O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Onglilik va faollik
tamoyilii ta`lim jarayonida o’qquvchilarning 
passiv bo’lib materialni tushunmay mexanik ravishda quruq 
yodlashi emas, balki bilim va malakalarini faol ravishda anglab 
chuqur va asosli bilim olishi zarur.
Ta`limda 
ko’rsatmalilik
dan 
foydalanish 
qadimiydir. 
Komenskiyning fikricha, ko’rsatmalilik tamoyili ko’rsatib o’tish 
usuli emas, balki barcha sezgi organlari narsalar va hodisalarni eng 


ravshan, asosli mustahkam puxta o’zlashtirib olishga jalb qilish 
vositasidir.
Ko’rsatmalilik tamoyilini joriy etishda quyidagilarga amal qilish 
zarur:
1) mavjud narsalarning o’zini ko’rsatish yoki tabiiy holda 
kuzatishlar o’tkazish; 
2) narsalarning modelini yoki nusxasini ko’rsatish; 
3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko’rsatish. 
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab 
qilinadi.
1. Sof aqlga ega bo’lish; 
2. O’rganish zarur bo’lgan narsani ko’rish;
3. Diqqatni to’play olish;
4. Kuzatish lozim bo’lgan narsalarni ma`lum tartibda ketma-ket 
ko’rsatish.
Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar 
xotirada uzoq vaqt mustahkamlanadi. Komenskiy shunday yozadi: 
“Agar kishi biror marta qand yegan bo’lsa, tuyani bir ko’rgan 
bo’lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bo’lsa, bularning 
hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib 
ketmaydi”. 
Ko’z bilan ko’rilgan narsani isbotlashning hojati yo’q. 
Shuning uchun Komenskiy maktablar va muallimlar darslarda 
ko’rsatma qurollarni ko’proq ishlatishi zarur deb bildi. 
Izchillik va tizimlilik
ni ajratib bo’lmaydi. O’quv materiallarini 
matematikaga xilof ish qilmasdan to’g’ri tekshirib chiqish o’qitishni 
nimadan boshlab va unda ketma-ketlikka rioya qilish, yangi material 
bilan oldin o’tilganlarni bir-biriga bog’lash. 
Uning fikricha, ta`lim boshidan oxirigacha izchil davom etishi 
ta`limning poydevorini mustahkam qurilishini ta`minlaydi. Hozir 
o’rganilgan bilimlar oldingisiga asoslanilsa, keyingisiga yo’l 
ochiladi. 
Ta`limda 
umumiydan-xususiyga, 
ma`lumdan-noma`lumga, 
uzoqdan-yaqinga kabi qoidalarga amal qilinadi. Uning fikricha, 
mashq qilish va takrorlash tamoyilii o’quvchilarning ongiga 
asoslanib bilimlarini puxta egallashga xizmat qilishi kerak.


Mashqlar natijasida bola so’zlarni quruq yodlay olmasligi, narsa 
va hodisalarni tushunib olishi bilimlarni o’zlashtirishi va amalda 
qo’llashi lozim. Bola o’qib to’g’ri tushunib olgan bilimlarning 
barchasi uning xotirasiga mustahkam saqlanib qoladi. O’rgatmoqchi 
bo’lgan narsani bolaga amalda bajartirish kerak. Mashq qilish va 
takrorlash bilimlarning ongli va puxta o’zlashtirishida muhim rol 
o’ynaydi.
Dars o’quv mashg’ulotini tashkil etishning asosiy shakli va 
quyidagilarni taqozo qiladi.
a) bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilarning o’zgarmas 
tarkibi: 
b) o’quv mashg’ulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil 
etish: 
v) muallim bir vaqtning o’zida sinfdagi barcha o’quvchilarga bir 
fan o’rgatishi: 
g) butun o’quv mashg’uloti davomida o’qituvchilarning 
rahbarlik roli.
Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta 
qabul qilish lozim. O’qishga qabul qilinganlar sinflarga taqsimlanib 
chiqilishi kerak. Maktabda sinflar soni qancha bo’lsa, sinf xonalari 
ham shuncha bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilari har kuni 
to’rt soat, gimnaziya o’quvchilari olti soat o’qishi kerak. Har bir 
darsda ma`lum vazifani bajarish kerak. Muallim biror narsani 
tushuntirayotganda hamma bolalar diqqat bilan tenglasinlar. 
Komenskiy butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar 
taraqqiyotida juda katta ta`sir ko’rsatdi. Shuning uchun ham butun 
insoniyat Komenskiyni qadrlaydi. 
1.
Qadimgi Sharq deganda qaysi davlatlarni tushunasiz? 
2.
Qadimgi Yunoniston haqida nimalarni bilasiz? Qadimgi Rim 
haqidachi? 
3.
Qadimgi Yunoniston olimlaridan kimlarni bilasiz? 
4.
Qadimgi Rim mutafakkirlaridan kimlar haqida ma’lumotga 
egasiz? 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


5.
Sinf-dars tizimi kim tomonidan ishlab chiqilgan? 
6.
Quyida keltirilgan jadval bilan tanishing va ko’rsatilgan 
ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari mazmunini qisqacha 
bayon eting. Mazkur ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari 
mazmunini yozishda qiyosiy tahlilga asoslaning.
Yan Amos 
Komenskiy 
Iogann Genrix 
Pestalotsi 
Adolf Disterveg 


XI BOB. XIX ASRNING 2-YARMI – XX ASRDA JAHON 
PEDAGOGIKA FANINING RIVOJI. K.D.USHINSKIYNING 
PEDAGOGIK MEROSI. 
XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, 
Rossiyada 
reformatorlik 
pedagogikasi 
va 
uning 
asosiy 
yo’nalishlari. 
Reformatorlik 
pedagogikasining 
asosiy 
yo’nalishlari: 
1. Mehnat maktablari tarafdorlarining harakatlari. 2. 
Harakatlar pedagogikasi. 3. Badiiy tarbiya. 4. Individual 
pedagogika. 5. “Fuqarolik tarbiyasi” pedagogikasi.
Reformattorlik pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillari

1. 
Ishlab chiqarishning murakkab texnika bilan ta’minlanishi. 2. 
Tabiiy-matematik kadrlar jamoasiga bo’lgan ehtiyoj. 3. Malakali 
raqobatbardosh ishchilarga bo’lgan ehtiyoj. 
Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik 
nazariyasi:
1. Maktab bolalarning ikkita ehtiyojini qqqonoqtirishi 
zarur: idrok etish va ijod qqilish. 2. Nafaqat so’z, kittob yordamida, 
balki amaliy tajriba vositasida o’rganish zarur. 3. Ko’pchilik 
bolalarning qo’l mehnati – ularning har tomonlama rivojlanish 
maydoni. 4. “Faqat kitob emas, balki ijjodiy ish bolalarni uyqu va 
lanjlikdan xalos ettuvchi”. 5. Mehnat maktabida o’qitishning asosiy 
metodi: ximiya, fizika fanlari bo’yicha laboratoriyalarda, metal, 
daraxtlarga ishlov beradigan amaliy mashg’ulotlarda, jonli 
buurchaklarda, rasm chizish sinflari, yer maydonchalaridagi 
musttaqil ishlar. 6. Maktab ishida “ma’naviy umumiylik” uning 
ijtimoiy ahamiyati. Asari

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə