O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

:”Kelajak makttabi–mehnat maktabi”. 
Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi.
XX asr boshlarida
chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi masalalari 
bo’yicha pragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) 
g’oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori 
Djon 
Dyui 
(1859-1952 
yillar) 
maktab 
ta’limining 
o’z 
kontseptsiyasini yaratishga ko’p urindi. Bu yo’nalishlar vakillari 
(Dj.Dyui, G.Kershenshteyner) o’qitish bu o’quvchining “tajribasini 
qayta tashkil etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.


O’qitishni Dyui kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni 
hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu 
nazariyaning asosiy boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat 
deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o’quv kurslari kerak emas”, 
“O’qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola 
o’qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish 
yordamida o’qitish – maktabda asosiy metod”. Shunday qilib, Dyui 
maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni 
zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o’qishni tor 
hamda o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan 
iborat hisoblaydi. Asari: “Makttab va jamiyat”. 
“Harakatlar pedagogikasi
” kontseptsiyasi ko’p jihatdan 
Dj.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining 
oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis 
pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish 
jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: 
idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bilimlarni 
formallashtirish metodlari: amaliy va ijodiy ishlar, tajriba, 
illyustratsiya, ganjkorlik, o’yin, ashula aytish, sport, raqs tushish. 
Asari: “Harakat maktabi”. 
M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar 
rivojidagi o’rni. 
Mixail Vasilevich Lomonosov — rus tabiatshunos 
olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. 
Moskvada, 
Kievda 
(1734), 
so’ngra 
Peterburg 
akademiya 
universitetida o’qigan (1735). 1736 yildan Germaniyaning Merburg 
va Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan 
ta’lim olgan. Peterburg Fanlar Akademiyasining birinchi akademigi 
(1745). 1748 yilda Rossiya Fanlar Akadeemiyasi qoshida 1-
kimyoviy labooratoriyaga asos solgan. 1755 yilda Lomonosovning 
tashabbusi bilan Moskva univeersiteti tashkil etilgan (keyinchalik 
unga Lomonosov nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar 
tuzilishi 
haqidagi 
tushunchalarni 
rivojlantirgan, 
kimyoviy 
reaktsiyalarda massaning saqlanish qonunini topgan (1756), 
korpuskulyar (atom-molekulyar) ta’limoti asoslarini taklif etgan 
(1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniqlagan 
(1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. 


Dostonlar, she’riy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, 
fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy 
grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olg’a surgan. 
Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika san’atini rivojlantirgan, 
smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qo’shgan, shogirdlari bilan 
birga koshinkor nAQShlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya 
Fanlar Akademiyasi (1760), Bolonya FA (1764) faxriy a’zosi. 
L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. 
Lev Nikolaevich 
Tolstoy (1828. 28.8(9.9), Tula guberniyasi YAsnaya Polyana 
qishlog’i — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hoz. Lev Tolstoy 
bekati; YAsnaya Polyanada dafn etilgan) — rus yozuvchisi, 
ma’rifatpari. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. 
Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1873), faxriy 
akademigi (1900). 1844-47 yillarda Qozon universitetining arab-turk 
va huquqshunoslik fakultetlarida o’qigan. 1851-53 yillarda 
Kavkazda bo’lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yilda Dunay 
armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko’ra, qamaldagi Sevastopolga 
o’tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda 
Peterburgga 
borib, 
N.A.Nekrasovnnng 
«Sovremennik» 
(«Zamondosh») 
jurnali 
va 
jurnal 
atrofidagi 
yozuvchilar 
(I.S.Turgenev, I.A.Goncharov, N.G.CHernishevskiy va boshqalar) 
bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, 
A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, YUsuf haqidagi Injil rivoyati 
ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining 
to’rt davri» avtobiografik asari («Bolalik», 1852; «O’smirlik», 1852-
54; «YOshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay qolgan). Urush 
lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol 
hikoyalari» (1855) to’plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o’z 
ifodasini topgan. 50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy 
turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, hayotning 
axloqiy falsafiy asoslari tasviri bilan uyg’unlashtirishga harakat 
qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil 
«Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Bu asarda 
o’z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri 
Tolstoyning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi. 


Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan 
«Urush va tinchlik» (1863-69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda 
ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. YOzuvchi «Urush 
va tinchlik» romani bilan o’z davrida ro’y bergan va o’zi shaxsan 
guvoh bo’lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u 
Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari 
mavzuiga murojaat etib, ko’plab qahramonlar ishtirok etgan epik 
voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta 
mahorat bilan uyg’unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 
19-asr o’rtalarida epik asarlar davri o’tdi, degan fikrlar keng 
tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy 
ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning 
maydonga kelishi uchun unumli zamin bo’la olmas edi. 1812 
yillarda Rossiyaning Napoleon qo’shinlari tomonidan bosib olinishi 
mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni 
dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus 
xalqi ongidagi ana shu uyg’onishga murojaat etishi «Urush va 
tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin 
vazifasini o’tadi. 
Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida 
mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar 
bo’lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va 
adolat to’g’risidagi orzu umidlari ro’yobga chiqmadi. 60-yillardagi 
islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda 
Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar 
haqidagi iztirobli o’ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, 
Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan 
chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig’iga ega bo’lgan tarixi 
tasvir etilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga 
katta e’tiqod qo’ygan, hayotda ro’y berayotgan voqealarga va 
kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan 
yondashgan. 
70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o’z hayot 
yo’lini qayta nazardan o’tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib 
chiqishi, tarbiyasi va hayot yo’li bilan bog’liq jamiyat qatlamining 
ma’naviy asoslari yolg’onga asoslangan, degan xulosaga keldi. 


Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim 
nimada?» (1884) asarlarida o’z ifodasini topdi. T.ning shu davrda 
yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning ulimi» (1886), «Kreytser 
sonatasi» (1889) qissalari, ayniqea, e’tiborga loyiq. 
Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, 
«Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) 
komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar 
madaniyatining qishloqqa ko’rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy 
kuch bilan tasvirlangan. 
Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar 
uning so’nggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—
99)da o’z aksini topdi. Hayotda bo’lib o’tgan oddiy voqea — bir sud 
jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikka 
asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi.
Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so’nggi kunlari ruhiy 
iztiroblar po’rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to’qigan ig’vo va 
fasod to’ridan qochib, 1910 yilda Yasnaya Polyanadan bosh olib 
chiqib ketadi va yo’lda shamollab, vafot etadi. 
O’zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq 
boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni 
ko’rsa ham tezda ayta olmaydi» maqolalari 1887-1902 yillarda 
«Turkiston viloyatining gazeti»da o’zbek tilida nashr etilgan. 
Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» 
degan maqola esa 1889 yilda shu gazetada taniqli ma’rifatparvar 
Sattorxon Abdug’afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar 
uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 
1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy 
(«Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid 
ma’rifatparvarlarining o’quv qo’llanmalari va darsliklarida e’lon 
qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o’qitilgan. 
Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va 
xalqparvar inson sifatida ham o’zbek jadidlarining e’tiborini o’ziga 
jalb etgan. Birinchi o’zbek advokati Ubaydulla Xo’jayev 1909 yilda 
Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik 
haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o’sha yilning 5 
iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri 


Abduvohid Qoriev esa 1910 yilda Yasnaya Polyanaga maxsus borib, 
Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda bo’lgan.
Tolstoy 1859-1862 yillarda krestyan bolalari uchun maktab 
ochadi. Tosltoyning pedagogik kontseptsiyasi asosini “erkin tarbiya” 
g’oyasi tashkil etadi. Tolstoyning fikricha, ideal maktab – bu erkin 
hamkorlikka asoslangan, ya’ni o’qituvchi bilimlarni taqdim etadi, 
o’quvchilar uni erkin tarzda idrok etishadi. Bunday maktabning 
asosiy funktsiyasi – erkin ta’lim berishdir. Tolstoy pedagogik 
kontseptsiyasidagi yetakchi tamoyil bolalarning o’ziga xosligini 
hisobga olishdir. 
K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati 
to’grisida. 
K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula shahrida 
tug’ildi. Ushinskiy bolalik va o’smirlik davrlarini Chernigov 
gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri yaqinida bo’lgan ota-
onasining katta bo’lmagan erida o’tqazadi. 
22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida 
ensiklopediya, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari 
kafedrasida professorlik vazifasida ishlay boshladi. 
K.D.Ushinskiy o’qituvchilik va professorlik faoliyati davrida 
hamma bilimini talabalarga berishga, ularda ilm-fanlarni qunt bilan, 
jiddiy suratda o’qish havasini to’g’dirishga, ularda xalqqa muhabbat, 
unga xizmat qilish uchun tayyor turishi hissasini tarbiyalashga 
intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini ko’rolmagan 
reaksion kayfiyatdagi professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar 
vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati 
yozdilar, K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto’g’ri, buzuq, 
xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan. 
1884 yilda Yevropada bo’lib o’tgan inqiloblar podsho 
hukumatini chuchitadi. Podsho hukumati shubhali kishilarni ta`qib 
ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan Ushinskiy ham 1849 yilda 
liseydan “yomon otliq” qilib ishdan bo’shatiladi. Shundan so’ng u 
moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o’z zamonasi uchun mashhur 
bo’lgan “Zamondosh (“Sovremennik”)” va “O’qish uchun 
kutubxona” (“Biblioteka dlya chiteniya”)” jurnallarida adabiy xodim 
bo’lib ishlaydi, chet tillarini (ingliz tili) o’rganadi. Chet tillardagi 
asarlarni rus tiliga tarjima qiladi. 


1859 yilda Ushinskiy Smolniy aslzoda qizlar institutida 
o’qituvchi va inspektorlik vazifasida ishga o’tadi. Bu o’rta ma`lumot 
beradigan maktab yopiq o’quv yurti bo’lgan, bunda qizlar ta`lim va 
tarbiya olganlar. Ushinskiy institutga ishga borgach tubdan 
islohotlar o’tkazadi. 
1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik 
qildi, quruq, kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy 
pedagogika jurnaliga aylantirdi. 
K.D.Ushinskiyning tarbiya nazariyasi falsafa, filologiya, 
pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlari 
qonuniyatlariga asoslanadi. 
Uning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama 
rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o’qituvchilar tarbiyaning 
prinsipini, qoidalarini o’rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu 
qoida va qonunlarni amaliyotga qo’llay bilishlari kerak. 
Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida 
tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-
psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: 
xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning 
rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro’y berishi 
haqida xulosalar chiqariladi. 
K.D.Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos 
qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani 
xalqning barcha bolalarini maktabda o’qitish, ona tilini ta`limning 
asosi qilib olish, bolalarga o’z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, 
tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug’orilgan 
tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini 
sezish hissini o’stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga 
qaratilgan bo’lishi lozim. 
Har bir avlod o’z xis tuyg’ularini, tarixiy voqialar, diniy e`tiqod, 
maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg’u va xursanchiliklarini 
ona tili xazinasiga qo’shadi. Xalq butun ma`naviy xayoti natijalarni 
ehtiyot qilib o’z tilida saqlab keladi. Til bor ekan, xalq ham bor, 
xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin. 


Bola ona tilini o’zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina 
qolmasdan tushunchalar, fikrlar va tuyg’ular badiiy obrazlarni ham 
o’zlashtiradi. 
Ushinskiy kishi kamolga etgan bo’lishi uchun uning aqliy, 
jismoniy va axloqiy o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb 
bildi. 
Ushinskiyning 
fikricha 
axloqiy 
tarbiyaning 
vositalari 
qo’yidagilar: 1. Ta`lim; 2. O’qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar 
qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni 
tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo’lmaydi. 4. 
O’qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo’lishi (pedagogik 
odob). 5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. 
Ushinskiy insonning to’g’ri rivojlanishida zarur shart mehnat 
deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy 
va jismoniy jihatdan takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U 
jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. 
“O’qish ham mehnatdir va mehnat bo’lib qoladi, ammo to’la 
ma`noli mehnat bo’lishi lozim” – deb hisoblaydi. 
K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi. 
Ushinskiy didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona tilini o’qitish 
yuzasidan qo’llanma, “Maktab-maorif ishlarini o’rganish uchun 
Shveysariya bo’ylab sayohat” maqolalarida bayon etdi. 
Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim 
bolalarning kuchi etadigan bo’lishi; 2) izchillik; 3) ko’rsatmalilik;
4) puxta va mustahkamlilik. 
Ushinskiy 
ko’rsatmalilik 
prinspini 
kishining 
yoshi 
va 
psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U 
ko’rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va 
hokozolarni kiritgan. 
Ushinskiy o’quv materialni anglab, puxta va mustahkam 
o’zlashtirishga katta e`tibor berdi. O’quv materiallarini takrorlashga 
doir metodikani ishlab chiqdi. 
Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko’rsatdi: 
birinchidan, bolalar o’qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki 
hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy 
tushuncha hosil qiladilar. Buning o’zi uchga bo’linadi: 1. Bolalar 


o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita 
o’zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o’rganilayotgan 
buyum yoki hodisa to’g’risida olgan tasavvurlarini bir-biridan 
ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko’radilar ular to’g’risida tushuncha 
hosil qiladilar. 3. O’qituvchi o’zi izoh berib, bolalar olgan 
tushunchalarni to’ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali 
jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi. 
Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o’qitish” nomli maqolasida 
zarur metodik ko’rsatmalar berdi. Uning fikricha o’qitishning uch 
vazifasi bor: 1. Bolalarning nutqini o’stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan 
foydalanishga o’rgatish. 3. Tilning mashqini o’zlashtirish. Bu 
vazifalar bir vaqtda bajariladi. 
K.D.Ushinskiy o’qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang’ich 
ta`limga doir darsliklar ham tuzdi: 
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning 
fikrini o’stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko’zda tutilgan. 
2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo’ljallangan bo’lib, 
bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot 
berishi ko’zda tutilgan. 
Ushinskiyning fikricha, o’qituvchi xalq orasida chiqqan bo’lishi 
kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va 
mahoratlarga ega bo’lishi kerak. O’qituvchi o’z ustida mustaqil 
ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib borishi lozim. 
Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” 
maqolasida boshlangich maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlash 
tizimini taklif etdi. Xulosa qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada 
maorif sohasida ko’p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining 
do’sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”. 
1-topshiriq. Quyidagi mavzuga doir asosiy tushunchalar bilan 
tanishing va ularni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 
( ) pedagogik kontsepsiya 
( ) pedagogik qarashlar. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


( ) pedagogik nazariya
2-topshiriq: 
1)
quyida keltirilgan jadval bilan tanishing va ko’rsatilgan 
ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari mazmunini qisqacha 
bayon eting; 
2)
mazkur 
ma’rifatparvarlarining 
pedagogik 
qarashlari 
mazmunini yozishda qiyosiy tahlilga asoslaning.
Mixail Vasilevich 
Lomonosov 
Lev Nikolaevich 
Tolstoy 
Konstantin 
Dmitrievich 
Ushinskiy 
 


XII BOB. HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI 
TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI. 
Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. 
Dunyo ta’lim makonining 
yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” 
sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo 
bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini 
tezlashtiradi. 
1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) 
yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha 
ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – o’rta ta’limning birinchi 
bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta ta’limdan 
keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi 
bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan 
keyingi ta’lim. 
Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi 
metablokli, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini 
tahlil etishga imkon beradi. Jahon ta’lim tizimining o’zaro 
aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra regionlarni bir 
necha turga bo’lish mumkin: 
Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan 
regionlar kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy 
Yevropani keltirish mumkin. Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy 
Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi 
turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada kabilarni 
ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori 
sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga 
Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, 
Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin. 
Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob 
qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin 
Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo’lgani singari bugungi kunda 
ham Lotin Amerikasiga integratsion o’choqlar zonasi sifatida AQSh 
va G’arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor 
qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan 


boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-
sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani 
havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish 
mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi 
minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlarda aholining 
ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln 
afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining 
eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, 
Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy 
sabablarga ko’ra ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda 
og’ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko’rsatildi. Bunday 
hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq SSSR 
davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan 
to’rtta subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu 
hududlarga: Mag’rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, 
Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko’rfazi (Saudiya Arabistoni, 
Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo’yi va 
Mavritaniya davlatlari. 
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. 
Rivojlangan 
xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol tasir 
etadigan ijtimoiy jarayon ekanligining e’tirof qilingani haqiqatdir. 
Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini 
iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga 
oshib bormoqda. 
Masalan, yaponlarda “maktab muvaffaqiyat va farovonlik 
timsoli”gina bo’lib qolmay, “u insonlarni barkamollashtiradi”, degan 
fikr ishonch va e’tiqodga aylangan. 
Ta’lim to’g’risida g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilarning 
ham hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun ham 
AQShning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh 
vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F.Mitteranlarni 
maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. 
F.Mitteran maktabni “Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch” deb 
hisoblagan. 


Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga 
oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. 
Germaniyada ularning soni ikki mingdan ortiq. Frantsiya, AQSh, 
Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab 
davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot 
markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim 
markazlari, 
masalan, 
AQShda 
xalqaro 
ta’lim 
instituti 
muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv 
dasturini takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga qaratilgan. 
XX asrning 80-yillaridan boshlab Buyuk Britaniyada ham 
AQShdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi 
kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar 
o’quv jadvalining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan o’quv 
fanlarini tanlab olish o’quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir. 
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya 
ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniyada to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy o’quv fanlari 
bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari 
kiritilgan o’quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o’quv 
dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta 
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. 
Frantsiya boshlang’ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va 
adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, 
aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta’limi, jismoniy va estetik 
tarbiya kabi yordamchi o’quv fanlariga bo’linadi. 
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika 
ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat 
o’quv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada 
o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui 
ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. 
Masalan, umumiy o’rta ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi 
o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham 
kiritilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda XX 
asrning 60-80-yillarida tabiiy-ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, 
ximiya, 
biologiya, 
ba’zi 
hollarda 
astronomiya, 
geologiya, 


mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va 
Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil 
o’qitiladi. O’kuv dasturlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi 
kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada XX asrning 70-80-yillarda 
to’liqsiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar 
turkumiga eksperimental, iqtisodiy-gumanitar kurslar kiritiladi. 
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’quv dasturiga 
integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirildi: 
Frantsiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya 
maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi. 
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini 
tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi. 
Iqtisodiy 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarda 
ta’limni 
tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. O’quvchilarni 
tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich 
ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, frantsuz 
pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’quvchilarini uch tabaqaga 
ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular quyidagilar: 
1. Gomogenlar – matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib 
borsa bo’ladigan o’quvchilar. 
2. Yarim gomogen – tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira 
olishga moyil o’kuvchilar. 
3. Gegeron – barcha fanlarni har xil saviyada o’zlashtiradigan 
o’quvchilar va hokazo. 
Tabaqalashtirish 
jarayonining 
yangi 
muhim 
yo’nalishi 
to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda. 
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi AQSh va 
G’arbiy Yevropada o’zlashtirishi past o’quvchilarning ko’payib 
borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir. 
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab 
va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQShda bu xizmatga ommaviy 
axborot vositalarinig imkoniyatlari ham safarbar etilgan. Milliy 
telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv 
ko’rsatuvlari tashkil etiladi. 
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet el 
mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda. 


Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib 
bormoqda. 
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir 
necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular 
o’qishni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta 
shov-shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga 
erishadilar. 
Shunday iqtidorlar maktabi G’arbda XX asrning 60-yillardayoq 
paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalar 
qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab 
berish darajasida murakkab tuzilgan. 
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng quloch 
yoygan. Ayrim shaharlarda oliy toifali bolalar bog’chalari ochilgan 
bo’lib, ularda 4-5 yoshli o’quvchilar maktab dasturida o’qitiladilar. 
AQShda “Merit” dasturi asosida har yili yuqori sinflar va 
kollejlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. 
Ular o’rtasida test sinovlari o’tkazilib eng qobiliyatli 35 ming 
o’quvchi tanlab olinadi va o’qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, 
stipendiyalar, yaxshi shart-sharoitga ega bo’lgan turarjoy, eng oliy 
darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi. 
Lekin iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif 
o’quvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora 
tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini 
o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib 
borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin 
statistik 
ma’lumotlar 
bunday 
bolalar 
soni 
tobora 
oshib 
borayotganligini ko’rsatayotir. 
XX asrning 70-yillarida AQShda kelajak maktabi umummilliy 
loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni 
o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil 
ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, 
mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsultatsiyasini o’z ichiga oladi. 
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish 
sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning har biriga individual 
paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil 
bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsultatsiya oladi. 


Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlar: 
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini 
kuchaytirish; 
- o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini 
qidirib topish; 
- tarbiyaning yangi shakllarda – o’quvchilar kengashi, maktab 
kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish; 
- maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro 
aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish; 
- maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga 
yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish; 
- tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga ko’yish, maxsus o’kuv 
muassasalarini (xam iqtidorli, ham aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar 
uchun) rivojlantirish; 
- yangi, ya’ni o’quv texnik vositalarni ta’limdagi salmog’ini 
oshirish, o’kituvchilar uchun kompyuter ta’limini yo’lga ko’yish; 
- pedagogik g’oyalarni amalga oshirishda keng kamrovli 
tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir. 
AQSh ta’lim tizimi. 
Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim 
tizimining tuzilishi quyidagicha: 
1) bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha 
tarbiya muassasalari; 
2) 1-8- sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday 
maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar); 
3) 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 
yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori 
bosqichdan iborat. 
4) Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim boskichi oliy 
ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda 
dorilfununlar va boshqa oliy o’kuv yurtlari tarkibida tashkil etilgan 
aspirantura yoki doktoranturalardir. 
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu 
mamlakatdagi o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va 
diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin. 
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar 
shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 


Uch yoshdan besh yoshgacha xususiy yoki davlat bog’chalaridan 
foydalanish mumkin, lekin bolalar bog’chalari kichik va bu tizim 
kam rivojlangan. Enaga yonlash bir xaftada 200 dollarga tushadi. 
Bog’chalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi 
hamma jixozlar va ovqatni ota-onalarning o’zi olib keladi. Besh 
yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida 
ta’lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13-15 
yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich 
maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yunaltirish vazifalari 
hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko’chish o’quvchining o’zlashtirganlik 
darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta’lim turli shtatlarda turlicha 
belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to’garaklar, 
uchrashuvlar, sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga 
xaq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan 
iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga 
qabul qilinadi. Urta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb-kor asoslari 
berib boriladi. 
AQShda OO’Yulari asosiy funktsiyalariga ko’ra quyidagi 6 
turga tasniflanadi:
1.
Tadqiqot universitetlari: I va II guruh. (3%, 125 OO’Yu), 
doktorlik darajasini beradi. Bu universitetlarning I va II guruhlari 
orasidagi farq federal moliyaviy yordam hajmi bilan bog’liq, ya’ni II 
guruh OO’Yulariga nisbatan kamroq mablag’ ajratiladi. 
2.
Doktorlik universitetlari: I va II guruh (3%, 111 OO’Yu). 
Ta’limning barcha bosqichlarini o’z ichiga oladi. I va II guruh 
orasida farq ilmiy darajalar soniga bog’liq: I guruh uchun 5ta 
yo’nalish bo’yicha 40ta doktorlik darajasi, II guruh uchun 3ta 
yo’nalish bo’yicha 10ta doktorlik darajasi beriladi. 
3.
Magistrlik o’quv muassasalari (15%, 529 OO’Yu), 
bakalavriat va magistrlik dasturlariga ega. Bu o’quv muassasasini 
ko’p tarmoqli hamda keng qamrovli universitet va kollejlar deb 
atashadi. I guruh – milliy, II guruh – regional hisoblanadi. 
4.
Bakalavr OO’Yularining 4 yillik kollejlari – I, II guruh. 
(18%, 637 OO’Yu) – juda katta to’lov asosida o’qitiladigan, 
mamlakatning eng nufuzli universitetlari magistraturalariga kadrlar 
yetkazib beradigan elitar ta’lim muassasalari. 


5.
Ixtisoslashtirilgan OO’Yulari yoki bakalavr diplomi bilan 
qabul qilinadigan kasbiy maktablar (20%, 722 OO’Yu), (tibbiyot, 
huquqshunoslik, pedagogik, boshqaruv va h.) 
6.
Ikki yillik kollejlar va institutlar (41%, 471 OO’Yu). 
Yaponiya ta’lim tizimi va uning o’ziga xosliklari. 
Yaponiya – 
juda tez rivojlanayotgan davlat bo’lib, bu hol asosan yaponlarning 
tabiatan mehgatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog’liqdir. 
Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng 
so’nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish – bu 
yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan. Bugungi 
kunda Yaponiya dunyodagi barcha davlatlar uchun ochiq va xalqaro 
hamkorlik maydonida faol ishtirok etib kelmoqda. 
Yaponiya davlati 6800ga yaqin orollardan tashkil topgan bo’lib, 
mamlakat maydonining 99%ni asosan eng yirik 4ta orol – 
Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu orollari tashkil etadi. Aholisi 
127ming kishidan iborat. Aholi umrining davomiyligi millatning 
sog’lomligini va aholi xayotining sifatini belgilovchi muhim bir 
ko’rsatkichdir. Yaponlar uchun oila asosiy hayotiy boylik 
hisoblanadi. Bu joyda ajrashish dunyoning boshqa rivojlangan 
mamlakatlarga qaraganda ancha kam uchraydi. Yaponiya ta’lim 
tizimi ham o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Yaponiya zamonaviy 
ta’lim tizimining tarixi quyidagi 5ta davrga bo’linadi: 
1. Asos solingan davr. 1867-1885 yillarni qamrab oladi. 
Zamonaviy ta’limning ilk tuzilishiga asos solingan. 
2. Birlashuv (konsolidatsiya) davri. 1886-1916 yillarni o’z ichiga 
oladi. Turli maktab qonunlari chiqarilgan, tizimli ta’lim yaratilgan. 
3. Tarqalish (ekspansiya) davri. 1917-1936 yillarni o’z ichiga 
oladi. Ta’lim tizimi bo’yicha favquloddagi kengash tavsiyalariga 
asosan rivojlantirildi. 
4. Harbiy davr. 1937-1945 yillar. Militaristik ta’lim tizimi. 
5. Zamonaviy davr. 1945dan hozirgi davrgacha ta’lim 
islohotlari. 
Yaponiya 
ta’limining 
shakllanishi 
1867-1868 
yillarda 
boshlangan. Yaponiya o’z oldiga 2 vazifani: 1-boyish, 2-g’arb 
texnologiyalarini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini 


qo’ydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim 
tizimini tubdan o’zgartirish kerakligini angladi. 
1872 yili “Ta’lim haqida” qonun qabul qilindi. Bunda yapon 
ta’limi g’arb ta’limi bilan uyg’unlashtirilgan. 1893 yilda kasb-ta’limi 
yo’nalishidagi 1-kollej paydo bo’lgan. 1908 yilda Yaponiya 
boshlang’ich ta’limni majburiy 6 yillik qilib belgiladi. 1946-yili 
qabul qilingan Konstitusiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq 
va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy 
ta’lim olishi shart ekanligi qayd etilgan. Hozirgi zamon yapon ta’lim 
tizimining tarkibi quyidagicha: bog’chalar, boshlang’ich maktab, 
kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga 
kiruvchi oliy o’quv yurtlari. Bolalar yoshlariga qarab 3,2,1 yillik 
ta’lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada maktabgacha ta’lim 
muassasalarining 59,9% - xususiy, 40,8% - davlatnikidir. 
Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor beriladi, chunki 
psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%ni, 
qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o’zlashtirar ekan. 
Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari 
uchun onalik birinchi o’rinda turadi. Ko’pgina yapon ayollarining
aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir. 
Yapon tarbiyachilarining bolalarni kichik guruhlarga “xan”larga 
bo’lib 
o’qitishlari 
tarbiyaning 
asosiy 
xususiyatlaridan 
biri 
hisoblanadi. Bu bolalarda qarorlar qabul qilishga, o’zgalar fikrini 
hurmat qilish, guruh a’zolarini barchasini tashabbuskor bo’lishga 
o’rgatadi. Bunday usul kichik maktablarda ham, o’rta maktablarda 
ham davom etadi. Bu guruhlar o’rtacha har 5 oyda shakllanib turadi. 
Yapon bolalariga sinfni boshqarish juda yoqadi. Shuning uchun har 
kuni bolalarning o’zlari boshqaruvchi tanlaydilar. Har bir bola bu 
vazifani bajarib ko’radi. 
Boshlang’ich maktabda o’qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni 
xulqlarini yomon tomonlarini, maktabdagi kamchilikni tanqid 
qilishni o’rgatadilar. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi faqat 
ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama 
rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham Yaponiyada 
o’qituvchi kasbiga katta e’tibor beriladi. Yaponiya rivojlangan 


davlatlar ichida o’qituvchining maoshi davlat rahbarlari maoshidan 
ham yuqori bo’lgan yagona davlatdir.
Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog’onasi 6 yoshdan 
15yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. 6 yillik boshlang’ich 
ta’lim va 3 yillik o’rta maktab 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi 
va u bepuldir. Muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv 
qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo’lgan hollarda 
ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. Shu bilan birga 
Yaponiyada xususiy maktablar ham mavjud. 
Yuqori o’rta maktab 10,11,12-sinflarni o’z ichiga oladi, bunday 
maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlari mavjud. 
O’quvchilarning 95%i kunduzgi maktablarda o’qiydi.
Yaponiyada o’quv yili – 240, AQShda – 180 kun. Yozgi kanikul 
iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar kuniga 7 
soatdan o’tiladi.
Universitetlarga yuqori va o’rta maktabni yoki 12 yillik oddiy 
maktabni bitirgan o’quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta 
universitet bo’lib, 95tasi davlat tasarrufida, 34tasi munitsipal, 31tasi 
xususiydir. 1-toifadagi universitetlarda har bir o’qituvchiga 3 nafar, 
2-toifali universitetlarda esa 20tadan talaba to’g’ri keladi. 
Universitetlarga qabul qilish 2 bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar 
joyda o’tkaziladi, buning uchun eski yapon tili, matematika, fizika, 
kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tiladi.
Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi 
bilan uzviy bog’liqdir. Oliy ta’lim tizimi quyidagi turlarni o’z ichiga 
oladi: 
1. To’liq sikldagi universitetlar (4 yil). 
2. Tezlashtirilgan universitetlar sikli (2 yil). 
3. Kasb ta’lim kollejlari. 
4. Texnika institutlari. 
Germaniya ta’lim tizimi. 
Germaniya Federativ Respublikasi 
16ta mustaqil Federativ yerlar (viloyatlar)dan iborat bo’lib, har biri 
shakliga ko’ra turlicha bo’lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim 
muassasalari asosan davlat tasarrufida bo’lib, ular uchun ta’lim 
dasturiga tegishli bo’lgan davlat ko’rsatmalari mavjud. 


Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) 
hukumatining konpetentsiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan 
umumiy rahbarlik ham bor: ta’lim vazirligi ta’lim siyosati 
kontseptsiyasini ishlab chiqadi, OO’Yularini kengaytirishga mablag’ 
ajratadi. 
GFR konstitutsiyasiga ko’ra har bir Federal Yer o’z hududidagi 
maktab va oliy ta’limni rejalashtirish va amaliyotga tadbiq etish 
bo’yicha o’zi javob berishga qaramay, barcha Federal Yerlar va 
Federal hukumat umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida o’qitish 
kurslarida birlikni ta’minlash maqsadida xamkorlik qiladilar. 
Federal organlar va Federal Yerlarning ta’lim sohasi bo’yicha 
siyosati kelishilgan: ta’limning davomiyligi, ta’tillar, o’quv dasturi, 
imtixonlarni o’zaro tan olish, attestatlar, maktabni tugatganligi 
xaqida guvohnoma, diplomlar, unvonlar shular jumlasidandir. 
Har bir Federal Yerda ta’lim tizimi xaqida o’zining qonuni 
mavjud, lekin buning xammasi umumiy federal qonun asosida ishlab 
chiqilgan. Har bir Federal Yer maktabga qatnash vaqti, o’qish 
muddati va darsliklarni belgilashda mustaqildir. O’quv rejalar va 
ta’lim darajasi har bir Federal Yer uchun turlichadir. O’qitish 
dasturlari, darsliklar viloyat xukumati bosqichida tasdiqlanadi. Har 
bir fan bo’yicha tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlangan bir necha 
darsliklar mavjud bo’lib, o’qituvchi darslikni o’zi tanlash huquqiga 
ega. Shu tariqa ta’limnig ko’p variantliligiga erishiladi, fikrlar 
plyuralizmi ta’minlanadi. 
Federal hukumatning huquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, 
jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi 
xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin:

birorta Federal Erlar davlat umumta’lim, kasbiy va oliy 
o’quv yurtlarida o’qish uchun pul olmaydi; 

barcha Federal erlarda o’quvchilarni uydan maktabga, 
maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o’z hisobidan beradi; 

deyarli 
barcha 
o’quvchilarga 
davrslik 
va 
o’quv 
qo’llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beradi; 

ma’lum toifadagi o’quvchilar va talabalarga mavjud federal 
qonunlarga ko’ra davlat moddiy yordam ko’rsatadi. 


Germaniyada xususiy maktablarga ruxsat berilgan, ular orasida 
diniy maktablar ham bor. Bu maktablarda taxminan 8% o’quvchilar 
tahsil oladilar. Xususiy maktablar o’quv dasturlarini tanlashda davlat 
maktablariga nisbatan erkin bo’lganligi bois turli pedagogik 
muqobillarning aprobatsiyasi o’tkazilib turiladi. 
Sekin asta differentsiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir 
o’quvchiga uning qobiliyati va o’qishdagi turlicha yo’nalishiga 
ko’ra moslashuvchan yondashuv kiritilmoqda. 
Umuman olganda Germaniya ta’lim tizimi bir necha bosqichni 
o’z ichiga oladi: 
1. Elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-bosqichiga tegishli 
bo’lib, maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar 
bog’chalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari bo’lib, bu erlarga 
bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga ko’ra 
ixtiyoriydir. 
2. Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang’ich 
maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. O’qish muddati 4 yil, 
Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi ta’limning maqsadi 
– bolalarga ta’lim Ining ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda 
ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni 
berishdan iborat.
3. Ta’lim Ining ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yo’nalishli 
bosqich” deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning 
iqtidoriga ko’ra o’quv muassasalarining kerakli turiga yo’naltiradi: 
asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. 
O’quvchilar ta’lim xaqidagi attestatni real va asosiy maktablarni 
bitirgachgina olishadi. 
4. Ta’lim II ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga 
gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy ta’lim va 
muassasalarda kasbiy ta’lim kiradi. Muassasalarda kasbiy ta’lim 
“dual tizim” deb ham ataladi, unda ta’lim va ishlab chiqarishda 
amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu o’qishni tugatish o’rna 
ta’limni tugatish bilan teng bo’lib, yakunida faqat kasbiy sohada 
o’qishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil o’qib, 
o’quvchilar umumiy shahodatnoma “yetuklik attestati” – abitur 
oladilar, bu ularga istagan oliy o’quv yurtiga kirishga imkon beradi. 


5. Ta’limning uchinchi bosqichi oliy ma’lumot haqida diplom 
beruvchi oliy o’quv yurtlari va malaka oshirish o’quv muassasalari. 
GFR 
ta’lim 
tizimi 
umumYevropa 
ta’lim 
tizimiga 
integratsiyalashgan: o’quv muassasalarining barcha turlari Yevropa 
Ittifoqi (ES) dasturini amalga oshirishga mo’ljallangan, EI davlatlari 
ta’lim standartlarini unifikatsiya (bir xillashtirish) qilinadi, diplomlar 
bu davlatlarda kuchga ega. 
Germaniya uzoq davrlardan beri fan va madaniyat markazi 
sifatida mashhurdir. Shiller, Gyote, Shneger, Gumboldt, Kant, Gegel 
va boshqalar kabi buyuk shoirlar, yozuvchilar, filosoflar va jamoat 
arboblari hammaga tanish. Germaniyada o’rta asrlarda tashkil 
topgan 1-universitet mavjud. Eng qadimiy universitet bu Geydelberg 
universiteti bo’lib, 1386 yil tashkil topgan. 1388 yil tashkil topgan 
Kyoln universiteti qadimiy universitetlardan sanaladi. Bu o’quv 
muassasalari qadimiy an’analari va klassik ta’limi bilan mashhurdir.
Hozirgi kunda universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlari soni 
sezilarli darajada ortdi, ta’lim tizimi ham o’zgardi. Avvalgiday 
gumanitar ta’lim an’analari muhim o’rinni egallaydi, lekin texnik 
ta’lim, nazariya bilan amaliyot birligi, fanlararo ta’lim ham birinchi 
o’ringa chiqmoqda. Oliy o’quv yurtlari fan va texnikaning oxirgi 
yutuqlari – yo’nalishlarni aks ettiruvchi dasturlarni kiritmoqdalar. 
Shu maqsadda o’quv rejalari qayta ko’rib chiqilmoqda. 
Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global 
tendentsiyalar. 
Qiyosiy pedagogik tizim bu qiyosiy pedagogika 
metodologiyasi asosida pedagogikaning xalqaro, regional, milliy 
tajribalarini o’rganish va tatbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, 
shuningdek, pedagogik tizimni ma’lum davlat, region, aniq o’quv 
muassasida rivojlantirish bo’yicha qiyoslashga yo’naltirilgan 
dinamik pedagogik tizimdir. 
Qiyoslash texnologiyasi ikkita bo’limdan iborat bo’lib, birinchisi 
“o’rganish va qayd qilish”, ikkinchisi “tuzish va tatbiq qilish” deb 
nomlanadi. 
“O’rganish va qayd qilish” bo’limida qiyosiy tadqiqotlar 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
- ta’lim tizimi va uning elementlarini rivojlanish holati va 
yo’nalishlarini aniqlash; 


- ma’lumotlarni to’plash; 
- aktlarni tahlil va tasnif qilish; 
- qiyoslash mezonlarini tanlash. 
“Tuzish va tadbiq qilish” bo’limidagi qiyosiy tadqiqotlar esa 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
- o’rganilayotgan obyektning prognostic modelini tuzish; 
- a) tattbiq qilish shakli, metodi va chegaralari; b) xususiy va 
umumiylikni aniqlash; 
- eng maqbul modelni tuzish; 
- ta’lim muassasalariga tatbiq etish. 
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va 
makon omillaridir. Zamon omili bir xil pedagogik tizimni turli 
tarixiy davrlar, asrlar, yillarda taqqoslashni nazarda tutadi. Bunda 
turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan pedagogik nazariyalar 
o’rganiladi. 
Makon omili esa turli hududlarda joylashgan davlatlarning 
pedagogik tizimlarini taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida makon 
omiliga ko’ra turli davlatlar ta’lim modelini taqqoslab ko’ramiz. 
Masalan: 
Amerika modeli:
kichik o’rta maktab → o’rta maktab → katta 
o’rta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik 
kollej → magistratura → doktorantura. 
Fransiya modeli:
onalar maktabi → o’rta maktab → kollej → 
texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → 
magistratura → doktorantura. 
Germaniya modeli: 
umumiy maktab → real bilim yurti, 
gimnaziya va asosiy maktab → oliy o’quv yurti → magistratura → 
doktorantura. 
Angliya modeli:
birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy 
maktab → kollej → universitet, magistratura, doktorantura. 
Rossiya modeli:
umumta’lim maktabi → to’liq o’rta maktab, 
gimnaziya va litsey-kollej → institut, universitet, akademiya → 
magistratura → doktorantura. 
Qozog’iston modeli:
to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej 
→ universitet, akademiya (bakalavriat) → magistratura → 
doktorantura. 


Demak, zamon va makon omillariga ko’ra pedagogik tizimlar 
modelini taqqoslashda yangi pedagogik bilimlar yuzaga keladi. 
Uning mazmunida quyidagilar aks etadi: 

ta’limning zamonaviy holatini qayd etish; 

ta’lim siyosatini takomillashtirish, muqobil ta’lim siyosatini 
taklif qilish; 

ta’lim jarayonlarida kutilayotgan holatlarni bashorat qilish; 

qiyosiy pedagogikaning nazariyasi va metodologiyasini 
boyitish. 
XX asr oxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global 
tendentsiyalar ajratib ko’rsatildi: 
1)
ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning 
hamma uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim 
muassasalariga mustaqillikning taqdim etilishi; 
2)
shaxsga ta’lim olish huquqining to’liq ta’minlanishi (har bir 
insonga millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi 
ta’lim muassasasida ta’lim olishi); 
3)
ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli 
ta’siri (pulli-shartnoma asosida tahcil olish); 
4)
xilma-xil 
qiziqish 
va 
o’quvchilarning 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-tashkiliy tadbirlar ko’lamining 
ortib borishi; 
5)
ta’lim xizmatlari bozorining o’sishi; 
6)
oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning 
ijtimoiy tarkibining o’zgarishi; 
7)
ta’limni boshqarish sohasida o’ta markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan boshqaruv uyg’unligini ta’minlash; 
8)
rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan 
asosiy obyektga aylanishi; 
9)
ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modernizatsiyalash; 
10)
“o’rtacha 
o’zlashtirish”ga 
yo’nalganlikdan, 
har 
bir 
o’quvchining o’ziga xosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va 
qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratilishi; 
11)
rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalar ta’limi uchun 
qo’shimcha resurslarni izlab topish. 


Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari. 
Jahon ta’limi 
muammolarini hal etishda turli ta’lim tizimlari ishtiroki zaruriyatini 
talab etadigan yirik xalqaro dastur va loyihalash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Yirik xalqaro loyihalarga quyidagilar kiradi:
• ERAZMUS – maqsad Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar 
talabalarinin mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% 
talabalar Yevropa mamlakatlaridagi boshqa oliy ta’lim muasssalarda 
o’qishga borishlari kerak).
• LINGVA — bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni 
o’rganish samaradorligini oshirishga mo’ljallangan. 
• EVRIKA – ushbu loyihaning maqsadi Sharqiy Yevropa 
davlatlari 
bilan 
amalga 
ooshirilayotgan 
tadqiqotlarni 
uyg’g’unlashtirish. 
• ESPRIT — yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida 
Yevropa universitetlalariri, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini 
birlashtirishni talab etuvchi loyiha.
• EIPDAS — arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va 
boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur.
• TEMPUS – Yevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy 
ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturi.
• IRIS — xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini 
kengaytirishgga yo’naltirilgan loyihalar tizimi. 
1-topshiriq. Quyida keltirilgan tushunchalarni tahlil eting. 
Tushunchalar 
Mohiyati 
Ta’lim tizimi
Integratsiya 
Model
Loyiha 
Xalqaro loyihalar 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


2-topshiriq. “Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim 
tizimi” mavzusidagi kontseptual jadvalni to’ldiring.
Iqtisodiy 
rivojlangan 
xorijiy 
davlatlar
Ta’lim tizimi

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə