maqomlari 
hisoblangan. 
Safardan qaytb kelgach, yangi usul maktablarini ochish yo’lida 
g’ayrat ko’rsatadi. Shunday maktablardan birini Behbudiy 
Samarqandda birinchilardan bo’lib 1904 yilda o’z uyida tashkil 
qildi.


Mahmudxo’ja Behbudiy 1911-yilda “Padarkush” nomli drama 
yozdi. U bu asarida o’zining sevimli mavzusi — barchani ilm-
marifatli bo’lishga cha-qirish, ilmsizlik balosini daf qilish g’oyasini 
qalamga olgan. 
Munavvar qori Abdurashidxonov Vatan va millat fidoyisi, 
mustamlakachilikning chorizm va sho’ro ko’rinishlarini ayovsiz 
fosh qiluvchi marifiy, siyosiy arbob, tolmas kurashchi, jadidchilik 
harakatning yirik namoyandasidir. Munavvar qori ham “usuli 
savtya” maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumat Turkiston 
o’lkasidagi aholini qanday manaviy-madaniy uzlatda saqlayotganini 
va undan qutulish choralari faqat maktab talim-tarbiyasidagi keskin 
islohotga bog’liqligini to’g’ri tushuygan holda chor hukumatning 
mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda faollik 
ko’rsatdi: mana shu maqsad yo’lida Toshkentda ilg’or fikrli ziyolilar 
va turli guruhlardan iborat “Turon” jadidlar jamiyatni tashkil etdi, 
O’zi takidlaganidek: “Chor hukumatni yo’qotsh jadidlarning tlagida 
bor edi. Siyosiy vazifamiz va maqsadimiz ham shundan iborat 
bo’lishn yashirin emas”.
Munavvar qori ochgan yangi usul «Namuna» maktabida bir 
necha yuz bola o’qigan. Bu maktabda tayyorgarligi ancha jiddiy 
bo’lgan istedodli yoshlar o’qituvchilik qilishgan. Munavvar qorining 
o’zi esa jadid maktablari uchun yangi tovush («usuli savtya») 
usulida darsliklar - «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907)) alifbosi 
va «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907), «Er yuzi» («Jug’rofiya»), 
«Havoyijon diniya» (1907) kitoblarini yozib chop ettrgan. Bular 
o’lkadagi jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatda bir necha bor 
qayta nashr etldi. 
Abduqodir Shakuriy
(1875-1943) Samarqand shahri yaqinidagi 
Rajabamin qishlog’ida 1901
yilda yangi usuldagi maktabni tashkil 
qiladi. Yangi usuldagi bu maktabda arifmetka, tabiatshunoslik kabi 
dunyoviy fanlar o’qitlardi. Shakuriy o’zi ochgan yangi usuldagi 
maktabida arab tlining qoidalari va harflarni o’qitshga jiddiy etbor 
bergan holda, o’quvchilarni so’z bo’g’inlari bilan tanishtrar va shu 
bo’g’inlar asosida bolalar uchun tushunarli sodda so’zlarni tuzardi.
Shakuriy 1907-yilda bolalarning yosh xususiyatga muvofiq 
tarzda axloq, odob va turmush qoidalaridan dastlabki malumot 


berish maqsadida «Jomeul – hikoyat» («Hikoyalar to’plami») nomli 
ikkinchi kitobini tuzadi. Bu kitob boshlang’ich maktabning II, III 
sinflari uchun terma kitobdir. Kitobdan 48 ta kichik-kichik odob-
axloq mavzusidagi hikoyalar va 15 ta sheriy asarlar o’rin olgan. 
Uning uchinchi o’qish kitobi «Zubdatul ashor» deb ataladi. 
Muallifning bu o’qish kitobini tuzishdan asosiy maqsadi 
o’quvchilarning 
olgan 
bilimlarini 
takomillashtrish 
va 
mustahkamlash bilan birga ularda sheriyatni o’rganishga havas 
uyg’otsh va ularni (o’zbek, tojik, ozarbayjon) klassik adabiyot 
namunalari bilan tanishtrishdan iborat edi. 
Muallim Shakuriy o’z o’quvchilari uchun yilda bir marta 
umumiy imthon
Abdulla Avloniy
(1878-1934) «Tarjimai holi»da yozadi: «1900 
yilda uylanib, oila boshlig’i bo’lib qoldim. Shu yilda otam o’lib, 
o’gay onam bilan bir ukam meni qaramog’imda menga boqim bo’lib 
qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham 
ishlamoqqa to’g’ri kelganligidan quvvai muhofazam o’rta darajada 
bo’lg’on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg’a to’g’ri keldi. Shu 
choqlarda o’zim mehnat ichida yashag’onlig’imdan boylarga va 
mullalarga qarshi sherlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib 
ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalar 
o’qishga tutndim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida 
chiqqan matbuot – gazeta va jurnallar bilan tanishib, o’qib, 
malumotmni orttra bordim. «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan 
xabardor bo’ldim. Shul zamonda erli xalqlar orasida eskilik — 
yangilik («jadid-qadim») janjali boshlandi. Gazet o’quvchilari 
mullalarni «jadidchi» nomi bilan atar edilar. Men ham shul 
jadidchilar qatoriga kirdim. 1904-yildan jadidchilar to’dasida ishlay 
boshladim. «Jadid maktabi» ochib, o’qituvchilik ham qildim... Mulla 
va boylarg’a qarashli eski turmush bilan qatiy suratda kurasha 
boshladuk. O’z oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham 
vujudga chiqdi...». 
A.Avloniy nashr etgan ro’znomalar ilg’or fikrlar targ’ibotchisi 
bo’lgani uchun ham uning faoliyat chorizm hukumat tomonidan tez-
tez taqiqlanar edi. Shundan so’ng u ilg’or g’oyalarni marifat 
o’chog’i – maktab orqali xalqqa tarqatshga qaror qiladi va


1903-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab 
ochadi. A.Avloniy o’zi ochgan maktabda kambag’allarning 
farzandlarini, etim-yesirlarni o’qitdi.
1.
Quyida keltirilgan jadval bilan tanishing va ko’rsatilgan ta’lim 
muassasalaridagi o’qitish mazmunini qisqacha bayon eting; 
2.
Mazkur ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmunini yozishda 
qiyosiy tahlilga asoslaning.
Boshlan-
g’ich 
maktablar 
Gimnazi-
yalar 
Rus 
maktablari 
Rus-tuzem 
maktablari 
Yangi usul 
maktablari 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


VIII BOB. 1917-1991-YILLARDA O’ZBEKISTONDA TA’LIM 
TIZIMI VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI 
Turkiston o’lkasida ta’lim siyosati (1917-1924 yy). 
1917-yilgi 
fevral voqealari va oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Markaziy 
Osiyo xalqlarining hayotida – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-
mafkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o’zgarish yuz 
berdi. 
Turkiston o’lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur 
ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning 
keng tarmog’ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan 
islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari 
surildi. 
Ammo O’zbekiston hududida ma’naviyat va madaniyat
1917-yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy 
to’siqlar va buzg’unchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya 
mustamlakasiga aylantirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va 
amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar. 
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chuqur 
ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli 
bo’lmish Munavvar Qori, Maxmudxo’ja Bexbudiy, Sadriddin 
Ayniy, Fitrat, CHo’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, 
G’ozi YUnus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX asr 
bo’sag’asida tug’ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq YUnusov (Elbek), 
Naim Said, Rafiq Mo’min, Mahmud Xodiev (Botu), Baxrom 
Xaydariy va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif soxalarida 
jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo’naltirilgan ijod bilan shug’ullandilar. 
Milliy madaniyatimizning eng qadimgi va yirik markazi bo’lgan 
Samarqandda mashxur ma’rifatparvarlar Maxmudxo’ja Bexbudiy, 
Abdurauf Fitrat, Akobir Shomansurzoda, Said Axmad (Vasliy), 
Saidaxmadxo’ja Siddiqiy, Mardonquli Shomuhammadzoda zudlik 
bilan maktab islohotini amalga oshirish fikri bilan maydonga 
chiqdilar. Ular 1917-yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan 
“Hurriyat” gazetasi sahifalarida yangi usuldagi maktablarning keng 
tarmoqlarini yaratish zarurligi hakidagi fikrni ilgari surdilar. 
“Anjumani maorif” jamiyatining mablag’lariga “Rushdiya” maktabi 


ochildi, unda bepul o’qitilar edi. Abdurauf Fitrat bilan Kamol Shams 
bu maktabda o’quvchilarga islom diniy ta’limotini, islom tarixini, 
musulmon huquqini, turk, arab va fors tillarini, arifmetika, 
geometriya, geografiya, tabiatshunoslik, tarixni o’kitar edilar. Yoz 
faslida Samarqandning o’zida taniqli ma’rifatparvar, shoir va 
dramaturg Hoji Muin Shukrullo “Tarbiyat” maktabini ochdi. 
1918-yilning yozida Samarqandda “Musulmon o’qituvchilari 
uchun pedagogik kurslar” ochildi. O’sha yilning kuzida Toshkentda 
Toshkent uezdining tub erli aholisi uchun maktab o’qituvchilari 
kurslari ochildi. 1918-yil 9-aprelda Munavvar qori uyida to’plangan 
jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil 
etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. 
Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini tuzadilar. 
Dorilfununning musulmon bo’limi ham O’rus bo’limi kabi uch 
bosqichdan iborat bo’lishi belgilandi: yuqori bosqich — 
dorilmuallimin (o’qituvchilar kursi, keyinroq oliy o’quv yurti) o’rta 
bosqich — boshlang’ich maktablarni o’z ichiga olar edi. Xalq 
dorilfununi tarkibining bu shaklda bo’lishi sharoitning o’zidan kelib 
chiqqan holda zamonaviy bilim va savodxonlikka ehtiyojdan 
tug’ilgandi. O’sha yilning 3 mayida dorilfunununning Musulmon 
bo’limi rahbariyatiga saylov bo’lib, unda Munavvarqori rais 
(rektor), Iso To’xtaboev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi 
muovin, Abdusamid qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib 
bo’lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shaxar 
qismida Vikula Morozovning sobiq do’koni binosi (hozirgi o’zbek 
yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun “Xalq 
dorilfununi” ochiladi. Bu bo’lim tez orada o’ziga xos yirik bilim 
maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlang’ich maktab ochish 
mo’ljallangan bo’lsa-da, aholi ehtiyojiga ko’ra, ularning soni 24taga 
etdi. Dorilfununning musulmon bo’limi 15 demokratik tashkilot 
vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi. 
Undaga muallimlar soni 18 nafarga etadi. 
1918-yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununining 
o’zbeklar uchun maxsus o’qituvchilar tayyorlovchi bo’limi – 
“Dorilmuallimin” ochildi. Unda Fitrat ona tilidan: Kamol Shams 
arifmetika va geometriyadan, Haydar Shavqiy gigiena, gimnastika 


va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon 
Ismoilzoda san’atdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, 
Munavvarqori ona tilidan dars berishadi. Bu bo’limning ochilish 
marosimida Munavvarqori nutq so’zlab, inson ma’rifatli bo’lib, 
ko’zi ochilmaguncha vijdoni uyg’onmasligini, vijdon uyg’onmasa 
na o’zini, na xalqni erkin muhofaza qila olmasligani, bu imonsizlik 
ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi. 
Munavvar Qori ovro’pacha usuldagi bunday xalq 
dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh 
qilish va ularda dunyoviy fanlar o’qitib, milliy ziyolilar tayyorlash 
g’oyasini ham ilgari suradi. Bu qarashlarini – u 1923 yil iyunda 
Toshkentda bo’lib o’tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi 
ma’ruzasida bayon etgan, 1923-yilda bu yangi usulda 30dan ortiq 
madrasa va eski maktablarda talabalar o’qitilganligi ma’lum. 
Munavvarqori 1922-yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa 
Toshkentning eski shaxar maorif bo’limi muboshiri (inspektori) 
bo’lib ishladi, o’sha yili 23-25 martda bo’lib o’tgan II 
Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab 
bo’limiga a’zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli 
ta’lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o’zbek tili va 
adabiyotidan dars berdi. Do’stlari va shogirdlari Qayum Ramazon 
va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda uch bo’limdan iborat 
“O’zbekcha til saboqlari” kitobini (1925 yil) nashr ettirdi. 
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abduqodir Shakuriy, 
Ismatulla Raxmatullaev, Isxoqxon Ibrat, O. Dadaxujaev, Abdulla 
Mustaqov, Xodi Fayziev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, 
Shokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Sayd Rizo Alizoda, To’xtanazar 
Shermuhamedov, Rafiq Mo’min va boshqalar katta pedagogik ish 
olib bordilar. Maktablar soni o’sdi. 1918 yil boshida 330 taga, 1920 
yilda Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga etdi. 
Tashkil bo’lgan maktablar, ayniqsa, qishlok joylarida va tumanlarda 
asosan 1-2 boshlang’ich sinflardan iborat edi. Keyinchalik yuqori 
sinflar paydo bo’lib bordi. Bunday tartibotdagi qizlar maktablari 
ham Toshkentda, Andijonda, Qo’qonda va boshqa joylarda birin-
ketin ochildi. Ayol muallimlar Solixaxon Muhammadjonova, 
Muharrama Qodirova, Gulso’m Kopaeva, Fotima Burnasheva, 


Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam Sharipova va 
boshqalar ta’lim-tarbiya ishlarini olib borganlar. 
Keng doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini 
namunali darajaga ko’tardilar. XX asrning 20-yillari boshida 
Samarqandda Abdulqodir Shakuriy (1875-1943) mudirlik qilgan 
maktab, 1922 yilda Farg’ona shahrida Xusanxon Niyoziy 
boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich maktab, qator boshqa 
maktablar shular jumlasidan edi. 
Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, o’qish kitoblarini 
ziyolilarimiz asr boshidan yozib chiqarib keldilar. 1917-yildan 
maktablar sonining o’sishi, maorif ijtimoiy darajasining ko’tarilishi 
darsliklarga talabni oshirdi. Pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla 
Avloniy 1917 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini qayta 
nashr qildi, shuningdek “Maktab gulistoni” o’qish kitobini, ikki 
jildlik “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” kitoblarini yaratdi va chop 
etdi. 1920 yildan Toshkentdagi o’lka bilim yurtida, so’ngra o’zbek 
xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik kladi. 
Fitrat 1917-yilda «O’quv» kitobini, 1919-yilda Sh.Raximiy va
Q.Ramazon bilan birga «Ona tili» darsligini, so’ngra «Imlo 
masalalari» kitobini yozib chiqardi. 1917-yildayoq Sayd Rizo 
Alizoda birinchi sinflar uchun «Birinchi yil» o’qish dasturini ishlab 
chiqdi. Shokirjon Raximiy 1919-yilda birinchi alifbo – “Sovg’a”, 
1922-yilda «O’zbek alifbosi» darsliklari va boshqa o’quv 
qo’llanmalarini chiqardi. 1918-yildan u Toshkentda maktab mudiri 
bo’lgan. 
Buxoro 
va 
Xorazm 
respublikalarida 
ham 
maktablar, 
ta’limtarbiya maskanlari ochildi. Aholining bolalarni o’qitishga, ilm-
ma’rifatga ishtiyoki kuchayib borgan, bunday talablar katta 
yig’inlarda yangragan. Ammo xo’jalikning parokandaligi, sun’iy 
to’siqlar oqibatida XX 20-yillari boshida maktablar soni qisqardi, 
darsliklar yozish, nashr qilish to’xtadi. 1922-yilga kelib Turkistonda 
bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro 
respublikasida 1921 yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o’quvchi 
bor edi. Lekin 1924-yil o’rtalariga kelib maktablar 69, o’quvchilar 
3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta’lim maktablari va 
internatlarda 
2600 
bola 
ta’lim-tarbiya 
oldi. 
O’zbekiston 


Respublikasi tashkil bo’lganida turli bosqichdagi 1500 ta maktab 
bo’lib, ularda 116 ming o’quvchi o’qir edi. 
Tashkil bulayotgan maorif tizimi, boshqa soxalar uchun 
o’qituvchilar, 
mutaxassislar 
tayyorlash 
choralari 
ko’rildi. 
Toshkentning Yangi shaharida 1918-yilda Turkiston davlat 
universiteti, sharqshunoslik instituti, konservatoriya, texnikumlar 
ochildi. 1920-yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar, 
kitoblar, o’quv qurollari etkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy 
sinfiylik tamoyili bilan ishladi. Universitetning tayyorlov-ishchilar 
fakulteti (rabfak)da kambag’al tabaqaga mansub kishilar o’qigan. 
Erli xalqlar vakillari ularga kam katnagan. 
Toshkentning Eski shaharida, Qo’qon va boshqa shaharlarda 
muallimlar tayyorlash kurslari, 1920-yildan 7 ta dorilmuallimin 
(inpros), bir nechta bilim yurtlari faoliyat ko’rsatdi. 1925-yilga kelib 
O’zbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki 3-4 
marta o’sgan. 
1924-yilda Qo’qon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. 
Unda keyinchalik O’zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi 
prezidenta Qori-Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, 
yirik fan va madaniyat arboblari etishib chiqdi. 
Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o’qib 
kelishlari XX asr boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham 
davom etdi. Buxoro respublikasi hukumati tashabbus ko’rsatib, bu 
ishga tashkiliy tus berdi. 1922-yilda Turkiston, Buxoro va 
Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o’qishga junatildi. 
Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib 
oldi, o’quvchilarni moddiy ta’minlab turdi, ularning axvoli, 
o’qishlaridan ogoh bo’ldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli o’quv 
yurtlarida muvaffaqiyat bilan o’qidilar, mutaxassislar bo’lib 
etishdilar. Afsuski, o’z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz 
mustabidlik qatag’oniga uchradi. 
1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani. 
Ma’lumki, 
1924-yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida 
mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, 20-30 
yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har hil tarzda ta’sir 


o’tkazdi, barcha sohadagi o’zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi 
va respublika taraqqiyotining asosiy tendentsiyalari hamda 
yo’nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi. 
Respublika sharoitlarida madaniy taraqqiyotning zamonaviy 
rivojlangan darajasiga o’tish xaddan tashqari katta qiyinchiliklarni 
yengish bilan bog’liq bo’lib, keskin mafkuraviy kurash bilan 
birgalikda davom etib bordi. Shunday bo’lsada, madaniyatni 
yangidan qurish jarayonlari tobora ustuvor tus oldi. Buning sabablari 
avvalo o’zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni 
qadrlashida ko’rinadi. Bundan tashqari oktyabr to’ntarishidan avval 
madaniy ishlar olib borgan jadid deb atalmish ziyolilar xalqqa 
yordam berish uchun maorif sohasi, maktablarda ishlab, o’z 
faoliyatlarini davom ettirdilar. Bu jarayonlar avvalo darslar ona 
tilida olib boriladigan I (besh yillik ta’lim) va II (turt yillik ta’lim) 
bosqich maktablarni va ularni darsliklar, o’quv qurollari bilan 
ta’minlash, maorif institutlari, o’qituvchilarni tayyorlash kurslari va 
boshqalarni tashkil etishdan iborat bo’ldi. 
1924-25 o’quv yilida respublika byudjetining 24 foizi xalq 
maorifi uchun ajratildi. Bu maktab qurilishini tezlashtirishga imkon 
berdi. I va II bosqichdagi umumta’lim maktablarining soni
1928-29 o’quv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga yetdi. 
Shu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni 
tugatish yuzasidan keng miqyosda kampaniya avj oldirildi.
1921-22 o’quv yilidayoq respublikaning ko’pgina shaharlari va 
qishloq joylarida mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni 
tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko’rsatdi, ularda 50 ming 
kishi xat-savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish ishi tiklash 
davrining 
dastlabki 
yillarida 
kiyinchiliklarga 
duch 
keldi: 
o’qituvchilar, maktab binolari, asbob-jixozlar, o’quv qo’llanmalari, 
pul mablag’lari etishmas edi. Biroq bu soha, garchi qiyinchilik bilan 
bo’lsada, izga tusha boshladi, katta yoshli kishilarni o’qitish shakl va 
usullari takomillashtirildi, savod maktablari tarmog’i birmuncha 
kengaytirildi, savodsizlikni tugatuvchi mahalliy o’qituvchilar soni 
oshdi. Bu dastlabki yutuqlar keyingi yillarda savodxonlikni oshirish 
yuzasidan avj olgan umumxalq harakatining debochasi bo’ldi. 


Hamza Xakimzoda Niyoziy, T.Shermuhamedov, T.N.Qori 
Niyoziy, Ergash Komilov, Abdulqodir Nabixo’jaev, Rozi Nazarov, 
Muharrama 
Qodirova, 
Zebuniso 
Polvonova, 
P.Qayumov, 
K.Abdurashidov va boshqalar yangi maktab yaratish, uni 
rivojlantirish 
uchun 
faol 
kurashdilar 
hamda 
dastlabki 
o’qituvchilardan bo’lib qoldilar. 
Shu yillarda Markaz siyosiy rahbariyati sovet tuzumiga sodiq 
bo’lgan pedagog kadrlarni ko’p miqdorda, tezkorlik bilan tayerlab, 
ular orqali aholini, ayniqsa, yosh avlodni kommunistik g’oyalar 
asosida tarbiyalash maqsadida qarorlar va rejalar ishlab chiqdi. 
Ularni og’ishmay amalga oshirish uchun zarur mablag’larni 
ayamadi, bor ma’rifatchilarni hamda partiya, sovet, jamoat 
tashkilotlarining kuch-quvvatini safarbar qildi. 
Maktablarning pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini 
qondirish uchun pedagogika o’quv yurtlarining keng tarmogi 
yaratildi: texnikumlar, maorif institutlari, o’quv yurtlari ochildi. 
Ularda jadal sur’atlar bilan ommaviy miqyosda yangi o’qituvchi 
kadrlar yetishtirib chiqarildi. 20-yillarning oxirlariga kelib ularning 
soni respublikada deyarli 5,5 mingtaga etib qoldi. Xalq maorifi 
rivojlanib bordi. 
Xalqning bilimga bo’lgan intilishi kun-sayin kuchayib borishi 
natijasida umumiy savodxonlik o’sdi, bu narsa millatning ma’naviy 
imkoniyatlari yuksalishiga, ijodiy faoliyati ortib borishiga yordam 
berdi. 
Shunday bo’lsada, bu jarayonlar partiyaning madaniy sohada 
zo’rlik ko’rsatishi tufayli mushkulliklarga uchradi. Xalq maorifida 
bu narsa avvaliga milliy ta’lim shakllari yoyiladigan sohalarni 
cheklab qo’yish, keyinchalik esa ularni butunlay yo’q qilib 
yuborishda o’z aksini topdi. Chunonchi, XX asrning 20-yillarning 
boshlarida sovet maktablari bilan birgalikda eski usul maktablari, 
diniy tashkilotlar tomonidan ta’minlab boriladigan vaqf maktablari 
va madrasalari ham ishlab turar edi. 1925-yilda O’zbekistonda 97 ta 
vaqf maktablari va 1,5 mingdan ortiq eski maktablar bo’lib, ulardan 
250 tasi yashirin holda ish olib borgan. Lekin sovet hokimiyatining 
insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o’z 
faoliyatini amalda tugatdilar. 


Xalq ma’rifatining yuksalishi yo’lida hamon g’ov bo’lib turgan 
muammo aholining savodxonligini oshirish bo’lib, savodsizlikka 
barham berish davr talabi edi. Bu maqsadda ko’plab yangi savod 
maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli bo’ldi. Shuni 
aytish joizki, 1930 yili umumiy boshlangich ta’limning joriy etilishi 
savodsizlik ko’lamlarini qisqartirishga yordam berdi. Ajratilgan 
mablag’lar maktablar maydonini ancha kengaytirishga, ularning 
moddiy bazasini mustahkamlashga imkon berdi. Umumiy ta’limni 
amalga oshirish uchun o’qituvchilar, talabalar, ilm-fan xodimlari, 
yoshlar jamoalarining katta armiyasi safarbar etildi. 30-yillarning 
oxirlarida umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. 
1940-yili respublikada barcha turdagi 5,5 mingdan ortiq 
umumta’lim maktablari ishlab turdi, ularda 1,3 mln.ga yaqin bolalar 
o’qidi. Biroq bu davrda maktab yoshidagi hamma bolalarni ham, 
ayniqsa, qishloq joylarida o’qishga jalb qilishning imkoni bo’lmadi: 
maktab binolari, uskuna-jihozlar, o’qituvchilar yetishmas edi va 
hokazo. Maktab ta’limi turli sohadagi bilimlarni egallab olgan, 
jamoat hayotiga faol qo’shilib keta oladigan, oliy o’quv yurtlari va 
texnikumlarga kirib o’qiy oladigan savodxon yoshlarni yetishtirib 
chiqarishni ko’paytirishga imkon bera oladigan jiddiy islohotga 
muhtoj edi. 
Afsuski, xalq ta’limiga buyruqbozlik nuktai nazaridan turib, 
ekstensiv ravishda yondashish kuchayib bordi. Buning natijasida 
sifat muammolari chetga surilib, miqdor ko’rsatkichlari birinchi 
o’ringa o’tdi. Ahvolni xo’jakursinga yaxshilash orqasidan quvish 
jamiyatning madaniy holatiga yomon ta’sir o’tkazdi hamda oliy va 
o’rta maktabga sezilarli darajada zarar yetkazdi. 
Respublika taraqqiyotining manfaatlari xalq xo’jaligi va 
madaniyatining turli sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlashni tezlashtirishni talab qilar edi. Tabiiyki, buni markaziy 
hukumat tushunardi, lekin unga O’zbekistonning xalq xo’jaligi 
barcha tarmoqlarida sotsializm, marksizm-leninizm g’oyalari bilan 
sug’orilgan itoatguy yuqori malakali mutaxassis kadrlar kerak edi, 
Shuning uchun oliy o’quv yurtlarining ta’lim-tarbiya dasturlari, 
o’quv rejalari, qo’llanmalari va hokazolari avvalo kommunizm 
prinsiplariga asoslangan bo’lib, mutaxassislarni 4-5 yil muddat 


davomida partiya, sovet davlatiga sadoqatli bo’lish bilan birga 
sinfiylik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi. 
XX asrning 20-yillarning ikkinchi yarmida o’rta maxsus va oliy 
ma’lumotli kadrlar tayyorlaydigan turli o’quv yurtlari ochildi. 
Davlat sinfiy tamoyilga amal qilib, bu o’quv yurtlariga ishchi va 
dehqonlarning kirishi uchun sharoitlarni ta’minlab berdi. Boshqa 
toifadagi odamlar bu o’quv yurtlariga kira olmas edi. Oliy o’quv 
yutlarida o’qish uchun zarur bo’lgan umumiy ma’lumotni qisqa 
muddat ichida olish maqsadida ishchi fakultetlari tarmogi yaratildi. 
Shu tufayli 20-yillarning oxiridayoq respublikadagi oliy o’quv 
yurtlarida asosan ishchi va dehqonlardan iborat 4 ming nafarga 
yaqin talabalar o’qir edi. 
Mutaxassislar tayyorlashda RSFSR va boshqa respublikalar ham 
O’zbekistonga yordam berdilar. 1927-yili faqatgina Rossiya 
Federatsiyasidagi 
oliy 
va 
o’rta 
maxsus o’quv 
yurtlarida 
O’zbekistondan kelgan 300ga yaqin talabalar ta’lim oldi. 
O’rta Osiyodagi birinchi oliy o’quv yurti – 1918 yili ochilgan 
Turkiston davlat universiteti – bu vaqtga kelib oliy ta’limning eng 
yirik markaziga aylandi. Universitet mutaxassislar yetishtirib 
chiqarish sur’atlarini yildan-yilga oshirib bordi: uni bitirib chiqgan 
kishilar soni 1928-yilga kelib 5 baravar ko’paydi. Ammo ular 
orasida mahalliy xalq namoyandalari hamon kam sonni tashkil 
etardi. 
Sanoat korxonalarining ishga tushirilishi, kolxozlar va sovxozlar 
tuzilishi, 
yangi-yangi 
idoralarning 
paydo 
bo’lishi 
tegishli 
mutaxassislarga bo’lgan talabni kuchaytirdi. Institutlar va 
texnikumlarga mutaxassislar etishtirib chiqarishni miqdor jihatidan 
ko’paytirish vazifasi yuklandi, buning natijasida o’qish muddatlari 
ancha qisqartirildi. Mavjud institutlar va texnikumlarning bazalarida 
yangi o’quv yurtlari, jumladan, paxtachilik-irrigatsiya, politexnika, 
qishloq xo’jaligi, kon qidirish, zooveterinariya, avtomobil yo’llari, 
to’qimachilik transport, tibbiyot institutlari va boshqa institutlar 
ochildi. Pedagogik akademiya bazasida 1933-yili Samarqandda 
O’zbekiston davlat universiteti (hozirgi SamDU) barpo etildi. 30-
yillarning oxirlarida respublikada 44 ming talaba o’qiydigan 30 ta 
oliy o’quv yurtlari va 98 ta texnikumlar ishlab turdi. Institut va 


texnikumlarni bitirib chiquvchilarning soni bir necha baravar 
ko’paydi. Bu yangi mutaxassislar xalq xo’jaligi safiga kelib 
qo’shildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda asosan ularning soni 
ko’paytirildi, sifatiga esa e’tibor berilmadi. Institut va texnikumlarda 
mahalliy millat vakillari kam edi. Yuqori malakali o’zbek professor-
o’qituvchilari va o’zbek tilidagi darsliklarni tayyorlashga harakat 
qilinmasdi. 
20-30-yillarda xotin-qizlarning savodini chiqarishga katta e’tibor 
berildi, ayollarning savodsizligini tugatish bo’yicha maxsus kurslar 
tashkil qilindi. 1926 yilda respublikadagi 82 ta savodsizlikni bitirish 
maktablarida 2700 xotin-qiz o’qigan bo’lsa, 1936 yilda 186 ming 
ayol savodini chiqargan. 
Kasb-hunar ta’limi tarmoqlariga xotin-qizlar keng jalb qilindi. 
Dastlab ayollar orasidan savodsizlikni bitirish kurslari o’qituvchilari, 
bog’cha, yasli tarbiyachilari, maktab o’qituvchilari tayyorlandi. 
Masalan, 1928 yilda Samarqand pedagogika kursida 73 nafar ayol 
o’qigan. 1929 yilda o’ndan ortiq xotin-qizlar pedagogika va 
meditsina texnikumlari mavjud edi. 1932 yilda respublika oliy o’quv 
yurtlaridagi talabalarning 20 foizini o’zbek xotin-qizlari tashkil 
qilgan. 30-yillarda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida xotin-
qizlardan yetishib chiqqan mutaxassislar ishlay boshladi. 
Urushning suronli yillarida respublika oliy o’quv yurtlari va 
texnikumlar 
o’z 
faoliyatlarini 
davom 
ettirdilar. 
Katta 
qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq xo’jaligi, maorif, 
tabobat va boshqa sohalar bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlab 
beradigan chinakam manba bo’lib qoldi. 1943 yidda respublikada 41 
oliy o’quv yurti (ularnng 12 tasi ko’chirib kelingan) va 52 o’rta 
maxsus bilim yurtlari faoliyat ko’rsatdi. Urush yillari davomida 
ularda 20 mingdan ziyod oliy va o’rta maxsus ma’lumotli 
mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo’jaligini yuqori malakali 
kadrlar bilan ta’minlash imkonini berdi. Ular o’z navbatida samarali 
mehnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib hissa 
qo’shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berildi, 
chunki urush davri sharoitlarida ularga ehtiyoj ayniqsa sezilarli edi. 
Urush yillari O’zbekistonda barcha turdagi qo’shinlar uchun zobit 
kadr va mutaxassislar ham tayyorlandi. Toshkeshtga piyodalar bilim 


yurti ham ko’chirib keltirilib, respublikamizda joylashtirilgan bir 
necha harbiy bilim yurtlari, oliy o’uv yurtlarining harbiy 
fakultetlarida, o’nlab turli kurslarda kadrlar tayyorlandi. 
1945-1991
yillarda 
O’zbekistonda 
ta’lim 
tizimi 
va 
pedagogika fani rivoji.
Respublika aholisi madaniyatining 
o’sishida ta’lim nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim inson 
shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatini yuzaga chiqarish, 
ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga payvasta bo’lib 
qo’shilishiga yordam beradi. Ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotning eng muhim vazifalarini hal qilish aholining bilim 
darajasiga bog’liq.
O’zbekistonda urushdan keyingi yillarda o’zbek xalqining sa’y-
harakatlari bilan ta’lim sohasida ma’lum yutuqlarga erishildi. 1940-
41 o’quv yilidan 1970-71 o’quv yiligacha bo’lgan davrda 
umumta’lim maktablaridagi o’qituvchilar soni 2,5 baravar ortdi. 
Shunga yarasha umumta’lim maktablari tarmog’i ham kengayib 
bordi. 
Biroq iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar, ma’naviy va madaniy 
sohani rivojlantirishdagi nuqsonlar ta’limga ham o’z ta’sirini 
o’tkazdi. Jumladan, ko’pgina maktablar, ayniqsa, qishloq joylarda 
namunaviy loyihalarsiz qurildi, ko’pgina chala ishlari bilan 
foydalanishga topshirildi. Qishloq maktablarining 75 
foizga yaqini vodoprovod, kanalizatsiyaga, yarmidan ortig’i 
markazdan turib isitish moslamalariga ega emas edi. 
Respublikadagi talay maktablar zarur jihoz, mebel, asbob-
uskunalar bilan yaxshi ta’minlanmasdi. Buning sababi xalq ta’limiga 
qoldiq prinsipi asosida mablag’ ajratilishida ko’rinardi. Fan, 
madaniyat va xalq ta’limiga sarf-xarajatlar byudjet mablag’ining 
atigi 2,7 foizini tashkil etardi. 
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi 
sessiyasida “O’zbekiston SSRda majburiy etti yillik ta’limni to’liq 
amalga 
oshirish 
to’g’risida”gi 
qonunning 
qabul 
qilinishi 
maktablarda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan dastlabki 
qadam bo’ldi.
Yangi Qonunga ko’ra umumta’lim maktabi hamma uchun 
majburiy bo’lgan kamchiliklar barham topmadi. Aksincha, maktab 


xaqiqiy hayotdan ajralib qoldi, o’quvchilarga berilayotgan bilimlar 
fan-texnika taraqqiyoti darajasiga to’g’ri kelmasdi. Shuning uchun 
ham 1959 yil martda O’zbekiston Oliy Soveti “Maktab xalq ta’limi 
tizimini yanada rivojlantirish to’g’risida” yangi qonun qabul qildi. 
Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bo’lgan boshlangan ishni 
oxiriga yetkazmaslik odati bu gal ham muammoni hal qilish yo’lida 
to’g’anoq bo’lib xizmat qildi, oqibatda xalq ta’limida ahvol 
o’zgarmadi. 
O’zbekistonda 
maktabning 
turmush 
bilan 
bog’lanishini 
mustahkamlash to’g’risidagi 1959 yilda respublika hukumati qabul 
qilgan qonunga asosan o’qishni ishlab chiqarish bilan qo’shib olib 
borish talab etildi. Ushbu munosabat bildn o’n yillik o’rta maktablar 
qayta tashkil etilib, o’n bir yillik o’rta maktablarga aylantirildi, 
ularda o’quvchilar fan asoslari bilan birga ishlab chiqarish kasblarini 
ham o’rgana boshladilar, O’quvchilarga kasb ta’limi berishga yuzlab 
korxonalar, xo’jaliklar jalb qilindi, maktablarda minglab o’quv 
kabinetlari, 
laboratoriyalar, 
ustaxonalar, 
o’quv-tajriba, 
yer 
uchastkalari tashkil etildi. Shunga qaramay, ishlab chiqarish 
ta’limini maktablarda joriy qilish katta kiyinchiliklarga duch keldi. 
Korxonalar, xo’jaliklar bu ishga tayyor emas edilar. Maktablarda 
ustaxonalarni zarur asbob-uskuna bilan jihozlashga mablar yo’q edi. 
Mehnat ta’limi o’qituvchilari yetishmasdi. Buning oqibatida islohot 
kutilgan natijani bermadi va majburiy kasb o’rganish bekor qilindi. 
Bu davrda respublika maktablari o’qituvchi kadrlar bilan son 
jihatidan yetarlicha ta’minlandi. Biroq oliy ma’lumotli pedagog 
kadrlar 60-yillarda respublikadagi barcha o’qituvchilarning uchdan 
bir qismini tashkil qilardi, xolos. Ayniqsa, qishloqlarda ahvol og’ir 
edi. Qishloq maktablarida fizika, matematika, rus tili va chet tili 
o’qituvchilari yetishmasdi. Aksariyat hollarda o’qituvchilar o’z 
mutaxassisligiga kirmagan fanlardan dars berardilar. 
Sovetlar davrida maktablarning o’quv-tarbiya ishlarida katta 
nuqsonlar mavjud edi. O’zbek tiliga davlat maqomi berilmaganligi, 
davlat idoralarida ish yuritish asosan rus tilida olib borilganligi 
tufayli maktablarda ona tili chuqur o’rgatilmasdi. Ona tilini 
o’rganishga ajratilgan dars soatlari rus tiliga ajratilgan dars 
soatlarining yarmini ham tashkil qilmas edi. Yoshlar maktabni 


o’zbek adabiy tilining yozma va og’zaki shakllarini puxta 
o’zlashtirmay, bitirib chiqib ketardilar. Shuningdek, O’zbekiston 
tarixi va ma’naviy madaniyati ham maktabda deyarli o’rgatilmas 
edi. Sovetlar davrida “SSSR tarixi” deb nomlangan, aslida Rossiya 
tarixidan iborat fan o’qitilardi. Unga ilova sifatida “O’zbekiston 
SSR tarixi” bir necha soatgina o’qitilar, ko’p hollarda bu kurs 
o’tilmay qolib ketardi. 
Maktablarda iqtidorli bolalarni o’qitishga e’tibor berilmas edi. 
Maktab bolalari qalbida ona-Vatan tuyg’usi, ulug’ allomalarimiz va 
ular qoldirgan ma’naviy meros, o’z ona tili, urf-odatlari bilan 
faxrlanish hissi shakllantirilmasdi. 
Maktablarda 
ayniqsa, 
ijtimoiy 
fanlarni 
o’qitish 
o’ta 
siyosatlashtirildi. Ko’zdan kechirilayotgan davrda maorif sohasida 
erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy an’analar va 
ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an’anasi ko’zga 
tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik 
prinsiplari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-
madaniy qadriyatlarni, urf-odatlarni o’rganishiga to’sqinlik qildi. 
70-yillarga kelib respublikamizda ijtimoiy sohada ro’y bergan 
kamchilik va muammolar ta’limga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. 
Shunday bo’lsada, bu borada katta qadam tashlandi. O’zbekiston 
yalpi savodxonlar respublikasiga aylandi. Umumta’lim maktablarida 
o’quvchilar soni va shunga yarasha maktablar soni ham yildan-yilga 
ortib bordi, ularning soni 1985 yilga kelib 7000 dan ortiqni tashkil 
etdi. 
Jamiyatdagi turg’unlik holatlari, ijtimoiy turmush sharoitining 
yomonlashuvi, iqtisodiyotdagi kiyinchiliklar, ma’naviy va madaniy 
soha muammolari maorif tizimiga ham jiddiy ta’sir o’tkazdi. 
Umumta’lim maktablarining ahvoli yomonlashdi. Ayniqsa, 70-
yillarda va 80-yillarning boshlarida respublikamiz turmushining 
boshqa sohalarida bo’lgani kabi, xalq maorifi ishiga ham 
dabdababozlik, haqiqatni bo’yab ko’rsatish hollari salbiy ta’sir qildi. 
Yaqin o’tmishda keng yoyilgan ijtimoiy adolat prinsiplarining 
buzilishi, dinimiz, milliy g’ururimizning kamsitilishi yosh avlod 
tarbiyasiga ma’naviy zarar yetkazdi. Ularning aksariyat qismida 
mudroqlik, hafsalasizlik, loqaydlik kayfiyatlari ko’proq kuzatildi. 


Yoshlarning zamonaviy texnologiyani yetarli o’zlashtirib 
olmaganliklari sanoat, qishloq xo’jaligi, fan va madaniyatni yanada 
taraqqiy ettirishga xalaqit berardi. Bunga asosiy sabab maorifning 
keng tarmoqli tizimi vujudga keltirilmaganligi, o’qish-o’qitishda 
sifat o’zgarishining ro’y bermaganligida edi. Masalan, 1980-81 
o’quv yilida respublikamizda mavjud 7000dan ortiq umumta’lim 
maktablarining 60 foizi nobop binolarda joylashgan, 700 tasi avariya 
holatida edi. Ayniqsa, qishloq maktablarida ahvol og’ir bo’ldi. 
Ularning 75 foizga yaqini vodoprovod va kanalizatsiyaga, yarmidan 
ko’prori markaziy isitish moslamalariga, oshxona va sport zallariga 
ega emas edi. Joy tanqisdigi sababli 5800 ta maktabda o’qish ikki 
smenada olib borilardi. Madaniy-ma’rifiy soha uchun resurslarni 
taqsimlash «qoldiq» prinsipida amalga oshirilganligidan maktablar 
uchun bino yetishmasdi, ular jihozlar, yangi asbob-uskunalar bilan 
sust ta’minlangan edi. Bu soha uzoq yillar davomida diqqat-
e’tibordan chetda qolib keldi, hayotimizning eng ortda qolgan 
sohalaridan biriga aylandi. Fan, madaniyat va xalq ta’limiga 
qilinadigan sarf-xarajatlarni qo’shib hisoblaganda ular byudjet 
mablag’darining 2,7 foizidan ortmas edi. Respublikamiz xalq ta’limi 
oldida turgan asosiy ta’lim-tarbiya ishlari ko’p tomondan o’qituvchi 
kadrlar sifatiga bog’liq edi. 80-yillarning o’rtalariga kelganda 
shaharlardagi 
kunduzgi 
umumta’lim 
maktablaridagi 
o’qituvchilarning 80 foizga yaqini oliy ma’lumotli edi. Qishloqlarda 
axvol birmuncha yomonroq bo’ldi, ularda ma’lumotli pedagoglar 
yetishmas edi. Pedagoglar yetishmasligidan bir soha o’qituvchisi 
boshqa fandan ham dars berishga majbur edi. Bunday hol 
o’quvchilar bilimlari sifatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. O’quvchilarning 
3-4 oylab qishloq xo’jalik ishlariga jalb etilishi ta’lim saviyasining 
pasayib ketishiga, bilimlarning sifati qoniqarsiz ahvolga tushib 
qolishiga olib keldi. 
1985-1990 yillar xalq ta’limi tizimida ayrim siljishlar ruy berdi. 
Ammo bu davrda ta’lim va tarbiya sohasidagi ziddiyatli holatlar 
yanada keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy ta’limda 
rivojlanishning ekstensiv yo’li o’z imkoniyatlaridan to’liq 
foydalanib bo’ldi. O’qituvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi 
ortgani sari sovet ta’lim tizimining chirishi kuchaya bordi. 


80-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar 
mavjud muammolarni xalq ko’zidan yashirishga o’rinishdan bo’lak 
narsa emasdi. Islohotdan ko’zlangan maqsad «sovet tizimi»ni yuqori 
darajaga ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilim saviyasini 
oshirish, ta’limni demokratlashtirishdan iborat edi. Biroq mazkur 
maqsadga sovet mafkurasi va u olib borayotgan kommunistik 
yondashuv asosida erishish mumkin emasdi. 80-yillarning 
o’rtalaridan 
boshlangan 
islohotlar 
moddiy 
jihatdan 
ta’minlanmaganligi uchun ham oxiriga yetmadi. 
Chunonchi, 1985-1990 yillarda O’zbekistonda 3693 ming 
o’quvchiga mo’ljallangan yangi o’quv yurtlari talab qilingan holda, 
Markazning topshirig’i bilan bu raqam 920 ming o’ringa tushirildi. 
Respublika 
qishloqlaridagi 
maktablarning 
80 
foizi 
esa 
moslashtirilmagan binolarda joylashgan edi. 
1985 yilda respublika maktablarida o’quvchilar soni 2684 
mingga yetdi. Bu raqam 1990 yilga kelib 245 mingga kamaydi. 
Buning boisi o’qituvchilarni ijtimoiy himoyalash, ularning obro’sini 
orttirishda davlat rasmiy siyosatidagi xato va kamchiliklarda edi. 
1985-1990 yillarda respublikadagi 14 pedagogika instituti va 38 
o’rta maxsus bilim yurtlarida yiliga o’rtacha 17 mingdan yosh 
o’qituvchilar tayyorlangani holda, maktabda faoliyat ko’rsatuvchilar 
sonining muttasil kamayishi ta’lim tizimi va hukmron mafkuradagi 
jiddiy cheklanganlik oqibatida yuz berdi. 
1945-1991 yillarda hunar-texnika va oliy ta’lim tizimi. 
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston sanoati uchun malakali 
ishchi kadrlar hunar-texnika bilim yurtlarida va bevosita ishlab 
chiqarish jarayonida yakka tartibda hunar kurslarida tayyorlandi. 
Respublikadagi xunar maktablari, temir yo’l, binokorlik o’quv 
yurtlari, yirik korxonalar qoshidagi fabrika-zavod ta’limi (FZO) 
maktablari sanoatni ri-vojlantirishga katta hissa qo’shdi. 1940-1955 
yillarda xalq xo’jaligi uchun jami 143 ming malakali ishchilar 
tayyorlab berildi. Ishchi kadrlarga ehtiyoj yildan-yilga ortib bordi. 
Malakali kadrlar tayyorlash ham o’sib bordi. 1966-1970 yillarda 
hunar-texnika o’quv yurtlari xalq xo’jaligiga 172 ming nafar 
ishchilarni tayyorlab berdi. 


Shu bilan birga, respublika hunar-texnika ta’limida katta 
kamchiliklar mavjud edi. O’quv yurtlarida o’zbeklar va boshqa tub 
aholi vakillari, xotin-qizlar soni kam edi. Korxonalarda turar joy va 
zarur maishiy sharoitlarning yo’qligidan yosh ishchilarning 
ko’pchiligi ishlab chiqarishda o’rnashib qolmasdi. 1962 yilda oziq-
ovqat, engil, trikotaj, gaz va neft sanoatidagi o’zbek va boshqa yerli 
aholidan bo’lgan ishchi va xizmatchilar soni 30 foizdan sal ortiqni 
tashkil qilardi. Mashinasozlik, metall ishlash sanoati va og’ir 
sanoatning boshqa sohalarida o’zbek va mahalliy millat vakillari 
soni juda oz edi. 1963 yili Toshkent asbobsozlik zavodidagi ishchi 
va xizmatchilar orasida o’zbeklar va boshqa tub millat vakillari 
ulushi 20 foizni tashkil etdi. 
Sanoatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri muxandis-
texnik kadrlar edi. Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari tayyorlovchi 
malakali mutaxassislar soni ortib bordi. 1960-1970 yillarda sanoat, 
qurilish, transport va aloqa sohalari bo’yicha oliy va o’rta maxsus 
o’quv yurtlaridagi talabalar soni 20 mingdan 63 mingga, ya’ni 3 
baravardan ziyod ko’paydi. 
Oliy maktabning asosiy vazifasi xalq xo’jaligi va madaniyatning 
barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar 
tayyorlab berishdan iborat. Urushdan keyingi yillarda respublika 
oliy o’quv yurtlari Markaz ko’rsatmasi, dasturlari asosida o’quv-
tarbiya ishlarini olib bordi. Bu davrda oliy maktabda mutaxassis 
kadrlar tayyorlash son jihatdan o’sdi, lekin ularning sifati talab 
darajasida bo’lmay keldi. 
Talabalar doirasi ancha kengaydi. 1960-61 o’quv yilida 
O’zbekiston oliy maktablarida 100 ming nafar talaba ta’lim olgan 
bo’lsa, 1970-71 o’quv yilida ularning soni 230 mingga etdi. Bu davr 
ichida oliy maktab respublika xalq xo’jaligi uchun etkazib bergan 
diplomli mutaxassislar soni 2, 5 baravar ortgan. 
Oliy o’quv yurtlari soni 1940 yildagi 30 tadan 1970 yilda 38 taga 
ko’paydi. Xalq xo’jaligining rivojlanishi yangi oliy o’quv yurtlarini 
ochishni talab qildi. Urushdan keyingi yillarda Toshkent 
elektrotexnik aloqa institut, Toshkent avtomobil yo’llari instituti, 
Andijon paxtachilik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon 
tillar pedagogika instituti, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat 


texnologiya instituti, Farg’ona politexnika instituti va boshqa oliy 
o’quv yurtlari malakali kadrlarga bo’lgan talabni kondirdi. Maorif, 
sanoat, qurilish, transport, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, sog’liqni 
saqlash, san’at va boshqa soxalarda mutaxassis kadrlar tayyorlandi. 
Oliy o’quv yurtlaridagi professor va o’qituvchilar soni ham 
yildan-yilga oshib bordi. Oliy maktablarda 1958 yili 5 ming ilmiy-
pedagog xodim ishlagan bo’lsa, 1965 yilda bu son 8 mingtaga etdi. 
Oliy o’quv yurtlari olimlari O’zbekiston Fanlar akademiyasi 
tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ijodiy hamkorlikda fan, 
iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega 
bo’lgan talay ilmiy ishlar, salmoqli asarlar yaratdilar. 
Biroq oliy maktab ham totalitar tartibot ta’siridan chetda 
qolmadi. Buning natijasida oliy maktabda qator salbiy hodisalar ruy 
berdi. Miqdoriy, yalpi ko’rsatkichlar ketidan quvish, xalq xo’jaligi 
talab-ehtiyojlariga mos kelmaydigan mutaxassisliklar bo’yicha 
o’qitish shular jumlasidandir. Oliy maktabning moddiy-texnik 
bazasi ham juda zaif bo’lib qoldi. 
Respublika oliy o’quv yurtlarida sirtqi va kechki ta’lim keng 
rivojlandi. Ayniqsa, 1959 yilgi maktabning hayot bilan bog’liqligini 
mustahkamlash to’g’risidagi qonun asosida ta’limning bu shakllari 
yanada kengaydi. Respublikaning barcha institutlarida sirtqi va 
kechki bo’limlar ochildi. 
1940 yilda sirtqi va kechki ta’lim tizimida o’qiyotgan talabalar 
respublika oliy o’quv yurtlaridagi jami, talabalarning 20 foizini 
tashkil qilgan bo’lsa, 1966 yilda ularning salmog’i 62 foizga etdi. 
O’sha vaqtda sirtqi va kechki bo’limlardagi talabalarning soni 
jihatidan mamlakatimiz birinchi o’rinda deb maqtanish rasm bo’ldi. 
Lekin bu aslida achinarli hol eli. Sirtqi va kechki bo’limlarda ta’lim 
olgan talabalar ixtisosliklari bo’yicha yetarli nazariy bilimga ega 
bo’lmasdilar. Ular ko’proq bilim olish uchun emas, diplom uchun 
o’qirdilar. Bu yillarda oliy o’quv yurtlari va ular tayyorlagan 
mutaxassislar soni ko’paydi, biroq sifati pasaydi. 
Respublika 
oliy 
o’quv 
yurtlarida 
ta’lim-tarbiya 
ishlari 
mafkuralashtirib yuborilganligi sababli kunduzgi bo’limlarda 
o’qigan talabalarning ko’p vaqti mutlaqo keraksiz bo’lgan ilmiy 
kommunizm, KPSS tarixi, siyosiy iqtisod, markscha-lenincha 


falsafa, ilmiy ateizm kabi «fanlar»ni o’rganishga sarflanar edi. Bu 
hol talabalarning asosiy ixtisosligi bo’yicha fanlarni chuqur, 
o’zlashtirishiga xalaqit berardi. 
Oliy maktablarda milliy kadrlar tayyorlash talab darajasida emas 
edi. Ko’p fanlardan, ayniqsa, tabiiy fanlardan darsliklar rus tilida 
chiqarilgandi. Ularni o’zbek tiliga tarjima qilishga ongli ravishda 
e’tibor berilmasdi. O’zbek talabalari rus tilidagi darslik va 
qo’llanmalardan 
foydalanishga 
majbur 
edilar. 
Ayniqsa, 
qishloqlardan kelgan, rus tilini bilmaydigan talabalar qiynalardilar. 
Ular ko’pincha rus tilida o’qitiladigan fanlarni o’zlashtira olmay, 
o’qishni tashlab ketishga majbur bo’lardilar. Bir amallab institutni 
bitirib chiqqan mutaxassislarning bilim darajalari past bo’lardi. 
Institutlarda o’zbek guruhlarida rus tilida dars o’tish Markazning 
O’zbekistonda olib borgan ruslashtirish siyosati natijasi edi. 
70-yillarga kelib respublikamizda Respublikaning oliy va o’rta 
maxsus o’quv yurtlari xalq xo’jaligi va madaniyat talablariga javob 
beradigan mutaxassislar tayyorlashda muayyan natijalarni qo’lga 
kiritdilar. Yildan-yilga talabalar soni ortib bordi. 1971-1975 yillarda 
oliy o’quv yurtlarini tug’allagan diplomli 182 ming nafar mutaxassis 
kadrlar respublika xalq xo’jaligiga etkazib berildi. Oliy o’quv 
yurtlarining soni 1985 yilda 42 taga etdi. 
80-yillarning o’rtalarida respublika o’rta maxsus o’quv 
yurtlarida 282 ming nafar o’quvchi ta’lim oldi. Bu har yili necha o’n 
minglab malakali mutaxassislar bilan respublika xalq xo’jaligini 
ta’minlashga imkon berdi. Xalq xo’jaligining boshqa sohalari uchun 
ham ko’plab mutaxassislar tayyorlandi. Masalan, 1970 yilda oliy 
maktabni bitirganlar soni 334 mingni tashkil etgan bo’lsa, bu raqam 
1990 yilga kelib 508 mingga yetdi. Biroq bular faqat son 
ko’rsatkichlari edi, xolos. Mutaxassislar saviyasi nuqtai nazaridan 
mamlakat boshqa davlatlardan ortda qolib kelardi. 
Siddiq Rajabov hayoti va faoliyati hamda uning pedagogika 
fani rivojiga qo’shgan hissasi. 
Siddiq Rajabov 1910 yili 1-aprelda 
Qozog’iston Respublikasining Avliyoota (hozirgi Taroz) shahrida 
tavallud topdi. U shu shaharda to’liqsiz o’rta maktabni tugatib, 1926 
yili Farg’ona pedagogika texnikumiga o’qishga kiradi.Texnikumni 
1930 yili tugatadi. Shu oraliqda, 1928-29 yillarda Qashqadaryoning 


G’uzor tumanidagi olis bir qishlog’ida ochilgan maktabda 
o’qituvchilik qiladi. 1930 yili Farg’ona pedagogika institutiga 
o’qishga kiradi. Institutni tugatgach, 1934-37 yillarda O’zbekiston 
pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida o’qiydi. 
1935 yili yangidan ochilgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat 
pedagogika insitutining pedagogika kafedrasiga o’qituvchi qilib 
ishga qabul qilinadi. Urush yillarida “Qizil O’zbekiston” 
gazetasining ma’sul kotibi bo’lib ishlaydi.
Siddiq Rajabov 1947-1963 yillarda Nizomiy nomidagi TDPIning 
pedagogika kafedrasi mudiri lavozimida, 1960-1966 yillarda esa 
O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining direktori 
lavozimida ishlaydi. 1966 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat 
pedagogika institutiga ishga qaytadi va shu institutning umumiy 
pedagogika kafedrasiga 1990 yilgacha mudirlik qiladi. 
S.Rajabov XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va 
maorif taraqqiyoti bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borib, 1941 yili 
nomzodlik 
dissertatsiyasini 
himoya 
qildi. 
Siddiq 
Rajabov 
pedagogika fanlari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya 
qilgan birinchi o’zbek olimidir. 1917-1957 yillardagi O’zbekiston 
maktablari tarixini o’rgangan olim, shu mavzuga bag’ishlangan 
doktorlik dissertatsiyasini Moskvada himoya qildi va 1958 yili 
birinchilardan bo’lib pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini 
oldi.
Olimning qalamidan chiqqan ilmiy maqolalarda yoshlarni 
insoniylikka, mehnatga, vatanparvarlikka tarbiyalash mavzusi keng 
o’rin oldi. Pedagog-olim birqancha risolalarida K.D.Ushinskiy, 
L.N.Tolstoy, 
N.K.Krupskaya, 
A.S.Makarenko 
va 
H.H.Niyoziylarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarini yoritib 
berdi. 1960 yili unga professor ilmiy unvoni berildi. 
1968 yili professor Siddiq Rajabov Pedagogika fanlari 
akademiyasining akademigi bo’lib saylandi. S.Rajabov pedagogika 
sohasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi tarixidagi yagona 
akademikdir. 
Akademik Rajabov Sharq donishmandlarining pedagogik 
merosini o’qib-o’rganish va keng ommaga tanitishda juda katta 
ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, o’zi boshi-qoshida yurib, 1986 yili 


rus tilida “O’zbek pedagogik fikrlar antologiyasi” kitobini 
Moskvaning “Pedagogika” nashriyotida chop ettirishi O’zbekiston 
fanida juda katta yutuq bo’ldi. Hamdo’stlik davlatlaridan 
birnechtasigina bunday salmoqli pedagogik asarni chop ettira 
olganini hisobga olsak, Siddiq Rajabov pedagogika fani tarixini 
beqiyos manbalar bilan to’ldirgan juda katta vatanparvar olimdir. 
Olimning yana bir katta mehnati YA.A.Komenskiyning “Buyuk 
didaktika” asarini rus tilidan o’zbek tiliga tarijima qilishni tashkil 
etishi bo’ldi. S.Rajabovning mas’ul muharriligida professor Malla 
Ochilov bu kitobni tarjima qilib, 1975 yili nashr ettiridi.
Siddiq Rajabov butun umri davomida pedagogika fanining 
rivojlanishiga xizmat qildi. Olimning O’zbekistonda pedagogika 
fanining rivojlanishiga qo’shgan eng katta hissasi, bu albatta, 
pedagogika oliygohlari talabalari uchun “Pedagogika” darsligini 
chop ettirishi bo’ldi. Olim darslikning redaktsiyasini boshqardi, 
birnechta qismlarini o’zi yozdi, 1962, 1966 va 1981 yillarda qayta-
qayta to’ldirib, nashr ettirdi. 
O’zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida olim yosh 
tadqiqotchilarga hamisha yordam berib keldi. S.Rajabov o’zoq yillar 
davomida pedagogika fanlari bo’yicha ilmiy daraja beradigan 
ixtisoslashtirilgan Kengashni boshqarib, nafaqat O’zbekiston, balki 
Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham olimlar tayyorlab berishda 
juda katta xizmat qildi. Akademik Rajabov 7 nafar fan doktori, 130 
nafar fan nomzodini tayyorladi.
O’zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishiga qo’shgan juda 
katta xizmati uchun S.Rajabovga 1964 
yilda“O’zbekiston 
Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi” unvoni berildi. 
Birqancha orden va medallar bilan taqdirlandi. 
1.
1917 yil O’zbekiston tarixida qanday siyosiy voqea ro’y 
bo’ldi? 
2.
O’zbekistonda qachon arab yozuvidan lotin yozuviga, so’ngra 
kirill yozuviga o’tildi? 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


3.
“Savodsizlikni tugatish” kompaniyasi haqida nimalarni 
bilasiz? 
4.
O’zbekistonda sobiq sho’rolar davrida mavjud bo’lgan qanday 
bosqichlardan iborat maktablar haqida bilasiz? 
5.
O’zbekistonda birinchi universitet qachon tashkil etilgan? 
6.
Quyida keltirilgan chizma bilan tanishing. Chizmaning chap 
tomondagi ustuniga sobiq sho’rolar davri ta’lim tizimining ijobiy 
tomonlarini, o’ng tomonida esa mazkur davr ta’lim tizimining salbiy 
tomonlarini yozing. 
Sobiq sho’rolar davri ta’lim 
tizimidagi ijobiy o’zgarishlar 
Sobiq sho’rolar davri ta’lim 
tizimining salbiy tomonlari 


IX BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMI. 
MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR 
RIVOJI 
Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan 
islohotlar. 
Bugungi kunda, umumiy e’tirofga ko’ra, XXI asr 
globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-
kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va 
dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib 
borayotganini isbotlab berishga hojat yo’q, albatta. 
Bunday sharoitda inson kapitaliga yo’naltirilayotgan investitsiya 
va qo’yilmalarning o’sishini, hozirgi zamonda demokratik 
taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan 
maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch 
bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash 
vazifasini doimo o’zining asosiy ustuvor yo’nalishlari qatoriga 
qo’yadigan davlatgina o’zini namoyon eta olishi mumkin. 
Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 15 yil oldin qabul 
qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim 
sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat 
qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga 
asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan «o’zbek 
modeli» - o’z taraqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir. 
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi 
taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning 
natijasi sifatida o’tmishda majburan singdirilgan kommunistik 
mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, 
odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning 
ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, 
qisqacha aytganda, bu dastur o’z fikriga, o’zining qarashlari va 
qat’iy grajdanlik pozisiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama yetuk va 
mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan. 
Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan 
qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo 
mumkin emas edi. 


Agarki O’zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha 
bo’lgan bolalar, 60 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo’lgan 
yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, bu islohotlarning 
roli va ahamiyati o’z-o’zidan tushunarli va ravshan bo’ladi. 
Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini yangicha talablar asosida 
tashkilqilish, takomillashtirish bo’yicha olib borilgan jiddiy 
izlanishlar 
natijasida 
avvallari 
faqat 
aholining 
umumiy 
savodxonligini ta’minlash bilan cheklangan ta’lim mazmuni tubdan 
yangilandi. 
MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib Davlat ta’lim standartlari 
ishlab chiqildi va joriy etildi. Amaliyot jarayonida ta’lim turlariaro 
uzviylikni, uzluksizlikni ta’minlash maqsadida o’quv fanlari 
bo’yicha DTS hamda o’quv dasturlari takomillashtirilmoqda, 
muvofiq-lashtirilmoqda. 
Ta’lim muassasalarida 9875ta fizika, 9487ta kimyo laboratoriya 
xonalari, 9390ta biologiya xonalari tashkil etilib, zamonaviy o’quv-
laboratoriya jihozlari bilan to’ldirildi. Shuningdek, barcha ta’lim 
muassasalaridagi «Ma’naviyat va ma’rifat», kasbga yo’naltirish, 
chizmachilik, tasviriy san’at va rassomlik, chet tili xonalari hamda 
faollar zali, tibbiyot xonasi, ma’muriy-metodik xona va barcha turar 
joylar zamonaviy mebel va maxsus jihozlar bilan bekamu ko’st 
ta’minlandi. 
O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va 
isloh etish bo’yicha miqyosi va ko’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga 
oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat 
ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, 
kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o’quv-laboratoriya 
asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va 
metodik jihatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 
O’zbekistonda maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus, 
qozoq, qirg’iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda. 
Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va 
akademik litsey barpo etildi. Siz, konferensiya qatnashchilarining 
ko’pchiligi ushbu bilim maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o’z 
me’moriy qiyofasi va texnik ta’minotiga ko’ra eng yaxshi oliy ta’lim 


muassasalaridan aslo qolishmasligiga ishonch hosil qilishingiz 
mumkin. Kasb-hunar kollejlaridagi zamonaviy o’quv-laboratoriya, 
kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o’quvchilar uchun 
umumiy fanlar bo’yicha nafaqat to’liq bilimlar hajmini egallash, 
ayni vaqtda ushbu o’quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va 
texnologiyalarni o’zlashtirish imkonini ham beradi. 
Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab 
qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim 
muassasalari muhim o’rin egallamoqda. O’tgan davr mobaynida 
ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 
59 ta universitet va oliy o’quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba 
ta’lim olmoqda. 
O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni 
rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va 
gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot 
universiteti kabi yuksak xalqaro obro’-e’tibor va chuqur tarixiy 
ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim 
muassasalarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat 
ko’rsatmoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik, 
neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes 
boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mehnat 
bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha bakalavr va 
magistrlar tayyorlanmoqda va biz uchun g’oyat muhim jihati 
shundaki, ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan 
diplomlarga ega bo’lmoqda. 
Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu 
tafakkuri va dunyoqarashini o’zgartirish, ularning siyosiy va 
grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga bo’lgan ishonchini oshirishning 
eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi, desak, hech 
qanday mubolag’a bo’lmaydi. Eng muhimi shundaki, bizning yangi 
avlodimiz, bilimli, o’tmishning har qanday illatlaridan ozod bo’lgan 
yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va 
liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq 
toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib 
bormoqda. 


Shu borada o’tgan davr mobaynida kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylarni 2 million 300 mingdan ziyod o’g’il-qizlarimiz 
bitirib chiqqani, joriy yilda esa 500 mingdan ortiq o’quvchi o’rta 
toifadagi mutaxassis diplomini olib, o’qishni tamomlashini aytib 
o’tish kifoya. Bu yoshlar nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya va 
diversifikasiya qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar 
tarkibini sifat jihatidan yangilashning qudratli omili hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy 
yo’nalishlari. 
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda pedagogik fikrlar 
mazmuni bilan tanishish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni 
umumlashtirish asosida ularning quyidagi asosiy yo’nalishlar 
bo’yicha rivojlanganligiga guvoh bo’lish mumkin: 
I.
Pedagogika 
fani 
metodologik 
g’oyalarining 
takomillashuvi. 
1.
Totalitar tuzum davrida o’rganilishi ma’n etilgan milliy-
pedagogik qarashlarning o’rganilishi va pedagogika faniga olib 
kirilishi. 
2.
Ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda 
yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalarning pedagogik qarashlarda o’z 
ifodasini topishi. 
II.
Pedagogik 
bilimlar 
ijtimoiy-g’oyaviy 
asoslarining 
boyishi. 
1.
Ta’lim mazmunida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi 
asoslari, insonparvarlik va demokratik qarashlarning aks etishi. 
2.
Milliy-madaniy meros namunalaridan foydalanish, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga erishish orqali yosh avlodni 
milliy ruhda tarbiyalash. 
III.
Shaxsni ijtimoiylashtirish. 
1.
Erkin, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol shaxni 
shakllantirish. 
2.
Shaxsda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish. 
3.
Yosh avlodda ijtimoiy voqelikka ongli munosabatni qaror 
toptirish. 
IV.
Yangicha ta’limiy qarashlarning paydo bo’lishi. 
1.
Yuksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda 
tayanch o’rin tutuvchi uzluksiz ta’lim tizimining yo’lga qo’yilishi. 


2.
Ta’lim sohasida davlat va jamoatchilik boshqaruvining 
yo’lga qo’yilishi. 
3.
Ta’lim marketingi va ta’lim xizmatlari sohasining tashkil 
etilishi. 
4.
Ta’limning yangi didaktik parametrlarini aniqlash. 
5.
Yangi o’quv predmeti va o’quv kurslarini o’qitishning 
yo’lga qo’yilishi. 
6.
Hamkorlikda o’qitish va mustaqil ta’limning ommalashuvi. 
7.
Ta’lim olganlikni tashxis etishning yangi vositalari (reyting 
tizimi, monitoring)ning amaliyotga tatbiq etilishi. 
V.
Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining 
kuchayishi. 
1.
Tarbiya 
jarayonida 
oila-mahalla-ta’lim 
muassasasi 
hamkorligining rivojlanishi. 
2.
Tarbiya jarayonida nodavlat va notijorat tashkilotlar 
hamkorligining yo’lga qo’yilishi. 
3.
Tarbiya jarayonida ommaviy axborot va multimedia 
vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish. 
VI.
Pedagog kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlashning yangi 
tizimiga asos solinishi. 
1.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimining isloh etilishi. 
2.
Pedagog kadrlarni uzluksiz tarzda mahoratlarini oshirib 
borish tizimining amalga oshirilishi. 
VII.
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga 
qo’yilishi. 
1.
Pedagog kadrlarning rivojlangan xorijiy davlatlarda kasbiy 
malakalarining oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish. 
2.
Talabalarning o’zlarining tanlagan sohalari bo’yicha chet 
elda ta’lim olishlarini tashkil etish. 
3.
Uzluksiz ta’lim tizimida xalqaro donor tashkilotlari 
xizmatlaridan 
foydalanishning 
huquqiy 
asoslarining 
ishlab 
chiqilishi. 
4.
O’zaro tajriba almashinuv dasturlari doirasida ilmiy, ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi. 


VIII.
Maxsus pedagogika ilmiy asoslarining boyitilishi. 
1.
Anomal bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda 
milliy va xorijiy tajriba uyg’unligiga erishish. 
2.
Inklyuziv ta’limning yo’lga qo’yilishi va “Ta’lim hamma 
uchun” dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash. 
1.
“Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan 
ta’lim islohotlarining o’ziga xosligi shundaki…” mavzusida 
asoslangan esse yozing. 
Topshiriqni bajarish tartibi: 
1.
Mazkur mavzu yuzasidan o’z nuqtai nazaringizni bayon 
eting. 
2.
Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting. 
3.
Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring. 
2, Quyidagi chizmaga e’tibor qarating. Muammo yuzasidan fikr 
yuriting.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
Nima uchun 
O’zbekiston 
Respublikasi 
ta’lim 
tizimini isloh 
qilish 
zaruriyati 
paydo bo’ldi? 
Nima uchun? 
Nima uchun?
Nima uchun?
Nima uchun?


X BOB. ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING 
BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING 
RIVOJLANISH TARIXI. YA.A.KOMENSKIYNING 
PEDAGOGIK NAZARIYASI.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim 
davlatlarida maktab va tarbiya. 
Qadimgi Misr murakkab davlat 
tizimiga va keng miqyosli xo’jalikka ega bo’lgan mamlakat bo’lgan. 
Misr davlati va xo’jaligini boshqarish uchun xat-savodli, bilimdon 
kishilar zarur bo’lgan. Shu tufayli Misr flr’avnlari va a’yonlari xat-
savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat 
berganlar. Misrda o’qitish, ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar 
edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida 
maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar, 
ruhoniylarning bolalari va o’qishga havaslari bo’lgan kishilarning 
farzandlari ham o’qiganlar. 
Misrda boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar bo’lgan. 
Boshlang’ich maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar 
o’rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan 
shug’ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo’lgan. 
Misrdagi o’rta va oliy maktablarning ko’pchiligi mirzolar tayyorlab 
chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan. 
Misr fir’avnlarining markaziy mahkamasi qoshida podsho 
xazinasi uchun maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar 
ham bo’lgan. Bu maktablar katta tajribaga ega bo’lgan bilimli ustoz-
o’qituvchilar bilan ta’minlangan bo’lgan. Maktablarda matematika, 
geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi dunyoviy va 
diniy bilimlar o’qitilgan. 
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo’lib, u tan jazosi bilan 
mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey 
mirza, dangasalik qilma, yo’qsa jazoga duchor bo’lasan. Qo’lingda 
kitob bo’lsin, ovoz chiqarib o’qigin va o’zingdan ko’p biladiganlar 
bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo’qsa 
kaltak eysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida bo’ladi-da, qachon 
ursang, shunda uning qulog’iga gap kiradi»,-deb yozilgan. 
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. 


Maktablarda ko’proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o’ziga 
to’q kishilarning farzandlari o’qishgan. Ammo maktabda erkin 
jamoadan bo’lgan oddiy kishilar ham o’qigan bo’lsalar kerak. 
Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyoi, grammatika, yuqori 
sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, 
tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy 
fanlar ham o’qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida 
bo’lib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi 
qazishlar vaqtida o’quvchilarga mos o’rindiqlar qo’yilgan maktab 
binosining qoldig’i topilgan. 
Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni 
boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi 
mirzolar tayyorlashga katta ahamiyat berilgan. Maktablarda intizom 
va nazorat juda qattiq bo’lgan. Etarli qobiliyatli va tirishqoq 
bo’lmagan o’quvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich bilan 
savalovchi» maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni 
qunt bilan o’qishga undaganlar. 
Yunoniston unchalik katta bo’lmagan quldorlik davlatlaridan 
iborat bo’lgan. Uning katta shaxarlaridan biri Lakoniya (poytaxti 
Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bo’lib, bu shaxarlar madaniyat 
markazi hisoblangan. 
Bu ikki shaxarda tarbiyaning o’ziga xos tizimi vujudga keldiki, 
natijada bu tarbiya tizimi «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb 
yuritiladigan bo’ldi. 
Lekin bu ikki shaxarning iqtisodiy, siyosiy taraqqiyoti, 
madaniyat darajasi turlicha edi. Shuning uchun ular bir-biridan 
tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik
tuzumi xukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda 
ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko’zlar 
edi. 
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar 
edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. 
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, bu qullar 
mexnati evaziga asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib 
ostiga olinar edi. Shu sababli ular tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turar 
edilar. 


Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo’lib, asosiy maqsad bolalarni 
baquvvat, jismonan sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib 
tarbiyalashdan iborat edi. 
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so’ng 
«Agella» deb atalgan maktabda o’qishgan. O’qish muddati 7-18 
yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi 
«pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan. 
Tarbiya jarayonida bu maktabda o’smirlarga alohida e’tibor 
berishgan. Ularni jismonan sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar 
bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka 
chidash, og’rikka bardosh berishga o’rgatib borishgan. Ta’lim 
jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish, 
sakrash, nayza otish, qo’l bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa 
so’zlashuv, madaniyat darsi tashkil etar edi. 
Kadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga 
xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy 
tomondan ham barkamol bo’lishi nazarda tutilgan. Bolalarga 
musiqa, 
ashula 
va 
diniy 
raqslar 
ham 
o’rgatilgan. 
Bu 
mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan. 
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim 
tomonlaridan 
biri 
yoshlarni 
qullarga 
nisbatan 
shafqatsiz, 
mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat bo’lgan. 
Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da ya’ni kechalari qullarni 
tutish mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular shubhali bo’lib ko’ringan 
qullarni o’ldirar edilar. 
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus 
suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya 
berar edilar. Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar 
ko’rsatgan mardligi va jasurligi, qaxramonlar xaqida suxbatlar 
uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, 
qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilar edi. 
Spartada 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» 
(Efeblar qadimgi Yunonistonda balog’atga yetgan o’spirinlar) 
guruhiga o’kazilgan. Bu guruhda bolalarga harbiy ta’lim berilgan va 
ular harbiy xizmatni o’taganlar. 


Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. O’g’il 
bolalar bilan qizlar birga qo’shib o’qitilgan. Ular ham harbiy va 
jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan 
maqsad erkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, 
uy-joyni qo’riqlash, qurollanib qo’riqchilik vazifasini o’tashi, 
qullarni itoatda saqlashni ta’minlashi ko’zda tutilgan, ular hatto 
jangda ham qatnashganlar. 
Qadimiy Gretsiyaning ikkinchi shaxarlaridan biri Afinada esa 
xayot, tartib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya 
Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot 
Spartadagi singari cheklanib qo’yilgan emas edi. Qullar xususiy 
mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix, 
san’at, me’morchilik, xaykaltaroshlik taraqqiy etgan edi. 
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga 
qo’shib olib borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash 
faqat feodallarning farzandlariga nasib etgan xolos. 
Afinada tarbiya va maorif masalasi Spartaga nisbatan tubdan 
farq qilar edi. Bu yerda grammatist, polestra, gimnasiy, efeb, demos 
kabi maktab turlari mavjud edi. 
Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o’g’il 
bolalar maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona ko’magida uy — 
ro’zg’or ishlariga o’rgatilgan. xotin-qizlar faqat uyda bo’lishgan. 
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14 yoshgacha «grammatist», 
(savod o’qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o’qituvchisi 
ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy 
bo’lib, xaq to’lanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu 
maktablarda ta’lim ololmas edilar. 
Bu maktablarda «didaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot 
olib borar edilar (men o’qitaman degan ma’nodagi «didasko» 
so’zidan, keyinroq «didaktika» ta’lim nazariyasi kelib chiqqan). 
O’g’il bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday 
qullar «pedagog» deb atalgan. Afinadagi grammatist maktabida 
o’qish, yozish va hisoblash o’rgatilgan. O’qishda xarflarni hijjalab 
o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan foydalanganlar. yozuvni 
o’rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. 
Ular ingichka cho’p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol 


toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblangan. Kifarist - 
maktabida o’g’il bolalarga adabiy bilim berilar, estetik mazmundagi 
deklomatsiyalar o’rgatilar («Iliada va Odisseya»dan parchalar 
o’qitilar) edi. 
O’g’il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» 
kurash maktabi deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv 
yurtida ular 23 yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar 
edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza 
irgitish mashqlari va suvda suzish o’rgatilgan. 
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan 
siyosiy va axloqiy masalalarda suhbatlar o’tkazilgan, o’qish tekin 
bo’lgan. «Gimnasiy» maktabida polestra maktabini tugatgan 
badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa, siyosat, 
adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni 
boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan. 
«Efeb» maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu 
maktabda harbiy hizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy 
bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar 
qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat 
qilishni, dengizchilik o’rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) 
maktabi ham mavjud edi. Afinada quldorlik jamiyati ichida 
tabaqalanishning tarbiya sohasiga o’tkazgan ta’siri shundan iborat 
bo’ladiki, mukammal tarbiya olish faqat badavlat quldorlarning 
bolalarigagina xos bo’lib qoldi. Aholining ko’pchiligi bolalarini 
maktablarda o’qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar 
o’rgatar edilar. Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o’zlari hat 
savod o’rgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib 
qo’yilar edi. 
Qadimgi 
Yunoniston 
faylasuflari 
tarbiya 
to’g’risida. 
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika 
nazariyasining ham tug’ilishiga imkoniyat yaratdi. 
Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, 
Arastu va Demokritlar asos soddilar. Ular o’z qarashlari bilan 
ta’lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta xissa qo’shdilar. Quiida 
biz bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. 


Suqrot er.av. (469-399y)da yashab ijod etgan. Suqrotning 
fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini
o’rganish bo’lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol 
toptirishi bo’lmog’i lozim edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan birga 
ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, 
axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni
savol-javob yo’li bilan haqiqatni topishlariga undar edi. Suhbatning 
bu usuli «Suqrot usuli» deb atalgan. U pedagogika olamiga ana
shunday savol-javob metodini ya’ni «Evristik» suhbat metodini
yangi (savol berish va savolni to’ldirish) metodini olib kirdi. U
tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab 
chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol 
sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli «mumtoz» 
largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari
bo’lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i 
kerak deydi. 
Platon er.av. (424-347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi 
bo’lib «obyektiv idealizm» nazariyasining asoschisidir. U tanadan 
tashqarida mavjud bo’lgan narsalar haqidagi nazariyani ilgari suradi. 
Platon arestokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani 
ilgari suradi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy 
guruhlardan iborat bo’lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, 
hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo’lishi lozim. 
Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar ularni har qanday 
dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mexnat qilib, mo’l 
hosil etishtirib faylasuflar va jangchilarni boqadilar degan fikrni 
ilgari suradi. 
Shuningdek, u qullarni ham saqlanib qolishini aytib uning 
tasavvurida qullar xam, xunarmandlar ham, huquqsiz doiralar, 
pastkashlik, qanoat va itoatkorlik fazilatlarigina hunarmand 
kosiblarga va dehqonlarga xos deb takidlaydi. 
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog’i, 
hukmron guruhlarning manfaatlarini ko’zlamog’i lozim. Platonning 
fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan 
tayinlab qo’yilgan tarbiyachilar rahbarligida tarbiyalanishini tavsiya 
etadi. 


7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, 
ularga o’qish, yozish, hisob, musiqa va ashula darslari o’rgatiladi. 
12-16 
yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy mashqlarni 
o’rgatadigan «Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy 
fanlarni o’qitadigan maktablarda, 18-20 yoshgacha esa «Efeb» 
maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o’rgatiladi. 
Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so’ng qobiliyatli 
va iqtidori bo’lgan yigitlar falsafa ilmini o’rgatadigan uchinchi 
bosqich oliy ta’limni o’taydilar. 
Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mexnatga nafratni 
singdirish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda 
tutiladi. 
Uning pedagogika tarixida tutgan o’rni shundaki, u dastlab 
maktabgacha tarbiya to’g’risidagi g’oyani ilgari surib, yoshlarga 
ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadir. 
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U er, av. (384 -
322) yillarda yashagan. 
Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya 
aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa 
qo’shgan. 
Arastu birinchi bo’lib yoshni davrlarga bo’lish mezonini ishlab 
chiqishga uringan olimdir. 
U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0-7 yoshgacha; 7 -
14 yoshgacha; 14-21 yoshgacha bo’lgan davrlarga bo’ladi. U oilaviy 
tarbiyaga doir bir kancha tavsiyalar beradi. Uning fikricha,bolalar 7 
yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go’dakning yoshiga mos keladigan 
ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar orqali uni chiniqtirib 
borish kerak deydi. O’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat 
maktablarida o’qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va 
aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog’langan deb hisoblaydi. U 
bolalarga boshlang’ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar 
qilish bilan bir qatorda o’qish, yozish, grammatika, rasm va 
musiqani o’rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o’smirlar maktabda jiddiy 
ma’lumot olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, 
astronomiya va boshqa fanlarni o’rganishlari lozim deydi. 


Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklarning tarbiyasiga 
o’xshashi 
mumkin 
emas, 
chunki 
xotin-qizlarning 
tabiati 
erkaklarning tabiatidan farq qiladi deb hisoblaydi. 
Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan 
chetlashtirilmaydi. Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida 
ekanligini uqtiradi. 
Demokrit, er, av, (460-370) yillarda yashagan. U tarbiyani 
tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib ilgari surgan 
olim bo’lib, u "Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi" deydi. 
«Ta’lim mexnat asosidagina go’zal narsalarni hosil qiladi» deb 
tarbiya ishida mexnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning 
xizmati shundaki, u inson kamolatida mexnat tarbiyasining roliga 
katta e’tibor berib, yoshlarga mexnat tarbiyasi berishning usullarini 
ko’rsatib berganligidadir. 
Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji. Mark Fabiy 
Kvintilian
– mashhur rimlik notiq va pedagog. O’z maktabi 
tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi 
pedagogik muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik 
qo’llanma – «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan. 
Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi 
rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta 
ahamiyat beradi. Uning fikricha, «Bilishga intilish irodaga bog’liq, 
majburan o’qitish mumkin emas» (Kvintilian «O vospitanii oratora», 
1-qism, 3, 8-betlar).
Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda 
kattalarning nojo’ya xatti-harakatlarining guvohi bo’ladigan Rim 
jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid 
qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo’lishi, unda yaxshi va 
yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda 
tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni 
uqtiradi.
Kvintilianning pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik 
san’atini egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo’lajak notiqqa 
o’tkir xotira, badiiylikni his etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning 
yorqinligi va mimikani shakllantirish lozimligini qayd etadi. Notiqni 
tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kvintilianning fikricha, she’r 


yod olishdir. U hozirda qo’llanilayotgan she’rni yod olish 
metodikasini ham o’z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to’liq 
o’qib chiqiladi, so’ng qismlarga bo’linadi va navbati bilan qismlar 
yodlanadi, nihoyasida butun she’r yoddan aytiladi.
XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr 
etilishi. Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. 
988-yilda 
xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti 
asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus 
yozuvi uchun asos qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga 
vizantiya madaniyatining ayrim elementlari ham kira boshlagan. 
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi.
Rus knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov 
binosini qurib poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o’z 
mulozimlarining bolalarini yig’ib o’qitdi.
1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va 
poplarning” bolalaridan 300 ga yaqinnini to’plab kitob o’qitgan. 
Yuqoridagi ikki faktdan ma`lum buo’ishicha Rossiyada 
maktablar X asr oxiri XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi 
dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar huzurida ochilgan va 
kutubxonalar tashkil etilgan.
XI-XII 
asrlarda 
Kiev 
davlatining 
madaniyati 
g’arbiy 
Yevropadagi yirik davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli edi. 
Rus knyazlari va boyarlari orasida o’qimishli, madaniyatli kishilar 
bo’lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona ochgan, uning 
tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan. 
Knyaz Svyatoslov ma`lumotli kishilarni o’z atrofiga to’plagan. 
Svyatoslav o’z zamonasining eng ma`rifatli kishisi edi. XI asr 
oxirida “Svyatoslav to’plami” nashr qilingan. 
Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari 
madaniyatining o’sishiga asosiy manba bo’lgan. Bu kabi faktlar 
shuni ko’rsatadiki, XI-XII asrlar qadimgi rusda madaniyat va maorif 
rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik to’plamlari vujudga 
keldi: “Izmagarad” (zumrad) “Izbornik Svetoslava”,”Zlatuystroy”, 
“Zlatoust” kabilar. Bu to’plamlarda bola tarbiyasi haqidagi fikrlar 
tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari 
juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, 


Vatanni dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar,
va botir kishilar bo’lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, 
kattalarni hurmat qiladigan, kichiklarni izzat qiladigan bo’lib 
tarbiyalashlarini talab qiladi. 
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar 
ochila boshlaydi. Lekin bu maktablar rus ma`rifatining talabini 
qondira olmas edi. Natijada “Savod ustalari” tashkil qilingan.
Iogann Genrix Pestalotsining didaktika va boshlang’ich 
ta’lim metodikasiga qo’shgan hissasi. 
Iogann Fridrix Gerbart 
Germaniyada tug`ildi. Gerbart dastlab lotincha klassik maktabda, 
so`ngra esa Iyen universitetida o`qidi.
Gerbart universitetni tamomlagach, shveytsariyalik bir aristokrat 
oilasida tarbiyachi bo`lib ishladi. 1800 yilda u Pestalotssining 
Burgdorf institutiga bordi. Lekin u ulug` pedagogning demokratik 
qarashlarini o`zlashtira olmadi. 
1802 yildan boshlab Gerbart Gyottingen va Kenigsberg 
universitetlarida professor bo`lib ishladi. Gerbart bu universitetlarda 
o`zining pedagoglik faoliyatini kengaytirib yubordi: psixologiya va 
pedagogikadan 
leksiyalar 
o`qidi, 
o`qituvchilar 
tayyorlash 
seminariyalariga rahbarlik qildi. U seminariya huzurida tajriba 
maktabi ochib, o`zi bu maktabda matematikadan dars berdi. 
Gerbart o`zining «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy 
pedagogika» (1806), «Psixologiya darsligi» (1816), «Psixologiyani 
pedagogikaga 
tatbiq 
qilish 
to`g`risidagi 
xatlar» 
(1831), 
«Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki» (1835) degan kitoblarida 
pedagogikaga doir g`oyalarini keng bayon qilib berdi. 
Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari. Gerbart tarbiya 
maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat berdi. U tarbiyaning 
maqsadi yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb 
hisoblaydi. Gerbart shu maqsadni abadiy va o`zgarmas deb hisoblab, 
odamlarni mavjud munosabatlarga moslasha oladigan, o`rnatilgan 
huquq tartibini hurmatlaydigan, shu tartibga itoat qiladigan kishilar 
qilib tarbiyalashni ko`zda tutdi. 
Pedagog o`zi tarbiyalayotgan bolaning oldiga shunday maqsad 
qo`yishi lozimki, bola ham o`sib katta bo`lganidan keyin o`z oldiga 
shunday maqsadlar qo`ya bilsin. Mana shu bo`lajak maqsadlar: 1) 


ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlar va 2) zarur maqsadlar 
deb ikkiga bo`linishi mumkin. 
Odam bir vaqti kelib muayyan ixtisos sohasida o`z oldiga 
qo`yishi mumkin bo`lgan maqsadlar ro`yobga chiqishi mumkin 
bo`lgan maqsadlardir. 
Zarur maqsadlar deb shunday maqsadlarga aytiladiki, bu 
maqsadlar odamga o`z faoliyatining har qanday sohasida kerak 
bo`ladi. 
Tarbiya ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlarni o`z 
oldiga qo`ygach, u odamda xilma-xil, har tomonlama idrok qilish 
qobiliyatini o`stirishi, qiziqish doirasini kengaytirishi va to`laroq 
qilishi lozim, mana shuning o`zi ichki erkinlik g`oyasiga, takomillik 
g`oyasiga muvofiq bo`lib tushadi. Zarur maqsadlarga kelganda 
tarbiya bo`lajak arbobning axloqini xayrixohlik g`oyasi, huquq va 
adolat g`oyasi asosida tarkib toptirishga yoki Gerbartning so`zi bilan 
aytganda, bu arbobda barqaror axloqiy xarakter vujudga keltirishga 
majburdir. Gerbart tarbiyaning mohiyati bolaning ko`nglini 
tasavvurlar bilan boyitishdan iborat deb hisoblab, bolaga fazilatli 
xulq g`oyalarini va sabablarini singdirishni va shu asosda unda 
axloqiy xarakter vujudga keltirishni istaydi. 
Gerbart tarbiya jarayonini boshqarish, o`qitish va axloqiy tarbiya 
berish, deb uch bo`lakka bo`ladi. 
Boshqarish o`z oldiga bolaning kelajagini emas, balki hozirgi 
vaqtning o`zida, ya`ni tarbiya jarayonining o`zida tartib saqlab 
turishni vazifa qilib qo`yadi. Gerbart «yovvoyi sho`xlik» bolalarga 
xos bir narsa deb hisoblab, boshqarish ana shu «yovvoyi sho`xlik»ni 
yo`qotishi lozim deydi. Boshqarish tashqi tarbiyani saqlab turishi 
bilan tarbiyalanish uchun shart-sharoit vujudga keltiradi. Lekin 
boshqarishning o`zi tarbiyalamaydi, balki tarbiyalashning mutlaqo 
zarur shartidir, xolos, deydi. 
Gerbart boshqarishda xilma-xil jazolar sistemasini batafsil ishlab 
chiqdi. Jumladan: po`pisa va nazorat qilish, buyruqlar berish, 
taqiqlash va tan jazosi kabilar. 
Gerbart bu metodlardan aniq, to`g`ri va adolatli foydalanilsa 
bolalar tarbiyasida yaxshi natijalarga erishishi mumkin, bolalarni 


boshqarish vositalari ichida tan jazosi berish metodi asosiy o`rinni 
egallaydi, deb ta`kidlaydi. 
Gerbart tarbiya ishida aqliy ta`limga katta ahamiyat berdi. U 
ta`limni tarbiyaning eng katta va asosiy vositasi deb hisobladi. 
Gerbart pedagogikaga tarbiyalovchi ta`lim terminini kiritdi. 
Ta`limsiz tarbiya bo`lmaydi, deydi u. Gerbart tarbiyalamaydigan 
ta`limni tan olmaydi. Ammo Gerbart o`zidan oldin o`tgan 
pedagoglarning, jumladan, Pestalotssining tarbiyalovchi ta`lim 
to`g`risidagi qimmatli g`oyasini takomillashtirdi.
Gerbartning fikricha, ta`lim qiziqishlarning ba`zilari tevarak-
atrofdagi voqelikni bilishga, ba`zilari ijtimoiy hayotni bilishga 
intiladi. 
Gerbart turli qiziqishlarni oltita mustaqil turga bo`ladi. U 
quyidagi qiziqishlarni birinchi guruh qiziqishlar qatoriga kiritadi: 
imperik qiziqish — fikr yuritishga yo`llaydi; estetik — qiziqish bu 
hodisalarga badiiy baho berishni ta`minlaydi. Quyidagi qiziqishlar 
ikkinchi, guruh qiziqishlar qatoriga kiradi: yoqtiruvchi qiziqish — 
bu qiziqish o`z oila a`zolariga va juda yaqin tanish-bilishlariga 
qaratilgan qiziqihdir; ijtimoiy qiziqish — odamlarning kengroq 
doirasini, jamiyatni, o`z xalqini bilishga qaratilgan qiziqishdir. 
Gerbartning fikricha, odamzod o`z tarixining boshlang`ich davrida 
bolalarga va o`spirinlarga xos narsalarga va faoliyat turlariga 
qiziqqan. Shu sababli deydi u, — o`quvchilarga qadimiy xalqlar 
tarixi va adabiyoti doirasidan olingan va tobora murakkablashib 
boradigan gumanitar bilimlar berish kerak. 
Gerbart qadimiy tillarga va matematikaga ham juda yuksak baho 
berdi, shu bilan birga, u matematikani asosan tafakkurni o`stirish 
vositasi deb, «ruh uchun kuchli gimnastika» deb hisoblaydi. 
Gerbart maktab tizimi masalasini o`zining konservativ ijtimoiy 
qarashlariga muvofiq hal qilishga urindi. U maktablarning quyidagi 
tiplarini: elementar maktab, shahar maktabi va gimnaziyani taklif 
qildi. Maktablarning bu tiplari bir-biriga bog`liq emas, ularning har 
qaysisi mustaqil yashayveradi: elementar maktab va shahar 
maktablaridan 
maxsus 
maktablargagina 
o`tish 
mumkin, 
gimnaziyadan esa oliy o`quv yurtlariga o`tish mumkin. Klassik 
gimnaziya ta`limi Gerbart zamonidayoq o`z umrini tugatib qolgan 


bo`lsa ham, lekin Gerbart bu ta`lim tizimini qizg`in yoqlab chiqdi. 
Uning fikricha, savdo-sotiq, sanoat, hunar-kasb va hayot uchun 
amaliy ahamiyati bo`lgan boshqa xil ishlar bilan shug`ullanishi 
lozim bo`lgan kishilargina real maktabda o`qib tarbiyalanishi kerak. 
Aqliy mashg`ulotlar, rahbarlik va boshqaruv ishlari bilan 
shug`ullanishi lozim bo`lgan kishilar, ya`ni jamiyatning intizomli 
tabaqalari esa Gerbartning fikricha, faqat klassik gimnaziyada o`qib 
ta`lim olishi lozim. 
Gerbart ta`lim bosqichlari nazariyasini ishlab chiqdi, bu nazariya 
hamma mamlakatlarning pedagoglari orasida keng tarqaldi. 
Gerbart ta`limni tasviriy ta`lim, analitik ta`lim, sintetik ta`lim 
deb uch turga bo`ldi. 
Tasviriy ta`lim cheklangan tarzda qo`llaniladi, lekin o`z 
chegarasi doirasida uning ahamiyati juda katta. U bolaning 
tajribasini aniqlab olishni va bu tajribani to`ldirishni o`z oldiga 
maqsad qilib qo`yadi. O`qituvchi materialni jonli, obrazli hikoya 
qilib berish yo`li bilan o`quvchilarning bilimlarini kengaytiradi. 
Bunda ko`rsatmali vositalar katta rol o`ynaydi. 
Analitik ta`lim «ayni bir vaqtda atrofni o`rab turgan» narsalarni 
ayrim narsalarga, bu narsalarni esa tarkibiy qismlarga, bu tarkibiy 
qismlarni ham belgilarga bo`lish vazifasini o`z oldiga qo`yadi. 
Bolalar maktabga kelganlarida ularning boshlarida juda ko`p 
tasavvurlar 
bo`ladi. 
Vazifa 
shuki, 
o`qituvchi 
rahbarligida 
o`quvchilarning bu fikrlari bo`laklarga ajratilishi, tuzatilishi va 
takomillashtirilishi lozim. 
Sintetik ta`lim, asosan, yuqori sinflarda qo`llaniladi. O`qituvchi 
yangi materialni bayon qilar ekan, uni tasvirlab berish bilan 
cheklanib 
qolmaydi, 
balki 
umumiy 
xulosalar 
chiqaradi, 
o`quvchilarga bo`lak-bo`lak holda ma`lum bo`lgan, ularning ongida 
bir-biridan alohida-alohida turgan turli tasavvurlarni bir butun holga 
keltirib, taqrib qiladi. Gerbart sintetik ta`limga katta ahamiyat 
beradi.
Gerbartning fikricha, tasvir, tahlil va taqrib o`quv jarayonida 
birin-ketin kiritiladigan va birining o`rnini ikkinchisi izchillik bilan 
almashtirib turadigan, bir-biridan ajratib qo`yiladigan qandaydir 


ta`lim metodlar emas. Ta`lim jarayoni ta`limning shu uch usulida 
birlik bo`lishini ta`minlashi lozim. 
Gerbart axloqiy ta`limning nihoyat darajada intelluktualizm ruhi 
bilan sug`orilgan tizimini ishlab chiqdi. Uning pedagogika tizimida 
o`qituvchining o`qitish vositasi bilan o`quvchi ongiga axloqiy 
tushunchalarni singdirishga katta ahamiyat beriladi. 
Shuni ham hisobga olish kerakki, Gerbart boshqarishni axloqiy 
tarbiyadan ajratdi, u faqat hozirgi vaqt uchun tartib o`rnatishi lozim 
bo`lgan boshqarishga nisbatan axloqiy tarbiyaning prinsipial farqini 
topishga urindi, lekin bunga ozroq bo`lsa-da, ishontirarli dalil topa 
olmadi, zotan bunday dalil topish mumkin ham emas edi. Chunki 
intizom tarbiyaning ham sharti, ham natijasidir. 
Gerbart axloqiy tarbiya prinsiplari boshqarish prinsialariga 
qarama-qarshidir. Boshqarish bolaning irodasi va ongini tartibga 
solib turadi. Axloqiy tarbiya tizimida esa tarbiyalanuvchida mavjud 
bo`lgan yaxshi belgilarning hammasi axloqiy tarbiya metodlariga 
tayanch bo`lishi lozim. Axloqiy tarbiya «tarbiyalanuvchining yaxshi 
xislatlarini chuqur ma`qullash vositasi bilan uning «o`z shaxsini» 
o`zining nazarida ulug`lashga» intilishi lozim. Tarbiyachi hatto 
yo`ldan ozgan tarbiyalanuvchining ham yaxshi belgilarini topishi va 
bunga darhol erisha olmasa, umidsizlikka tushib qolmasligi zarurdir. 
Axloqiy tarbiya tizimida «bir uchqun shu ondayoq ikkinchi 
uchqunni chaqnatishi mumkin». 
Gerbart axloqiy tarbiyaning o`ziga xos vositalari qatorida 
quyidagilarni ko`rsatib o`tadi. 
1. Tarbiyalanuvchini tiyib turish (bolani boshqarish, uni itoatkor 
bo`lishga o`rgatish — bu vositaga xizmat qiladi). Bolalar uchun 
xatti-harakat chegaralarini belgilab qo`yish kerak. 
2. Bolani belgilab olish, ya`ni uni shunday sharoitga qo`yish 
kerakki, bu sharoitda u «quloq solmaslik og`ir kechinmalarga olib 
kelishini» faqat tarbiyachining ko`rsatmalaridangina emas, balki shu 
bilan birga o`z tajribasidan ham tushunib oladigan bo`lsin. 
3. Xulqning aniq qoidalarini belgilab qo`yish. 
4. Tarbiyalanuvchining ko`nglida «osoyishtalik va ravshanlik» 
bo`lishini ta`minlab turish, ya`ni «tarbiyalanuvchida haqiqatga 
nisbatan shubha tug`ilishi» uchun asos bermaslik. 


5. Ma`qullash va sazo berib turish yo`li bilan bolaning ko`nglini 
«to`lqinlantirib» turish. 
6. Bolani «xabardor» qilib turish, ya`ni uning nuqsonlarini 
ko`rsatib va tuzatib turish. 
Axloqiy tarbiyada jazo choralarini ham qo`llash kerak, lekin 
intizom o`rnatish uchun qo`llaniladigan jazo choralari tarbiyalash 
maqsadida beriladigan jazo choralaridan farq qilinishi lozim, 
tarbiyaviy jazo choralari qasos g`oyasi bilan bog`lanmasdan, balki 
tarbiyalanuvchiga xayrixohlik bilan qilinayotgan ogohlantirish 
choralari bo`lishi lozim. 
Tarbiyalanuvchining ongida har qaysi narsani o`zimcha mustaqil 
hal qila beraman, degan fikrning kuchayib ketishiga yo`l qo`yish 
juda xavflidir. Tarbiyalanuvchining har qanday odamlar orasida 
(ulfatchilikda) bo`lishiga juda ehtiyotlik bilan qarash kerak, 
«ijtimoiy turmush oqimi bolani o`z girdobiga tortmasligi va 
tarbiyaga qaraganda zo`rroq bo`lib ketmasligi lozim». Gerbart 
tarbiyachining obro`sini nihoyatda darajada yuqori ko`tarishni talab 
qildi, bu obro` tarbiyalanuvchining nazarida «ko`pchilikning 
fikridan» hamisha ustun bo`ladi deb hisobladi, shuning uchun ham 
«tarbiyachi juda zo`r obro`ga ega bo`lishi, tarbiyalanuvchi bunday 
obro` oldida boshqalarning har qanday fikrini nazar-e`tiborga 
olmaydigan bo`lishi g`oyat zarurdir». 
Gerbart 
g`oyalari 
Germaniyada, 
Rossiyada, 
G`arbiy 
Yevropaning ko`pgina mamlakatlarida keng tarqaldi. Amerikada 
ham bu g`oyaga talab tug`ildi. 
Yevropa va AQSh da klassik o`rta maktablar ko`p jihatdan 
Gerbart pedagogikasiga asoslanib qurildi. Gerbartning bolalarni 
boshqarish tizimi keng yoyildi. Bu tizim bolalar tashabbusini 
bo`g`ishga va ularni kattalarning obro`yiga hech so`zsiz 
bo`ysundirishga qaratilgan tizim edi.
Gerbart pedagogikani ilmiy fan darajasiga ko`tarish uchun ko`p 
ish qildi. U pedagogikaning o`ziga xos tushunchalar tizimi borligini 
ko`rsatdi. 
Gerbartning didaktika masalalarini ishlab chiqqanligi katta 
ahamiyatga ega bo`ldi. Uning ko`p tomonlama qiziqish to`g`risida, 
ta`limning tizimli bo`lishi to`g`risida, qiziqish va diqqatni o`stirish 


to`g`risida aytgan fikrlari hech shubhasiz qimmatlidir. Gerbartning 
ta`lim bilan tarbiya o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab 
berishga uringanligiga ijobiy baho bersa arziydi. 
Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi. 
Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg (1790-
1866) 
XIX 
asr 
o’rtalarida 
demokratik 
pedagogikaning 
taraqqiyparvar namoyandasidir. Disterverg pedagoglik sohasida 
samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy va metodik ishlarni
ham muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U «Nemis o’qituvchilarini 
o’qitish uchun qo’llanma» (1835) degan kitobini nashr qildirdi. 
Ushbu kitobda Disterverg ta’limning umumiy vazifalarini va 
tamoyillari to’g’risidagi o’zining taraqiyparvar qarashlarini bayon 
qilib berdi. Disterveg umuminsoniy tarbiya g’oyasini himoya qilib 
chiqdi, shu ideyaga tayanib turib, pedagogika masalalarining yukori 
toifaviy va shovinistik manfaatlarini ko’zlab hal kilishga qarshi 
kurashdi. 
Uning 
fikricha, maktabning 
vazifasi 
«chinakam 
prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli fuqarolar 
tarbiyalab etishtirishdir. Odamlarda insoniyatga va o’z xalqiga
bo’lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog’langan holda 
rivojlantirilishi lozim. Disterveg “inson – mening nomim, nemis – 
mening lakabimdir” deydi. 
Disterveg Pestalotstsi singari, tarbiyaning eng muhim tamoyili 
uning tabiat bilan uyg’unligidir, deb hisobladi. Disterveg tarbiyaning 
tabiatga uyg’un bo’lishini quyidagi mazmunda talqin etdi, ya’ni 
tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib borilishi, 
o’quvchining yoshi va o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi 
kerak, dedi. Disterveg o’qituvchilar bolalar diqqati, xotirasi, 
tafakkurining o’ziga xos belgilarini sinchiklab o’rganishlari kerak, 
deb aytdi: u psixologiyani “tarbiya to’g’risidagi fanning asosi” deb 
bildi. Distervegning katta xizmati shundaki, u pedagoglik tajribasini
pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisobladi. U mohir 
pedagoglarning bolalarni tarbiyalash va bu sohadagi ish tajribalarini
o’rganish zarurligini ko’rsatib berdi. 
Disterveg tabiatga uyg’un bo’lish tamoyiliga qo’shimcha
ravishda tarbiya madaniyat bilan uygun tavsifda bo’lishi ham kerak, 
deb talab qildi. U bunday deb yozadi: “Tarbiyalash chog’ida 


odamning tug’ilgan va u yashashi kerak bo’lgan joy hamda vaqt 
sharoitini, xullas, keng va umumiy hajmdagi butun zamonaviy 
madaniyatni e’tiborga olishi zarur”. 
Distervegning fikricha, bolalarda tashabbuskorlikni o’stirish 
zamonaviy voqealik olg’a surayotgan asosiy talablarning biri 
bo’lishi lozim. Lekin bolalarda tashabbuskorlikni o’stirish 
tarbiyaning obyektiv tomoni bo’lgan muayyan maqsadga erishishga 
yo’naltirilgan taqdirdagina ijobiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu “haqiqatga, 
go’zalikka 
va 
yaxshilikka 
xizmat 
qilishga 
qaratilgan 
tashabbuskorlikdir”, deb aytdi.
Disterveg xam, Pestalotsii singari, ta’limning asosiy vaifasi 
bolalarning aqliy kuchlarini va kobiliyatlarini o’stirishdan iboratdir, 
deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan
chambarchas bog’langanligini ko’rsatib, sof formal ta’lim 
bulmaydi, lekin o’quvchining o’zi mustaqil olgan bilimlari va 
malakalarigina kimmatga egadir, deb uqtirib o’tdi. 
Ta’lim insonning har tomonlama kamolotga etishiga va uning 
axlokiy tarbiyasiga yordam berishi lozim. O’kitilayotgan har bir 
narsa ta’lim jihatdan qimmatga ega bo’lish bilan bir qatorda, axloqiy 
ahamiyatga ham egadir. 
Disterveg tarix, geografiya, ona tili va adabiyotning o’qitilishini
bolalarga ta’lim berishda katta roli borligini ko’rsatib o’tdi. U 
tabiyot va matematika fanlariga yuksak baho berdi, bu fanlar 
bolalarning intellektual o’sishi uchun muhim vosita ekanligini 
ko’rsatdi va hamma tipdagi umumiy ta’lim maktablarida bu fanlar 
o’qitilishi lozim, deb hisobladi. Shu bilan birga, u tabiyot va 
matematika o’quvchilarni zarur bilimlar bilan lozim bo’lgan 
darajada qurollantirishi, ularning kelajak amaliy faoliyatga
tayyorlashi lozim deb talab qildi. 
Distervegning fikricha, boshlang’ich maktabda o’quvchilarni
o’qitilgan materialni o’zlashtirish ustida mustakil ishlay oladigan 
qilishga, ularda buning uchun malaka hosil kilish, ularning aqliy 
kuch va kobiliyatlarini o’stirishga asosiy e’tibor berilishi zarur. 
O’qituvchi ko’rsatmali o’qitish yuli bilan bolalardagi barcha sezgi 
organlarini o’stirishga alohida e’tibor berishi lozim. 


Disterveg boshlang’ich maktabning o’quv rejasiga tabiyotni, 
fizikadan 
boshlang’ich 
ma’lumotlar, 
amaliy 
geometriya, 
geografiyani kiritib, bu rejani kengaytirishni talab etdi. U o’rta 
maktabda real bilimlarni o’qitish tamoyilini qizg’in himoya qildi va 
o’z zamonidagi klassik gimnaziyani qoraladi. 
Disterveg rivojlantiruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu 
didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va tarikasida
bayon qilib berdi. Disterveg, avvalo tabiatga uyg’un tarzda bola 
idrokining xususiyatlariga muvofiq o’qitishni talab etdi. U 
misollardan koidalarga: buyumlar va bu buyumlar to’g’risida 
konkret tasavvurlardan shu buyumlarni ifodalovchi so’zlarga 
o’tishni taklif kiladi. Disterveg bolalarni ularning sezgi organlari 
bevosita his qila oladigan buyumlar bilan tanishtirishga juda katta 
ahamiyat berish bilan bir vaqtda, bolaning o’z sezgi organlari bilan 
idrok qilayotgan butun materialni o’ylab ko’rishi va anglab olishi 
zarurligini uqtirib o’tdi. Disterveg taklif qilgan ko’rsatmali ta’lim 
“uzoqqa”, “oddiy narsalardan murakkab narsalarga”, “osonroq 
narsalardan, qiyinroq narsalarga”, “ma’lum narsadan, noma’lum
narsaga” o’tish kerak degan qoidalar bilan bog’langan ta’limdir. 
O’z vaqtida Komenskiy ta’riflab bergan bu koidalarni Disterveg 
yanada taraqqiy ettirdi, pedagog bu koidalarni formal ravishda 
qo’llanmasligi kerak, deb xaqli ravishda ogohlantirdi. 
Disterveg 
o’qitilayotgan 
materialning 
mustahkam 
o’zlashtirilishiga katta e’tibor beradi. Disterveg “O’quvchilar 
o’rganib olgan narsalarni unutib qo’ymasliklariga harakat qil” 
degan qoidani ilgari surdi va o’tilgan material esdan chiqib 
qolmasligi uchun uni tez-tez qaytarib turishni maslahat beradi. 
Distervegning koidalaridan birida “Asoslarni o’rganishda 
shoshilma” deyiladi.
Distervegning haqqoniy ravishda ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli 
ta’lim hamisha tarbiyalovchi xarakterda bo’ladi. Bunday ta’lim 
bolaning akliy kuchlarinigina o’stirib qolmaydi, balki shu bilan 
birga uning shaxsini, irodasini, sezgilarini, xulq-atvorini ham kamol 
toptiradi. Distervegning fikricha, ma’lum bir ta’lim metodining 
kanchalik samarali bo’lishi bu metodning o’quvchilarning akliy 
kuchlarini qo’zg’atishga qanchalik yordam berishi bilan belgilanadi. 


“Agar har qanday metod, - deydi u, -o’quvchilarni oddiy idrok 
kilishga yoki passivlikka odatlantirgan bo’lsa, yomon metoddir, agar 
o’quvchilarda tashabbuskorlikni qo’zg’atadigan bo’lsa, u yaxshi 
metoddir”. U boshlang’ich ta’lim uchun “elementar” yoki 
rivojlantiruvchi metodni tavsiya qiladi, metod o’quvchilarning aqliy 
kuchlarini nihoyat darajada qo’zgatadi, ularga “qidirish, chamalab 
ko’rish, muhokama yuritish va nixoyat, topish” imkonini beradi. 
Distervegning fikricha, “Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib 
qo’ya koladi, yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishga o’rgatadi». 
Ya.A.Komenskiyning 
pedagogik 
nazariyasi. 
Mashhur 
donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy 
demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan 
o’rin oldi. U o’zining amaliy hayotini, pedagogik faoliyatini, ilmiy 
asarlarini, xalq bolalarini o’qitish va tarbiyalashda bag’ishladi.
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o’qitish 
va tarbiyalash haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini 
payqabgina qolmasdan, balki pedagogik ilmining poydevorini qurdi 
va rivojlanish yo’llarini ko’rsatib o’tdi.
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning 
Moraviyada “Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug’ildi. 
Komenskiylar oilasi Moraviyada Koman qishlog’idan ko’chib 
kelishgan, shuning uchun ham ularni bu yerda Komnachilar oilasi 
deb atalgan.
Komenskiy yashagan davr Yevropa mamlakatlarida sinfiy 
kurash keskinlashib tarixiy voqeallar sodir bo’lgan vaqtlar edi. Bu 
davr feodal ishlab chiqarish munosabatlarining borishi kapitalistik 
tuzum asoslarining targ’ib topayotgan davri edi. Chexiyada 
boshlagan o’ttiz yillik urush bu urush o’zining mohiyati jihatidan 
chex xalqining nemis katolik feodalariga qarshi kurash edi. 
Yevropaning barcha kuchli davlatlari bu urushda qatnashdi. Keng 
xalq ommasi jalb etilgan bu kurashdan Komenskiylar oilasi chetda 
turmadi, chunki Komenskiylar oilasiga mansub bo’lgan “Chex 
qardoshlari” jamoasi burjua demokratik islohotlar o’tkazishni talab 
qilib, bu kurashda ishtirok etdi. “Chex qardoshlar” jamoasi o’z 
safiga chex xalqining ozodligi va mustahkamligi uchun kurashib 
kelayotgan vatanparvarlarni birlashtirdi. Chex xalqining ozodligi 


uchun kurash Yevropa xalqllari feodalizmga qarshi olib 
borilayotgan kurashning bir qismi edi. Chex qardoshlari 
cherkovning diniy marosimlarini bajarishdan voz kechdilar, 
dvoryanlarga qarshi kurashdilar hamma bolalarga ijtimoiy ta`lim 
berishni amalga oshirdilar, kambag’al oilalarga yordam berdi. 
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan 
kechirdi. “Chex qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang’ich 
ta`lim oldi, 1608-1610 yillarda lotin maktabida o’qidi. Jamoa 
hisobidan Germaniyada o’qishga yuborildi. Komenskiy Xerborin va 
Gaydelberg universitetlarida ta`lim oldi. U “Hamma narsalar 
ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu 
yillarda ona-tilining to’liq lug’ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza 
boshladi va Ratkening didaktik ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 
1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi maktabiga 
o’qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga 
boshliq qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan 
maktabda boshchilik qildi. U maktabda ishlash jarayonida o’qitish 
metodlarini takomillashtirishga intildi.
Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga 
qarshi kurashda aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi 
a`zolarini va Komenskiyni ta`qib ostiga oldilar. U quvg’inda hayot 
kechirdi.
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini 
yozishga kirishdi. Katolik zulmi va quvg’in kuchaygach, Komenskiy 
va boshqa jamoa a`zolari Pol`shaning Leshno shahrida o’rnashdilar. 
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o’qituvchilik qildi. 1632-38 
yillarda bu asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni 
“Buyuk didaktika” deb ataydi. Komenskiy 1631 yilda “Tillar va 
hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda “Fizika”? 1632 yilda 
“Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini yaratdi. 
Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o’tkazishga kirishdi va 
maktablarda lotin tili o’qitish metodikasini ishlab chiqdi.
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining 
topshirig’iga asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, 
“Tillarining engi yaxshi metodi” kabi asarlarini nashr qildi. 


1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. 
U o’qitish jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish 
uyg’otish uchun “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” 
asosida 8 ta o’quv pyesasini yozdi va ulardan “O’yin maktab” 
kitobini tuzdi. 1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora 
qilingan narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar 
Yevropaning ayrim mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi 
yarimigacha darslik sifatida foydalandi.
Komenskiy Leshno shahri vayron bo’lgach, Gollandiyaga 
ko’chib bordi va Amsterdam shahrida o’rnashib qoldi. Umrining 
oxirigacha shu erda yashadi va 1670 yil 15 noyabrda Amsterdam 
shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so’nggi yillarini xalqlar 
o’rtasida tinchlik o’rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini 
o’rganishga bag’ishladi.
U otashin vatanparvar edi. U umr bo’yi o’z vatanining 
mustaqilligi uchun kurashdi. Uning barcha asarlari chuqur 
vatanparvarlik hissi bilan sug’orilgan. Komenskiy dindor odam edi. 
Uning pedagogikaga oid barcha asarlarida o’sha davrning ta`siri 
ko’rinadi. Komenskiy dunyo qarashicha uning didaktik ta`limotiga 
16-17 asr tabiat falsafasining va Bekonning seneualistik 
falsafasining ta`siri kuchli. Komenskiy idrok qilingan narsalarning 
hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb hisoblaydi. 
Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo’lishi kerak. Jinsi, 
tabaqasi, ota-onasining mol mulkidan qat`iy nazar hamma bolalarga 
umumiy majburiy ta`lim berish kerak degan talablari uning ruhiga 
singigan demokratizm ifodasidir. U o’g’il va qiz bolalarni ham o’z 
ona tilida o’qitishini talab qildi. 
Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg’onish davri 
madaniyatning ta`siri ostida vujudga keldi. Komenskiy inson eng 
mukammal va eng go’zal mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat 
ko’rsatgan yo’ldan borganda uning ruhi ham kamolga etgan zotdir. 
Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi. 
Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning 
fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O’zini va tevarak atrofidagi 
olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O’z-o’zini boshqarish (axloqiy 
tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya).


Komenskiy o’rta asr pedagogikasidan farqli o’laroq bolaga aqliy 
tarbiya berishni muhim ish, deb hisoblaydi. 
Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat 
tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog’idan 
tarbiya berilishi lozim.
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel 
asarlarida uchraydi, lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, 
Pestalossi, Disterveglarning asarlarida ham tarbiyaning tabiatga 
uyg’unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular tarbiyaning tabiatga 
uyg’un bo’lish masalasini turlicha tushunadilar. 
“Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri 
tarbiya va o’qtishning tabiatga uyg’un bo’lishi haqidagi g’oyadir.
Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba 
Komenskiy nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqdi.
Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi 
sifatida uning eng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb 
hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonuniyatlari o’simliklar 
va hayvonot olamiga ham, shuningdek insonga nisbatan ham o’z 
ta`sirini o’tkazib turadi.
Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, 
tabiatni ham o’z harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini 
kuzatishga asoslanib bilish lozim, deb ta`lim beradi. Ta`lim-tarbiya 
“Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq 
o’qitish mumkin”. 
1. O’qishni o’z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga 
bo’linmasdan turib boshlash kerak.
2. Bolaning aqli o’qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan 
bo’lishi lozim. 
3. O’qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim. 
4. Osonroq narsalarni o’rgatishdan qiyinroq narsalarini 
o’rganishga o’tish kerak.
5. O’rganiladigan material ko’plik qilib, bolani qiynab 
qo’ymasin. 
6. Hamma narsani sekin-asta o’rgata borish lozim. 
7. Bolaning yoshiga to’g’ri kelmaydigan narsalarni unga 
majburan o’rgatmaslik kerak. 


8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur. 
9. O’qitishni har doim bir usulda olib borish kerak. 
Go’daklikda jismoniy jihatdan o’sadi va sezgi organlari 
rivojlanadi. Bolalik davrida eslash qobiliyati, til va qo’li rivojlanadi. 
O’smirlik davrida tafakkuri o’sadi. Yetuklik davrida iroda 
takomillashadi. 
Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida 
tarbiyalashni taklif qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda 
ona tilida olti yillik boshlang’ich maktab bo’lishi lozim. O’smirlar 
uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya bo’lishi kerak.
Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo’lishi lozim degan 
fikrni ilgari surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar 
boshlang’ich ma`lumot, tabiat ilmi sohasida suv yer, havo, olov, 
yomg’ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o’simlik, qush, ho’kiz va 
hokazolar nima ekanligini bilib olishlari kerak. 
Bolalarni yoshlik chog’idanoq uy ruzg’or ishlariga, mehnatga 
o’rgatish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy 
tarbiyalashda ozodalikka, mehnatsevarlikka, kattalarni hurmat 
qilishga, mo’minqobillik, rostgo’ylik, odillikka o’rgatish kerak. 
Uning fikricha, lotin maktabi, gimnaziyada grek tillari, ona tili 
va hokazo fanlar o’qitilishi kerak.
Akademiyada ilohiyot, yuridik va tibbiyot fakultetlari bo’lishi 
kerak. Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilarni nazarda 
tutadi: 
1.Onglik va faollik. 
2. Ko’rsatmalilik. 
3. Izchilik va tizimlilik. 
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash. 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə